O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika
Demokratik jamiyatda pedagoglik kasbi
Download 0.7 Mb.
|
ped. qo\'llanma
8. Demokratik jamiyatda pedagoglik kasbi
Hozirgi zamon sharoitida o‘qitish jarayonini, ya’ni yagona shaklga solish, o‘qitishda yuqori unumga erishish pedagogik texnologiyani ishlab chiqish va qo‘llash hisobidan amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish shartlaridan biri pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi bilan bog‘iq. Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalarda, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yadi. Buning sababli ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’nosini tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui” sanaladi. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Emebaylning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, “kreativlik” “muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” demakdir6. Shunday ekan bugungi pedagoglik kasbini tanlagan har bir kadrlarimizda ham kreativlik siftalari bo‘lishi zarurdir. Hozirgi kunda zamonaviy interfaol texnologiyalardan samarali foydalanish pedagoglarimizning oldiga qo‘yilayotgan dolzarb vazifalardan biri sanaladi. O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o‘zida bir qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. Chunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni barataraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O‘quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan mulohot jarayonida fikrini aniq va to‘la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o‘quvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini e’tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrihohlik, samimiylik, do‘stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi zarur. O‘qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling