O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Matbuotda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish ustuvor yo`nalish
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
matbuotda yoshlar siyosatini aks etishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Yoshlar mavzularini yoritishda matbuot va jurnalistlarga
2.2. Matbuotda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish ustuvor yo`nalish sifatida Jismoniy va ruhiy salomatlik ijtimoiy qadriyat hisoblanadi. Shuning uchun har bir kishi yetuk tibbiy ong, ko’nikma va o’zini salomat olib yurish madaniyatini shakllantirish kerak, bu esa sog’lom turmush tarzi shakllanishini asosini tashkil etadi. Yurt kelajagi hisoblangan yoshlarning har tomonlama barkamol bo’lib yetishishlarida sog’lom turmush kechirishlarda sportning ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Shularning barchasini inobatga olingan holda yurtimizda yoshlar sportini rivojlantirish, yoshlarni bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish yetakchi masalalardan
41 biri. Sport har tomonlama sog’lom avlodni tarbiyalash bilan bir o’rinda mamlakatni dunyoga tanitishda ham beqiyos ahamiyatga ega. O’zbekiston Mustaqilligining eng muhim strategik yo’nalishlaridan biri jamiyatni barqarorlashtirish va fuqarolarni jismonan sog’lomlashtirish va turmush tarzini yaxshilash. Boshqacha qilib aytganda, insonni ham jismonan, ham ma`naviy sog’lomlashtirishdir. Shuning uchun ham yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar eng avvalo insoniyat, uning manfaatlariga va barcha moddiy-ma`naviy, huquqiy- axloqiy ehtiyojlarni ro’yobga chiqarishga qaratilgandir. Har qanday jamiyatning ravnaqi va kelajagi uning ma`naviy kuch-qudrati, sog’lom ijtimoiy-siyosiy muhiti bilan bog’liqdir. Bu degani ma`naviyat sog’lom turmush tarzi bilan uzviy bog’liqdir va ular birgalikda jamiyat taraqqiyotining mezoni bo’lib xizmat qiladi. “Ma’naviyat – inson hayoti barcha qirralarining uning ruhidagi xatti-harakati, faoliyati va munosabatlari majmuasidir. Sog’lom turmush tarzi esa insonlarning muayyan ijtimoiy- huquqiy, siyosiy, ruhiy, axloqiy, madaniy jihatlardan shakllangan hayotiy faoliyat uslubi bo’lib, uni munosabatlarida, madaniyatida, jismoniy sog’lomligida, taffakur – ongi, odobi, dunyoqarashida, iqtidorida namoyon bo’ladi” 23 . Inson sog’lom turmush tarzi jarayonida o’zini anglab uni umrini oxirgacha rivojlantirib, takomillashtirib boradi. Bu jarayonda uni – farosati, aql-idroki, adolatli va adolatsizlikdan, ogohlikni loqaydlikdan ajrata olish kabi xislatlar qaror topib boradi. Bunday xislatlar asta – sekinlikda, jismonan baquvatlikda, ekologik va huquqiy madaniyatda namoyon bo’lib boradi. Ko’rinib turibdiki, sog’lom turmush tarzi ma`naviy yetuklik bilan uyg’unlikda inson kamolotiga xizmat qilib kelmoqda. Bu borada sog’lom turmush tarzini shakllantirishning asosiy tamoyillari mazmun – mohiyatini avval yashab ijod etgan buyuk allomalar Forobiy, Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro asarlarida ham sog’lom ijtimoiy muhitdagina sog’lom turmush tarzi bo’lishini ilmiy – nazariy asoslab berishgan. Ma`salan, Najmiddin Kubro insonlarning jismonan aqliy, ruhiy va ma`naviy yetuklikni sog’lom turmush tarzining asosi mezoni hisoblanadi. Bahovuddin Naqshband beadablar yashaydigan
23 Miraxmedova U. Axborot asrida yoshlar dunyoqarashi: Nazariya va amaliyot mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to’plami.Toshkent ,2010.-B.-136-137.
42 ijtimoiy muhit nosog’lom bo’lib, u insonlarga ham jonzotlarga ham salbiy ta`sir etadi, deydi. Alisher Navoiy sabr-toqatli insonlar yashagan jamoaning turmush tarzi ham sog’lom bo’ladi, deb hisoblagan. Bugungi kunda ham yuqoridagi fikrlar o’z isbotiga ega. Sog’lom turmush sharq xalqlarini salomatligi ularning jismonan – ruhiy baquvvat bo’lishiga, ma`naviy yetuk bo’lishiga xizmat qiladi. O’z navbatida ma`naviy yetuklik sog’lom turmush tarzini shakllantirishga, takomillashtirishga, insonlar sihat-salomatligi, baxt soadati, xalq farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Jismoniy madaniyat, shuningdek, sportning topishi mamlakatning mudofaa qudratini oshirish ehtiyojlaridan kelib chiqadi, shuningdek, davlatlararo aloqalarning mustahkamlanishi, mustaqillikni mustahkamlash manfaatlarini xizmat qiladi. 24
hissa qo’shayotgan yoshlarimiz o’zlariga bildirilgan ishonch, zimmalariga yuklatilgan ma`sulyatni his etib katta muvofaqqiyatlarni qo’lga kiritmoqda. Buni birgina xalqaro fan olimpiadalari yoki sport sohasida erishilayotgan marralar timsolida ham ko’rsa bo’ladi. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy maqsadi intelektual salohiyatli, jismonan baquvvat, ruhan sog’lom avlodni voyaga yetkazishdan iborat. Uch bosqichli sport musobaqalarining tashkil etilishi, yoshlar madaniyat va san`at sohalari rivojlanishi bu boradagi islohotlar mukammal strategik maqsadlarni ko’zlaganidan dalolat beradi. O’z navbatida ular uchun mustahkam huquqiy asoslar yaratilmoqdaki, ishlar tartib bilan amalga oshirilmoqda. Sport sohasida yurtimiz yoshalari erishayotgan yutuqlari bilan faxrlansak arziydi. Ularning shoxsupalarni zabt etishlari zamirida tinimsiz mehnat yotganini, shu bilan birga yoshlar uchun o’rnak tomonlarini yuzaga chiqarishda OAVning ham hissasi katta. Aynan matbuot sohasida ham sport mavzulari yetakchilik qiladi. Ixtisoslashgan nashrlar ko’plab bo’lishiga qaramay har bir matbuotning bir sahifasi sport mavzulariga bag’ishlanadi.
24 Elov E, Arslonov Sh. Axborot asrida yoshlar dunyoqarashi: Nazariya va amaliyot mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to’plami.Toshkent, 2013,-B.-34.
43 “Turkiston” gazetasining 7-sahifasida muntazam sport mavzulari yoritilib boradi. Gazetaning 2014-yil 10-sentabr sonida Dilshod Ro’ziqulovning “Sportchilarimiz Janubiy Koreyada ham g’olib” nomli maqolasida “Butunjahon jang san`atlari festivalida 28 nafar sportchimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi. Ushbu nufuzli festivalda koreyalik, hindistonlik raqiblarimni to’rt turda mag’lubiyatga uchratib, yakunda oltin medalni qo’lga kiritdim, - deydi terma jamoamiz a’zosi, Angren avtomatika va servis kasb- hunar kollejining birinchi kurs Noilaxon Ahmedova” 25 . Ko’pchilik yoshlar sport musobaqalarida oltin medallar sohibi bo’lish uchun ixtisoslashgan o’quv dargohlarida o’qish kerak, deb o’ylashadi. Biroq kasb-hunar kolleji talabasini erishgan yutuqlari ko’pchilik tengdoshlarini ham serharakatlikka unday oladi. 2014-yil Janubiy Koreyaning Incheon shahri mezbonlik qilgan XVII Osiyo o’yinlari barcha OAVning diqqat markazida bo’lishi tabiiy chunki xalqaro musobaqalar nafaqat sportchilarning balki davlatning ham shon-shuhrati hisoblanadi. “Turkiston” gazetasi muhbiri Alibek Omonturdiev maqolasida keltirilishicha, “Nufuzli musobaqada sportchilarimiz 9 ta oltin, 14 ta kumush va 21 ta bronza medalni qo’lga kiritishdi” 26 . Maqolada O’zbekiston sportchilarini Osiyo o’yinlarida erishgan ja’mi yutuqlariga ham to’xtalib o’tilgan. 1994-yildan buyon ishtirok etib kelayotgan yurtdoshlarimiz bugungi kungacha 54 ta oltin, 82 ta kumush va 93 ta bronza ja’mi 229 ta medalga sazovor bo’lishgan. XVII Osiyo o’yinlari natijalarini qo’shganda medallar soni 273 nafarga yetgan. Barcha yutuqlar zamirida yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar va undan unumli foydalanayotgan yoshlarning tinimsiz mehnatlari yotadi. Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo’lib o’tgan “Paraosiyo 2014” o’yinlarida sportchilarimiz 22 oltin, 5 kumush va 4 bronza, jami 31 medalni qo’lga kiritib, qirqdan ziyod davlat orasida beshinchi, markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida birinchi o’rinni egalladi 27 .
25 “Turkiston” gazetasi 2014-yil 10- sentabr, 77-son. 26 “Turkiston”gazetasi 2014-yil 8- oktabr, 80-son. 27 “Ma`rifat” gazetasi 2014-yil 29- oktabr, 87-son.
44 Bu borada O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi 5 ta oliy ta`lim muassasasi, 21 madaniyat va san`at kolleji, 14 Olimpiya zahiralar kollejlarida ta`lim sifati va mazmunini yanada takomillashtirish, yuqori bilim va salohiyatga ega kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo`lida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasining milliy sport jamoasi xalqaro maydonlarda mustahkam va baland cho'qqilarni zabt etgan holda o'z tarkibiy sonini yildan-yilga ko'paytirib bormoqda. Sportchilarimizning yuqori cho'qqilarga erishishi yosh respublikamizning xalqaro maydondagi obro'sini mustahkamlashda shubhasiz ko'maklashadi. Nufuzli
anjumanlarda milliy bayrog'imizni himoya qiluvchi yoshlar maxsus yakka va o'yin sport turlarining professionallari o'z tayyorgarliklarini va mahoratlarini namoyish etib mamlakatimizning boy sport ana'nalariga egaligini namoyon etmoqdalar va tasdiqlamoqdalar. Jismoniy tarbiya va professional sport sohasida yuqori cho'qqilarga erishish jiddiy yondoshishni, katta mehnatni va moddiy xarajatlarni talab qiladi. Mana shularning barchasi mavjud bo'lgandagina sportning bir me'yorda doimiy rivojlanishiga erishish mumkin. Ko'pgina mamlakatlarning tajribalariga qaraganda, milliy sport va jismoniy tarbiya taqdirlari haqida davlat tomonidan g`amxo'rlik qilinishi ham, shubhasiz juda katta foyda keltirmoqda. Ijtimoiy sohadagi ushbu moddalarni qo'llab-quvvatlashda birinchi navbatda o'smir bolalarni va jamiyatning yo'sh muhitini ruhiy-jismoniy sog`lomlashtirish maqsadida barcha
qulay sharoitlarni yaratmoqda. Mamlakatimizning hukumat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari va sport muassasalari sport va jismoniy tarbiya sohasida moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, ommaviylikka erishish, professional sportni kuchaytirish kabi muhim muammolarni har doim birgalikda yechishda hamjihat faoliyat olib bormoqda.
Respublikada sportni rivojlantirish bo'yicha asosiy faoliyatni O'zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi olib boradi va muvofiqlashtiradi. Shu bilan bir qatorda olimpiya harakatini kelgusida rivojlantirish tadbirlarini va ularda respublika sportchilarini ishtirok etishini ta'minlash 1993-yilda Xalqaro
45 Olimpiya harakatiga a’zo bo'lgan Milliy Olimpiya Qo'mitasi zimmasidadir. Bugungi kunda O'zbekiston milliy sport federatsiyalari 32 sport turi bo’yicha xalqaro federatsiyalarning a’zosi hisoblanib, ular xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni tayyorlashni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti amalga oshiradi. Unda har yili 2 mingga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Oliy o'quv yurti jismoniy tarbiya o'qituvchilarini va sport bo'yicha murabbiy-o'qituvchilarni tayyorlamoqda.
Respublikada keyingi yillarda sportning alohida turlari rivojlanmoqda, hamda ularning moddiy-texnik bazasi jahon talablari asosida mustahkamlanmoqda. Shu qatorda 36 nafar jamoadan iborat o'zbek futbolining bazasini misol qilib ko'rsatish mumkin. Uning ixtiyorida 231 ta stadion, 5231 futbol maydonlari, shuningdek kichik-futbol va futzal o'ynaydigan ko'p sonli maydonlar mavjud. 28 Respublikada keng tarqalgan sportning ushbu turi bo’yicha O’zbekistonda Chempionati va birinchiligi hamda Respublika kubogi o’tkaziladi. Sportning katta tennis turi ommaviyligi bo’yicha "birinchi o'rin"dagi sport turidan qolishmaydi. Respublikada tennisining rivojlanganlik darajasini O’zbekiston tennischilarning muvaffaqqiyatlari orqali ko’rish mumkin. 1994-yildan buyon mamlakatning barcha yirik shaharlarida har yili jahonning kuchli tennischilari ishtirokida xalqaro turnirlar o`tkazilmoqda. Respublika poytaxtining asosiy tennis musobaqasi “Prezident sovrini” bo`lgan yillik turniri hisoblanadi. O'zbekiston boks bo'yicha Osiya chempionati, taekvando bo'yicha Osiya va Okeaniya chempionati, erkin kurash bo'yicha “A” darajali xalaro turnir kabi nufuzli musobaqalar va turnirlarning o`tkazish joyi bo'lib kelmoqda.
Olimpiya o’yinlari turkumiga kiruvchi sport turlari bo’yicha terma jamoalar oily sport ta’lim muassasalarida tayyorlanmoqda. Bu sport dargohlarida oily toifali 2000
nafar sportchilar 150 nafar
malakali mutaxassislar qo’l ostida tayyorlanishmoqda. Ular 32 ta sport turlari bo'yicha milliy jamoa asoslarini tashkil
28 http://m.sports.uz/uz/football/news/2015.02.1719331/
46 etadilar. Mazkur maktablar qoshidagi Olimpiyaga tayyorlov markazlarida istiqboli porloq va iqtidorli atletlar shug’ullanmoqdalar.
Bizga ma`lumki, xalqaro miqyosdagi, sport musobaqalar soha tarmog’i rivojlangan xalqaro standartlarga javob bera oladigan mamlakatlarda o’tkaziladi. Bu borada O’zbekistonda o’tkazilayotgan xalqaro sport musobaqalari yurtimiz imkoniyatlarini yuqori darajalarga ko’tarilganini yana bir yorqin misoli. 2014-yilda yurtimiz mezbonlik qilgan Osiyo chempionati yuqoridagi fikrlarimizni isbotinni ko’rsatadi. Shu haqda “Ma`rifat” gazetasining 53-sonida Husan Nishonov musobaqa tafsilotlarni yoritgan. “6-12 yoshli shaxmatchilar ishtirok etgan Osiyo chempionatida yurimiz yoshlari oltita oltin, to’rtta kumush va to’rtta bronza medallariga ega bo’lishdi” 29 . Hali yoshi kichik bo’lgan shaxmatchilarimizning katta yutuqlari hech kimni befarq qoldirmaydi, albatta. Shu kabi materiallarni muntazam matbuotda berilishi yoshlar o’rtasida havas shijoatni orttiribgina qolmay, ota-onalar, ustoz murabbiylarni ham farzandlarini vaqtlarini zoye ketkazmasdan samarali tashkil qilishlari uchun turtki beradi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
Yosh mamlakatning hayotida katta miqdordagi 6,5 mln aholi band bo'lgan jismoniy tarbiya o'ziga xos o'rin tutadi. Ular 145000 jamoa asoslarini tashkil etadi. Respublikada paraolimpiya sportlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Uning bazasini kengaytirishda nafaqat muassasa va jamoat tuzilmalari, balki O'zR ijtomoiy taminoti Vazirligi, Respublika nogironlar jamiyati, Xalqaro Qizil Xochning hududiy vakolatxonalar faoliyatlarining asosiy yo’nalishlaridan biri bo'lmoqda. O’zbek xalqi ko’p asrlardan beri o’zining O’zbekiston Milliy sporti bo’lmish kurash, belbog’li kurash, turon va boyqo’rg’on asoschilari bo’lgan jangchi polvonlari va afsonaviy chavandozlari bilan faxrlanadi. Mustaqillik tufayli, jahonga bizning madaniy merosimiz bo’lgan milliy sport turlarimizni tanishtirish imkoniyati tug’ildi.
Agarda Yaponiya millionlab sport ishqibozalari uchun dzyudo, karate, sumo, Hitoy – ushu va kung-fu, Korea – taekvondo va sirim, Angliya – futbol, Kanada – shaybali hokkey, AQSH – beysbol, basketbol, amerika futbolining vatani deb
29 “Ma’rifat” gazetasi 2014-yil 2-iyul, 53-son.
47 hisoblansa, endi O’zbekiston milliy sport turlari – kurash, belbog’li kurash, turon, boyqo’rg’on va boshqalar xalqaro sport arenasida bizning davlatimizni dunyo ahliga tanitadi. Hozirgi kunda Kurash dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida taraqqiy etti, shuningdek, chempionatlar va jahon birinchiligi hamda qit’alararo musobaqalar o’tkazilmoqda. 30 Quvonch bilan shuni ta’kidlash lozimki, Kurashni Osiyo o’yinlari dasturiga qo’shilishi, nafaqat O’zbekistonning balki butun jahon sport taraqqiyotidagi yana bir muhim hodisalardan biri hisoblanadi.
Sport - bu so’glom ijtimoiy-siyosiy muhitni tadbiq etishning eng yaxshi vositasidir. Ayniqsa yoshlar orasida bu muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun O’zbekistonda sport ta’lim va tarbiyaning ajralmas bo’lagidir.O’zbekiston aholisi yosh bo’lgan davlatdir, O’zbekiston hududida istiqomat qiluvchilarning qariyb 40% idan ko’prog’ini 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etadi. Ularning har tomonlama rivojlanib, ham ma’nan, ham jismonan kamolotga erishishlari muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun bolalar sportiga e’tibor va yoshlar orasida sog’lom turmish tarzini ommalashtirish davlat siyosatining eng asosiy yo’nalishlaridan biridir.
2002-yildan buyon bolalar sportini har tomonlama qo’llab – quvvatlash maqsadida bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyat yuritib kelmoqda. So’nggi yillarda respublikada 1113 zamonaviy bolalar sport obyektlari barpo etildi, shulardan 252 tasi sport komplekslari, 861 tasi sport zallari, va 110 tasi suzish uchun suv havzalaridir. Bugungi kunda 30 dan ortiq sport turlari bilan doimiy ravishda 1 million 800 ming bolalar shug’ullanishmoqda. Qishloq joylaridagi bolalarni erta vaqtlardan sportga jalb qilishga alogida etibor berilmoqda. 31 Shu bilan bir qatorda sport o’yinlarinig uch bosqichli tizimi shakllangan bo’lib, ularga “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalari kiradi. Mazkur tizimni, tub ma’noda, yuqori malakali sportchilarni tanlab olish va tayyorlashning milliy va samarali modeli, deyish mumkin. Bu kabi keng ko’lamli ishlarning natijasida, bugungi kunda bizning o’g’il-qizlarimizning 92% bo’y va og’irlik jihatdan Jahon
30 O’sha manba. 31 Uz.mcs.uz.
48 sog’liqni saqlash tashkiloti standartlariga to’g’ri keladi. 32 Buyuklarimiz aytganidek, sog’lom aqldan sog’lom fikr tug’iladi, sog’lom fikrdan tug’iladigan yangi va yaxshi amaliyot jahon ahlini hayratga soladi.
Yoshlar ertangi kun egalari. Yurt kelajagi. Ularga ko’rsatilayotgan e`tibor g’amxo’rlik kelajak uchun ham mustahkam poydevor bunyod qilish demakdir. Bu borada amalga oshirilayotgan har qanday mavzuga jiddiy yondashuv talab e`tiladi. Bugungi kunda yoshlar bilan ishlash ularni imkoniyatlari yutuqlarini, kerak bo’lsa muammolarini xolis yoritish OAVlari zimmasiga katta ma`sulyat yuklaydi. Bugungi yoshlar auditoriyasining didi, tanlovi o’sib bormoqda. Yildan-yilga ommaviy axborot vositalarini soni bilan birga sifati oshib borayotganiga barchamiz guvoh bo’lib turibmiz. Ommaviy axborot vositalarining asosiy bo’g’ini hisoblangan bosma nashrlarda aynan yoshlar mavzularini yoritish masalasiga e`tibor qaratadigan bo’lsak, o’z o’rnida haqli savol tug’iladi. Bugungi o’quvchi yoshlar nima uchun matbuotga nisbatan boshqa OAVlarga murojat qilishni afzal ko’rishadi? Bunga bir qancha misollarni ko’rsatishimiz mumkin albatta, birinchidan matbuotlar bir haftada bir yoki ikki marta nashr qilisnishi, ikkinchidan televizor orqali jarayonlarni guvohi bo’lishi, uchinchidan boshqa mashg’ulotlar bajarish bilan birga radio tinglash, internetni bir tugmasini bosish orqali axborotga ega bo’lish bularning barchasi har bir ommaviy axborot vositalarining o’ziga xosligi va yo’nalishidir. Matbuot haqida so’z ketganda shuni unutmasligimiz kerakki, undan
nafaqat axborot
olamiz, balki
savodxonligimizni oshirish uchun ham foydalanamiz. Mutaxassislarni fikricha, gazeta boshqa OAV nisbatan ishonchlilik darajasini katta yoshli o’quvchilar yuqori qo’yishlariga sabab uni bir paytni o’zida ham ko’rib ham qo’l bilan ushlab ko’rish imkoniyatini berishidadir.
32 Uz.mcs.uz.
49 Bitiruv- malakaviy ishimizda tahlil qilinayotgan “Marifat” va “Turkiston” gazetalariga qisqacha tasnif beradigan bo’lsak, “Ma`rifat” xalq ziyolilari gazetasi, O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi, O’zbekiston Ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi muasisligida haftada ikki marta chop etiladi. Gazeta 16 sahifadan iborat bo’lib mavzulari ko’lami keng. Asosan ta`lim sohasiga tegishli masalalar, tahliliy materiallar, hududiy va jahon yangiliklari muntazam berib boriladi. “Turkiston” gazetasi o’z oldiga respublika yoshlarini axborot bilan ta`minlash, shu bilan birga o’sib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilish vazifasini qo’ygan. Yuqoridagi ikki matbuot tuzilishi, yo’nalishi jihatidan bir biridan farq qilsa-da, yoshlar mavzulariga jiddiy yondashuvi bilan umumiy jihatlari bir qancha. Ma’rifat gazetasida yoshlar mavzulari, batafsil va kengroq yoritiladi, ta`lim sohasiga doir barcha ma`lumotlar muntazam berib boriladi. Masalan gazetaning 2014-yil 2- avgust sonida “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan 2014-2015 o’quv yilida foydalanishga tavsiya etiladigan darslik va o’quv qo’llanmalar ro’yhati” 33 bir sahifada berilgan unda 1-9 sinfgacha bo’lgan o’quv qo’llanmalar nomi, mualliflari, nashr etilgan yili, ta`minlanish turi jadval asosida ko’rsatib o’tilgan. Bu kabi materiallar ta`lim muassasalari rahbarlari, o’qituvchilar va ota-onalar uchun ham bir qancha qulayliklarni yaratadi. Gazetaning shu sonida berilgan “Orzulari bir olam yoshlar” mavzuyidagi maqolada oliy ta`lim muassasiga o’qishga kirishni orzu qilgan qanchadan-qancha yoshlar haqida bo’lib, ularning his-hayajonlari batafsil yoritilgan. Maqolaning o’ziga jalb etish xususiyatlari bir talay. Maqola hajm jihatdan ko’p bo’lishiga qaramay o’quvchini ortidan to’xtatmay ergashtirib keladi. “Birinchi avgust tongi boshqa kunlardan o’zgacha otdi. Shahar metropoliteni ham, jamoat transportlari ham ishini har kungidan ertaroq boshladi. Ko’chalar doimgidan gavjum, qo’lida passport va DTM ruxsatnomasini tutgan abiturentlar imtihon o’tkaziladigan o’quv binolari tomon
33 “Ma`rifat” gazetasi 2014- yil 2- avgust, 62-son.
50 shoshilmoqda. Ezgu niyatlar, hayajon, ishonch, xavotir kabi tuyg’ularning bari ko’nglida jo”. Maqola kirish qismi har qanday o’quvchini bir daqiqaga bo’lsa-da abiturentlik davriga olib kira oladi. Faktlarga to’xtaladigan bo’lsak, “2014 yil qabul komissiyasiga 543mingdan ziyod abiturent ariza topshirib, bir o’ringa o’rtacha tanlov 9,4ni tashkil etdi. 2013-yil bu ko’rsatgich 8,5 2012- yili esa 7,6 bo’lgan” 34 .
loyiqki, gazeta muxbirlar ta`lim sohasi, sport yo’nalishi, ijtimoiy siyosiy mavzularni yoritishda o’sha sohalarning mutaxassislari kabi ilmiy yondashuvni guvohi bo’lamiz. “Turkiston” gazetasini yoshlar tilidan yoziladigan matbuotlar sirasiga kiritishimiz mumkin. Gazeta faoliyatini quydagi yo’nalishlarda ko’rishimiz mumkin. Yoshlar hayotiga oid yangiliklarni berib borish; Yoshlarni – huquq va manfaatlarini himoya qilish; Zamonaviy bilim va kasbga ega bo’lgan yoshlar faoliyatini ommalashtirish; Bugungi o’ta murakkab va tahlikali zamonda mavjud bo’lgan har qanday xatarlarga, zararli ta`sir va oqimlarga nisbatan ogoh, sergak va hushyor bo’lish borasida targ’ibot ishlarini olib borish; Yoshlar muammolarini gazeta orqali ko’tarish va yechimini topishga ko’maklashish; Yoshlarimizni jamiyat hayotida ishtirokini kuchaytirishdan iborat. Gazetada ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy huquqiy maqolalar muntazam berib boriladi. Bugun dunyoga yuz tutayotgan o’zbek yoshlari xalqaro munosabatlardan ham xabardor bo’lishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Gazetaning 2014 yil 25 oktabr 85-sonida “O’zbekiston – Turkmaniston: O’zaro manfaatli hamkorlikning yangi bosqichi” mavzuli maqolasida ikki davlat prezidentlarining tor doiradagi uchrashuviga bag’ishlangan bo’lib maqolada umumiylikdan qochib, sodda tilda ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarga alohida to’xtalib o’tilgan. “Islom Karimov va Gurbanguli Berdimuhamedov mintaqada suv resurslaridan foydalanish masalalariga alohida e`tibor qaratdilar. Ta`kidlanganidek, suv energitika sohasiga doir masalalarni
34 “Ma`rifat” gazetasi 2014-yil 2-avgust 62-son.
51 hal qilishda, jumladan, transchegaraviy daryolarda yirik gidroenergetika inshoatlarini barpo etishda BMTning tegishli konvensiyalarida belgilab berilgan xalqaro me`yorlarga muvofiq ish tutish, bunday ob`ektlarning loyihalarini mustaqil xalqaro ekspertizadan o’tkazish zarurligi qayd etildi” 35 kabi bir qancha ma’lumotlarni berilishi yoshlar uchun, ham xalqaro aloqalar, ularning ahamiyati, dolzarbliginini o’rganib borishlari uchun judayam muhim hisoblanadi. Zamonaviy bilim va kasbga ega bo’lgan yoshlar faoliyati bilan keng ommani tanishtirish va yoshlarni ijodiy faoliyatlarini kengaytiradigan materiallarni muntazam e`lon qilish matbuotning bosh maqsadlaridan hisoblanadi. Shunday maqolalardan biri 2015-yil 14-mart 21-sonda chop etilgan Zarnigor Abdumalikovaning “70 yoshda yetti tilni o’rganish mumkin…” nomli suhbatidir. Suhbat O’zbekistonda ilk mnemonist, 23 yoshli Shohrux Mirzo Rahmonov bilan uyishtirilgan. Mnemonika so’zi yunoncha “mnemonikon” so’zidan olingan bo’lib, eslab qolish san’ati degan ma’noni anglatadi. Materialning dolzarbligi bugungi zamon yoshlari dunyo tillarini bilishlari, o’rganishlari nafaqat ehtiyoj balki zaruriyat hamdir. Shu nuqtai nazardan jurnalistning tanlagan mavzuyi va o’quvchiga yetkazishi uslubi to’g’ri tanlov hisoblanadi. Materialda quydagi misollar berilgani har qanday til o’rganishga ishtiyoqi bor kishilar e`tiborini tortmay qolmaydi. “Til o’rganishda asosan yangi so’zlarni talaffuzini o’zingiz biladigan qofiyadosh so’zlar bilan bog’lash lozim. Misol uchun: ingilizcha “Pul” so’zi tortmoq ma`nosini bildiradi. Bu so’zni qanday eslab qolish mumkin? Siz “pull”ni o’zingiz biladigan o’zbekcha pul so’ziga bog’laysiz. Endi pul tortilib kelayotganini tasavvur qiling. Bu orqali esda saqlab qolish qobilyatingiz yanada yaxshilanadi. Bu xotiraning eng kuchli qoidasidir” 36 . Berilgan ma`lumotlar nafaqat chet tillarini mustaqil o’rganishning qulay usuli, balki xotiraning mustahkamlash uchun ham ahamiyatli ekani muhim xususiyati deyishimiz mumkin. Sotsiologlarning e’tirof etishicha, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy axborotlar qancha ko‘p to‘plansa, jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy o‘sishi shuncha tezlashadi. Modomiki, jurnalistika shu turdagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tartibga solish,
35 “Turkiston” gazetasi 2014-yil 25- oktabr 85-son. 36 “Turkiston” gazetasi 2015-yil 14- mart 21-son.
52 tahlil qilish bilan shug‘ullanar ekan, shunjay xulosa chiqarish mumkin: jurnalistikaning sifati qanchalik yuqori bo‘lsa, u o‘ziga yuklangan vazifani shunchalik to‘liqroq bajaradi, jamiyat shunchalik samarali va tez rivojlanadi, davlat institutlari va hokimiyat boshqaruv vazifasini to‘liqroq bajaradi, jamiyat rivoji, istiqbolini oldindan aytib, uning rejalarini ishlab chiqadi. E'tiborli jihati – hozir dunyoda turli yo‘nalishdagi gazeta va jurnallar miqdorining sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda. “Mass-media bo‘yicha mashhur mutaxassis Maykl Konniff aytgan edi: “XX asr oxirlaridayoq Amerika kunlik gazetalarining davri tugagandek tuyulgandi. Lekin bunday bo‘lmadi. Gazetalar elektron-axboriy revolyusiyaning asosida turadi. Ular iste'molchilarga yangiliklar tasmasi, savdo-sotiqqa oid axborot mahalliy telefon abonentlari foydalana oladigan audiomatnlar va xatto, juda ko‘p axboriy vositalar xizmatini taklif etmoqdalar”. 37
Bugun an’anaviy vaqtli nashr bilan bir qatorda yakka tartibli jurnalistika yuzaga kelib, samarali rivojlanmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat fikrini shakllantirish jarayoniga tobora ko‘proq ta'sir o‘tkazayotgan o‘nlab elektron gazeta va jurnallar mavjud. Bugun an'anaviy vaqtli nashr bilan bir qatorda yakka tartibli jurnalistika yuzaga kelib, samarali rivojlanmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat fikrini shakllantirish jarayoniga tobora ko‘proq ta'sir o‘tkazayotgan o‘nlab elektron gazeta va jurnallar mavjud. Bu jarayon kelgusida yanada kuchga kiradi. “Maykrosoft”ning tashkilotchisi Bill Geyts e'tirof etganidek, yaqin kelajakda kompyuter va internet barcha uchun baravar bo‘ladi va uni sotib olish darslikdan arzonroq va qulayroq bo‘lib qoladi”. 38
Yangi axborot texnologiyalar bizning hayotimizda so‘zsiz ijobiy rol bajarish chog‘ida nopok kishilar qo‘lida buzg‘unchilik g‘oyalarga ham xizmat qilishi mumkin. Avvaldanoq matbuot yakka hokimlik qilib kelgan. Buni isbotlovchi yetarli darajada ko‘p adabiyotlar mavjud.
37 Allambergenova P. Ochiq axborot tizimlarida axboriy-psixologik xavfsizlik.Ma`ruzalar matni. Toshkent. 2007-y 38 O`sha manba.-B.-34
53 Ba'zi so‘nggi hodisalar ham bunga guvoh bo‘la oladi. AQSH Kongressidagi oxirgi saylovoldi kompaniyasini eslash kifoya. Xuddi shunday hodisa Iroq harbiy kompaniyasi-respublikachilar va dokratlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Siyosiy shaxslar, davlat arboblari, yozuvchilar, olimlar, bir so‘z bilan aytganda (o‘ta ahamiyatli shaxslar) obro‘sini to‘kish uchun xizmat qiladigan Internet saytlari va portallarini ham eslab o‘tish joiz. Yuqorida aytilganlar jamiyat hayotida OAVning naqadar muhim o‘rin tutishi, hokimiyat va xalq ularga qanchalar umid bog‘lashini yana bir bor isbotlaydi. Shu o‘rinda O‘zbekiston ham mustasno emas. Mustaqilligimiz e'lon qilingan kundan e'tiboran davlat va jamiyat nashr rivoji, radio va televidenie, axborot agentliklariga katta e'tibor qarata boshladi. Agar 90 yillar boshlarida respublikada 200 ga yaqin vaqtli matbuot nashriyotlari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 1000 dan oshdi. 39
Ularning erkin va to‘laqonli rivojlanishi uchun maxsus qonunlar ishlab chiqilgan. Jamiyatimizda jurnalistikaning ahamiyatini o‘stirish, uni qonun chiqaruvichi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bilan bir qatorga qo‘yish va uni “to‘rtinchi hokimiyat”ga aylantirish uchun davlat siyosati darajasidagi qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. 1996-yil O‘zbekiston Xalqaro Internet tarmog‘iga ulandi. Hozirda ko‘plab OAV kanallari internetda o‘z versiyasiga ega. Elektron gazetalar ham paydo bo‘ldi. Jahon jurnalistikasi tizimiga qo‘shilish jarayoni yuzaga keldi. Bugungi kunda nafaqat bizning auditoriya xorijiy OAVdan foydalanadi, balki internet orqali bizning gazeta va jurnallarimizni o‘qish, radiomizni eshitish, telekanallarimizni ko‘rish imkoniyati mavjud. Bu holat jamiyatimizni yanada ko‘rimli, yanada ochiq-oydin qiladi. Endi xorijda qiziqqan institutlar va doiralar sodir bo‘layotganini tahlil qilishlari, keyin nimalar bo‘lishi haqida o‘zlari tahmin qilishlari, jamiyatimiz uchun u yoki bu taraqqiyot ssenariylarini tuzishlari mumkin.
39 O’sha banba.-B.-39.
54 Bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi axborot kanallari zimmasiga ulkan ma'suliyat yuklaydi. Tahririyat jamolari, OAV xodimlari, agar OAV o‘zlari hayotimizdagi muammoli masalalarni ko‘tarib chiqmas ekan, vujudga kelayotgan qarama-qarshi fikrlar imkoniga yordam berishga harakat qilmas ekan, u holda buni hozir sodir bo‘layotganidek-opponentlarimiz amalga oshirishlari mumkinligini anglab yetishlari lozim.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling