Ma’ruza – yirik hajmdagi o‘quv materialini ogzaki bayon kilish shakli.44
Ta’lim turlari
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
Maktabgacha ta’lim.
Umumiy o‘rta ta’lim.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi.
Oliy ta’lim.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
Maktabdan tashqari ta’lim.
Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar), umumiy o‘rta ta’lim (I-XI sinflar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi.
2.Ta’limni tashkil qilish shakllari haqida tushuncha
Ta’limni tashkil etishning shakllari: asosiy, qo‘shimcha va yordamchi: frontal, individual, guruhiy. Zamonaviy didaktikada ta’limni tashkil etish turlari 3 ga bo‘linadi: frontal, guruhiy va individual.
Frontal ta’limda o‘qituvchi butun sinfdagi o‘quv-bilish faoliyatini boshqaradi. Ular biror bir vazifa ustida ish olib boradi.
Guruhli shaklda o‘qituvchi sinfdagi o‘quvchilarning guruhlardagi o‘quv-bilish faoliyatini boshqaradi. Ularni bo‘g‘inli, brigadali, kooperirovan (ko‘chma) va differensiyalli guruhli shaklga bo‘lish mumkin.
Individual ta’lim o‘quvchilar boshqa o‘quvchilar bilan bog‘liqlikda o‘quv-bilish faoliyatini amalga oshiradi. Ya’ni, butun sinf butun topshiriqni, har bir o‘quvchi alohida mustaqil bajaradi.
Ta’limni tashkil etish shakllarini asosiy, qo‘shimcha va yordamchi.
Dars – (maktabdagi) o‘quv ishining asosiy tashkiliy shakli bo‘lib, unda o‘qituvchi aniq belgilangan dars doirasida o‘quvchilarning doimiy tarkibi bilan qat’iy jadval bo‘yicha shug‘ullanadi, jamoaviy bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o‘quv dasturiga o‘zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi.
Dars o‘quv ishini tashkil qilishning asosiy shakli, ammo u ta’limning boshqa shakllarini: lektsiya, praktikumlar, laboratoriya mashg‘ulotlari, seminarlar, konsultatsiyalar, uy vazifalari, qo‘shimcha mashg‘ulotlarni rivojlantirishni istisno etmaydi.
Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari fakultativ mashg‘ulotlar sanaladi. Ular o‘quvchilarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi: to‘garaqlar, klublar, olimpiadalar, viktorinalar, ko‘rgazmalar, ekspeditsiyalar va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |