O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet199/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Otinoyi maktablari - qiz bolalarga islom qoidalarini o‘rgatadigan va boshlang‘ich ta’lim beradigan maktablar. Qizlarga boshlang‘ich diniy ta’lim beradigan otinbibi maktablari onitlarning uylarida tashkil etilardi. Bunday maktablar muayyan bir o‘quv rejasi va dasturiga ega emas edi. O‘quvchilar ham snflarga bo‘lib emas, balki bolalarga o‘qitiladigan kitoblarni o‘zlashtirish darajasiga qarab guruhlarga bo‘lib o‘qitilardi.
«Litografiya» - yunoncha so‘z bo‘lib «Litos» - tosh va «grafos» yozaman degan ma’noni bildiradi. Bu atama o‘zbek tilida toshbosma tarzida qo‘llanib kelingan.
«Tuzemets» - degani ruscha o‘zbekcha lug‘atda «mahalliy xalq», «tub aholi» deb tarjima qilingan. Rus olimi Vladimir Dalning «Velikorus jonli tilining izohli lug‘ati» kitobida mana shunday jumlalar yoziladi: «Tuzemets. Mestno‘y otnosyahiysya do izvestnoy strano‘...Tuzemno‘e jiteli chasti Okeanii stoyat na nizshey stupeni chelovechestva»
«Chor kitob» - 4 bo‘limdan iborat bo‘lib, 1-bo‘lim – haq-xudoning nomlari tushuntirilardi, din qoidalari, tahorat, namoz bayon etiladi, ikkinchisida bidon-e’tiqodni anglash, uchinchi bo‘limda kalomi nabi-rivoyatlar bahs etilgan. SHuningdek, xalq orasida mashhur shoirlarning she’r va g‘azallari o‘qitilar edi.
Jadidchilik (arab. jadid - yangi) – XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qirm, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy harakat. Jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrim tatarlari o‘rtasida vujudga keldi. Jadidchilik harakati namoyandalari ko‘pincha o‘zlarini taraqqiyparvarlar, keinchalik jadidlar deb atashgan.(O‘zME. 3-tom, 2002, 519-522 bet).
1.Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya.
Xaydarning o‘g‘li Nasrullo Baxodirxon Buxoro taxtini egallab, Qo‘qonni vayron qilganidan keyin XIX asr boshlarida katta umidlar bergan madaniy tarakkiyotni qayirib bukib ko‘ydi. Bayoniyning 2 tarixiy asari 17-asr oxiridan to 1873-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi, keyinroq esa 1914-yilgacha bo‘lgan voqealar bilan to‘ldiriladi. Xiva xoni Asfandiyorxonning amriga ko‘ra Bayoniy ikki jildli «SHajarai Xorazmshox» asarini yaratdi. Ayni vaqtda Xivada tarixiy asarlarni o’zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha olib borilayotgan katta ish davom etiriladi. Ollaqulixonning buyrug‘i bilan Mirxond va Xondamirning tarixiy asarlari tarjima qilina boshlanadi. Xorazmning boshqa yirik muarrixidan Bayoniy (1859-1923) kamida to‘rt yirik asar, shu jumladan, Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma», Abu Jafar Muhammad bin Jarir at-Tabariyning «Tarix ar-Rasul val-muluk» asarlarini chig’atoy turkiyga tarjima qilgan. Chor hokimiyati davrida maorifning diniy ruhdagi ikki turi-boshlangich ta’lim beruvchi madrasa saqlanib qolgan edi. Maktablar asosan axoli va ayrim hollarda badavlat kishilarning mablag’i evaziga kun qurardi. Ba’zi talabalar bilim olishni davom ettirish uchun Buxoro, Qo‘qon yoki Turkiya va Misrga yo‘l olardi. Boshqalari esa yuksak lavozimlarni egallab, qozi, mufti, a’lam bo‘lishardi. Eski mao‘rif tizimi Oktabr inqilobiga qadar saklanib qoldi. Turkistonda 1913-yilda 7665 ta maktab va madrasa bor edi.
O’zbek milliy pedagogikasi turli davrlarda o’ziga xos shakllanib bordi. O’zbek pedagogikasining ziddiyatli davrlaridan biri bu xonlik davri bo’lib, O’rta Osiyo xalqlari shu davrlar mobaynida bir muncha qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Bu 1810 – 1873 yillar oralig’ida yaqqol ko’zga namoyon bo’ldi. XIX asr boshiga kelib o’zbek xonlari yangi Buxoro, Qo’qon hamda Xiva xonlari markazlashish bo’yicha bir qator tadbirlar ko’rdi. CHunki turli xonliklar XVIII asr oxirigacha tarqoq holda faoliyat ko’rsatdi. Natijada ham siyosiy ham moddiy jihatdan kamchiliklarni ko’rdilar. Natijada Xiva xoni Muhammad Rahimxon xonlikning ichki boshqarish tizimida bir qator islohatlarni amalga oshirdi va Xorazm hududini kengaytirgan holda Orol dengizining Sharqiy qismi va Qoraqalpag’iston hududlarini Xorazm hududiga qo’shishga imkoniyat yaratdi. Natijada siyosiy g’oyaviy o’zgarishlarni Qoraqalpoq xalqi ham singdirib berdi. Aynan shu davrda O’rta Osiyo maktab, madrasalar, masjidlarga bo’lgan qiziqish ularni moddiy jihatdan ta’minlash imkoniyatlarini yaratish kerakligini ko’rsatadi. Machitlar qoshida maktablar tashkil qilindi. Bunday maktablar har bir qishloqda o’z faoliyatini ko’rsatadi. Xonlik davri tarixining eng qarama –qarshiliklarga boy davrini hisoblanadi. Lekin shunday bo’lsa ham Buxoro, Qo’qon, Xiva uchala xonlikdan ham dono, xalqparvar xonlar qatorida xalqni o’ylamaydigan xonlar ham yashab o’tgan. Biz tarixni oqlash uchun ularni yo’q deb tasavvur qila olmaymiz, chunki u tarixiy haqiqatlardir. Bunga misol sifatida Xiva keyingi xona Isfandiyor xonni keltirish mumkin. Chunki xozirgi davrga xos bo’lgan rivojlanishining negizi ham o’sha xonlik davriga borib taqalishi mumkin.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling