O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
matbuotda yoshlar siyosatini aks etishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI I. QONUN VA ME`YORIY HUJJATLAR
- II. PREZIDENT ASARLARI
- II.MAXSUS ADABIYOTLAR
- IV. MATBUOT NASHRLARI
XULOSA O’zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon o’tgan davr mobaynida siyosiy va iqtisodiy sohada katta yutuqlarga erishdi. Yoshlarning huquqiy kafolati davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu borada amalga oshirilgan ishlarni o’rganish bitiruv malakaviy ishimizni asosiy mazmuni hisoblanadi. Har qanday yangilik, axborotni xolis va tezkor ommaga yetkazishda omaviy axborot vositalari ko’prik vazifasini bajaradi. OAV jamoatchilik fikrini shakllantirish, fikrlar xilma-xilligi, qarashlar rang- barangligini ta`minlash, fuqarolar ijtimoiy faollikni oshirish, jamiyatda adolat mezonlarini qaror toptirish, ochiq fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etilishida muhim vosita bo’lib hisoblanadi. Axborot texnologiyalari asrida OAVning aholi barcha qatlamlarini ijtimoiy-siyosiy, huquqiy tafakkurini shakllantirishga, ular faoligiga ta`sir darajasi kengayib bormoqda. “OAV tafakkurimizni shakllantiradi, - deb yozadi E.Dennis,- fikrlarimiz va qarashlarimizga ta`sir ko’rsatadi, ma’lum xulq- atvor turlariga, masalan, ma`lum nomzod uchun ovoz berishimizga turtki beradi” 40 .
boshqarishga va xatto yo’lga solishga qodir” 41 , -deb ta`kidlaydi. Boshqa olimlar fikriga ko’ra, matbuot qarashlarni vujudga keltirishda ham uni tarqatishda ham bevosita ishtirok etadi, ya`ni u jamoatchilik fikrini ifodalamaydi balki uni vujudga keltiradi, tarix ma`lum davrlarida OAV siyosiy ta`sirining kuchi davlat hokimiyatini kuchi bilan tenglashtirilgani ko’rsatiladi. Shu nuqtai nazarda ham demokratik davlat shakllanishida, ijtimoiy-siyosiy bilimlari chuqur yoshlarni tarbiyalashda OAVlarining bir qator vazifalari bor. Shu o’rinda barkamol avlodni tarbiyalashda matbuot ahlining haqqoniy so’zi muhim ahamiyatga ega. Bitiruv malakaviy ishimizning ob`ekti ikki yirik terajdagi respublik nashrlar “Ma`rifat” va “Turkiston” gazetalarining 2014-2015 yil tahlamlari asosida mavzu doirasida o’rganib chiqdik. Ta`lim sohasiga ixtisoslashgan “Ma’rifat ”gazetasi mamlakatimiz taraqqiyoti bilan birga o’sayotgan keng auditoriyani qamrab olayotganini guvohi bo’ldik.
40 Dennis E., Merill D. Besede o mass-media. – M.: Vagrius, 1997. – s. 139. 41 Kuz`min O.V. Sotsiologiya obshestvennovo mneniya. – Novosibirsk, 1996.- s.34.
56 Yoshlar tilidan so’zlovchi “Turkiston” gazetasi kompozitsion jihattan sodda, ixcham, uslubiy ravon va tushunarli tilda mavzularni yoritadi. Bitiruv malakaviy ishimizning birinchi bobida yoshlarga oid mavzularni matbuotda yoritilishini o’rganib chiqib shunday xulosaga keldik: har ikki matbuotda yoshlar masalalariga keng o’rin ajratilgan. Bir qancha na`munali maqolalarni yuqorida tahlil qildik. Misol uchun “Ma`rifat” gazetasida “Qaror va ijro” sahifasida yangi qarorlarga sharh va ijrosi tafsilotlari keng yoritilib kelingan. “Turkiston” gazetasi “Yoshlarga oid davlat siyosati – amalda” sahifasi asosan yoshlarni bandligiga qaratilgan materialllar nashr qilingan. Ikkinchi bob matbuotda yoshlarning ma`naviy immunitetini mustahkamlash va sport mavzularini yoritishda mahorat masalalarini atroflicha o’rganib chiqdik. Birinchi bobimiz mavzulariga nisbatan “Ma`rifat” gazetasida ushbu bob doirasidagi mavzular ko’proq yoritilganini ko’ramiz. Turkiston gazetasida ham tahliliy materiallar ko’proq e`lon qilinisa maqsadga muvofiq bo’lardi. Mavzuni o’rganishimiz jarayonida quydagi takliflar tug’ildi: Iqtisodiyot, siyosatda muntazam o’zgarmaydi biroq yoshlar mavzularida qolipga tushib qolish mumkin emas, har kuni, har soat, ildamlash zarur. Yoshlarga yoshlar tilidan murojat qilish kerak. Muallifsiz axborot agentliklari materiallarini ko’chirib matbuotga joylashtirish orqali ko’pchilik yoshlarda matbuot ham “internet ma’lumotlarini oladi” degan qarashlarini keltirib chiqaradi. Natijada to’g’ridan to’g’ri internetga murojaat qilishni afazal ko’rishiga yo’l qo’ymaslik. Nashrlarning on-line variantlarini rang-baranglashtirish darkor. “Turkiston” gazetasi sahifalarida tahliliy materiallarni son va sifatini ko’paytirish lozim. “Turkiston” gazetasida yoshlar huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladigan sahifa tashkil etish kerak.
57 Yoshlar jurnalistikasi bo’yicha mutaxasis tayyorlash muhim masalalardan biru hisoblanadi. Biz kichik tadqiqotimiz davomida 100 kishidan iborat 15 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan, Nizomiy nomidagi Pedagogika universiteti, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va 1- Toshkent pedagogika kolleji talabalari o’rtasida quyidagi savollardan iborat so’rovnoma o’tkazdik: 1.Yoshlar matbuotidan qaysi gazetani muntazam o’qib borasiz? Degan savolimizga 25% yoshlar “Turkiston”, “Ma’rifat”, “Diyor”gazetalari va “Yosh kuch” jurnali, 55 % “Darakchi”, “Sug’diyona”, “Bekajon”, gazetalari, 10 % yoshlar matbuoti juda oz deb deb keltirishgan, 10 % muntazam kuzatib boradigan matbuotlari umuman yo’qligini ko’rsatishgan. 2. “Ma’rifat” va “Turkiston” gazetalarini kuzatib borasizmi? “Ma’rifat” gazetasi 45 %, “Turkiston” 30 %, har ikkala matbuotni kuzatib boruvchilar 25 % tashkil etdi. 3.Yoshlar huquqiy savodxonligini oshirishda qaysi matbuotni faol deb bilasiz? 45 % yoshlar “Huquq olamida” gzetasiga, 35 % “Xalq so’zi”,“Ma`rifat” “Turkiston”, “Inson va huquq”, 15 % yuqoridagi talablar darajasidagi matbuot yo’q deb javob berishgan, 5 % yoshlar “Shunday matbuot bormi o’zi” degan savol bilan murojat qilishgan. 4. Yurtimiz yoshlar matbuotining yutuqlari nimalardan iborat deb o’ylaysiz? 55 % yoshlar “Shou- biznes” va yoshlarga berilayotgan e`tibor, tezkor yoritiladi, 35 % yoshlar turli mavzular, 10 foiz yoshlar yutuqlari yo’q degan javoblarni berishgan. 5.Respublikamiz matbuotlarida, yana qanday yoshlar mavzularini yoritilishini hohlardingiz? kabi savollardan iborat so’rovnoma natijalariga ko’ra yoshlarning takliflari quyidagicha bo’ldi: Yoshlarni jahon siyosiy jarayonlaridan ko’proq xabardor etish; Qonun, qaror, dasturlarni yoshlar tilidan yozish; Ta`lim sohasiga oid xususan chet elda ta`lim olish masalalaridagi mavzularni ko’paytirish;
58 Tanlovlar bu boradagi ko’rsatmalarni e`lon qilish; Yoshlar ma`naviy olamini boyitishga xizmat qiladigan jahon adabiyoti durdonalarini muntazam e’lon qilib borish; Yoshlarni qiziqtiradigan mavzularda matbuot tomonidan tanlovlar o’tkazish. O’tkazilgan kichik tadqiqotimiz umumiy natijalariga ko’ra demokratik davlat qurishda yoshlarni huquqiy savodhonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlar matbuotida yoshlar siyosatini yoritish, bilan birga huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladigan materiallar, sahifalar ko’proq yoritilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi.
59 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI I. QONUN VA ME`YORIY HUJJATLAR 1.1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: O’zbekiston 2014. 1.2.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimov I.A.ning “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora- tadbirlari to’g’risida”gi PQ_2129 son qarori.-T.: 2014.
2.1. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. -T.: “Ma`naviyat”. 2008 y. 2.2. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma`ruza) // “Xalq so’zi”, 2010-yil, 13- noyabr. 2.3. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1- tom.- T.: “O’zbekiston”, 1996. 2.4. Karimov I.A.ning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi ma`ruzasidan. // “Xalq so’zi” gazetasi. 2014-yil 6-dekabr. 2.5. Karimov I.A.ning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo’llagan tabrigi. // “Xalq so’zi” gazetasi. 2014-yil 28-iyun.
III.MAXSUS ADABIYOTLAR 3.1. Nurmatov A. Zamonaviy OAVda kasbiy universallashuv va ixtisoslashuv. – T.: G’afur G’ulom . 2013 3.2. Saidov H. To’xliyeva N. Reportyorlik mahorati.-T.: Gafur G’ulom.2008 3.3. Mirahmedova U. Axborot asrida yoshlar dunyoqarashi: Nazariya va amaliyot mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to’plami.- Toshkent, 2010.
60 3.4. Elov.E, Arslonov Sh. Axborot asrida yoshlar dunyoqarashi: Nazariya va amaliyot mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to’plami.Toshkent 2013. 3.5.Ubaydullayeva.R.Sotsiolno-demograficheskiy protses v sovremennom Uzbekistane. //www.vrach.uz// demograficheskie-processy. 3.6.“O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi Qonun. 1-modda // O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi // 1992 y., 2-son. 3.7. Rahmatullayev T. Matbuot va demokratiya – T.: Samarqand davlat chet tillari institute” nashriyoti. 2002. 3.8. Xudoyqulov M. Jurnalistika va publisistika. – T.: “Tafakkur” nashriyoti. 2011. 3.9. Dennis E., Merill D. Besede o mass-media. – M.: Vagrius, 1997. 3.10. Kuz`min O,V. Sotsiologiya obshestvennovo mneniya. – Novosibirsk, 1996.
4.1. “Ma`rifat” va “Turkiston” gazetalarining 2014- 2015 yillik tahlamlari.
V. INTERNET MANBALARI 5.1. www.turkiston.uz 5.2. www.marifat.uz 5.3.
www.wikipedia.org
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling