O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti
Yosh darvozabonlarni texnik-taktik tayyorgarlik bo‘yicha test
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
12-13 yoshdagi darvozabonlarni texnik-taktik jixatdan tayyorlashda maxsus mashqlarning ahamiyati
3.3. Yosh darvozabonlarni texnik-taktik tayyorgarlik bo‘yicha test
sinov o‘tkazish natijalari Futbolda darvozabonlarning o‘yin faoliyati sakrovchanlik va muShaklar kuchlanishini aniq
me’yorlash, oddiy va qiyin sensomotor ta’sirlar, xarakatlanayotgan ob’ektga nisbatan aniq va tezkor ta’sir kabi spetsifik sifatlarni Shakllanishi talab qiladi. Futbol bilan muntazam Shug‘ullanish davozabonni qiyin xarakat faoliyatida ta’sir vaqtini qisqartirishga yordamlaShadi. Asosan, bu xolat to‘p o‘z yo‘nalishini tez o‘zgartirishi jarayonida yuz beradi. Darvozabonning texnik-taktik xarakat faoliyati negizida birinchi navbatda, o‘yin Sharoitida vaziyatni o‘zgarishiga e’tiborli bo‘lish yotadi. Futbolchi darvozabonning keng turli-tuman texnik-taktik xarakat faoliyati o‘yin jarayonidagi qiyin vazifalarni ijobiy xal qilishga yordam beradi. Yosh futbolchilarni texnik-taktik tayyorlash bilan bir qatorda, barcha tayanch sifatlarini o‘z ichiga oladigan, texnik-taktik xarakatlarni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bo‘lgan jismoniy tayyorgarligiga e’tibor qaratish lozim. Birinchi navbatda e’tiborni Shug‘ullanuvchilarning, texnik-taktik xarakat faoliyati negizini tashkil qiladigan fazilat va maxoratlarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Buning uchun turli: estafeta va xarakatli o‘yinlar, bir xarakatdan ikkinchi xarakatga moslashish, tezkor xarakatlanishni talab qiladigan, atrofni chamalash va javob xarakatlar, Shuningdek, kuzatuvchanlik va ziyraklikni talab qiladigan turli mashqlardan foydalaniladi. Texnik-taktik xarakat faoliyatini Shakllantirish jarayonidagi mashqlarning oson yoki qiyinligi emas balki, xammaga ma’lum va soddaligi katta axamiyat kasb etadi. Bunday yondaShuv aniq o‘yin vaziyati uchun zarur bo‘lgan, texnik-taktik xarakat faoliyatida to‘laqonli texnik elementlarni tanlashni Shakllantiradi. Bunday o‘yin Sharoiti darvozabonga texnik elementni amalda qo‘llashni emas, balki ijodiy yondashishga Sharoit yaratib beradi. Ushbu vaziyat Shug‘ullnauvchilarga o‘yin Sharoitida taktik
jixatdan darvozada atrofni chamalash ko‘nikmasini Shakillantiradi. 63
O‘rgatish va mashg‘ulot jarayonida davozabonlarni spetsifik fikrlashini rivojlantirishga sharoit yaratish uchun texnik elementlarni osondan qiyiniga tamoyili asosida bajariladi. Sportchilar texnik elementlarni bajarish vaqtida o‘yin faoliyati samaradorligiga erishishda yuz beradigan vaziyatni yuzaga keltiradi va katta topqirlikni shakllantiradi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling