O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet226/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Urushdan keyingi yillarda 1943-yilda ochilgan ishchi va dehqon yoshlari maktablari (kechki va smenali) tarmog‘i birmuncha kengaytirildi.
1951-55-yillarga mo‘ljallangan beshinchi besh yillik rejada politexnika ta’limiga katta o‘rin berildi. Shu munosabat bilan ittifoqdosh respublikalarning Ta’lim vazirliklari o‘quv rejalari va dasturlarini qayta qurib, politexnika ta’limini oshirish to‘g‘risida maktablarga ko‘rsatmalar berdilar.
1957-58-o‘quv yilidan boshlab ba’zi pedagogika oliy o‘quv yurtlarida boshlang‘ich maktab uchun oliy pedagogika ma’lumotiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tayyorlashga kirishildi va buning uchun maxsus fakultetlar tashkil etildi. Lekin urushdan keyingi yillarda hamda mavjud jamiyatni rivojlantirish jarayonida respublika maktablarida hamma narsa risoladagidek olib borildi deyish xato bo‘lar edi. Chunki o‘tgan davrlar chuqur tahlil qilinganda qator kamchiliklar borligini ko‘rish mumkin. Chunonchi, ko‘pgina maktablarda o‘quv-tarbiya ishlarining sifati davlat standarti talablariga yetarlicha javob bera olmas, bir sinfda ikki yil qolgan o‘quvchilar soni hamon ko‘p, o‘quvchilarning maktabni tashlab ketishlari esa tobora ko‘payayotgan edi. Ko‘pgina maktablarning moddiy-texnika bazasi tipovoy talablariga javob berolmasdi, maktablarda matematika, fizika, rus tili va chet tili fanlarida dars beradigan malakali o‘qituvchilar yetishmas edi, yetti yillik umumiy majburiy ta’limni amalga oshirish va o‘rta ta’limni rivojlantirish borasidagi ishlarda ham muayyan nuqsonlar yo‘q emas edi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish o‘sha kunning birinchi galdagi vazifasi edi.
Boshlang‘ich maktabda to‘rt yillik boshlang‘ich ta’limdan uch yillik boshlang‘ich ta’limga o‘tish amalga oshirildi.
To‘liqsiz yetti yillik o‘rta maktab tashkil etilib, umumiy majburiy sakkiz yillik ta’lim maktabiga aylantirildi.
Sakkiz yillik maktabni tamomlagan o‘quvchilar quyidagi o‘quv yurtlarida o‘qishlari mumkin edi. Ular: 1) To‘liq umumiy ta’lim o‘rta maktablarida (IX—X sinflarda); 2) o‘qish muddati uch-to‘rt yillik bo‘lgan texnikumlarda; 3) hunar va umumiy ta’lim bilimlarini birgalikda beradigan hunar-texnika bilim yurtlarida hamda 4) ishchi va qishloq yoshlari maktablarida.
1959-1975-yillarda respublikada internat-maktablar, maxsus maktablar va kuni uzaytirilgan guruhlar tarmog‘i rivojlandi va ularda tarbiyalanuvchilarning soni o‘sdi; jismonan nuqsonli bolalar uchun maxsus maktablar tashkil qilindi; pedagog xodimlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmog‘i kengaytirildi.
Xalq ta’limi tizimida muhim o‘rinni egallagan umumiy ta’lim maktablari respublikamiz hayoti bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qiladi. Shuning uchun ham respublikamizda hukumati, xalq ta’limi vazirligi joylardagi hokimiyatlar va jamoatchilik xalq ta’limi tizimini, jumladan, umumiy ta’lim maktablarini rivojlantirish, ularning tarmoqlarini kengaytirish va yangi binolar bilan ta’minlash, o‘quv moddiy va texnika bazasini mustahkamlash hamda ularni yuqori bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchilar bilan ta’minlash borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
Jamiyatimizdagi mavjud maorif tizimining barcha bo‘g‘inlarida jamiyat taraqqiyoti talablari asosida yosh avlodning kamolotga yetishi, bir butun shaxs sifatida shakllanishiga nihoyatda kam e’tibor berilar edi. Natijada umumiy ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya tizimi, mazmuni, shakl va metodlari, yosh avlodni har tomonlama shakllangan yaxlit shaxs sifatida shakllantirishga mos kelmay qoldi. Bu esa umumiy ta’lim va hunar maktablarni isloh qilishni taqozo etdi.
Islohotda umumiy o‘rta ta’lim o‘n bir yillik bo‘lib, I-IV sinflar- boshlang‘ich maktab, V-IX sinflar esa to‘liqsiz o‘rta va X-XI sinflar-barchasi umumta’lim maktabini tashkil qiladi. Shuningdek, o‘rta hunar-texnika bilim yurtlari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari kabi nomlangan. Mazkur tuzilishga binoan o‘rta umumiy ta’lim maktablarida bolalarni olti yoshdan boshlab o‘qitish nazarda tutiladi.
Hunar-texnika ta’limi esa qayta tubdan o‘zagrtirilib, “O‘rta hunar-texnika bilim yurtlari”ga aylantirildi.
O‘rta ma’lumotga ega bo‘lmagan, ishlab chiqarishdagi faol yoshlar uchun kechki (smenali) va sirtqi maktablar saqlanib qolindi.
Umumiy o‘rta va hunar ta’limi tizimining o‘zgarishi bilan, oliy o‘quv yurtlari, bilim dargohlariga qabul qilishning yangi qoidalari, talablari ishlab chiqiladi.
Umumiy o‘rta va hunar ta’limi bilan unda beriladigan ta’limning mazmuni, shakllari, metodlari va usullarini ham tashkil etilishini o‘zgartirishni taqozo etadi. Buning uchun islohot taqozo etganidek, ta’limning mazmunini takomillashtirish zarur. Ta’limning mazmunini takomillashtirishning muhim shartlari o‘quv dasturlari va darsliklari materiallarini o‘quvchilarning yoshiga mos holda soddalashtirish, ortiqcha ikkinchi darajali materiallardan xalos etish zarur edi.
O‘quv fanlarining amaliy yo‘nalishini kuchaytirish, mehnat tarbiyasi va kasb tanlashga o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, ta’lim mazmunining politexnik yo‘nalishini ta’minlash masalasi, asosan, amalga oshiriladi.
O‘quv darsliklari, metodik qo‘llanmalar yaratildi; o‘quv rejasiga “Atrof muhit bilan tanishish” (I-II sinflarda), “Informatika fa hisoblash texnikasi asoslari” (X-XI sinflarda), “Oila etikasi va psixologiyasi” (X-XI sinflarda), “Ishlab chiqarish asoslari. Kasb tanlash” (VIII-X sinflarda) kabi fan asoslari kiritildi va o‘qitilmoqda, o‘qituvchilar mehnatiga tabaqalashtirib haq to‘lash joriy etildi, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qaytadan tayyorlash masalasida ijobiy siljishlar ro‘y berdi, o‘quvchilarni mehnat ta’limi va tarbiyasining mazmuni takomillashtirildi; hunar-texnika ta’limi tizimida ishchi xodimlar tayyorlash kengaytirildi; maorifning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalasiga nisbatan jamoat tashkilotlarining munosabatlari birmuncha o‘zgargandek tuyuldi. Biroq, bu o‘zgarishlar ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, uyushtirish uchun yetarli emas edi, albatta. Islohot birinchidan, “qayta qurish” sharoitida, maktab islohotining evolyutsion xarakterga egaligi, maktab ishining mazmuni, ilmiy-pedagogik kadrlar, moddiy-texnikaviy ta’minlanish, boshqarishning tubdan o‘zgartirilmaganligi ta’lim-tarbiyaning rivojlanishiga to‘siq bo‘ldi. Islohni amalga oshirishdagi tashkilotchilik ishlarining yetarli bo‘lmayotganligi, boshqarishdagi byurokratik metodga asoslanilayotganligi, xalq xo‘jaligining ehtyojiga mos ravishda kadrlar tayyorlash mo‘ljallanmaganligi ham islohot talablarini qiyinchilik bilan ham etilayotganligiga sabab bo‘ldi. Bular esa o‘z navbatida ta’lim-tarbiya saviyasini oshirishga salbiy ta’sir etdi.
Shuni qayd etish zarurki, o‘zbek maktablari sobiq ittifoq davrida milliy zamindan batamom uzilib qolgan edi. O‘qish-o‘qitishda Ovro‘po, xususan o‘rus tizimi qabul qilindi. Yangi davrdagi zamonaviylashtirishning “bilimdon” va “zukko” tashkilotchilari ming yillik yozuvimizni ham qayta-qayta almashtirib, natijada maktablarimiz o‘quv-tarbiyaviy ishlar va xalq ruhiyatidan deyarli ajralib qoldi, avlod-ajdodlarimizning dunyoviy, ma’naviy-axloqiy, ma’rifiy merosi esa umuman o‘qitilmay, o‘rgatilmay tashlab qo‘yildi.116



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling