O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Xiva Xonligi (1810 – 1873 y) Feruz II


Download 0.7 Mb.
bet200/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Xiva Xonligi (1810 – 1873 y) Feruz II davrida ta’lim –tarbiyaning rivoji ham asta –sekin yuksala bordi. O’qituvchilar uchun rag’batlantirish ham yo’lga qo’yildi. O’sha davrda maktabda dars beradigan o’qituvchilar uchun vaqf yerlari ajratiladi. Bular 1806 -1825 yilga kelib vaqf yerlari 1100 manobga yetadi. Vaqf yerlarini boshqaruvchi kishilar ma’lum hujjat bilan taqdirlanar edi. Aynan 1875-yilda 46 ming 737 tanob yerdan 14 ming 702 tanobi vaqf yerlariga ajratidi. Xon tomonidan tasdiqlangan tartibga asosan u yerlardan olinadigan moddiy mablag’ning faqat mullo-imomlarga ajratilganligi uchun maktab binolar qurish imkoniyatlari yo’q edi. 1887-yilda masjidlardan tashqari qorixonalar, (musofirxona) qalandarxonalar tashkil qilindi. Ular madrasalarga qaram bo’lib ma’lum darajada ta’lim –tarbiya ishlari bilan ham shug’ullanadilar. Vaqf yerlarining 28 foizi ana shu qalandarxona va qorixonalarga ajratiladi. Mullo-imomlardan tashqari mutavvsil, Oxun, emon, so’fi lavozimlari aniq tasdiqlangan holda ular faoliyati yoshlar tarbiyasiga ta’sir qiluvchi kuch hisoblanadi. Shu davrlarda asosiy ta’lim –tarbiya masalasi Oxunlar (oliy tabaqa, oliy ma’lumotga ega bo’lgan) ixtiyorida bo’lib ular vaqf yerlaridan moddiy daromat olish imkoniyatiga ega edilar. Imomlar, oxun yordamidagilar o’zlarining oddiy xalq orasida obro’sini oshirish uchun vaqti –vaqti bilan sadaqa berib turish choralarini ko’radilar. Shu sadaqalardan o’quvchilar ham foydalanishi imkoniyatida edilar. Kirish-chiqish masalalari har bir eshonning zimmasiga yuklatilgan edi. Lekin bu bilan eshonlar faoliyati madrasaga qaram ekanligi tasdiqlanadi. Xiva, Buxoro, Qo’qon xonliklarida XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning boylarida madaniy turmush sohasida ta’lim – tarbiyani o’rganish tarixdan ma’lumdir. Bu borada barcha xonliklar maktab va madrasalarda din hukmron bo’lib, bilimlar shu diniy ishlarga bo’ysundirilgan holda o’rgatildi. Ayrim ilm –fan, jumladan adabiyot sohasida davr ruhi aks ettirilgan asarlar yaratildi. Xorazmda Xiva xonligi davrida SHermuhammad Munis uning jiyani Muhammad Rizo – Ogohiy, Komil Xorazmiy Avaz O’tar kabi olim, fozillar, tarixchi mutafakkirlar ijod etdilar. Ular o’zbek adabiyoti madaniyati rivojida muhim sahifa ochgan ulkan adiblardir. Barcha xonlar qatori Xiva xoni Sayid Muhammad Raximxoni soniy – Feruz o’zbek adabiyoti san’ati va tarixida muhim o’rin tutgan, hayotligidayoq she’rlari bilan keng tanilgan sermahsul ijodkor, madaniyat homiysi va davlat arbobidir.
U Xiva xonlari davrida eng uzoq davr qirq yetti yil mamlakatni idora etib elining obodonchiligi yo’lida harakat qildi. U ta’lim va tarbiya sohasida ham alohida e’tibor qozongan va o’z yerlarida yashovchi xalqni savodli o’qimishli bo’lishni xohlagan. Shuning uchun ham saroyga turli olim-u –fozillarni chorlagan ular bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatgan. U ayniqsa musiqa sohasiga alohida e’tibor bergan. U xon bo’lishiga qaramay ijod bilan ham shug’ullanib turgan.
Feruzning xonlik davrida barpo etilgan masjid va madrasalar, maktab va karvonsaroylar hozirda ham Xiva ko’rkiga ko’rk qo’shmoqda. Bu maktab va madrasalar kambag’al bolalari uchun ham xizmat qilgan. Amudaryoning quyi oqimidagi boy, serhosil va uning shimolidagi sug’oriladigan yerlarini o’ziga qaratgan Xiva xonligi ayniqsa Muhammad Rahimxon hukmronligi davrida birmuncha mustahkamlanish va yiriklashib muvafaqqiyatli ish olib bordi. Xonlikning ichki hayotiga iqtisod, savdo, hunarmandchilik, madaniyat ishlariga e’tibor berildi, boshqa mamlakatlar bilan turli sohalarda aloqalar kengaytirildi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling