O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika
Download 0.7 Mb.
|
ped. qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Maktab darsliklari yaratish, ta’lim- tarbiya jarayoninida maktablarning 4 yillik, 8yillik, 9yillik, 10yillik islohotlarni maqsadga muvofiq tashkil etilishi va uning mazmun mohiyati.
Mahalliy maktablar uchun o‘qituvchilar tayyorlash ishiga, ayniqsa, o‘zbek xotin-qizlaridan ko‘proq jalb etish zarurligi alohida qayd etildi.
Shaharlardagi maktablarda o‘qish uch smenada olib borilar edi. Bu hol esa tabiiy holatda ta’lim- tarbiya jarayonini qiyinlashtirishga olib kelgan edi. Darslar 40 minutga qisqargan. Ashula va rasm darslari umuman o‘tilmagan. Kitoblarning etishmasligi tufayli o‘qituvchilar og‘zaki tushuntirishga katta e’tibor berdilar. Yangi o‘tiladigan dars o‘qituvchi tomonidan doskaga yozilar, o‘quvchilar uni daftarga ko‘chirib olishar edi. Sharoit taqozosi bilan ko‘pchilik o‘quvchilar ham maktabda o‘qib, ham qishloq xo‘jalik ishlarida faol qatnashdilar. Barcha ishlab chiqarish muassasalarida, zavod va fabrikalar qoshida kurslar ochilib, o‘quvchilar o‘qishdan ajralmagan holda mehnat qildilar. O‘zbekiston mahalliy Sovetlari, sobiq SSSR XKS ko‘rsatmasiga binoan, 1943- yilning 1- yanvaridan boshlab 8—10- sinf o‘quvchilarini hamda katta yoshdagi o‘zbek o‘qituvchilarini o‘qish haqi to‘lashdan ozod etdi. Qozoq, qirg‘iz, tojik, qoraqalpoq, turkman va boshqa mahalliy xalqlar bolalari ham o‘qish haqi to‘lashdan ozod bo‘lishdi. 1942- yilning boshida sobiq SSSR Xalq Komissarlari Soveti qishloq xo‘jalik asoslarini maktabda o‘qitiladigan fanlardan biri sifatida kiritish haqida buyruq chiqardi. Davlatning maxsus ko‘rsatmasiga binoan 1943- yildan boshlab ba’zi maktablarda o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalari ochila boshlandi. 3.Maktab darsliklari yaratish, ta’lim- tarbiya jarayoninida maktablarning 4 yillik, 8yillik, 9yillik, 10yillik islohotlarni maqsadga muvofiq tashkil etilishi va uning mazmun mohiyati. Ikkinchi jahon urushig‘alaba bilan tamom bo‘lgach respublika xalq ta’limi urushdan keyingi yillarda bir qator jiddiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishga to‘g‘ri keldi. Urush davrida maktablar tarmog‘i birmuncha qisqargan, o‘quvchilar soni ham shunga yarasha kamaygan edi. Ko‘pchilik o‘quvchilar turli sinflardan o‘qishni tashlab, frontga, front uchun qurol-aslaha ishlab chiqaradigan zavod va fabrikalarga ishga ketib qolishdi. O‘sha yillarda yangi maktab binolari qurilmaganligi va eski maktablarni o‘z vaqtida ta’mirlanmaganligi sababli ko‘p maktab binolari o‘quv jarayonini maromida tashkil etish va gigiyena talablariga javob bermas edi. Rasmiy Hokimiyat soxta proletar baynalmilalligini amalda kuchaytirish maqsadida maktablarda rus tili va adabiyotini kengroq o‘qitishga urg‘u berdi. Natijada 60-yillarda O‘zbekiston tarixi, o‘zbek tili va adabiyoti, chet tili, musiqa va ashula darslari hajmi keskin qisqardi va ular o‘quv rejasida belgilanganidan haftasiga 16,5 soat kamayib ketdi. Ulardan bo‘shagan soatlarga esa rus tili va adabiyoti fani o‘qitildi. Masalan, o‘qituvchilar «XIX asrni ikkinchi yarmi XX asr boshlarida o‘zbek adabiy muhiti», «Milliy madaniy jarayonlar» to‘g‘risidagi mavzularda dars o‘tishi lozim bo‘lgan soatlarda rus madaniyatining «progressiv» ahamiyatini ko‘rsatib berishga majbur bo‘ldilar. Natijada boy va ko‘hna o‘zbek xalqi tarixini o‘rganishga 52 soat ajratilgan holda boshlang‘ich maktablarda rus tili va adabiyoti fanlari uchun 1600 soat ajratilgan. Xalq xo‘jaligini tiklash hamda rivojlantirish sohasida urushdan keyingi birinchi besh yillikda o‘ziga xos jiddiy kamchiliklarga duch kelindi. Birinchidan, aholi o‘zi tug‘ilib o‘sgan shaharlariga qaytib ko‘chib o‘tayotganligi sababli aholi sonida keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ikkinchidan, majburiy ta’lim maktablarida o‘qitiladigan bolalarni hisobga olishning aniq va tezkor tizimi belgilanmagan edi. Shuning uchun ham maorif xodimlari tezlik bilan maktab shaxobchalarini tiklash va kengaytirish hamda ota-onalari bilan birga evakuatsiyadan qaytib kelayotgan bolalarni yo urush vaqtida maktabni tashlab ketgan bolalarni maktablarga tortish sohasida juda katta ishlar qilish kerak edi. Shunday mas’uliyatni bajarishda ular dastlab boshlang‘ich maktablarni tamomlagan bolalarning hammasini to‘la ravishda o‘qishga tortishga, ayniqsa, katta e’tibor berishlari lozim edi. Va bu ish ancha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu esa bolalarni va o‘smirlarni umumiy-majburiy o‘qitishni kengaytirish uchun zarur shart-sharoit yaratib berdi. Bu davrga kelib o‘rta maktabni bitirib chiqayotganlarning soni oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinayotganlarning soniga qaraganda ancha ortib ketdi. O‘rta maktablarni tamomlab chiqqanlarning ko‘plari sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ishlashlariga to‘g‘ri keldi. Biroq ular bu amaliy faoliyatga yetarli sur’atda tayyorlanmagan edilar: maktablarda o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan edi. O‘rta maktablarni tamomlaganlarni maxsus kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida texnikumlar soni ko‘paytirildi va shu texnikumlar qoshida to‘liq o‘rta ma’lumotli kishilarni qabul qiladigan bo‘limlar ochildi. Bu bo‘limlarda o‘qish muddati 2-3 yil qilib belgilandi. Mehnat zahiralari tizimida o‘rta maktab negizidagi texnika bilim yurtlari ochila boshladi. Bu texnika bilim yurtlari 1-2 yillik o‘qish muddati bilan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab berishi kerak edi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling