O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Matbuotda yoshlar masalalarini yoritishda dolzarb mavzular
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
matbuotda yoshlar siyosatini aks etishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. MATBUOTDA YOSHLARNING MA`NAVIY IMMUNITETINI MUSTAHKAMLASH VA SPORT MAVZULARINI YORITILISHIDA MAHORAT MASALALARI
1.3. Matbuotda yoshlar masalalarini yoritishda dolzarb mavzular Prezidentimiz Islom Karimovning “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo’lishlari shart” degan gaplarida O’zbekiston yosh avlodni tarbiyalash borasidagi davlat siyosatining mazmun mohiyati o’z ifodasini topgan.Yurtimizda sog’lom avlodni shakllantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bundan maqsad mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlar
28 o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish, yurtimiz yigit qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun barcha shar-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratishdir. Ertangi kun egalari yoshlarning muammolari bu yurt kelajagiga ham bevosita ta`siri demakdir. Bugungi yoshlarning muammolari ham turlicha. Bundan yigirma yil avvalgi yoshlarning muammolari bilan
bugungi yoshlar
muammolarini taqqoslashimiz mumkin emas. Birgin misol hozirgi kunda yoshlar bir kunini uyali aloqa yoki internetsiz tasavvur etisha olmaydi. To’g’ri tezkorlik – zamon talabi, yoshlargaxosxususiyat. Biroq hali oqni qoradan ajratishga o’rganmagan ko’plab yosh yigit qizlar vaqtlarini zoyi ketkazish bilan birga, o’zlari bilmagan, istamagan holatda qorong’u ko’chalarga kirib ketayotganlariga, afsuski ko’plab misollar keltirishimiz mumkin. Ammo bu yerda ikki yo’l o’rtasida turga o’spirin yoki bo’sh vaqtini samarali o’tkazishni bilmaydigan, qaysi kasbni tanlasam kelajagim uchun foydali bo’ladi, deb o’ylab yurgan yoshlarni ayblash bilan chegaralanishimiz to’g’ri emas, albatta. Bu yerda ota-ona, o’quv muassasalari, shuningdek respublikaning yetakchi ommaviy axborot vositalaridan ham dahldorlik bilan birga masulyat talab etiladi. Yoshlar hayotida qanchadan-qancha muammoli holatlar, jarayonlar yuz beradi. Birgina ta`lim sohasini olsak. Yurtimizda mana bir necha yildirki, uzluksiz ta`limni yo’lga qo’yish va uni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar olib bormoqda. Dastlabki to’rt yillik boshlang’ich ta`lim, to’qqiz yillik o’rta maxsus ta`lim jarayoni, so’ngra ixtiyoriy–majburiy ta`limning tashkil etilgan mamlakatimizda ta`lim tizimini jahon standartlari bo’yicha yo’lga qo’yilganini ko’rsatadi. Biroq muammo shundaki, yosh avlod bunday jarayonni qanday baholaydi va undagi ishtirokini qay taxlit olib boradi? To’qqizinchi sinfni bitirgan o’quvchi oldida kollejga topshirib bir kasbni egasi bo’lib chiqish yoki letseyda o’z bilimini yanada chuqurlashtirib oliy o’quv yurtiga o’qishga qabul qilinishi mumkin. Bu jarayon o’smir hayotida ahamiyatli bo’lishi bilan birga, ikkilantiruvchi jarayondir. Bitiruvchilarning 90 foizi daromadli kasb egasi bo’lishni istashadi. Daromadli ish deganda esa ko’z oldiga birinchi navbatda tadbirkorlik faoliyati keladi. Tadbirkorlik uchun faqatgina hisob kibobni bilish kifoya deydiganlar
29 ham kam emas. Bu holatni ikki hil baholashimiz mumkin birinchidan maktablarda o’quvchilarni kasbga to’g’ri yo’naltirilmayotgani bo’lsa ikkinchida oilaviy muhitning ta`siri deyishimiz mumkin. Shu o’rinda yoshlar matbuotining vazifalaridan biri shunday vaziyatlarda yosh avllodga to’g’ri yo’l-yo’riq ko’rsatish, maslahat berishdir. Yuqorida keltirib o’tganimiz, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar savollariga “Turkiston” gazetasida chop etilgan Rustam Yusupovning “Kichik biznesga katta maqsadlar bilan”, Nazokat Qurbonniyozovaning “Ilm – umr bezagi”, Dilshod Ro’ziqulovning “Yuridik xizmatlar ko’lami kengaymoqda”, va boshqa bir qator maqolalardan javob olishimiz mumkin. Yoshlar matbuotining yana bir muhim vazifalaridan yosh avlodni an`analar girdobiga tushib qolishdan saqlash. Urf –odatlarimizga ko’ra bo’yi yetgan qizni tez uzatib yuborish, yani turmushga berish eng maqbul yo’l hisoblanadi. Qalbi orzularga to’la qizchaning maqsadlari, orzu-istaklari bilan hamma oilalarda ham hisoblashishavermaydi. Natijada o’n sakkiz, o’n to’qqiz yoshda farzand ko’rish tabiiy holga aylanib qolgan. Ba’zan chekka viloyatlarda o’n besh, o’n olti yoshli qizlarni turmushga uzatish holatlari ham uchrab turadi. Bu kabi holatlar nafaqat bir oila, mahalla, viloyat uchun emas butun bir davlatning kelajagiga katta salbiy tasirni ko’rsatadi. Bunday voqealarni oldini olish, ota-onalarga, yosh yigit- qizlarga, turmush haqida tushuncha berish bosma nashrlarning muhim vazifalaridan sanaladi. Misol uchun yuqoridagi fikrlarimizga javoban matbuotda e’lon qilingan bir qator maqolalardan javob olishimiz mumkin. “Ma`rifat” gazetasi 2014- yil 16-iyul 57-sonida muallif Rahimaxon Begmatovaning “Yoshlarni turmushga tayyorlash ma`sulyatli jarayon” nomli maqolasi chop etilgan. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyeda ta`lim olayotgan qizlar bilan olib borilayotgan ta`lim- tarbiya ishlari haqida so’z yuritiladi. Maqola kirish qismida dolzarb masala ko’rsatiladi. Balog’at yoshiga yetmasdan oila qurib mas`ulyatni anglamagan holatlarda ko’plab muqqaddas qo’rg’onlar barbod bo’layotgani, bu jarayonda pedagoglarning zimmasiga har bir o’quvchi yoshlar bilan alohida ishlash, ularni tinglash, muammolari yechimini topishga ko’maklashish zaruruyati alohida
30 ta’kidlanadi. Litseyda olib borilayotgan ishlar samarasi natijasida Sarvinoz Jo’rayeva, Hosiyatxon Ziyoyeva kabi qizlarning turli respublika tanlovlarida g’oliblikka erishganlari haqida so’z yuritiladi. Maqolada “Qizlar uchun erta oila qurishlarini oldini olish”, “Yoshlarni turmuhga tayyorlashda oila qurish psixologiyasi” mavzularida muntazam davra suhbatlari olib borilayotgani o’z samarasini berib kelayotgan ta’kidlanadi. Bizga malumki davra suhbatlari, yuzma- yuz aloqa natijasida ko’proq natijaga erish mumkin. Bu usul samarali bo’lish bilan birga ortiqcha tashkilotchiliklarni talab etmaydi. Biz matbuotlardan bir mavzudagi ko’plab davra suhbatlari bo’lib o’tgani haqida o’qiymiz. Biroq odatdagidek mavzu bitta joy nomlari, qatnashchilar vaqti boshqa. Agar shu davra suhbatlarning o’ziga xos jihatlari, unda ilgari surilgan yangilik ham o’z ifodasini topsa maqsadga muvofiq bo’lardi. Gazetanini shu sonida tadqiqotchi Mirislom Badalovning “Mustaqil hayotga tayyorlash bunda “Qizlar klubi”ning ahamiyati katta” mavzuyida chop etilgan maqolada yosh qizlarning muammolariga atroflicha yondashuvni ko’rishimiz mumkin. Maqola ichida “Beg’ubor voyaga yetsa”, “O’zgalarga xuddi ko’zguga qarab”, “Oilaviy baxtni qizlar yaratadi”, “Birov birovga o’xshamas” kichik sarlavhalar berilishi o’quvchini o’ziga jalb etadi. Tarbiyaning har qaysi yo’nalishini ro’yobga chiqarishda, ma’ruza va suhbat, davra suhbati, munozara, oilaviy konferensiyalar, oilaviy musobaqa, oilaviy madaniy hordiq va ekskursiya, oilada individual suhbatlar metodlaridan foydalanish mumkinligi haqidagi aniq takliflar bilan birga, hayotiy misollar orqali har bir o’quvchiga tushunarli tilda maslahat bera olgan deyishimizga asos bo’ladi. Maqolada taniqli adib Mirzakalon Ismoiliyning fikrlarini keltirilishi judayam o’rinli bo’lganini ko’rishimiz mumkin: “Yaxshi oila qurmoq uchun birgina muhabbat kifoya emas,. Katta do’stlik ham kerak. Shunday ham bo’ladi: bir-birlarini sevadilar, turmush qurishni esa bilmaydilar”. Maqola yakunida “Qizlar klubi” barcha masalalarni o’z zimmasiga ololmaydi, buni imkoni yo’q. Ayni paytda bu klub imkoniyatlaridan o’rnida foydalanilsa, u juda katta tarbiyalovchilik vazifasini o’tashi tayinli haqida aniq va lo’nda xulosa berilgan.
31 Gazetada yoshlar muammolari kabi mavzulari ham turlicha boshqa matbuotlarga nisbatan “Ma`rifat” gazetasida mavzuga chuqur yondashuv, batafsillik, keng qamrovligi bilan alohida ajralib turadi. Misol uchun mavzu dolzarbliligi bilan uning hajmi teng bo’lishiga gazeta tahririyati alohida e`tibor qaratishini sezish mumkin.
Katta hayot ostonasiga ilk qadamlarini qo’yayotgan yosh oilalarning muammolari bo’lishi ta’biy holat hisoblanadi. Ayniqsa ularning alohida oila qo’rg’onlarini yaratishlarida uy-joy masalasi birinchi darajali masala hisoblanadi. Yurtimizda bularning barchasi inobatga olingan holda qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Yosh oilalarga e`tibor va g`amxo`rlikni, kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, moddiy va ma`naviy jihatdan qo’llab quvvatlash, shu jumladan boshpana bilan ta’minlash, zarur imtiyoz va afzalliklarining yaratilishi shular jumlasidan. Prezidentimizning 2007-yil 18-mayda qabul qilingan “Yosh oilalarning moddiy va ma`naviy qo’llab quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-apreldagi “Yosh oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori bu borada muhim huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. 2014-yil 6-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Kamolot uylari” haqida OAVlarida ma`lumotlar e`lon qilib borilayotganini kuzatitishimiz mumkin. Shu mavzudagi batafsil ma`lumotlarni “Ma`rifat” gazetasining 2015-yil 25-mart, 24 sonidan o’qishimiz mumkin.Gazeta muxbiri Dilfuza Toshkenboyevaning “Kamolot uylari” sarlavhasi ostidagi Kamolot YIH markaziy kengashi yurist- konsutanti Bahrom Ilhomjonov bilan suhbat olib boriladi. Suhbat davomida “Kamolot uylarini olishni qanday talab va mezonlari bor?”, “Hujjatlar qanday tartibda ko’tib chiqiladi?”, “Kamolot uylaridagi kvartiralarni navbatsiz ham olish mumkinmi?”, “Hozir mammlakatimizning qaysi hududlarida Kamolot uylari qurilyapti?” kabi asosli savollarga mutaxassis tomonidan batafsil
32 ma’lumotlar berilgan. 14 Bir sahifalik materialdan yangi uy-joy qilishni rejalashtirib yurgan yosh oilalarni barcha savollariga javob olishlari bilan birga unga talab etiladigan barcha hujjatlar tartibi va imtiyozli kriditlar haqida ham bilib olishlari mumkin bo’ladi. Keltirilgan talablarga javob beradigan barcha yosh oilalar dastlabki besh yili imtiyozli davr, boshlang’ich badal to’lovisiz “Kamolot” uylariga ega bo’lishlari mumkin. Internet va kompyuter texnologiyalari sohasida yoshlarimizning bugungi erishayotgan yutuqlari oz emas. Aholiga xizmat ko’rsatishda yengilliklar yaratish, turli sohalar faoliyatini ixchamlashtirishda information texnologiyalardan foydalanish kabi yo’nalishlarda yoshlarimiz aqliy mehnatlari mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga ijobiy o’zgarishlar olib kirmoqda. Internetda foydalanmaydigan yoshlarni bugungi kunda topish amrimahol. Har bir yosh o’z ehtiyojlaridan kelib chiqib internetga murojaat qiladi. Ular asosan yangiliklarni izlash, do’stlar bilan muloqot qilish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish maqsadida foydalanishadi. Ammo internetning yoshlarimizning ma`naviyati, dunyoqarashiga salbiy ta`sir etuvchi jihatlaridan ham ko’z yumib bolmaydi. Boshqacha aytganda, hozirgi dunyo axborot xavfsizligini ta`minlash muammolari – axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalangan holati dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki axborot, qudratli kuchga aylanib, yadro poligonlaridan ham xavfliroq tus olib bormoqda. Jahonda noxolis axborot tarqatish, uni salbiy talqin qilish yoki o’z manfaatiga moslab uzatish holatlari avj olmoqda. Shuining uchun ham axborot xavfsizligini taminlash har qachongidan ham muhimdir. Demak, axborot xavfsizligini ta`minlash usullarini o’rganish va tatbiq etish zarur va shartdir. Axborot xurujlarining oldini olish, axborot xavfsizligini – ta’minlash ichki va tashqi xavflardan himoyalash demakdir. Bir paytlar jug’rofiy siyosat asoschilari O’rta yer dengizini egallagan davlat butun dunyoga egalik qiladi, degan qarashni ilgari surgan edi. Bugungi axborot texnologiyalari yuksak taraqqiy etgan, axborot jamiyati qaror topib borayotgan sharoitda masalaning mohiyati o’zgarib ketdi: kimki axborot tarqatishga egalik qilsa,
14 “Ma`rifat” gazetasi.25- mart, 2015-yil, 24-son.
33 dunyoning taqdiri o’shani qo’lida bo’ladi. Elvin Tofler aytib o’tganidek, biz yashab turgan olam yangi sivilizatsiyaning boshlanishidir va biz bu jarayonlarni jonli guvohlarimiz. Yangi sivilizatsiya asosini axborot tashkil qiladi. Shiddatli axborot oqimini rivoji madaniy rivojlanishga ta`sir ko’rsatadi va chuqur iz qoldiradi. Bunday holatda hammadan bir yoqadan bosh chiqarish va o’z immunitetini ushlab turish talab qilinadi. Respublikamizda bu jarayon 90 yildan ochiq axborot almashunuviga imkoniyatlar berilgandan so’ng kuzatila boshlandi. Insoniyat boshqaruv jaroyoniga qarab bormoqda. Ilgari shaxs axborotni boshqargan bo’lsa, hozir axborot shaxsni boshqarmoqda. Insoniyat tamadduni bu bosqichning asosiy ishtirokchisi o’sib kelayotgan yosh avloddir. Yosh avlod ongini egallash kelajak hayotni egallash ekanligini biz juda yaxshi bilamiz. Yangi svilizatsiyaning eng xavfli tomoni u asosiy o’lja sifatida yangi o’sib kelayotgan avlodni tanlaganidadir. Yana muhim eslatma borki, bugungi zamon yoshlariga taqiqlab qo’yish tanlab axborotni uzatishni iloji yo’q. Faqatgina ular ongida tashqi ta`sirlardan o’zlarini himoya qilishlari, to’g’ri va xolis axborotlarni qabul qilishlari uchun ulardagi ma`naviy immunitetni mustahkamlash muhim masala. Shunday ekan yoshlar matbuotining ham ma`sulyati alohida hisoblanadi. Kichik tadqiqotimizda tahlil qilinayotgan “Ma`rifat” va “Turkiston” gazetalarida ham bu mavzular doirasida turli yo’nalishlarda materiallar yoritilib boriladi. Yoritilish uslublarining o’ziga xosligi bayon tilining sodda va ravonligidadir. “Marifat” gazetasi haftada bir marta, “Turkiston” gazetasi ikki marta chop etiladi. Yoshlar esa tezkorlik tarafdorlari, ko’pchilik yoshlar matbuot do’koniga borib gazeta harid qilishga ketadigan vaqtlarini, turgan joylaridan qimirlamasdan uyali telefonlari orqali internetdan foydalanishni afzal ko’rishadi. Ko’p sonli yoshlarni inobatga olgan holda bosma nashrlar ham elektron sahifalarini yanada mukammallashtirishlari lozim, degan fikrga kelamiz.
34 II BOB. MATBUOTDA YOSHLARNING MA`NAVIY IMMUNITETINI MUSTAHKAMLASH VA SPORT MAVZULARINI YORITILISHIDA MAHORAT MASALALARI 2.1. Yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlashda matbuotni o’rni va ahamiyati “Ma`naviy, ruhiy dunyoda hech qachon bo’shliq bo’lmaydi. Jamiyat hayotida sog’lom g’oya ustuvor bo’lmas ekan, albatta, yot, zararli ta’sirlar suqilib kirishga harakat qiladi. Bu qonuniyat”. 15
Har bir ommaviy axborot vositalarining birinchi galdagi vazifasi, maqsadi xolis va tezkor axborotni xalqqa yetkazish. Shu bilan birga o’quvchilar savodxonligini oshirish ma`naviy immunitetini mustahkamlashdek muhim vazifasi bor. Yurtimiz istoqlolining ilk kunlaridan boshlab prezidentimiz rahnamoligida milliy
ma`naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo’yicha ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi murakkab globallashuv davrida ma`naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma`naviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa yosh avlodning qalbi va ongini himoya qilish masalalariga alohida e`tibor qaratilyotganini barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar misolida ko’rishimiz mumkin. “Ma`naviyat”, “ma`naviy immunitet” tushunchalariga qisqacha to’xtaladigan bo’lsak, yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda “ma`naviyat” tushunchasining mazmuni faqat “mani”, “ma`no” degan so’zlar doirasida chegaralanib qolmaydi. Insonni ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog’langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, xalq hayotida hech narsa bilan o’lchanmas beqiyos o’rin tutadi. “Ma`naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon- e`tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir” 16 .
15 Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. T: “Ma`naviyat”. 2008-y.-B.- 19. 16 O`sha manba.
35 Immunitet bir so’z bilan aytganda tashqi ta`sirlardan himoyalanish demakdir Ma`naviy immunitet tushunchasiga ham yurtboshimiz I.A.Karimovning quyidagi izoh beradi: “Ma`lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta`bir joiz bo’lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o’zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo’lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning “davati” ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g’oyalar ham ularga o’z ta`sirini o’tkaza olmaydi” 17 degan fikrlaridan ma`naviy immunitetni naqadar kerakli va zarurligini anglash qiyin emas. Ushbu tarmoqni rivojlantirish xalq ma`naviyatini yuksaltirish va mustahkamlash yo’lida barcha sohalarda dastur bo’la oladigan Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yilda nashr qilingan “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asari beqiyos manba hisoblanadi. Amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqqa yetkazishda ommaviy axborot vositalari jumladan, matbuotdan o’ziga xos yondashuv talab etiladi. Bu borada Prezidentimiz ta’kidlaganidek,- “Ma`naviyat haqida har qancha da’vatlar , muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o’ylangan tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko’zlangan maqsadga erisholmaymiz, ya`ni inson qalbiga yo’l topolmaymiz… matbuot , televideniye internet boshqa ommaviy axborot sohalari, bir so’z bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta`sir o’tkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma`naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko’tarishimiz zarur” 18
gazetalarida yoritilgan mavzular misolida ko’rib chiqamiz.
17 Karimov I.A.Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch.T:. “Ma`naviyat”, 2008.-B.119-120. 18 O’sha manba.-B.-129.
36 Ma`rifat gazetasi 2014-yil 2-iyul sonida nashr qilingan professor Muhammadjon Qurbonovning “Bolam baxtli bo’lsin desangiz” sarlavhali maqolasida “Bugun mamalakatimizning 1400 ga yaqin ommaviy axborot vositalarida xizmat qilayotgan jurnalistlarning grajdanlik pozitsiyasiga ko’p narsa bog’liq. Milliy axborot maydonida sog’lom raqobat muhitini yaratish, fikrlar xilma-xilligiga erishish matbuotda barcha ijtimoiy qatlamlarning qarashlarini ifoda etish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kabi maqsadlarga jonkuyar va fidoyi jurnalistlarmizning mashaqqati mehnati bilan erishiladi” 19 .Shu bilan birga bugungi zamon davr tahdidlari ularga qarshi munosib kurashish nafaqat jurnalistlar, balki barchamizning muhim vazifamiz ekanligi haqida salmoqli fikrlar keltirilishi barchani ogohlikka chorlaydi. Maqolada bugungi zamon muammolari quyidagicha tasniflab berilgan. Turli g’oya va manfaatlar kurashi tobora kuchayib, yolg’onni rost, rostni yolg’on deb ko’rsatishga urinishlar bo’layotir; Axborot – kommunikatsiya vositalarini o’zining uzoqni ko’zlaydigan manfaaatlariga xizmat qildirishga majbur etish holatlari kuzatilmoqda; g’arazli maqsadlar yo’lida odamlar, millatlar bir-biriga qarshi qo’yilmoqda; odamlarni hayotdan norozi bo’lishga da`vat qilish uchun turli soxta ma`lumatlar tarqatilayotir; o’zgalarni pisand etmay, kuchi yetadigan davlatlarga po’pisa va zo’ravonlik qilish, hech kim bilan hisoblashmasdan, kuch ishlatish hollari ro’y berayotir; yon-atrofimizda o’zini oqlamagan va umrini o’tab bo’lgan eski tizim va ma`fkuralarni qo’msashga bo’lgan urinishlar tobora tarqalib va kuchayib bormoqda; Yuzaga kelgan bunday tahdidlarga munosib qarshi tura olish uchun amalga oshirilishi kerak bo’lgan eng muhim vazifalar ham belgilab berilgan. Shunday vaziyatda har bir kishi oqni qoradan, haqiqatni uydirmadan ajrata olishi zarur, buning uchun esa o’zining mustaqil dunyoqarashi va fikriga ega bo’lishi
19 Ma`rifat gazetasi 2014- yil 2- iyul 53 soni.
37 kerak. Yot kuchlarning qarmog’iga tushib qolmaslik uchun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning ko’zini keng ochish, ularni irodasi mustahkam, iymoni baquvvat inson etib tarbiyalash zarur, bunda esa har bir murabbiy, targ’ibotchi, noshir, jurnalist, ota-onaning bilim va tajribasi, professional mahorati, grajdanlik pozitsiyasi tayanch bo’lmog’i kerak. Yuqorida berilgan aniq takliflar atrofimizda sodir bo’layotgan voqea hodisalarni teranroq anglashimizga yordam beradi. “Bugungi kunda, insoniyat qo’lida mavjud bo’lgan qurol-yaroqlar yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin, hozirgi zamondagi eng katta xavf insonlarning qalbini, ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar ko’p narsani hal qiladi. Kurashning bu turida eng samarali qurol – axborot. Shu bois axborotni o’z maqsadlariga xizmat qildirishga intilish keskin tus olmoqda. Axborot uni uzatish, qayta ishlash va yig’ish bosqichlari o’ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Ya’ni insonning oddiy, kundalik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xatti-harakatlarning asosini ham, dunyo davlatlarining insoniyat taqdiriga daxldor bo’lgan qarorlarning manbaini ham axborot tashkil etadi. Bu esa o’z navbatida g’oyaviy ta`sir o’tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Hozirgi kunda turli usullarda olib borilayotgan mafkuraviy targ’ibot va tashviqotlarning asl maqsadi – inson qalbi va ongi uchun kurashga qaratilgan. Bu kurash o’z natijasiga ko’ra uchta asosiy bosqichdan iborat. Birinchisi – muayyan axborot inson tomonidan qilinmaydi. Ikkinchisi – axborot inson ongida ma`lumot sifatida saqlanib qolishi va u bundan boshqa bir masala yuzasidan qarorlar qabul qilishda solishtiruvchi manba sifatida foydalanish mumkin. Uchinchisi – axborot fikr yoki g’oya sifatida inson qalbini egallashi, ma`naviy ruhiy xolatining uzviy qismiga aylanishi hamda bu uning amaliy faoliyati asosini tashkil qiluvchi omil bo’lib qolishi mumkin.
Hozirgi davrda jamiyatlar rivojlanishini globallashuv jarayonlarining odamlar mentaliteti, ma`naviy dunyosi, ijtimoiy xatti-harakatlariga ta`sirisiz tasavvur etib
38 bo’lmaydi. Insoniyatning keying taraqqiyot yo’llari globallashuv sharoitida shaxsning ijtimoiy ongi, yo’naltiruvchi maqsadlari, qadriyatlari, hayotiy tushunchalar, dunyoqarashi va oxir-oqibat uning jamiyat bilan munosabatlarda qanday o’zgarishlar sodir bo’layotganligiga bog’liq. Shuning uchun ijtimoiy va gumanitar fanlarda globallashuvning jamiyat hayotini iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalariga ta`siri masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Globallashuvning inson va potindustirial jamiyatlar hayotidagi o’rni hamda roli haqidagi alohida qarashlar shakllanmoqda. Biroq, bu jarayonlarning inson tafakkuri va ma`naviy dunyosida sodir bo’layotgan o’zgarishlarni tad qiq etish zaruriyati quyidagi holatlar bilan belgilanadi: globallashuv shaxsni shakllantiruvchi jamiyatning madaniy – ma`naviy sohalariga ta`sir o’tkazib, muayyan o’zgarishlarga olib keladi, an`naviy qadriyatlar tizimini izdan chiqaradi; globallashuv ta`sirida ro’y bergan o’zgarishlar insonning ma`naviy axloqiy, psixologik qiyofasiga jiddiy ta`sir o’tkazadi va demak, hozirgi zamon jamiyatining qiyofasini muayyan tarzda o’zgartiradi; hozirgi zamon globallashuv konsepsiyalarida mualliflarning diqqat e`tibori asosan inson faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalariga qaratilgan. Ijtimoiy munosabatlardagi o’zgarishlar inson dunyoqarashidagi o’zgarishlar natijasi ekanligi qayd etiladi. Bu hol atrof dunyo haqidagi tasavvurlar hamda global doirada insonlararo munosabat va o’zaro aloqalarni baholash mezonlari tizimini yanada chuqurroq o’rganishi taqozo etadi. Mavzuga psixologik nuqtai nazardan yondashadigan bo’lsak 2013-yil 24- iyulda “Ma`rifat” gazetasida chop etilgan psixolofgiya fanlari nomzodi Umarali Qodirovning “Destruktivlik tushunchasi”ning ta`rif, talqin va tahlilini o’qishimiz mumkin. “Deskruktiv faoliyat” (ingilizcha “destructive”- “yemiruvchi”, “Vayron qiladigsan”, “halokatli”). Aksariyat adabiyotlarda destruksiya “biror narsaning tuzilmasini vayron qilish” sifatida sharhlanadi. 20
20 O’sha manba.6-bet.
39 Maxsus adabiyotlar, manbalarda qayd etilishicha, ushbu tushuncha zamirida odamning tashqi olamga nisbatan yo’naltiirilgan maxsus faolligi shakli tushiniladi. Bu faollikning mohiyati esa turli ob`ekt yoki tizimlarni vayron qilish yohud buzishga intilishida namoyon bo’ladi. Destruktiv faoliyat boshqa insonlar, jamiyat, davlat tabiiy muhit, madaniy-tarixiy yodgorliklar, turli buyumlar, shuningdek, shaxsning o’z-o’zini halok etishiga ham qaratilishi mumkin. “Hozirgi vaqtda yoshlarni destruktiv ta’sirlardan himoyalash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu o’rinda katta yoshli avlod vakillarining yoshlarga xos mustaqillikka intilish, hech bo’lmaganda tashqi ko’rinishi ( kiyinishi, soch turmaklari, yurish – turishi va hokazo) bilan ajralib turishga zamonaviy ko’rinishga harakat qilish kabi xatti-harakatlarini inobatga olmasliklari yoki butunlay qoralashlari noo’rin” 21 . Yoshlar tarbiyasida kichik ko’ringan hatolar ham kelajakda o’z bo’yini ko’rsatishi mumkin. Yoshlarning ma`naviyati but bo’lishida oilaning yaqin insonlarni ahamiyati beqiyosligi barchamizga ma’lum”. Matbuotda yoritilgan yuqoridagi kabi materiallar nafaqat yoshlarni ma`naviy dunyosini boyitib qolmay ota-onalar, murabbiylar uchun ham tarbiya jarayonida ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi. Umarli Qodirovning yana bir maqolasida “Axboriy-psixologik xavfsizlik” mavzuyida so’z yuritiladi. Psixologlar tomonidan hozirgi kunda “axboriy- qo’poruvchi omil” degan tushuncha iste`molga kiritilgan “Internetda tarqatilayotgan qo’poruvchilik ruhidagi axborotlar orqali ba`zan harbiy harakatlar evaziga amalga oshirib bo’lmaydigan maqsadlarga ham erishish mumkin” 22 . Bu axborotni shaxsga ta`sir qiluvchi jihatlari quyidagicha izohlanadi: Kishilarning axloqiy – psixologik holatini, dunyoqarashi, siyosiy nuqtai nazari va e`tiqodini maqsadli ravishda o’zgartirishga nisbatan qaratilgan axboriy bosim, huruj, notiqlik, ataylab buzilgan, noto’g’ri ma’lumat va axborotlarning tarqatilishi, to’g’ri ma`lumotning kishilar tomonidan noto’ri idrok etilishini ta`minlashga intilish. Tashqi muhit va shaxsning ichki dunyosi bir-biri bilan chambarchas bog’liq. O’zini o’zi anglash jarayonida psixologik yo’naltirilishga muhtoj kishi uchun uni
21 Ma`rifat gazetasi 2013- yil 24-iyul, 59-son. 22 Marifat gazetasi 2014- yil 21- iyun, 50-son.
40 yonida taniydigan, uni maslahat beradigan, uni uchun to’g’ri qaror qabul qila oladigan insoning bo’lishi muhimdir. Bu jarayonda kishi ta’lim olish, dunyoqarashini kengaytirish, turli ma`lumot va materiallarni qabul qilish, yangi hayotiy tajribani o’zlashtirish qobilyatini namoyon qiladi. Inson o’zgaradi, transformasiyalashadi va bu jarayonni uni o’zi ongli ravishda his etishi, nazorat qilib borishi zarur. Alisher Navoiy bobomiz ta’biri bilan aytganda “manqurtlar” paydo bo’lmasligi uchun ayni holat, ya`ni shaxsga boshqalarning salbiy ta`sir o’tkazishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida axborot iste’mol madaniyati, mafkuraviy immunitetni tarkib toptirish va rivojlantirish masalasi hanuz dolzarbligicha qolmoqda. Globalizatsiya jarayoning eng katta xavfli tomonlaridan biri yana shuki, u birinchi bo’lib yangi o’sib kelayotgan yosh avlodni o’zining qurboniga aylantiradi. Ongi qalbi pokiza tuyg’ular bilan to’lgan, hali dunyoni to’la anlab yetmagan yosh avlod bunday holatlarga aldanib qolishi hech gap emas. Biz bu jarayonlarni rivojlangan bir qancha davlatlar misolida ko’rib turibmiz. Ammo afsuski, bizning yoshlarimizga globalizatsiya hech qanday ta`sirini ko’rsatmayapti, deb ayta olmaymiz. Shunday tahlikali va qaltis vaziyatda yoshlarni bir mezonda ushlab turish ularni “Ommaviy madaniyat” va boshqa yot g’oyalar tasiridan to’liq himoya qilish mushkul masala. Bunda davlat barcha tashabusni o’z qo’liga olib ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muvofiqdir.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling