Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
Xonliklar davridagi ilm-fan, ta’lim-tarbiyadagi o‘zgarishlar haqida gapiring.
Mazkur davrda ayollar maktabida ta’lim tizimi va mazmuni haqida so‘zlab bering.
Jahon otin Uvaysiyning qizlar maktabida ta’lim mazmuni qanday bo‘lgan?
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning “Odob as-solihin” asarining mazmunini so‘zlab bering.
Jadidchilik harakatining kelib chiqish omillari nimalardan iborat?
Jadidchilik qanday g‘oyalarni ilgari surgan?
Turkistonning rivojlanishida jadidchilik harakati qanday ahamiyat kasb etadi?
Mahmudxo‘ja Behbudiy ta’lim tizimini rivojlantirishga qanday hissa qo‘shdi?
Munavvar qori qanday g‘oyalar bilan maydonga chiqdi?
Avbdulla Avloniy va Shakuriy Turkiston o‘lkasining ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-madaniy rivojlanishiga qanday hissa qo‘shdilar
20-Mavzu:1917-1990 yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji.
Reja:
1.Xalq maorifi sohasida maktab darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonini mustabid tuzum maqsadiga muvofiq tashkil etilishi va uning salbiy oqibatlari.
2.Maorif sohasidagi urushdan keyingi xolatlat,tahlil.
3.Maktab darsliklari yaratish, ta’lim-tarbiya jarayoninida maktablarning 4 yillik, 8 yillik, 9 yillik, 10 yillik islohotlarni maqsadga muvofiq tashkil etilishi va uning mazmun mohiyati.
Tayanch tushunchalar.
Umumiy o‘rta ta’lim - o‘quvchilarning fan asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv- ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof- muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlash ko‘nikmalarini shakllantirish boskichi.
Universitet- kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo‘yicha oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Akademiya- kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo‘yicha oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshirishga imkon beruvchi, yuridik makomga ega ta’lim muassasasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |