Ta’lim metodlari samaradorligini oshirish ta’lim metodlarini to‘g‘ri tanlashga bog‘liq. Pedagogika fanida o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:
zamonaviy didaktikaning yetakchi g‘oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari;
o‘rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o‘ziga xosligi;
ususiy fanlar metodikasining o‘ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo‘yiluvchi talablarning o‘zaro aloqadorligi;
muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;
u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt;
o‘quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;
o‘quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi;
o‘quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko‘rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;
o‘qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;
o‘quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o‘rnatilganligi.
O‘qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og‘zaki, ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.
Ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari quyidagilardan iborat:
o‘qituvchi tomonidan eng maqbul ma’ruza rejasining tuzilishi;
rejadan o‘quvchilarni xabardor etish, ularni ma’ruza mavzusining maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;
rejada aks etgan barcha bandlarning mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon etilishi;
rejaning har bir bandi yoritilgach, ular yuzasidan qisqacha umumlashma asosida xulosalanishi;
ma’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o‘tishda ular o‘rtasidagi mantiqiy aloqalarning o‘rnatilishini ta’minlash;
bayon qilishning muammoli va emotsional xususiyat kasb etishi;
jonli til, o‘z vaqtida misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish;
auditoriya, muloqot jarayoni, shuningdek, o‘quvchilarning aqliy faoliyatlarini mohirlik bilan boshqarish;
ma’ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib berilishi;
ma’ruzaning asosiy qismlarini o‘quvchilar tomonidan qayd etib (yozib) borilishiga imkon beradigan holatda bayon qilinish tezligi;
zarur (yozib olinadigan) o‘rinlarni oldindan ajratib qo‘yish;
o‘rganilayotgan holatlarni yozib olish asosida qabul qilish va ularning mohiyatini aniqlashtirish maqsadida ko‘rgazmalar (namoyish, illyustratsiya, videofilm va boshqalar)dan foydalanish;
alohida holatlarni chuqur muhokama qilishda ma’ruzani seminar, amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish41.
Do'stlaringiz bilan baham: |