O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Madrasa uch bo‘limdan iborat bo‘lgan: birinchi bo‘limda


Download 0.7 Mb.
bet207/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Madrasa uch bo‘limdan iborat bo‘lgan: birinchi bo‘limda musulmon diniy aqidalari bayon qilingan kitob – arab tili va qonunchilik o‘rgatilar edi. Bu bo‘lim talabasi 9-10 yil o‘qigan.
Ikkinchi bo‘limda qonunchilik, ilohiyot, (qonunchilik), mushkulot, mantiq, arab tili grammatikasi, notiqlik mahorati kalom o‘qitilgan. Unda 7-8 yil o‘qishgan.
Uchinchi bo‘limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o‘qitilgan. Qonunchilik kursida geografiya va arifmetikadan ba’zi ma’lumotlar berilgan. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shug‘ullanish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo‘lar edi. Maktab va madrasalarda asosan o‘g‘il bolalar o‘qitilar edi. Shaharlardagi diniy maktablarda ba’zi domlalarning xotinlari – otinoyilar qizlarni ham o‘qitish bilan shug‘ullanar edilar. Maktab va madrasalarda dars o‘zbek, arab va fors-tojik tillarida olib borilardi.
Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin maktab va madrasalarda ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablari uchun bosmaxonaga chop qilingan darsliklar paydo bo‘ldi. Qozondan bosmaxonada nashr qilingan Qur’on va haftiyaklar, Hindiston va Erondan shoirlarning litografiyada chop qilingan to‘plamlari keltirildi, Toshkentning o‘zida ham maktablar uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo‘lga qo‘yildi.
O‘rta Osiyodagi maktablar (O‘rta Osiyoni Chor Rossiyasi bosib olgunga qadar faoliyat yuritgan maktablar):
1. Boshlang‘ich diniy maktab – (xalq bolalari uchun) Turkistonda keng tarqalgan maktablardan biri. Shahar maktablarida o‘quvchilar soni 20-30 taga, qishloq joylarda esa10-15 taga etar edi. O‘qishga 6 yoshdan qabul qilinib, 14 yoshda, bolalarning o‘zlashtirishiga qarab 17-18 yoshlarda ham tugatilar edi. Otalar bolalarini maktabga olib kelganda «Suyagi bizniki, eti sizniki, yaxshi bilimli bo‘lsa bas» deb maktab rahbarlariga murojaat qilar edilar. Ta’lim mazmunida quyidagi predmetlar qo‘yilgan edi: Alifbe, Haftiyak (2-3 yil o‘qitilar edi), Chor kitob, So‘fi Olloyor hamda Qur’oni karim edi. Tarbiyaviy tadbirlar hadis hamda Qur’oni karimdagi g‘oyalarga asoslanar edi.
2. Qizlar maktabi - qizlar maktabi otinbibilar xonadonlarida tashkil qilinar edi. Qizlar maktabida ayolga xos hayo, iffat, odob va yuksak ayollik sifatlari shakllantirilar edi. Otin bibilar qo‘lida tarbiyalangan qizlar oilaviy hayotga mukammal tayyorlanar edi. Qolgan ta’lim mazmuni esa o‘g‘il bolalar maktabi bilan bir xil edi.
3. Qorixonalar qorixona internat shaklidagi maktab bo‘lib, unda turli yoshdagi ko‘zi ojiz bolalar ta’lim-tarbiya olar edilar. Ta’lim mazmunida asosan Qur’oni karimni yod olish, Qur’oni karimdagi sura va oyatlarni xalq ommasiga o‘qib berish edi. 1882-yili Farg‘onadagi bu maktablarda 252 talaba ta’lim oldi.
4. Dalilxona – kattalar maktabi bo‘lib, talabalar domla rahbarligida arab tilini o‘rganar edilar. Bu maktab uchun asosiy darslik «Dalali-hayrat» (Muhammad payg‘ambar haqida yozilgan to‘plam) hisoblanardi. Bu to‘plamni o‘qish muddati bir yil edi. Ammo bunday maktab juda kam tarqalgandi. Jumladan, Toshkentda 4-5 ta, Farg‘onada 2 ta, Andijonda ham 2 ta shunday maktab mavjud edi. Maddohlar ko‘chalarda, bazmlarda, jamoatchilik joylarida islom dinini targ‘ib va tashviqot qilar edilar.
5. Madrasaoliy ma’lumot beruvchi maktab edi. Madrasalar asosan Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon shaharlarida qurilgan edi. 1420 yili Samarqandda Ulug‘bek madrasasi, 1618-yili Sherdor, 1646-yili Tillakori, 1590-yili Toshkentda Ko‘kaldosh madrasalari qurilgan edi. Bulardan tashqarii, amirlik davrida Qo‘qonda 34 ta, Maarg‘ilonda 25 ta, Samarqandda 22 ta, Andijonda 18 ta, Namanganda 14 ta, Toshkentda 14 ta, Xojikentda 10 ta madrasalar faoliyat ko‘rsatib turardi. Madrasalarning ta’lim mazmunidagi asosiy predmetlari: Shamsiya (logika – mantiiq), Aqoid (islom diniga doir masalalar), «Mantiiq Tahzib» (grek falsafasi bo‘lib, arab tilida yozilgan edi), Shariat (huquq), «Avali ilm» (ilmning boshlanishi, arab grammatikasi, matematika kabilar) [Hasanboeva O., Hasanboev J., Hamidov H. Pedagogika tarixi. T.: 2004, 145-146 bet].
Mustamlaka ma’muriyati mashg‘ulotlar o‘rta asr tartibida olib borilayotgan musulmon maktablarining ishiga aralashmas edilar. Ammo maktablarda rus tilini o‘qitishni rag‘batlantiruvchi choralar ko‘rishga ham harakat qilinardi. Natijada, mahalliy yoshlar rus tilini o‘rganishga ko‘proq e’tibor bera boshladilar. XX asr boshlarida esa madrasalarda rus tilini o‘qitish joriy qilinsin, degan ko‘rsatmaga binoan 1913-1917 yillarda ba’zi madrasalarda rus tilini o‘qitish joriy qilindi.
Eski maktablarda ham ba’zi o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Rus tuzem maktablari hamda yangi xil maktablarning ta’siri ostida ba’zi eski usul maktablarda birmuncha yangiliklar joriy qilindi, - litografiyada bosilgan alifbelar yordamida tovush metodi asosida savod o‘rgatish joriy qilindi, qizlarga o‘qishni o‘rgatish bilan birga yozishni ham o‘rgatishga kirishildi. Bu yangiliklarga ko‘ra o‘zbek maktablari hayotida katta siljish ro‘y berdi.
XX asr boshlariga kelib, Turkiston o‘lkasidagi yirik markaziy shaharlarda oliy ta’lim maskani hisoblangan quyidagi madrasalar: Buxoroda – 80, Qo‘qonda – 40, Samarqandda – 22, Marg‘ilonda – 28, Toshkentda -17, Xeva xonligida – 130 mavjud bo‘lib, ularda 400 dan 5000 tagacha talaba tahsil olar edi.
1906-yilga kelib, birgina Samarqand viloyatining o‘zida 1510 ta musulmon maktabi bor edi, ularda 1482 o‘qituvchi 12740 talabaga saboq bergan.
Umuman olganda Turkiston o‘lkasida 1905-1906 yillarda 5290 ta maktab bo‘lib, ularda 70955 talaba ta’lim olgan.
Markaziy Osiyo, jumladan Turkiston o‘lkasida mahalliy maktablarning xususiyati, ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni, uni tashkil etish usullari o‘sha davr tarbiyasi maqsadiga mos bo‘lgan.
Umuman Markaziy Osiyoda Oktabr to‘ntarishiga qadar bir necha turdagi maktablar mavjud edi. Ular:
1. Musulmon diniy maktablar:
a) maktab (xona) — eski maktab;
b) qorixona;
v) madrasa;
2. Rus maktablari:
a) umumiy ma’lumot maktablari;
b) kasb maktablari;
v) rus-tuzem maktablari;
g) rus tilini o‘rgatish maktablari.
3. “Yangi usul” maktablari (usuli jadid).
Bu davrga kelib mahalliy fuqaro bolalaridan ilmli kishilar tayyorlash maqsadida Xiva xoni Sayid Muhammad Rahimxon Bahodirxoni soniy – Feruz (1844-1910 y.) katta ishlarni amalga oshirdi. Bevosita uning tashabbusi bilan 1884 yili o‘z saroyida maktab ochilib, bu maktabda rus o‘qituvchisi va Mirzo. Rahmonquli qori kabi mahoratli ta’lim-tarbiya ustalari yoshlarga bilim berish ishi bilan shug‘ullandilar.
Feruz farmoniga muvofiq 1904 yilning 10 noyabrida Urganchda birinchi yangi usul maktabi ochildi. Unda Husayn Qo‘shayev degan Turkiyadan kelgan o‘qituvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya bera boshladi.
Husayn Qo‘shayev 1906-1907 o‘quv yilida xonlikdagi ilg‘or ma’rifatparvar kishilarning istaklarini hisobga olib, Urganchda qizlar maktabini ham tashkil etdi. Feruz unga homiylik qilib, xazina hisobidan maktab uchun alohida mablag‘ ajratib berdi.
Feruz homiyligidagi bu maktabda Husayn Qo‘shayevning turmush o‘rtog‘i Komila Qo‘shayeva qizlarga bilim bera boshladi.
1909-yilga kelib Feruz quli ostidagi madrasalar soni 130 taga yetib, undagi mullavachchalar 2300 kishidan ortib ketdi.
Feruz Xeva ziyolilari orasida nufuzli o‘rinni egallagan ma’rifatparvar Komil Xorazmiyni Toshkent shahrida gimnaziya va maktablardagi o‘qitish usulini o‘rganib kelishi maqsadida safarga jo‘natadi. Safardan qaytgach Komil Xorazmiy bu sohadagi ishlarni anchagina jonlantirib yubordi.
Mazkur maktab o‘quv dasturi hamda rejasiga – riyoziyot, tarix, jo‘g‘rofiya, tabiat, rus tili, mahalliy savod (ona tili) va islomshunoslik fanlarini o‘qitish belgilanadi. Mashg‘ulot jarayonida Sharq mutafakkirlari – Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Sa’diy Sheroziy, Mashrab, So‘fi Olloyor kabilar bilan bir qatorda rus shoir, yozuvchilarining asarlari ham o‘rganildi. Shuningdek, u, vohada san’at, maorif va madaniyat rivojiga rahnamolik qilib, saroyda «Podshohi zamon tipolitografiyasi»ni tashkil qildi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling