Nazorat uchun savollar:
1.«Pedagogika» tushunchasi qanday mazmunni anglatadi?
2.Ta’lim nazariyasi (didaktika) nima?
3.Tarbiya nazariyasi nimalarni o‘rganadi?
4.Pedagogika fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
5.Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ayting va mohiyatini yoriting.
6.Qanday fanlar pedagogik fanlar tizimiga kiradi?
7.Pedagoglik kasbining asosiy xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
8.O‘qituvchi qanday sifatlarga ega bo‘lishi zarur?
9.Sizning nazaringizda bugungi kun o‘qituvchisiga qanday pedagogik talablar qo‘yilmoqda?
10.Qanday metodlar pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari hisoblanadi.
2-mavzu: Shaxs kamoloti ijtimoiy - biologik hodisa, pedagogik jarayon ob’yekti va subyekti sifatida
Reja:
Shaxs haqida tushuncha.
Shaxs rivojlanishi.
Shaxs rivojlanishining omillari.
Bola shaxsi tarbiya obyekti va subyekti sifatida.
Shaxs faolligi.
Tayanch tushunchalar: Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Ta’lim – o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir.
Bixeviorizm – XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.
Muhit – deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.11
Do'stlaringiz bilan baham: |