Saralash bali - 2
YN: jami 3 ta savol beriladi. Har bir savol 0-5 balldan baholanadi
II. NAZORAT TURLARI
2-SEMESTR:
2.1. Ushbu 1-semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
2.2. Oraliq nazorat 1-semestrning 11-haftasida talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida 1 marta o‘tkaziladi.
2.3. Talabaning seminar mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek, uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida quyidagi sonda amalga oshiriladi:
Mashg‘ulot turi
|
Baholashlar soni
|
Seminar
|
1 marta
|
Yozma ish
|
1 marta
|
Mustaqil ta’lim
|
1 marta (referat)
|
2.4. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda 3 ta nazariy va amaliy savolga yozma ish javobi bahosi (talabalar bilimini baholash mezonlari asosida) hamda uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari o‘rtachasi hisoblanib yaxlitlab qo‘yiladi.
2.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida 3 ta savol berish orqali yozma shaklda o‘tkaziladi:
1 savol: nazariy
2 savol: nazariy
3 savol: amaliy
Har bir savolni baholash mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi va savollarga talaba javoblari baholangandan keyin o‘rtachasini yaxlitlash orqali talabaning semestr bo‘yicha o‘zlashtirishi chiqariladi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |