O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet32/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Ta’limning tashkiliy–metodik tamoyillari. Ta’limni tashkil etish metodikasi ta’lim mazmunini shakllantirish kabi erkin tanlanishi mumkin emas. Bu borada muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur. Bunday talablar ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillari deb yuritiluvchi tamoyillar mazmunida o‘z ifodasini topgan:


  1. Ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi;

  2. Ta’limda onglilik va ijodiy faollik;

  3. Ta’limda ko‘rgazmalilik;

  4. Ta’limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi);

  5. Ta’limning tushunarliligi;

  6. Guruhli va individual ta’lim birligi;

  7. Ta’limning o‘quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi;

  8. Oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi;

  9. Pedagogik hamkorlik.26

Ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi tamoyili bilish bosqichlarining obyektivligini anglatadi.
Izchillik ta’lim mazmuni, uning shakli va usullari, o‘quv jarayoni ishtirokchilari bo‘lgan subyektlarning o‘zaro munosabatlariga taalluqli. U alohida partsial (yunoncha partialis - qisman) va xususiy o‘quv vaziyatlari, predmet va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o‘zlashtirish asosida ularni yagona yaxlit o‘quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi.
Izchillik ta’lim jarayonining ma’lum tizim va ketma-ketlik asosida bo‘lishini nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy masalalarni o‘rganmay turib hal etib bo‘lmaydi.
Muntazamlik va ketma-ketlik u yoki bu o‘quv materialini o‘zlashtirish sur’ati, uning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro mosligini tahlil qilishga imkon beradi. Ta’limning muntazamliligi va ketma-ketligi ma’lum fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, borliqni yaxlit idrok etish o‘rtasidagi qarama-qarshilikni hal etishga imkon beradi. Ushbu holatlar birinchi navbatda dastur va darsliklarni muayyan tizimda yaratish, fanlararo hamda fanlar ichidagi bog‘liqlikni ta’minlash evaziga namoyon bo‘ladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling