O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet222/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Boshlangich ta’lim - o‘quvchilarga murakkab bo‘lmagan ilmiy bilimlarni berish asosida ularda o‘qish, yozish va hisoblashga oid dastlabki bilim, ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish asosida ularda shaxsiy gigiyena va sogʻlom turmush tarzi elementlarini hosil qilish bosqichi.
1. Xalq maorifi soxasida maktab darsliklari va o‘quv- qo‘llanmalar yaratish, ta’lim- tarbiya jarayonini mustabid tuzum maqsadiga muvofiq tashkil etilishi va uning salbiy oqibatlari.
1924- yilda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa kartasi qaytadan tuzildi.
Sobiq Sovet hokimiyati yillarida kommunistik partiya rahbarligida respublikada adolatsiz milliy siyosat amalga oshirildi.
To‘ntarishning dastlabki kunlaridan boshlaboq mamlakatda bir tomonlama madaniy inqilobning amalga oshirilishiga alohida ahamiyat berildi, maktablarda o‘quv- tarbiya ishlari mazmuni tuzumning maqsadi asosida o‘zgardi. Din va "Qur’oni Karim"ga e’tibor umuman taqiqlandi. Tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi. Adabiyot darslariga esa ko‘proq rus yozuchilarining asarlari bilan tanishtirishga katta ahamiyat berildi.
Sho‘rolar tuzumi davrida kommunistik firqa qarorlari asosida pedagogika fanini shakllantirishda rus pedagoglari asarlaridan unumli foydalanib asarlar yozishga zo‘r berildi. Aksariyat hollarda esa rus pedagog olimlari yozgan darsliklardan foydalanildi. Natijada o‘zbek pedagogikasi markscha- lenincha nazariya doirasida shakllangan sohta fanga aylanib ketdi. Bu davrda nafaqat pedagogika, balki boshqa fanlarning ham rivojlanishi sust kechdi. Masalan, "O‘zbekiston tarixi" aslida "SSSR tarixi" darsligining ilovasi edi. "SSSR tarixi" esa Rossiya tarixidan iborat bo‘lganligi ma’lum. Xuddi shu kabi o‘zbek pedagogikasi ham sovet pedagogikasining tarkibiy qismiga aylandi. O‘sha davrlarda yozilgan ko‘pgina pedagogik asarlar bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Chunki o‘zbek pedagogikasi nihoyatda siyosiylashgan edi. Pedagog olimlar tadqiqotlarida Marks, Engels, Lenin asarlaridan ko‘chirmalar asosiy o‘rinni ishg‘ol qilardi.
Bolalar va o‘smirlarga umumiy ta’lim berishni tezlashtirish hamda kattalar o‘rtasida savodsizlikni tugatish harakati boshlandi. 1930- yil 14- avgustda sobiq SSR Ittifoqi Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlari Soveti tomonidan qaror qabul qilindi. Bu qaror umumiy boshlang‘ich ta’limni joriy etish va savodsizlikni qisqartirishga yordam berdi. 30- yillarning oxirlariga kelib, umumiy yetti yillik ta’limni amalga oshirishga kirishildi.
Biroq bu borada jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yildi. Jumladan, maktab yoshidagi bolalarning bir qismi o‘qishga tortilmadi. Mahalliy millat bolalari orasida o‘qishni tashlab ketish ortib bordi. Ko‘pgina maktablarda muallimlarning bilim darajasi etarli bo‘lmaganligi tufayli o‘qish saviyasi talabga javob bermas edi. Shuningdek, maktablar soni muttasil ortib borayotgan bo‘lsada, ularning o‘quv moddiy bazasi nochor ahvolda qolayotgan edi.
Ma’lumki, bolsheviklar mafkurasi negizida sinfiy kurash g‘oyasi ustivorlik qildi. O‘zgacha fikrlashni "sinfiy dushman" deb baholandi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling