a) 10 m.ga tezlanish va yugurishga o‘tish;
b) jarima maydonining turli nuqtalarida 5,10,15m masofalarda yotgan
darvozadan start olib, turli (o‘tirgan, yotgan) xolatlarda ushlash;
v) 10-15m masofaga darvozadan start olish va oyoqqa yiqilishni imitatsiya
qilish.
4. To‘pni qabul qilishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan yondoshtiruvchi
mashqlar.
a) past yo‘nalishdagi to‘pni qabul qilish;
b) yon tomonga qadam tashlab past yo‘nalishdagi to‘pni qabul qilish;
v) 4-5m masofadan tepilgan to‘pni qabul qilish;
g) 4-5m masofadan qo‘l yordamida yo‘naltirilgan to‘pni qabul qilish;
d) 35-45m masofadan oyoqlar yordamida sherigiga to‘p tepish;
e) 35-40m masofadan bir qo‘l yordamida sherigiga to‘p tashlash;
5. Darvozada mashq qilish.
a) o‘ng va chap qanotlardan yo‘naltirilgan to‘plarni qarshilik va
qarshiliklarsiz ilib olish yoki musht bilan to‘pni qaytarish;
b) yiqilish jarayonida pastdan yo‘naltirilgan to‘pni ilib olish;
v) sherik tomonidan jarima maydoni va jarima maydoni tashqarisidan
yo‘naltirilgan turli yo‘nalishdagi to‘plarni qabul qilish;
g) 11-metrdan yo‘naltirilgan to‘plarni qabul qilish.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |