O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


-§. FIZIKA DARSLIKLARINI YARATILISHINING  ILMIY-NAZARIY ASOSLARI


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana23.10.2020
Hajmi1.94 Mb.
#135867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
fizika oqitishning nazariy asoslari


 
1.2-§. FIZIKA DARSLIKLARINI YARATILISHINING  ILMIY-NAZARIY ASOSLARI 
Fizika  XVIII  asrning  oxirigacha  filasofiyaning  bir  bo‘limi  sifatida  targ‘ib  qiliinib,  o‘qitilib  kelingan. 
Fizikaning umumta’lim o‘quv predmeti sifatida o‘rta va oliy maktablarda o‘qitilishi turli hududlarda bir vaqtda sodir 
bo‘lmadi.  Asrlar  davomida  insoniyat-ning  amaliy  ehtiyoji  sifatida  fizikaviy  bilimlarning  bir  butun  tizimi 

yaratilgandan  so‘ng,  uning  o‘ziga  xos  predmetlik  xususiyati  ko‘rinib  qoldi.  XVII-XVIII  asrga  kelib,  olimlar 
tomonidan  tabiat  qonun-larining  kashf  etilishi  filasofiyadan  farqli  o‘laroq  matematik  bilimlarga  asoslangan  fan-
fizikaning to‘la ma’noda kashf etilishiga sababchi bo‘ldi. Dastlabki fizika darsligi sifatida ixtirochilarning kitoblari 
ma’lum bir qo‘llanma tarzida foydalanildi.  
Insoniyatning  ilg‘or  sivilizatsiyasi  natijasidagi  buyuk  mehnat  samarasi  bo‘lgan  I.Nyutonning  “Natural 
falsafaning matematik asoslari” nomli asari 1687-yili lotin tilida nashr etildi. Bu shoh asarni A. N. Krilov rus tiliga 
o‘girib,  o‘zining  “Insholar  to‘plami”  da  tushuntirishlar  bilan  chop  ettirdi.  I.Nyutonning  vafotidan  so‘ng  ham 
«Asoslar» barcha Yevropa xalqlari tiliga o‘girilib, ko‘p martalab qayta-qayta nashr qilindi.  
1738-yilga kelib, Volterning «Nyuton filosofiyasining elementlari» asari nashr etilishi fizik bilimlar tizimini 
yanada  yaqqolroq  ajratish  imkoniyatini  ko‘rsatdi.  Muallif  mantiqan  mazmun  va  shakl  saqlangan  holda  «Asoslar» 
ning  g‘oyalarini  ommabop  shaklda  bayon  qilishni  maqsad  qilib  qo‘ygan  edi.  Zamondoshlarining  fikricha,  Volter 
buning uddasidan chiqa oldi.  
«Asoslar»  so‘zini  fanning  asoslari  nuqtai-nazaridan  faqat  aniq  biror  fan  (fizika)ga  qo‘llamasdan,  balki 
o‘qitish metodikasida ham ishlatish mumkin. Nyuton zamondoshlaridan hech birining asarlari darslik yaratishning 
o‘ziga xos xususiyatlarini ochib bera olmadi. Buni albatta ma’lum bir ilmiy sabablari bor. Chunki, bu davrda ilmiy 
va o‘quv bilish haqidagi metodologik hamda didaktik tamoyillar, tavsiflar o‘rtasidagi chegaralar aniq emas edi.  
«Asoslar» da esa  I. Nyuton tom ma’noda tabiatshunoslik haqidagi zarur bilimlar majmuasini oydinlashtirib 
berdi.  Ushbu  asarni  bayon  qilishda  I.  Nyuton  qat’iy  mantiqiy  tuzilishga  amal  qilgan.  Bu  yirik  asar  uch  qismdan 
iborat bo‘lib, dastlab asosiy fizik tushunchalar: massa, harakat miqdori, kuch ta’rifi kiritilib, keyinroq dinamikaning 
uch  qonuni  berilgan.  Shuningdek,  moddiy  nuqta  va  qattiq  jism  dinamikasi  haqidagi  tushunchalarni  amaliy  tadbiqi 
sifatida masalalar yechish namunalari bayon qilingan. 
“Asoslar”ning ikkinchi qismi jismning  muhit qarshiligidagi harakat dinamikasi;  gidrodinamika,  gidrostatik 
masalalar va to‘lqin harakatining tahliliga bag‘ishlangan. Uchinchi qism “Dunyo sistemasi haqida” deb nomlanib, 
butun olam torishi qonuni har tomonlama asoslab beriladi.  
I.Nyutonning  bunday  ketma-ketligidagi  “Asoslar”ining  bayoni,  ya’ni  klassik  mexanikaning  asosiy 
tushunchalari  barcha  “Asoslar”dan  keyingi  darsliklarda  saqlanib  qolindi.  Juda  ko‘p  mualliflar  tabiat  qonunlarini 
ta’riflashni  mukammalashtirishga  harakat  qildilar,  ammo  Nyutonning  ta’riflashi  hayratlanarli  darajada  yanada 
mukammalroq  chiqdi.  Shuning  uchun  mukamallashtiruv-chilarni  o‘zlari  nomukamalliklaridan  izza  bo‘lib 
qolaverdilar.  
 Fizik bilimlar tizimini yaratishning dastlabki ilmiy manbalariga I. Keplerning “Yangi astronomiya” (1609-
yil), “Olam uyg‘unligi” (1619-yil) va G. Galileyning “Olamning ikki eng asosiy sistemasi haqidagi dialog” (1632-
yil), “Ikki yangi fanning matematik dalili va suhbati» (1638 yil) Gerinning “Yangi tajribalar” (1642-yil), Gilbertning 
“Magnitlar haqida” (1600-yil), X.Gubgensning “Mayatnikli soatlar” (1638-yil) va “Yorug‘lik haqida traktat” (1609 
yil) nomli asarlarini kiritish mumkin.  
Shundan  so‘ng  yuqorida  zikr  etilgan  qator  ilmiy  manbalarga  asoslangan  dastlabki  fizika  darsliklarini 
yaratilishning zarurati tug‘ildi. Bunday darsliklar yaratish pillapoyalarini boshlab bergan muallif mashhur Oksford 
universitetini  professori  Jon  Dezagyul  hisoblanib,  u  1683-yilda  “Eksperemental  filosofiya”  kursini  yozdi.  Ushbu 
kitob birinchi marta ko‘p nusxada fizika darsligi nuqtai-nazardan 1727-yili Londonda nashr etildi. “Eksperemental 
filoso-fiya” deyarli barcha Yevropa tillariga o‘girilib, bir necha bor chop etildi. Tabiiyki, birinchi darsliklar haqidagi 
ma’lumotlar  uncha  aniq  emas.  Shunday  bo‘lsa-da,  birinchi  darsliklar  mohiyati  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  fizik  bilimlar 
sistemasini ommalashtirishga qaratilgan edi.  
Maktab  fizika  darsligi  darajasida  bir  muncha  mukam-malashgan  darslik  mashhur  golland  fizigi  P. 
Mushenberg (1692-1761-y)  nomi bilan bog‘liq. Bu darslik olim vafotidan so‘ng  “Tabiiy filosofiyaga  kirish”  nomi 
ostida nashr qilindi. Bu darslik o‘rta maktab darajasidagi birinchi darslik bo‘lgan desak yanglishmaymiz. 1791-yilda 
esa anchagina qisqartirishlar bilan rus tiliga o‘giriladi. Fizika bo‘yicha XVIII-asrgacha yozilgan darsliklarni o‘zaro 
taqqoslash  shuni  ko‘rsatdiki,  Mushenbergning  darsligi  XVIII-asrdagi  fizika  kursini  mazmunini  o‘zida 
mujassamlashtirgan. Ushbu darslikni lotin tilidagi birinchi nashridagi boblari ro‘yxatini keltiramiz: 
  1.Filosofiya va filosofik qoidalar  yuritish  haqida. 2.Jismlar va  ularning  xususiyatlari  haqida.  3.Bo‘sh fazo 
haqida.    4.Bo‘shliq,  vaqt  va  harakat  to‘g‘risida.    5.Bosim  kuchi.    6.Harakatlanao‘tgan  jismning  kuchi.  7.Og‘irlik. 
8.Mexanika (oddiy mashinalari). 9.Ishqalanish. 10.Harakatlanayotgan mashinalar. 11.Murakkab harakatlar. 12.Qiya 
tekislikdagi  og‘ir  jism  harakati.  13.Mayatnik-ning  tebranishi.  14.Otilgan  jism  harakati.  15.Markaziy  kuchlar. 
16.Elastik  qattiq  va  boshqa  jismlar.  17.Zarb  haqida.  18.Elektr  to‘g‘-risida.  19.Magnitlar.  20.  Jismning  tortishi. 
21.O‘lchash  va  katta-liklar.  22.Suyuqliklar  haqida.  23.Suyuqlik  bosimi.  24.Suyuqlikning  teshikdan  oqishi. 
25.Favvora  to‘g‘risida. 26.Solishtirma  og‘irlik. 27.Suv. 28.Olov. 29.Yorug‘lik xususiyatlari.  30.Jismlar tomonidan 
yorug‘likning  yutilishi.  31.Yorug‘likning  sinishi,  singdiruvchi  muhit.  32.Tekis  yuzada  yorug‘likning  sinishi. 
33.Havodan derazaga o‘tuvchi va undan yana havoga o‘tuvchi yorug‘lik haqida.  34.Har xil ranglarning sinishi va 
ranglar  haqida.  35.Ko‘zning  tuzilishi.  36.Ko‘rish  to‘g‘risida.  37.Dioptika.  38.Havo  materiyalari  haqida.  39.Suv 
materiyalari haqida. 40.Yonuvchi materiyalar haqida. 41.Shamol.  
Fizikaning  mazmuni  shulardan  iborat  deb  tushunilgan.  Bundan  ko‘rinadiki,  darslikning  asosiy  qismi 
mexanika  va  geometrik  optikadan  tashkil  topib,  ikkita  bobgina  elektr  va  magnitizmga  bag‘ishlangan  xolos. 
Darslikdagi  matnlarning  mazmunini  bayonidan  kimlar  uchun  mo‘ljallanganligi  bilinmagan.  Dastlabki,  barcha 
darsliklarda o‘quv materialni alohida soatlarga bo‘lmagan holda bayon qilish harakterlidir. Masalan, E. Xabbat, 

 J. Nollning «Eksperemental fizika»  elektr haqidagi birinchi kiritilib, uch tomdan iborat bu darslik «Eksperemental 
fizika» artilleriya va injener korpusida ta’lim oluvchilar uchun 1778-1781-yillarida nashr qilingan. Darslik quyidagi 
tomlardan iborat:  
1.Mexanika elementlari, umumiy tushunchalar (430 sahifa).  
2.Murakkab harakat, markaziy kuchlar, ishqalanish, gidrostitka (473 sahifa).  
3.Oddiy mashinalar, aerostatika, akustika (496 sahifa).  
Rossiyaning dastlabki akademiyasi qoshida tashkil etilgan o‘quv yurti-Peterburg gimnaziyasida 1775-yildan 
boshlab  fizika  o‘qitila  boshlangan.  Keyinchalik  esa  fizika  kadet  korpuslari,  diniy  semenariyalari  va  xalq  bilim 
yurtlarida o‘quv rejalariga kiritila boshlandi. Yevropa mamlakatlari, shuningdek, Rossiyada va O‘rta Osiyoda ham 
XIX-asrning  o‘rtalariga  qadar  fizika  predmeti  ikkinchi  darajali  darslik  hisoblanib,  kelingan  edi.  Rossiya 
gimnaziyalarining dastlabki darsliklaridan biri G. Krajftning «Amaliy fizikani o‘tish yo‘lining kashf etilishi» nomli 
darsligi  amalda  qo‘llanilgan.  Bu  darslik  birinchi  marta  1837-yilda  lotin  tilida,  keyinchalik  esa  Yevropa  tillariga 
tarjima qilinib, ko‘p martalab nashr qilindi. Ushbu darslik 224 sahifadan iborat bo‘lib, o‘quv materiali; rasm, chizma 
va matematik ifodalarsiz yoritib berilgan edi. 1746-yilda               M.V.Lomonosov Volfianning  «Eksperemental 
fizika» darsligini tarjima qildi.  
Bu  darslik  mazmunida  Lomonosovning  fizika  o‘qitishda  nazariya  va  eksperementni  birga  qo‘shib  borish 
kerakligi  haqidagi  g‘oyalari  o‘z  aksini  topdi.  Bu  darslikdagi  asosiy  tajribalar  mexanikaga  asoslanib,  elektr  va 
magnetizm bo‘limi tushurib qoldirildi. Shundan keyin M. Ye. Golovinning «Fizikadan qisqacha qo‘llanma» (1785-
yil)  va  P.  I.  Glarovskiyning  «Fizikadan  qo‘llan-ma»  (1793)  degan  rus  tilidagi  birinchi  mustaqil  darsliklar  paydo 
bo‘ldi.  Bularda  ilmiylik,  materialni  samarali  bayon  etish,  ekspe-rementga  tayangan  holda  birga  qo‘shib  olib 
borilgan.    Bu  vaqtga  ke-lib,  fizika  bo‘yicha  yagona  dasturning  mavjud  emasligi  gimnazi-yaning  ikkinchi  sinfida 
«Jismlarning  umumiy  xususiyati  va  muvozanati,  harakat  asoslari»,  uchinchi  sinfida  «Issiqlik,  optika,  elektr  va 
magnetizm» kabi boblar o‘qilgan. O‘rta bilim yurtlarning so‘ngi bosqichlarida yoppasiga haftasiga 2 soatdan fizika 
o‘qitilgan.  
Fizika darsliklarini yaratilishining evalyutsion taraqqiyotini tahlili natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, XIX 
asrga kelib muqobil fizika darsliklari yaratila boshlangan. Fizika asoslari Yevropa mamlakatlarida chuqur va batafsil 
o‘qitila borgan. Klassik fizika haqidagi tasavvurlar XIX-asrning 20-80-yillarida qaror topdi. Bu vaqtda: mexanika, 
optika, elektr va magnetizm, termo-dinamika va kinetik nazariya haqida ma’lumotlar mavjud bo’lib har qanday fizik 
hodisalar  mexanika  qonunlari  asosida  tushuntirishga  harakat  qilinar  edi.  Mexanikaning  jadal  rivojlanishi  tufayli 
(XVII-XIX asr) borliqda barcha fizik hodisalarga mexanik harakat sababchi bo‘lishi, ya’ni istalgan tabiiy hodisani 
mexanik modellar yordamida izohlash mumkinligi haqidagi fikr ilgari surilgan.  
Kvant va nisbiylik nazariyasini kashf etilishi fizika faninining rivojlanishini tubdan o‘zgartirib yubordi. Shu 
bilan  birga  fizika  asoslarini  o‘qitishga  bo‘lgan  zaruriyat  vujudga  keldi.  Fizika  o‘rta  va  maxsus  ma’lumot  ta’limi 
uchun  asosiy  darsliklar  sistemasi  qatoriga  kirdi.  Amerika  va  G’arbiy  Yevropa  davlatlarida  fizika  asoslarini 
o‘qitishning  optimallashtirish  yuzasidan  jahonshumul  ishlar  qilindi.  XX  asr  fizikasining  salobatini  o‘zida  aks 
ettiruvchi to’rt tomlik O.D.Xvolson tomonidan yaratildi.  O.D.Xvolsonni  darsligi boshqa Yevropa tillariga tarjima 
qilinib, asosiy darslik sifatida rivojlangan barcha  mamlakatlarda qo‘llanila boshlandi.        Keyingi o‘n yil ichida 
gimnaziyalar uchun 9 ta darslik, 15 ta masalalar to‘plami, 9 ta «Fizikadan praktikum» va ko‘pgina metodik jihatdan 
qayta takomillashtirilgan darsliklar vujudga keldi.  
  1900  yillarga  kelib,  fizika  ta’limini  nazariy  asoslari  yaratila  boshlandi.  1911  yilda  nemis  pedagogi  E. 
Grimzelning «Fizika o‘qitish metodikasi va didaktika» nomli kitobi nashr etildi.              E.Grimzel ushbu kitobda 
fizika  o‘qitishning  nazariy  asoslarini  ko‘rsatib  bera  oldi.  1916  yilga  N.V.Kashin  tomonidan  yaratilgan  «Fizika 
o‘qitish metodikasi» kitobi nashr etilib, unga fizikadan kontsentrik ta’lim berish g‘oyasi ilgari surildi. Bu g‘oyaga 
ko‘ra  Kiyev    universiteti  professori  I.I.Kosnovaning  fizika  darsligi  chop  ettirildi.  Shunday  qilib,  XX  asrning 
yigirmanchi yillarida ikki bosqichdan fizika darsligi yuzaga kelib, quyidagi mavzulardan tashkil topgan edi.  
Birinchi bosqich:  
1.Kirish.  2.Harakatni  o‘rganishdagi  boshlang‘ich  ma’lumot-lar  (tezlik,  tushish  qonunlari,  kuchlar,  egri 
chiziqli  harakat,  og‘irlik  va  bosim  haqida  tushunchalar).  3.Suyuqlikning  asosiy  xususiyatlari.  4.Gazlarning  fizik 
xususiyatlari.  5.Issiqlik  hodisalari.  6.Yorug‘lik  hodisalari.  7.Tovush  hodisalari.  8.Elektr  hodisalari.  9.Magnit  va 
elektromagnit 
hodisalar. 
10.Elektromagnit 
induktsiya. 
11.Kimyo 
kursidan 
qisqacha 
ma’lumotlar. 
12.Meteriologiyadan qisqacha tushunchalar.  
Ikkinchi bosqich: 
13.O‘zgaruvchan harakat tug‘risida ma’lumot. 14.Kuch haqida ma’lumot. 15.Kuchlar muvozanati. 16.Oddiy 
mashinalar. 17.Og‘irlik kuchi tug‘risida ma’lumot. 18.Gazlar va suyuqliklarning bir qancha xususiyatlari. 19.Asbob-
uskunalar. 20. Bug‘ va uning xususiyati. 21.Diffuziya va osmos. 22.Yorug‘lik hodisalari. 23.Optik asbob-uskunalar. 
24.Tovush  hodisalari.  25.Om  va  Kirxgof  qonunlari.  26.Ish  va  energiya.  28.Tovush  va  yorug‘lik  hodisalari.  Uning 
energiyasi va bajargan ishi. 29.Fizikaning optik asoslari. 30.Elektr va magnit hodisalarning bajargan ishi. 31.Yuqori 
tartib elektr tokining oqishi, elektr tebranishlar. 32.Elektronlar haqida tushuncha. Radioaktivlik.  
Mavjud darsliklarda o‘sha davr uchun xarakterli bo‘lgan fizikaning ilg‘or g‘oyalariga bag‘ishlangan material 
unchalik ko‘p hajmni egallamadi va hattoki uchinchi davr darsliklari bilan taqqoslaganda kichik hajmni egallagan. 
Akustika va optikaga oid o‘quv materiali qo‘shilgan holda elektromagnetizmdan keyin bayon qilingan edi xolos. Bu 
esa  metodologik  jihatdan  xato  bo‘lib,  mexanik  va  elektromagnit  to‘lqinlarning  sifatiy  farqini  yaxshi  ochib  bera 
olmadi.  Bachinskiy  darsligini  optimallashtirish  nuqtai  nazari  bilan  olib  qaralganda  chet  el  darsliklaridan  ancha 

orqada ekanligi ko‘rinib qoladi.Natijada zamonaviy fizika tushunchalarni o‘zida aks ettirgan darslik yaratish zarurati 
to‘g‘iladi.  1920  yildan  keyin  bunday  darslik  sifatida  Nikolay  Vladimirovich  Kashinning  “Fizika  darsligi”  kitobi 
yaratildi  
Bu kitob ikki qismdan iborat bo‘lib, ikkala qismda 492 ta masala mavjuddir. Kitobning so‘z boshida: “Kurs 
laboratoriya ishlari asosida yozilgan” degan uqtirish bor. 1927 yilda chop etilgan to‘rtinchi nashrning so‘z boshisida 
muallif  o‘zining  kontseptsiyasini  quyidagicha  ifoda  etadi.  “Hozirgi  zamon  metodikasi”  asosi,    tutgan  o‘rni, 
o‘qituvchilar  kengashi  va  s’ezdlarida  o‘z  aksini  topdi,  shuningdek,  maktab  amaliyotida  fizika  o‘qitish  qisman 
quyidagi yo‘nalishlarda olib borish bilan chegaralandi: 
b)Fizik tushunchalarni texnikaga tatbiq qilish va tabiat hodisalarini o‘rganish; 
b)Fizika kursini ikki qismga bo‘lib o‘rganish; 
1)Laboratoriya mashgulotlarini yuqori saviyada olib borish
2)Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishni o‘qituvchining eksperiment va fizik nazaraiyalarini rivojlantirish 
bilan birga qo‘shib olib borish. 
Kashin darsligining eng  farqli xususiyati  kitobning oxirida  qariyib 200 ta laboratoriya ishining berilishidir. 
Ular faollashtirish savollari bilan qo‘shilib ketgan. Ishning tavsifi, tabiiyki, darslikning katta qismini egallagan va 
traditsion  nazariy  materialning  kerakli  qismini  siqib  chiqargan.    Hozirgi  zamon  fizikasiga  mo‘ljallangan  o‘quv 
materialiga deyarli joy ajratilmagan.  
Darslikda  “So‘z  boshi”  (Muqaddima),  “O‘quvchilarga bir  qancha  maslahatlar”  va  “Kirish”  mavzulari ham 
mavjuddir. So‘z boshida darslikning metodik g‘oyasi, uni boshqa darsliklardan farqi va o‘quv materialini taqsimlash 
printsipi ochib beriladi. O‘quvchilarga darslik bilan ishlashda foydali maslahatlar berilgan. Darslikning barcha o‘quv 
materiali  4  bo‘lim,  II  bob  va  64  paragrafga  bo‘lingan.  Paragraflar  ham  o‘z  navbatida  punktlarga  bo‘lingan  va 
ularning har biri zaruriy axborotni o‘zida  mujassamlashtiradi.  Har bir bo‘lim  ma’lum  hajmdan iboratdir. Shunday 
qilib,  “Kirish”  4  paragrafdan,  “Kinematika”  15  “Dinamika”  17  “Saqlanish  qonunlari”  15,  “To‘lqinlar  va 
tebranishlar” 10 paragrafdan iborat. Darslikda asosan o‘zining hajmi va boblari bilan bir xil qimmatli ikkita-IX bob 
(“Jismlarning o‘zaro harakati’, “Energiya”) va X bob (“Saqlanish qonunlarining qo‘llanilishi”), shuningdek boshqa 
boblarda ham mexanikaga taalluqli bo‘lgan savollarga bag‘ishlanadi. Darslik o‘quv materialini paragraflari-darsning 
ketma-ketligi tarzi printsipida joylashtirilishi, asosan,  muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Ikki darsda o‘rganiladigan 
mavzular  3-,10-,11-,12-,15-,16-,18-,23-,24-,29-,35;  36-,40-,46  paragraflar  hisoblanadi.  Paragraflarni  48  taga 
kamaytirilishi o‘quv materialini takrorlash uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Barcha o‘quv materiali asosiy (44) 
paragraf va  qo‘shimcha  (4) paragrafga  bo‘lingan. O‘quvchilarni aqliy  faoliyatlarini rivojlanib borish tendentsiyasi 
printsipi  muvaffaqiyatli  yoziilgan.  Mundarija  darslikning  boshida  berilgan  bo‘lib,  mexanikaning  har  bir  bo‘limi 
uchun maxsus belgilar qo‘llanilgan.  
 
I.3—§. FIZIKA-UMUMIY TA’LIM VA AKADEMIK LITSEY  HAMDA KASB - HUNAR 
KOLLEJLARINING O‘QUV   PREDMETI 
Yangi  asrda  biz  sifat  jihatidan  tamomila  yan-gilangan  jamiyatga,  chuqur  integratsiyalashgan  iqtisodiy 
makonga,  yagona  kommunikatsiya  va  axborot  tizimiga  kirgan  holda  keljak  sari  shaxdam  qadamlar  bilan 
bormoqdamiz.  Bu  anchagina  tayyorgarlikni,  bilimni,  saviyani,  iqtidorni  talab  qiladi.  Bosayotgan  qadamlarimiz 
qat’iyatli, ishonchli, zafarli bo‘lishi uchun esa zamonaviy, bozor iqtisodi sharoitida ishlay oladigan, yetuk bilimdon, 
yuqori malakali kadrlar zarurdir. Yurtboshimiz I.A Karimov ta’kidlaganidek, IX-XV-asrda ma’rifatli dunyo ahillari 
Buxoriylar,  Farg‘oniylar, Xorazmiylar, Beruniylar, ibn Sinolar, Ulug‘beklarni qanchalik izzat-ikrom qilgan bo‘lsa 
XXI-asrda  ham  xalqimiz,  millatimizga  nisbatan  ana  shunday  ehtiromni  qo‘lga  kiritishimiz  kerak.  O‘sha  davrda 
ulug‘  ajdodlarimiz  asos  solgan  va  olamga  dong  taratgan  ilmiy  maktablarni  zamonaviy  shaklda  qayta  tiklashimiz 
lozim. Bunga esa ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish orqali erishish mumkin. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  “Barkamol  avlod-O‘zbekiston  taraqqiyotining 
poydevori”  mavzuidagi  nutqida  ta’lim  tizimida  erishilgan  muvaffaqiyat  va  yo’l  qo’yilgan  kamchiliklarni  ob’ektiv 
tahlil qilib kadrlar tayyorlashda islohatlarga ehtiyoj borligini isbotlab berdi. Avvalo ta’lim tizimi “...eski sho‘rolar 
zamonidan  qolgan  ta’lim-tarbiya  tizimiga  xos  mafkuraviy  qarashlardan  va  sakrashlardan  butunlay  xalos 
bo‘lmagan”ligi,  o‘qitish,  tarbiyaviy-ma’rifiy  faoligi  mazmuni  va  uni  tashkil  etish  dolzarb  muammo  ekanligi 
ta’kidlandi. Eski ta’lim tizimidagi bu kabi kamchiliklar va muammolarni tugatish istagi “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” ning yaratilishiga sabab bo‘ldi. 
Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturida quyidagilar nazarda tutilgan : 
-butun  ta’lim  tizimini  tubdan  isloh  qilish,  ishlab  to‘rgan  o‘quv  yurtlarini  yangi  yo‘nalishga  solish  va  yangi 
sharoit va zamonaviy texnologiyada ishlay oladigan mutaxasisslar tayyorlash uchun yangi o‘quv yurtlarini tashkil 
etish; 
-o‘quv tarbiya jarayonining sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish, ta’limda zamonaviy pedagogik va 
axborot texnologiyalarining butunlay yangi usulini joriy etish; 
-o‘quv yurtlari tuzilmalarini takomillashtirish, xususan        9-sinfni bitiruvchilar uchun tadbirkorlik faoliyati 
asoslari,  iqtisodiy  va  huquqiy  bilimlar  darslari  kiritilgan  maxsus  ta’lim  muasasalarini  barpo  etish  va  ularni 
tarmog‘ini kengaytirish
-yoshlarga  milliy  uygonish  va  umuminsoniy  kadriyatlarni  idrok  etish  mafkurasi  asosida,  Vatanga  mehr-
muhabbat, mustaqillik ideallariga sadoqat ruhida ta’lim tarbiya berish; 

-yoshlar bilan muntazam ravishda tinimsiz ishlash, iqtidorli bolalarni qidirib topish, ularni eng yaxshi xorijiy 
o‘quv markaz-larida professional ta’lim olishi uchun sharoit yaratish; 
-O‘zbekistonning  iqtisodiy  va  ma’naviy  ehtiyojiga  mos  keladigan,  yuksak  malakali,  xorijiy  mutaxasislar 
bilan raqobat qila oladigan kadrlar salohiyatini yuzaga chiqarish va uni rivojlantirish
-ta’lim  muassasalarining  moddiy-texnik  bazasini  yangi  o‘quv  adabiyotlari  bilan,  zamonaviy  jihozlar  va 
kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash; 
-pedagoglik  kasbiga  hurmatni  oshirish,  pedagog  va  murab-biylar  mehnatiga  qiziqishini  kuchaytirish  uchun 
zarur bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitni yaratish. 
Islohatning  bosh  maqsadidan  kelib  chiqqan  holda,  ta’lim  andozalari,  o‘quv  rejalari,  dasturlari  mazmuniga 
tuzatishlar kiritish, yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnolo-giyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish 
va  joriy  etishni  ta’minlash  maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi  manfaatdor  ta’lim  vazirligi  tomonidan  ishlab 
chiqilgan davlat ta’lim standartlari (DTS) tasdiqlandi. 
Davlat  ta’lim  standarti  o‘quvchilar  umumta’lim  tayyor-garligiga  qo‘yiladigan  majburiy  minimal  darajani 
belgilab  beradi,  shuningdek,  ta’lim  mazmuni  shakllari,  vositalari,  usullarini,  uning  sifatini  baholash  tartibini 
belgilaydi.  DTS  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  o‘quv  dasturlari,  darsliklari,  qo‘llanmalar,  nizomlar  va  hujjatlarni  yaratish 
uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Davlat  ta’lim  standartida  fizika  ta’limining  maqsad  va  vazifalari  ta’lim 
yo‘nilishining majburiy minimumi,  fizika bo‘yicha  umumiy o‘rta va o‘rta  maxsus ta’lim o‘quv dasturi asoslanishi 
bilan birga o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar o‘z aksini topgan. Davlat 
ta’lim  standarti  talabi  bo‘yicha  o‘quvchilar  fizika  asoslariga  oid  quyidagi  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni 
egallashlari shart: 
-fizikaviy hodisalar haqida tasavvurga ega bo‘lishi va ularni tahlil qila olish
-mexanika,  molekulyar  fizika  va  termodinamika  asoslari,  elektr,  yorug‘lik,  Atom  va  yadro  fizikasiga  oid 
asosiy tushunchalar, atamalar, kattaliklar, qonuniyatlar, formulalarni bilish va ularni qo‘llay olish; 
-fizikaviy  hodisalarni  kuzatishni  rejalashtirish  va  o‘tkazish.  Kuzatish  natijalarini  umumlashtirish  ishlarini 
bajara olish;  
-o‘lchov asboblaridan foydalanabilish, asboblarning o‘lchash xatoligini baholay olish; 
-mustaqil ravishda tajriba o‘tkaza olish va natijalarni sxema, jadval, grafik ko‘rinishda tasvirlay bilish ularni 
tahlil qilish va xulosalar chiqarish
-buyuk allomalarimiz fizika rivojiga qo‘shgan hissalari haqida tasavvurga ega bo‘lish; 
-darsliklar,  o‘quv  qo‘llanmalari  va  qo‘shimcha  adabiyot-lardan  foydalanib,  mustaqil  bilim  olish  va  ularni 
amaliyotda qo‘llay bilish; 
-masalalar yechish bo‘yicha ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish; 
-fizikaga oid bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish. 
O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonuni  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  ni 
hayotga  tadbiq  etish  maqsadida,  umumiy  o‘rta  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  maktablari  uchun  fizikadan  davlat  ta’lim 
standarti asosida o‘quv dasturlari tuzildi. Dasturni tuzishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchilari fizika 
kursidan  ma’lum  darajada  tugallanmagan  bilimlarga  ega  bo‘lishlari,  ularga  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 
muassasalarida  (akademik  litsey  va  kasb-hunar  kolleji)  fizikadan  fundamental  bilim  berilishi  inobatga  olingan. 
Dasturni  tuzishda  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarining  9-sinfini  tugatgan  o‘quvchilar  umumiy  fizika  kursining 
barcha  bo‘limlaridan,  chunonchi,  mexanika,  molekulyar  fizika  va  termodinamika,  elektr,  optika,  atom  va  yadro 
fizikasidan ma’lum darajada tugallangan bilimlarga ega bo‘lishlari zarur ekanligi inobatga olingan. 
Yangi ta’lim tizimi asosida tuzilgan fizika dasturi bo‘yicha fizika kursi alohida o‘quv predmeti sifatida VI-
sinfdan boshlanadi. Maktab fizika ta’limining birinchi yilida o‘quvchilarga fizikaviy hodisalar va kattaliklar haqida 
umumiy ma’lumotlar berildi. Bu bilan o‘quvchilarni fizikaga qiziqtiriladi, fizika fani haqida dastlabki tasavvur hosil 
qilinadi,  tevarak  atrofdagi  fizik  hodisalarning  mohiyatini  elementar  tarzda  tushuntirish  orqali  ilmiy  dunyoqarash 
shakllantiriladi. 
Dasturda,  VI-sinfda  beriladigan  fizika  ta’limi  mazmuni  o‘zgartirilmagan  holda,  fizik  hodisalar  va 
kattaliklarning o‘rganish ketma ketligini ikki xil tartibi tavsiya etilgan: 
Ulardan birinchisi quyidagi tartibda: 
1. Kirish. 
2. Harakat va jismlarning o‘zaro ta’siri. 
3. Jismlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar. 
4. Modda tuzilishi. 
5. Issiqlik hodisalari. 
6. Issiqlik mashinalari. 
7. Tovush hodisaliri. 
8. Yorug‘lik hodisalari. 
Tuzilishi an’anaviy bo‘lgan fizika ta’limining bunday ketma ketligida o‘quvchilar avval jismlarning harakati, 
bosib  o‘tgan  yo‘li,  unga  ketgan  vaqt,  tezlik  massa,  zichlik  kabi  kattaliklar  bilan  tanishadilar.  So‘ngra  modda 
tuzilishi, issiqlik, tovush va yorug‘lik hodisalarini o‘rganadilar. 
VI-sinfda fizika ta’limining quyidagi ketma-ketlikda ham o‘qitilishi tavsiya etilgan: 
1. Kirish. 
2. Yorug‘lik hodisalari. 

3. Tovush hodisalari. 
4. Modda tuzilishi. 
5. Issiqlik hodisalari. 
6. Harakat va jismlarning o‘zaro ta’siri. 
7. Jismlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar. 
8.Issiqlik mashinalari. 
Fizika  o‘qitishni  yorug‘lik hodisalaridan boshlash ham o‘ziga  xos afzalliklarga  ega. Birinchidan,  yorug‘lik 
hodisalari fizika fanining katta qismini tashkil etib, optika nomi bilan yuritiladi. Optika qonunlari esa inson hayotida 
juda  katta  ahami-yatga  ega.  Ikkinchidan,  kundalik  hayotimizda  har  xil  yorug‘lik  hodisalariga  duch  kelamiz. 
Uchinchidan,  optika  qonunlari  asosida  yorug‘lik  va  optika  texnikasi  vujudga  keladi.  Bundan  tashqari,  yorug‘lik 
hodisalarini  o‘rganish  jarayoni  qiziqarli  bo‘lib,  formulalar  kam  ishlatiladi.  Yorug‘lik  hodisalaridan  so‘ng  tovush, 
issiqlik,  mexanik  hodisalar  o‘rganiladi.  Bu  variantdagi  har  bir  bo‘limga  ajratilgan  dars  soatlari  miqdori  birinchi 
variantdagi tegishli nomdagi bo‘limga ajratilgan dars soati miqdoriga mos keladi. 
VII-sinfga butun o‘quv yili davomida fizikaning mexanika bo‘limi o‘rganiladi. 
VIII-sinfda o‘quvchilar o‘quv yili davomida fizikaning elektr kursini o‘rganadilar. 80-90-yillarda bu kurslar 
VIII-va IX-sinfda o‘qitilgan. Dasturda mexanika kursi birmuncha qisqartirilgan va soddalashtirilgan shunga yarasha 
dars  soati  ham  qisqargan.  Biroq  fizika-matematika  va  tabiiy  fanlar  yo‘nalishidagi  akademik  litsey-larda  mexanika 
kursi  fundamental  ravishda  chuqurlashtirib  o‘rga-tilishi  ham  hisobga  olingan.  Umumiy  o‘rta  ta’limi  maktabining 
bitiruvchilari umumiy fizika kursining barcha bo‘limlaridan ma’lum darajada tugallangan bilimga ega bo‘lishlarini 
e’tiborga olib, IX-sinf fizika dasturiga VI-VIII-sinflarda o‘rganilmagan yoki faqat boshlang’ich ma’lumotlar berish 
bilan  kifoyalangan  mavzular  kiritilgan  “Atom  fizika  asoslari”  bo‘limi  bo‘yicha  boshlangich  ma’lumotlar  quyi 
sinflarda o‘rganilmagan. Bu mavzular murakkab hisoblansada, lekin o‘quvchilar bu bo‘limdagi mavzularni umumiy 
tarzda sifat jihatidan o‘rganadi. Chunki akademik litsey va kasb hunar kollejlarida “Kvant fizikasi”, jumladan atom 
fizikasi keng tarzda o‘rganilishi inobatga olingan. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchilari astronomiya elementlari yuzasidan ma’lum bilim, ko‘nikma 
va malakalarga ega bo‘lishlari lozim. Shu maqsadda IX-sinfga “Astronomiya asoslari” bo‘limi kiritilgan va koinot 
tuzilishi,  osmon  jismlari,  koinotdagi  hodisalar  haqida  zaruriy  bilimlar  berilgan.  Dasturning  har  bir  bo‘limga  dars 
soatlari taxminiy bo‘lib ular shu bo‘limga oid ko‘rgazma va tajribalarni namoyish etishga, masalalar yechishga va 
o‘quvchilar bilimini baholashga mo‘ljallangan.  
Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  uzluksiz  ta’lim  tizimiga  kiritilgan  uch  yillik 
o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida fizika o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagicha: 
1.  O‘quvchilarni  kuzatish,  o‘lchash  va  tajriba  o‘tkazishning  asosiy  uslublari  bilan  tanishtirish  bilan  birga 
fizika  amaliyotidagi  fizikaviy  namoyishlar  va  laborotoriya  amaliy  ishlarini  o‘quv-chilarning  qobiliyatlari  va 
intellektual  rivojlanish  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  chuqurlashtirilgan,  ixtisoslashtirilgan  holda  o‘qitishni 
ta’minlash.                                                                                                                                                                                                                                                                   
2.  Fizikani  o‘qitish  jarayonida  faqat  tajribalarga  asos-lanmasdan,  balki  fizikaviy  nazariyani  ham  aniq  bir 
mavzutik  ko‘rinishda  taqdim  etib,  o‘quvchilarning  nazariy  bilimlarini  xoh  fizika  sohasida,  xoh  fizika  bilan 
chegaradosh bo‘lgan boshqa fanlar sohasida amaliy vazifalarni yechishda qo‘llashga o‘rganish.  
Fizika fani yetarli darajada matematik saviyada va fanlar aro chegaralarni aniq ko‘rsatish imkonini beruvchi 
doirada yoritilishi lozim. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim : 
-o‘quvchilarga fizikaviy qonunlar va tamoyillarni ularning matematik ifodalari bilan yetkazish; 
-o‘quvchilarni  fizikaviy  hodisalar,  fizik  kattaliklarni  aniq  o‘lchamining  asosiy  usullari,  tajribada  olingan 
natijalarni qayta ishlash, tahlil qilish, muhim fizik asbob uskunalar bilan ishlash, malakalarini oshirish, bu ishlarda 
kompyuterdan foydalanish usullari bilan tanishtirish
-o‘quvchilarda 
tajriba  o‘tkazish  ko‘nikmalarini  hosil  qilish.  Ularni  fizikaviy  tajribalarini 
avtomatlashtirishining asosiy tamo-yillari bilan tanishtirish, fizikaviy g‘oyalarni to‘g‘ri o‘rganish, fizik masalalarni 
miqdoriy to‘g‘ri yechish; 
-o‘quvchilarga  fizika  rivojlanishining  muhim  bosqichlarida  o‘zbek  allomalarining  qo‘shgan  hissalari  va 
tutgan o‘rinlari to‘g‘risida tushunchalar berilishi shart. 
Akademik  litseylarda  o‘quvchilar  o‘zlari  tanlagan  yo‘nalishi  bo‘yicha  bilimlarini  oshirishi  va  muayyan 
fanlar  asoslarini  chuqur,  mukammal  o‘zlashtirish  imkoniga  ega  bo‘ladilar.  Shuning  uchun  ham  akademik  litsey 
bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar ham zamon talablariga  mos saviyada bo‘ladi.  Akademik litsey bitiruv-chilari 
fizika ta’lim sohasida quyidagi bilimlarga, tushunchalarga ega bo‘lmog‘i lozim : 
-fizika  va  unga  yaqin  bo‘lgan  fanlar  bo‘yicha  qo‘yilgan  vazifani  hal  etishda  fizika  qonunlarini  bilish  bilan 
birga boshqa bilim sohalarini ham birgalikda qo‘llay olish; 
-asosiy  fizikaviy  o‘lchov  asbob-uskunalaridan  foydalana  bilish,  sodda  amaliy  vazifalarni  qo‘yish  va  ularni 
yechish, olingan natijalarni qayta ishlash, tahlil qilish, baholay bilish hamda umumiy xulosalar chiqarish; 
-o‘qish davomida o‘quv va qo’shimcha adabiyotlaridan mustaqil foydalana bilish.  
 
Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling