38. F undoshiga to‘g‘ri tavsif berilgan javobni aniqlang.
a) lab- lab, portlovchi, jarangsiz undosh tovushi
b) lab- tish, portlovchi, jarangli undosh tovushi
c) lab- lab, portlovchi, jarangli undosh tovushi
d) lab-lab, burun, sonor, portlovchi, jarangli undosh tovushi
e) lab- tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush bo‘lib, faqat olinma so‘zlarda uchraydi
39. Tilning old qismida paydo bo‘ladigan undosh tovushlarni belgilang
a) v, f b) b, p c) q, g‘ d) d, t e) ch, k
40. Tilning eng orqa qismida hosil bo‘ladigan undosh tovushlar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
a) q, x b) g‘, k c) h, g d) y, n e) j, z
41. Qaysi qatordagi so‘zlarda faqat jarangsiz undoshlar bor?
a) gilos, rayhon, gulkaram
b) sochpopuk, shafqat, ko‘kat
c) ziynat, ko‘hlik, libos
d) ko‘makdosh, inson, ko‘rgazma
e) shijoat, qahrabo, shaxsiy
42. Qaysi qatordagi so‘zlarda faqat jarangli undoshlar bor?
a) pastak, ko‘ksulton, ko‘lmak
b) bardosh, ko‘klam, badnafas
c) zag‘izg‘on, maydon, jadval
d) paxsa, sukut, sochiq
e) hofiz, qo‘zichoq, o‘spirin
43. X undoshini H undoshi bilan almashtirganda so‘zlar ma’nosi o‘zgaradigan qatorni toping.
a) xiyobon, xattot, xolis
b) kutubxona, tuxum, taxlid
c) axloq, shaxdam, shaxsan
d) xiyla, uxlamoq, shox
e) taxallus, taxmin, xushxabar
44. Ketma ket kelgan bir xil undoshlarning biri tushirilganda, so‘z ma’nosini o‘zgaradigan qatorni belgilang.
a) issiq, chaqqon, pilla.
b) millat, jajji, tashabbus
c) mashshoq, cho‘qqi, qattiq
d) tafakkur, xullas, achchiq
e) himmat, quvvat, illat
45. Faqat ochiq bo‘g‘inli so‘zlar berilgan qatorni belgilang.
a) g‘o‘- za, ba-ra-ka, i-bo-ra.
b) a-ra-va, a-shu-la, il-ga-ri.
c) i-lo-va, o-lim, an-di-sha.
d) i-jod, iz-za, ru-bob.
e) sa-rob, sa-xar,ta-lab.
46. Bo‘g‘inning amaliy ahamiyati nimalardan iborat?
a) yozuvda bir satrga sig‘may qolgan so‘z keyingi yo‘lga bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi.
b) birinchi sinf o‘quvchilarini o‘qish va yozishga o‘rgatish ham bo‘g‘inga asoslanadi.
c) sheriy misralarda bo‘g‘inlar sonining teng bo‘lishi e’tiborga olinadi.
d) a va b javoblar.
e) a, b, c javoblar.
Do'stlaringiz bilan baham: |