O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti
Murabbiyning darvozabon bilan yakka mashg‘ulotlari
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
12-13 yoshdagi darvozabonlarni texnik-taktik jixatdan tayyorlashda maxsus mashqlarning ahamiyati
Murabbiyning darvozabon bilan yakka mashg‘ulotlari 1. To‘p darvozaning o‘ng burchagida darvoza chizig‘idan 0,5 metr masofada turibdi. Darvozabon darvoza markazida turibdi. O‘ng tomonga bir qadam qo‘yib sakragan holda tashlanib to‘pni egallab oladi. Uni joyida qoldirib tezda o‘rnidan turadi. Shu zahotiyoq darvozadan 10 metr narida turgan murabbiy tomonidan yuqorilatib yo‘naltirilgan to‘pni sakragan holda ilib olish kerak. 59
Mashq 10 marotaba takrorlanadi. So‘ngra darvozabon qisqa vaqt dam oladi bu davrda to‘p o‘ng burchakdan chap burchakka o‘tkaziladi va mashq qaytadan yana boshlanadi. 2. Topshiriq avvalgi mashqdagidek holatda bo‘lib, darvozabonga burchakdan to‘p tashlanganidan so‘ng tezda urnidan turib, tezda qarama- qarshi burchakka murabbiy tomonidan 1,2 metr yuqoridan yo‘naltirilgan to‘pga tashlanadi. 3. Avvalgi mashqdagidek: darvozabon sakrab to‘pni iladi, darvoza burchagida turgan to‘pni egallash uchun tashlanadi va tezda turib qarama qarshi burchakka yo‘naltirilgan to‘pni egallash uchun tashlanadi. To‘p murabbiy tomonidan qarama qarshi ustunga pastdan yo‘naltiriladi. 4. Darvozabon chap ustun yonida turadi. Murabbiy darvozadan 10 metr masofada turgan holda dioganal bo‘ylab to‘pni o‘ng burchakka yo‘naltiradi. Darvozabon to‘pni darvozaga kirmasdan avval egallashga harakat kiladi. Har 10 ta mashqdan so‘ng dam olish uchun tanaffus beriladi. 5. Darvozabon chap ustun yonida turadi, murabbiy esa to‘p bilan undan 6 metr oldinda turadi. Darvozabon darvoza markaziga yuguradi. U markazga etib kelmasdan avval murabbiy to‘pni darvozaning burchagiga yo‘naltiradi. Darvozabon 180° ga burilgan holda darvozaga kirib ketayotgan to‘pni sakragan holda ilib olishga harakat qiladi. 6. UbShu mashqda murabbiy to‘pni er yuzidan emas, 1,2 metr balandlikda yo‘naltiradi. Maqsad darvozabonning uzoqroq masofaga sakrashni mashq qilish. 7. Uchta to‘p taxminan darvozadan 5 metr masofada 1,5 metr oraliqda joylashtirilgan, ular tartib nomeri bilan belgilangan. Darvozabon darvoza markazida turgan holda murabbiy buyrug‘iga ko‘ra aytilgan tartib raqamidagi to‘pga tashlanadi. Uni egallab olib joyida qoldiradi. Ular 10—15 ta o‘ng yoniga sakrab tashlanishdan so‘ng darvozabonga dam olish uchun qisqa tanaffus e’lon qilinadi. Keyingi gurux sakrashlar faqat chap yoniga sakrab tashlanishdan iborat bo‘ladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling