O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika
EIPDAS - arab davlatlarida ta’limni rejalashtirish va boshqarishni takomillashtirish sohasiga doir dastur. TEMPUS -
Download 0.7 Mb.
|
ped. qo\'llanma
EIPDAS - arab davlatlarida ta’limni rejalashtirish va boshqarishni takomillashtirish sohasiga doir dastur.
TEMPUS - Yevropa Ittifoqining hamkor-davlatlarda oliy ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturi. IRIS - xotin-qizlarning kasbiy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan loyihalar tizimi. 1.Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi. Dunyo ta’lim makonining yuzaga kelishi, faol integratsion jarayonlar, ta’limni «inson kapitali» sifatida e ’tirof etilislii, ma’lumot haqidagi diplomlaming dunyo bo‘ylab tan olinishi chet el tajribasini o ‘rganish jarayonini tezlashtiradi. 1997-yilda XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi)yangilandi. Unda yettita bosqich k o ‘rsatilgan. 0 - maktabgacha ta’lim; 1 - boshlang‘ich ta’lim; 2 - o ‘rta ta’limning birinchi bosqichi; 3 - o ‘rta ta’limning ikkinchi bosqichi’ 4 — o ‘rta ta'limdan keyingi ta’lim (oliy ta’lim emas); 5 - oliy ta’limning birinchi bosqichi; 6 - oliy ta’limning ikkinchi bosqichi - oliy ta’limdankeyingi ta’lim. Jahon ta’lim tizimining ko‘p omilli ko‘rinishga egaligi meta oldi, makroregional va alohida davlatlardaga ta’lim tizimini tahlil etishga imkon beradi. Jahon ta’lim tiziminmg o ‘zaro aloqadorligi va o ‘zaro harakati belgilariga ko‘ra regionlami bir necha turga bo‘lish mumkin: Birinchi turga integrasion jarayon generatorlari hisoblangan regionlar kiradi. Bunday regionga eng yorqin misol sifatida G‘arbiy Yevropani keltirish mumkin. Birlik g ‘oyasi 1990-yillardan G‘arbiy Yevropa davlatlarida ta’lim islohotlarining asosiga aylandi. Birinchi turga mansub regionlarga shuningdek, AQSh va Kanada kabilami ham kiritish mumkin. Jahonda integratsion jarayonlaming generatori sifatida yangi Osiyo-Tinch okeani regioni ham shakllanmoqda. Unga Koreya, Tayvan, Singapur va Gonkong, shuningdek, Malayziya, Tayland, Filippin va Indoneziya kabi davlatlami kiritish mumkin. Ikkinchi turga integratsion jarayonlarga muvaffaqiyatli javob qaytarayotgan hududlar tegishli. Birinchi navbatda bu Lotin Amerikasi davlatlaridir. Tarixda bo‘lgani singari bugungi kunda ham Lotin Amerikasiga integratsion o‘ choqlar zonasi sifatida AQSh va G ‘arbiy Yevropa tomonidan ta’sir ko‘rsatilmoqda. Uchinchi turga ta’lim jarayoni integratsiyasiga kam e ’tibor qaratayotgan regionlar kiradi. Mazkur guruhga Saxara janubidan boshlab Afrika davlatlarining katta qismi, janubiy va janubiy sharqiy Osiyoning qator davlatlari, Tinch va Atlantika okeani havzasidagi uncha katta boimagan orol davlatlarini kiritish mumkin. Afrika daviatlarida maktab ta’limining davomiyligi minimal daraja - 4 yildan karn. Mazkur hududlarda aholining ko‘pchiligi savodsiz. Masalan, janubiy Saxarada yashovchi 140 min afrikalik savodsizligicha qolmoqda. Maktab ta’limi davomiyligining eng pastligi Nigeriyada - 2,1 yil, keyin Burkina-Fasoda - 2,4 yil, Gveniyada - 2,7 yil, Jibutida - 3,4 yil. X X asming oxiriga kelib qator iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sabablarga ko‘ra taiimning uzluksizligi va integratsion jarayonlarda og‘ishlar kuzatilayotan hududlar ajratib ko‘rsatildi. Bunday hududlarga arab davlatlari, Sharqiy Yevropa va Sobiq SSSR davlatlari kiradi. Arab daviatlarida ichki integratsiyaga tayanadigan to‘rtta subregionni shakllantirisha mtilish kuzatilmoqda. Bu hududlarga: Mag‘rib (Liviya bilan birga), Yaqin Sharq (Misr, Iroq, Sunya, Livan, Iordaniya), Fors ko‘rfazi (Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA, Qatar, Ummon, Baxrayn), Qizil dengiz bo‘yi va Mavritaniya davlatlari. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling