Madrasalarda “Qur’on”, “Tafsir”, “Odob as-solihin”, “Sabot ul-ojizin”, “Kimyoi saodat”, “Hadis”, “Shamoyil ul-nabi”, “Hikmat ul-ayn”lar darslik sifatida o‘qitilgan.
Qur’on – (arabcha - qiroat – o‘quv) islom dinida muqaddas deb tan olingan kitob. Unda islom aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlari, cheklash va ta’qiqlari o‘z ifodasini topgan.
Qur’oni karim olloh tomonidan payg‘ambarimiz Muhammad alahissalomga vahiylar orqali 23 yil davomida nozil qilingan. Unda 114 ta sura bo‘lib, har bir sura 3 va undan ko‘p oyatlardan tashkil topgan. Qur’onning markaziy g‘oyasi talhit, ya’ni yakka xudo – olloh to‘g‘risidagi ta’limotdir. Qur’oni karim 1990-1991 yillarda Alouddin Mansur tomonidan zamonaviy o‘zbek tiliga o‘girildi.
“Tafsir” - Qur’onga ytozilgan sharx
“Odob as-solihin” – yaxshi kishilar odobi (Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning asari.)
“Sabot ul-ojizin” – So‘fi Olloyorning maktablar uchun yozgan darsligi
“Kimyoi saodat” - So‘fi Olloyorning maktablar uchun yozgan darsligi
“Hadis” - janob payg‘ambarimizning aytgan so‘llari, fe’l atvorlari, axloqlari, qavl va taqrirlari, payg‘ambarlikka qadar bo‘lgan hamda payg‘ambarlik yillaridagi siyratlarini, ya’ni hayot yo‘llarini anglatuvchi sunnatlari.
“Shamoyil ul-nabi” (Payg‘ambarlarning hislatlari) , “Hikmat ul-ayn” (hikmatlar) Buxoro, Qo’qon, Xiva xonliklaridagi maktab va madrasalarda fan sifatida o‘qitilgan har bir davr o’ziga xos bo’ladi. Har bir inson o’zligini anglagan holda ta’lim –tarbiyaga intilar ekan unga hamisha tole’ yor bo’ladi. Bu bilan mavzu xotimasi o’rnida shuni aytmoqchimanki, ta’lim olishga bo’lgan ehtiyojning har bir davr uchun qiyinchiliklari, ziddiyatlari mavjud bo’ladi. Darvoqe, yaxshidan ot – yomondan dod qolarmish, yaxshining sharofati tufayli yurt tinch, mamlakat obod, xalq shod-u farovon, ilm-fan, madaniyat va san’atda ravnaqda bo’larmish, hatto yovuzlik ezgulikka evrilarmish.
Qo‘qon xonlik davrida bir qator o’sha davr uchun yangi hisoblangan yangi tizim maktablari tashkil topdi. O’sha davrda yangi maktablar qurilishi ortib borildi. Maktablarda o’qitish ishlari asosan arab tilida olib borilar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |