O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 0.7 Mb.
bet198/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1.Amir Temur hayoti va uning avlodlari haqida bilasizmi? Uning hayoti haqidagi rivoyatlarni eslang, ibratli tomonlariga alohida to`xtaling.
2.Amir Temurning odob-axloq, ta'lim-tarbiya to`g`risidagi o`gitlaridan misollar keltiring.
3.Amir Temur nomi bilan bog`liq dunyo tarixiga oltin harf bilan yozilgan shahar, imorat, yodgorlik va meroslar haqidagi tasavvuringizni izohlang.
4.Amur Temur saltanat ishlarini boshqarishda nimalarga e'tibor bergan, nimalarni qoralagan. Misollar keltiring.
5.Amir Temur o‘zi amal qilgan 11 sifatni izohlang, ibratli tomonlarini daftaringizga qayd eting.
6. Mirzo Ulug‘bek ta’lim mazmuniga qanday o‘zgarish kiritgan.
7. Zahiriddin Muhammad Boburning ta’lim-tarbiya masalalariga oid asarlari qaysilar.
8.Navoiy nechta tilda ijod qilgan va taxalluslarini ayting.
9.Navoiydan oldin «Xamsa» yaratgan allomalarni sanang.
10.Hayotining so‘ngida yaratgan asar nomini keltiring.
11.Sof ta’limiy –axloqiy asari qaysi?
12.«Xamsa» asaridagi qaysi doston ko‘proq tarbiyaga yo‘naltirilgan?


19 -Mavzu: XVII asrdan XX asrgacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji.
Reja:

  1. Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya.

  2. Munis Xorazmiyning «Savodi ta’lim» asari - husnixatga doir dastlabki qo‘llanma sifatida.

  3. Muxammad Sodiq Qoshg‘ariyning “Odob as-solihin” asarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba.

  4. XIX asrning II yarmida Turkistonda maktablar tizimi. Chor Rossiyasining ta’lim siyosati.

  5. Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining ochilishi.

  6. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriylarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma'rifatparvarlik xizmatlari.

Tayanch tushunchalar.
Qizlar maktabi- qizlar maktabi otinbibilar xonadonlarida tashkil qilinar edi. Qizlar maktabida ayolga xos hayo, iffat, odob va yuksak ayollik sifatlari shakllantirilar edi. Otin bibilar qo‘lida tarbiyalangan qizlar oilaviy hayotga mukammal tayyorlanar edi. Qolgan ta’lim mazmuni esa o‘g‘il bolalar maktabi bilan bir xil edi.
Qorixonalar- qorixona internat shaklidagi maktab bo‘lib, unda turli yoshdagi ko‘zi ojiz bolalar ta’lim-tarbiya olar edilar. Ta’lim mazmunida asosan Qur’oni karimni yod olish, Qur’oni karimdagi sura va oyatlarni xalq ommasiga o‘qib berish edi. 1882-yili Farg‘onadagi bu maktablarda 252 talaba ta’lim oldi.
Halilxona – kattalar maktabi bo‘lib, talabalar domla rahbarligida arab tilini o‘rganar edilar. Bu maktab uchun asosiy darslik «Dalali-hayrat» (Muhammad payg‘ambar haqida yozilgan to‘plam) hisoblanardi. Bu to‘plamni o‘qish muddati bir yil edi. Ammo bunday maktab juda kam tarqalgandi. Jumladan, Toshkentda 4-5 ta, Farg‘onada 2 ta, Andijonda ham 2 ta shunday maktab mavjud edi. Maddohlar ko‘chalarda, bazmlarda, jamoatchilik joylarida islom dinini targ‘ib va tashviqot qilar edilar.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling