Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. 1917-yil O‘zbekiston tarixida qanday siyosiy voqea ro‘y berdi?
2. O‘zbekistonda qachon arab yozuvidan lotin yozuviga, so‘ngra kirill yozuviga o‘tildi?
3. «Savodsizlikni tugatish» kompaniyasi haqida nimalarni bilasiz?
4.O‘zbekistonda sobiq sho‘rolar davrida mavjud bo‘lgan qanday bosqichlardan iborat maktablar haqida bilasiz?
5. O‘zbekistonda birinchi universitet qachon tashkil etilgan?
21-mavzu: Xozirgi davrda jaxon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
Reja:
1.Jaxon mamlakatlari ta’lim tizimi.
2.Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi.
3.Ta’lim modellari. XX asr jaxon ta’lim tizimidagi global tendentsiyalar.
4.Xalqaro loyixalar va ta’lim dasturlari.
Tayanch tushunchalar
XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi)- Unda yettita bosqich ko‘rsatilgan. 0 - maktabgacha ta’lim; 1 - boshlang‘ich ta’lim; 2 - o ‘rta ta’limning birinchi bosqichi; 3 - o ‘rta ta’limning ikkinchi bosqichi’ 4 — o ‘rta ta'limdan keyingi ta’lim (oliy ta’lim emas); 5 - oliy ta’limning birinchi bosqichi; 6 - oliy ta’limning ikkinchi bosqichi - oliy ta’limdan keyingi ta’lim.
Gomogenlar - matematika va gumanitar y o ‘nalishda ish olib borsa boiadigan o‘quvchilar.
ERAZMUS - maqsad Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar talabalarining mobilligini taminlash (masalan, dastur doirasida 10% talabalar Yevropa mamlakatlaridagi boshqa oliy ta’lim muasssalarda o‘qishga borishlari kerak).
LINGVA - bu dastur kichik sinflardan boshlab chet tillarni o‘rganish samaradorligini oshirishga moijallangan.
EVRIKA - ushbu loyihaning maqsadi Sharqiy Yevropa davlatlari bilan amalga ooshirilayotgan tadqiqotlarini uyg‘unlashtirish.
ESPRIT - yangi axborot texnologiyalarini yaratish sohasida Yevropa universitetlari, kompyuter firm kuch va imkoniyatlarini birlashtirishni talab etuvchi loyiha.
Do'stlaringiz bilan baham: |