O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika
Download 0.7 Mb.
|
ped. qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ismoil G‘aspirali 1851 – yilning 21
- Jadidlarning harakat dasturi
Jadidlar Orenburg, Qozon, Ufa, Istambul kabi musulmon madaniyati markazlarining bilim yurtlari orqali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor beradilar. Shu maqsadda 1909- yil 18-iyunda Buxoro yoshlari «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») nomli hayriya jamiyati tuzadilar. S.Ayniyning yozishicha «... jamiyatning birinchi maqsadi Istambulga o‘quvchilar yubormoq chorasiga kirishmoq edi. Ikmoli tahsil uchun Usmonxo‘ja Po‘latxo‘ja o‘g‘li (1878—1968), uning birodari Atom Xo‘ja (1894—1938), Mazxar Maxzum Burxon Maxzum o‘g‘li, Abdurauf Fitrat, Muqimbek Istambulga safar qildilar. Fitrat mazkur talabalarning eng iste’dodlisi va eng fozili edi».
Jadidlar 1906 yildayoq «Taraqqiy» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o‘z g‘oyalarini tarqata boshladilar, oradan ko‘p o‘tmay, «Xurshid», «Shuhrat» singari yangi gazetalar dunyo yuzini ko‘rdi. Markaziy Osiyoning turli shaharlarida jadid maktablari bodroqdek ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar ham keng targ‘ib qilindi. «Jadidlar nima haqida gapirishmasin, hammasi yangi nafas, yangi g‘oya edi, proletar mafkurasi ham, ishchilar sinfi ham yo‘q edi, tabiat birlamchi deguvchilarning mafkurasini deyarli hech kim tushunmas, biladiganlar esa juda ozchilikni tashkil qilar edi. SHuning uchun jadidchilikning yangi g‘oyalar bilan paydo bo‘lib, ruhoniylarga, hukmron sinflarga qarshi turishi, madaniyatni yaratishi, bir so‘z bilan aytganda, yangilik edi, «jadid» jumlasining ma’nosi ham «yangi» demakdir». Ismoil G‘aspirali 1851 – yilning 21 martida tug‘ildi. 1883-yili “Tarjimon” gazetasining birinchi sonini bosmadan chiqaradi. 1884 tilda 12 bolani “usuli jadid” bilan o‘qitishga kirishgan.Shogirdlari uchun “Xo‘jai sibiyon” (“Bolalar muallimi”) nomli darslik tuzadi. 1910-yilgacha 27 marta nashrdan chiqqan. Jadidlarning harakat dasturi quyidagi masalalarni hal qilishga qaratilgan: Diniy taassuf va fanatizmga qarshi kurash. Diniy aqidalarga asoslangan o‘rta asr maktablari o‘rniga Ovro‘po qabiladagi dunyoviy ilmlarni ona tilida o‘qitishga moslangan yangi usuldagi maktablarni tashkil etish, feodal davri maorif tizimini isloh qilish. Jadidchilik g‘oyalarini keng xalq ommasiga yetkazish niyatida yangi o‘zbek adabiy tilini ishlab chiqish, matbuot hurligi uchun kurash, xalq ommasiga tushunarli adabiyot va teatrni yaratish. Xotin-qizlarni paranjidan chiqarish va jadid maktablariga qatnashlarini ta’minlash yo‘li bilan ular taqdirini o‘zgartirish va oilada islohot o‘tkazish. Mahalliy boylar va savdogar ahlining siyosiy va iqtisodiy jihatdan rus burjuaziyasi bilan bir huquqda bo‘lishi, mahalliy amaldorlarning chor hukmdorlari tomonidan siquvga olishiga qarshi kurash. SHu yo‘l bilan mustamlakachilik siyosatini isloh qilish. Asosiy talabalari ana shundan iborat bo‘lgan jadidlar uchun ilm va ma’rifat yagona qurol bo‘lib, ular shu qurol yordami bilan o‘lkada ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi bo‘ldilar. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling