Nazorat uchun savollar:
Ta’lim metodi nima?
Ta’lim vositalariga nimalar kiradi?
Ta’lim metodlarining tasnifi nima?
Ta’lim jarayonida suhbat metodini qo‘llashda nimalarga e’tibor qaratish zarur?
Og‘zaki bayon metodlarining afzalliklari nimalar ko‘rinadi?
Ko‘rgazmali metodlar turkumini nimalar tashkil etadi?
Amaliy metodlar mohiyati nimadan iborat?
Didaktik o‘yinlar qanday maqsadda qo‘llaniladi?
7-mavzu: Ta’limni tashkil qilish shakllari va turlari.
Reja:
Ta’lim turlari.
Ta’limni tashkil qilish shakllari haqida tushuncha.
Ta’limni tashkil qilishning an’anaviy sinf-dars shakli
Dars turlari va tuzilishi.
Ta’limni tashkil qilishning noan’anaviy shakllari: o‘quv dialogi, munozara, didaktik o‘yinlar, trening va boshq.
O‘quv ishlarini tashkil qilishning darsdan va ta’lim muassasasidan tashqari shakllari.
Tayanch tushunchalar: Dars - bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.
Darslik – muayyan fan bo‘yicha ta’lim maksadi, o‘quv dasturi va didaktik talablarga muvofik belgilangan ilmiy bilimlar to‘grisidagi ma’lumotlarni beruvchi manba.
Didaktik tashhis maqsadi – o‘quv jarayonining samaradorligini aniklash, baholash va tahlil kilish.
Didaktika tamoyillari (lotin tilidan «principium» - har kanday nazariyaning asosiy, boshlangich, dastlabki holati) –ta’limni tashkil etishga ko‘yilgan me’yoriy talablarni ifodalovchi, shuningdek, ta’lim jarayonining asosiy maksadi va qonuniyatlariga muvofik uning dastlabki holatini belgilovchi karashlari.
Didaktika (ta’lim nazariyasi) – (yunoncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”, «didasko» – “o‘rganuvchi”) - ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maksadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolari)ni o‘rganuvchi fan.
Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni) – ta’lim jarayonida shaxs tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil kilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |