O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet196/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Davoniy qo‘rqoqlikni shijoatkorlikka qarama-qarshi qo‘yadi. Ba’zi qiyinchiliklardan qochgan, yengil hayot kechirish yo‘lini o‘ylaydigan kishilarni olim qo‘rqoq va yuraksiz kishilar, deb aytadi.
Demak, Davoniy davlat hamda jamiyatga foyda keltiruvchi kishilarni haqiqiy shijoatli kishilar deb biladi. Olim sabot-matonatni shijoatning tarkibiy qismiga kiritadi. U ibn Sino fikriga yanada chuqurroq yondoshib, har qanday ehtiyoj, har qanday faoliyatni shijoatga qo‘shmaydi. Davlat manfaatlariga bo‘ysunadigan, kishilik jamiyatiga xizmat qiladigan inson faoliyatini shijoat deb ataydi.
Sharq mutafakkirlari adolat tushunchasiga alohida fazilat sifatida qaraganlaridek, Davoniy qarashlarida ham adolat tushunchasi asosiy o‘rinni egallaydi.
Olim adolat fazilatini 42 ga bo‘ladi. Bulardan eng muhimlari vafo, do‘stlik, sadoqat, mehr-shafqat, o‘zaro hurmat... kabilardir, deydi. Davoniy sadoqatni sodiq kishilar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlaydigan hislat sifatida qarab, odam o‘ziga nimani istasa, do‘stiga ham shuni ravo ko‘rishi va shu tarzda harakat qilishi lozim, deb hisoblaydi. Demak, Davoniy adolatli kishilar o‘rtasidagi haqiqiy do‘stlikni insonparvarlik, o‘zaro hurmat bilan bog‘liq holda tasavvur etadi.
Vafo tushunchasini Davoniy faqat va’daga vafogina emas, balki o‘zaro yordam qoidalariga amal qilish ma’nosida tahlil etdi.
Davoniy adolatni inson aqliy kamoloti bilan birgalikda qaraydi. U hamma ruhiy quvvatlar birlashib aqlga bo‘ysungan taqdirdagina haqiqiy adolat namoyon bo‘ladi, deydi. Haqiqiy odil kishi butun quvvatini, aqlini yaxshi hislatlarni kasb etishga qaratishi kerak, adolat odamlarni baxt-saodatli qilishi lozim deb ta’kidlaydi olim.
Davoniy ham Forobiy kabi shaharlarni fozil va odil shaharlarga bo‘ladi. Fozil shaharlarni odil podsho idora qilsa va o‘z hukmlarida adolatga rioya qilsa va ta’magirlikni aql bilan daf’ etsa, johil shahar boshlig‘i o‘z manfaatini ko‘zlab ish yuritadi va boylikka hirs qo‘yib, xalq fikri bilan hisoblashmaydi, deydi.
Uning ta’kidlashicha, davlatni idora etuvchi adolatsiz bo‘lsa, uning qo‘l ostidagilar ham ta’magirlik, yolg‘onchilik va boshqa xatti-harakatlar qiladilar, ya’ni podshoh ishini fuqarolar ham takrorlaydi. Xullas, fuqarolarning yaramas xulq-odoblari uchun ham hukmdor aybdor sanaladi, deydi. Agar hukmdor adolatli bo‘lsa, boshqalar ham adolatli bo‘lishga harakat qiladi, deydi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling