O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi
-§. FIZIKA DARSLIKLARINI YARATILISHINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
fizika oqitishning nazariy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqich
- Ikkinchi bosqich
- I.3—§. FIZIKA-UMUMIY TA’LIM VA AKADEMIK LITSEY HAMDA KASB - HUNAR KOLLEJLARINING O‘QUV PREDMETI
1.2-§. FIZIKA DARSLIKLARINI YARATILISHINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI Fizika XVIII asrning oxirigacha filasofiyaning bir bo‘limi sifatida targ‘ib qiliinib, o‘qitilib kelingan. Fizikaning umumta’lim o‘quv predmeti sifatida o‘rta va oliy maktablarda o‘qitilishi turli hududlarda bir vaqtda sodir bo‘lmadi. Asrlar davomida insoniyat-ning amaliy ehtiyoji sifatida fizikaviy bilimlarning bir butun tizimi yaratilgandan so‘ng, uning o‘ziga xos predmetlik xususiyati ko‘rinib qoldi. XVII-XVIII asrga kelib, olimlar tomonidan tabiat qonun-larining kashf etilishi filasofiyadan farqli o‘laroq matematik bilimlarga asoslangan fan- fizikaning to‘la ma’noda kashf etilishiga sababchi bo‘ldi. Dastlabki fizika darsligi sifatida ixtirochilarning kitoblari ma’lum bir qo‘llanma tarzida foydalanildi. Insoniyatning ilg‘or sivilizatsiyasi natijasidagi buyuk mehnat samarasi bo‘lgan I.Nyutonning “Natural falsafaning matematik asoslari” nomli asari 1687-yili lotin tilida nashr etildi. Bu shoh asarni A. N. Krilov rus tiliga o‘girib, o‘zining “Insholar to‘plami” da tushuntirishlar bilan chop ettirdi. I.Nyutonning vafotidan so‘ng ham «Asoslar» barcha Yevropa xalqlari tiliga o‘girilib, ko‘p martalab qayta-qayta nashr qilindi. 1738-yilga kelib, Volterning «Nyuton filosofiyasining elementlari» asari nashr etilishi fizik bilimlar tizimini yanada yaqqolroq ajratish imkoniyatini ko‘rsatdi. Muallif mantiqan mazmun va shakl saqlangan holda «Asoslar» ning g‘oyalarini ommabop shaklda bayon qilishni maqsad qilib qo‘ygan edi. Zamondoshlarining fikricha, Volter buning uddasidan chiqa oldi. «Asoslar» so‘zini fanning asoslari nuqtai-nazaridan faqat aniq biror fan (fizika)ga qo‘llamasdan, balki o‘qitish metodikasida ham ishlatish mumkin. Nyuton zamondoshlaridan hech birining asarlari darslik yaratishning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib bera olmadi. Buni albatta ma’lum bir ilmiy sabablari bor. Chunki, bu davrda ilmiy va o‘quv bilish haqidagi metodologik hamda didaktik tamoyillar, tavsiflar o‘rtasidagi chegaralar aniq emas edi. «Asoslar» da esa I. Nyuton tom ma’noda tabiatshunoslik haqidagi zarur bilimlar majmuasini oydinlashtirib berdi. Ushbu asarni bayon qilishda I. Nyuton qat’iy mantiqiy tuzilishga amal qilgan. Bu yirik asar uch qismdan iborat bo‘lib, dastlab asosiy fizik tushunchalar: massa, harakat miqdori, kuch ta’rifi kiritilib, keyinroq dinamikaning uch qonuni berilgan. Shuningdek, moddiy nuqta va qattiq jism dinamikasi haqidagi tushunchalarni amaliy tadbiqi sifatida masalalar yechish namunalari bayon qilingan. “Asoslar”ning ikkinchi qismi jismning muhit qarshiligidagi harakat dinamikasi; gidrodinamika, gidrostatik masalalar va to‘lqin harakatining tahliliga bag‘ishlangan. Uchinchi qism “Dunyo sistemasi haqida” deb nomlanib, butun olam torishi qonuni har tomonlama asoslab beriladi. I.Nyutonning bunday ketma-ketligidagi “Asoslar”ining bayoni, ya’ni klassik mexanikaning asosiy tushunchalari barcha “Asoslar”dan keyingi darsliklarda saqlanib qolindi. Juda ko‘p mualliflar tabiat qonunlarini ta’riflashni mukammalashtirishga harakat qildilar, ammo Nyutonning ta’riflashi hayratlanarli darajada yanada mukammalroq chiqdi. Shuning uchun mukamallashtiruv-chilarni o‘zlari nomukamalliklaridan izza bo‘lib qolaverdilar. Fizik bilimlar tizimini yaratishning dastlabki ilmiy manbalariga I. Keplerning “Yangi astronomiya” (1609- yil), “Olam uyg‘unligi” (1619-yil) va G. Galileyning “Olamning ikki eng asosiy sistemasi haqidagi dialog” (1632- yil), “Ikki yangi fanning matematik dalili va suhbati» (1638 yil) Gerinning “Yangi tajribalar” (1642-yil), Gilbertning “Magnitlar haqida” (1600-yil), X.Gubgensning “Mayatnikli soatlar” (1638-yil) va “Yorug‘lik haqida traktat” (1609 yil) nomli asarlarini kiritish mumkin. Shundan so‘ng yuqorida zikr etilgan qator ilmiy manbalarga asoslangan dastlabki fizika darsliklarini yaratilishning zarurati tug‘ildi. Bunday darsliklar yaratish pillapoyalarini boshlab bergan muallif mashhur Oksford universitetini professori Jon Dezagyul hisoblanib, u 1683-yilda “Eksperemental filosofiya” kursini yozdi. Ushbu kitob birinchi marta ko‘p nusxada fizika darsligi nuqtai-nazardan 1727-yili Londonda nashr etildi. “Eksperemental filoso-fiya” deyarli barcha Yevropa tillariga o‘girilib, bir necha bor chop etildi. Tabiiyki, birinchi darsliklar haqidagi ma’lumotlar uncha aniq emas. Shunday bo‘lsa-da, birinchi darsliklar mohiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri fizik bilimlar sistemasini ommalashtirishga qaratilgan edi. Maktab fizika darsligi darajasida bir muncha mukam-malashgan darslik mashhur golland fizigi P. Mushenberg (1692-1761-y) nomi bilan bog‘liq. Bu darslik olim vafotidan so‘ng “Tabiiy filosofiyaga kirish” nomi ostida nashr qilindi. Bu darslik o‘rta maktab darajasidagi birinchi darslik bo‘lgan desak yanglishmaymiz. 1791-yilda esa anchagina qisqartirishlar bilan rus tiliga o‘giriladi. Fizika bo‘yicha XVIII-asrgacha yozilgan darsliklarni o‘zaro taqqoslash shuni ko‘rsatdiki, Mushenbergning darsligi XVIII-asrdagi fizika kursini mazmunini o‘zida mujassamlashtirgan. Ushbu darslikni lotin tilidagi birinchi nashridagi boblari ro‘yxatini keltiramiz: 1.Filosofiya va filosofik qoidalar yuritish haqida. 2.Jismlar va ularning xususiyatlari haqida. 3.Bo‘sh fazo haqida. 4.Bo‘shliq, vaqt va harakat to‘g‘risida. 5.Bosim kuchi. 6.Harakatlanao‘tgan jismning kuchi. 7.Og‘irlik. 8.Mexanika (oddiy mashinalari). 9.Ishqalanish. 10.Harakatlanayotgan mashinalar. 11.Murakkab harakatlar. 12.Qiya tekislikdagi og‘ir jism harakati. 13.Mayatnik-ning tebranishi. 14.Otilgan jism harakati. 15.Markaziy kuchlar. 16.Elastik qattiq va boshqa jismlar. 17.Zarb haqida. 18.Elektr to‘g‘-risida. 19.Magnitlar. 20. Jismning tortishi. 21.O‘lchash va katta-liklar. 22.Suyuqliklar haqida. 23.Suyuqlik bosimi. 24.Suyuqlikning teshikdan oqishi. 25.Favvora to‘g‘risida. 26.Solishtirma og‘irlik. 27.Suv. 28.Olov. 29.Yorug‘lik xususiyatlari. 30.Jismlar tomonidan yorug‘likning yutilishi. 31.Yorug‘likning sinishi, singdiruvchi muhit. 32.Tekis yuzada yorug‘likning sinishi. 33.Havodan derazaga o‘tuvchi va undan yana havoga o‘tuvchi yorug‘lik haqida. 34.Har xil ranglarning sinishi va ranglar haqida. 35.Ko‘zning tuzilishi. 36.Ko‘rish to‘g‘risida. 37.Dioptika. 38.Havo materiyalari haqida. 39.Suv materiyalari haqida. 40.Yonuvchi materiyalar haqida. 41.Shamol. Fizikaning mazmuni shulardan iborat deb tushunilgan. Bundan ko‘rinadiki, darslikning asosiy qismi mexanika va geometrik optikadan tashkil topib, ikkita bobgina elektr va magnitizmga bag‘ishlangan xolos. Darslikdagi matnlarning mazmunini bayonidan kimlar uchun mo‘ljallanganligi bilinmagan. Dastlabki, barcha darsliklarda o‘quv materialni alohida soatlarga bo‘lmagan holda bayon qilish harakterlidir. Masalan, E. Xabbat, J. Nollning «Eksperemental fizika» elektr haqidagi birinchi kiritilib, uch tomdan iborat bu darslik «Eksperemental fizika» artilleriya va injener korpusida ta’lim oluvchilar uchun 1778-1781-yillarida nashr qilingan. Darslik quyidagi tomlardan iborat: 1.Mexanika elementlari, umumiy tushunchalar (430 sahifa). 2.Murakkab harakat, markaziy kuchlar, ishqalanish, gidrostitka (473 sahifa). 3.Oddiy mashinalar, aerostatika, akustika (496 sahifa). Rossiyaning dastlabki akademiyasi qoshida tashkil etilgan o‘quv yurti-Peterburg gimnaziyasida 1775-yildan boshlab fizika o‘qitila boshlangan. Keyinchalik esa fizika kadet korpuslari, diniy semenariyalari va xalq bilim yurtlarida o‘quv rejalariga kiritila boshlandi. Yevropa mamlakatlari, shuningdek, Rossiyada va O‘rta Osiyoda ham XIX-asrning o‘rtalariga qadar fizika predmeti ikkinchi darajali darslik hisoblanib, kelingan edi. Rossiya gimnaziyalarining dastlabki darsliklaridan biri G. Krajftning «Amaliy fizikani o‘tish yo‘lining kashf etilishi» nomli darsligi amalda qo‘llanilgan. Bu darslik birinchi marta 1837-yilda lotin tilida, keyinchalik esa Yevropa tillariga tarjima qilinib, ko‘p martalab nashr qilindi. Ushbu darslik 224 sahifadan iborat bo‘lib, o‘quv materiali; rasm, chizma va matematik ifodalarsiz yoritib berilgan edi. 1746-yilda M.V.Lomonosov Volfianning «Eksperemental fizika» darsligini tarjima qildi. Bu darslik mazmunida Lomonosovning fizika o‘qitishda nazariya va eksperementni birga qo‘shib borish kerakligi haqidagi g‘oyalari o‘z aksini topdi. Bu darslikdagi asosiy tajribalar mexanikaga asoslanib, elektr va magnetizm bo‘limi tushurib qoldirildi. Shundan keyin M. Ye. Golovinning «Fizikadan qisqacha qo‘llanma» (1785- yil) va P. I. Glarovskiyning «Fizikadan qo‘llan-ma» (1793) degan rus tilidagi birinchi mustaqil darsliklar paydo bo‘ldi. Bularda ilmiylik, materialni samarali bayon etish, ekspe-rementga tayangan holda birga qo‘shib olib borilgan. Bu vaqtga ke-lib, fizika bo‘yicha yagona dasturning mavjud emasligi gimnazi-yaning ikkinchi sinfida «Jismlarning umumiy xususiyati va muvozanati, harakat asoslari», uchinchi sinfida «Issiqlik, optika, elektr va magnetizm» kabi boblar o‘qilgan. O‘rta bilim yurtlarning so‘ngi bosqichlarida yoppasiga haftasiga 2 soatdan fizika o‘qitilgan. Fizika darsliklarini yaratilishining evalyutsion taraqqiyotini tahlili natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, XIX asrga kelib muqobil fizika darsliklari yaratila boshlangan. Fizika asoslari Yevropa mamlakatlarida chuqur va batafsil o‘qitila borgan. Klassik fizika haqidagi tasavvurlar XIX-asrning 20-80-yillarida qaror topdi. Bu vaqtda: mexanika, optika, elektr va magnetizm, termo-dinamika va kinetik nazariya haqida ma’lumotlar mavjud bo’lib har qanday fizik hodisalar mexanika qonunlari asosida tushuntirishga harakat qilinar edi. Mexanikaning jadal rivojlanishi tufayli (XVII-XIX asr) borliqda barcha fizik hodisalarga mexanik harakat sababchi bo‘lishi, ya’ni istalgan tabiiy hodisani mexanik modellar yordamida izohlash mumkinligi haqidagi fikr ilgari surilgan. Kvant va nisbiylik nazariyasini kashf etilishi fizika faninining rivojlanishini tubdan o‘zgartirib yubordi. Shu bilan birga fizika asoslarini o‘qitishga bo‘lgan zaruriyat vujudga keldi. Fizika o‘rta va maxsus ma’lumot ta’limi uchun asosiy darsliklar sistemasi qatoriga kirdi. Amerika va G’arbiy Yevropa davlatlarida fizika asoslarini o‘qitishning optimallashtirish yuzasidan jahonshumul ishlar qilindi. XX asr fizikasining salobatini o‘zida aks ettiruvchi to’rt tomlik O.D.Xvolson tomonidan yaratildi. O.D.Xvolsonni darsligi boshqa Yevropa tillariga tarjima qilinib, asosiy darslik sifatida rivojlangan barcha mamlakatlarda qo‘llanila boshlandi. Keyingi o‘n yil ichida gimnaziyalar uchun 9 ta darslik, 15 ta masalalar to‘plami, 9 ta «Fizikadan praktikum» va ko‘pgina metodik jihatdan qayta takomillashtirilgan darsliklar vujudga keldi. 1900 yillarga kelib, fizika ta’limini nazariy asoslari yaratila boshlandi. 1911 yilda nemis pedagogi E. Grimzelning «Fizika o‘qitish metodikasi va didaktika» nomli kitobi nashr etildi. E.Grimzel ushbu kitobda fizika o‘qitishning nazariy asoslarini ko‘rsatib bera oldi. 1916 yilga N.V.Kashin tomonidan yaratilgan «Fizika o‘qitish metodikasi» kitobi nashr etilib, unga fizikadan kontsentrik ta’lim berish g‘oyasi ilgari surildi. Bu g‘oyaga ko‘ra Kiyev universiteti professori I.I.Kosnovaning fizika darsligi chop ettirildi. Shunday qilib, XX asrning yigirmanchi yillarida ikki bosqichdan fizika darsligi yuzaga kelib, quyidagi mavzulardan tashkil topgan edi. Birinchi bosqich: 1.Kirish. 2.Harakatni o‘rganishdagi boshlang‘ich ma’lumot-lar (tezlik, tushish qonunlari, kuchlar, egri chiziqli harakat, og‘irlik va bosim haqida tushunchalar). 3.Suyuqlikning asosiy xususiyatlari. 4.Gazlarning fizik xususiyatlari. 5.Issiqlik hodisalari. 6.Yorug‘lik hodisalari. 7.Tovush hodisalari. 8.Elektr hodisalari. 9.Magnit va elektromagnit hodisalar. 10.Elektromagnit induktsiya. 11.Kimyo kursidan qisqacha ma’lumotlar. 12.Meteriologiyadan qisqacha tushunchalar. Ikkinchi bosqich: 13.O‘zgaruvchan harakat tug‘risida ma’lumot. 14.Kuch haqida ma’lumot. 15.Kuchlar muvozanati. 16.Oddiy mashinalar. 17.Og‘irlik kuchi tug‘risida ma’lumot. 18.Gazlar va suyuqliklarning bir qancha xususiyatlari. 19.Asbob- uskunalar. 20. Bug‘ va uning xususiyati. 21.Diffuziya va osmos. 22.Yorug‘lik hodisalari. 23.Optik asbob-uskunalar. 24.Tovush hodisalari. 25.Om va Kirxgof qonunlari. 26.Ish va energiya. 28.Tovush va yorug‘lik hodisalari. Uning energiyasi va bajargan ishi. 29.Fizikaning optik asoslari. 30.Elektr va magnit hodisalarning bajargan ishi. 31.Yuqori tartib elektr tokining oqishi, elektr tebranishlar. 32.Elektronlar haqida tushuncha. Radioaktivlik. Mavjud darsliklarda o‘sha davr uchun xarakterli bo‘lgan fizikaning ilg‘or g‘oyalariga bag‘ishlangan material unchalik ko‘p hajmni egallamadi va hattoki uchinchi davr darsliklari bilan taqqoslaganda kichik hajmni egallagan. Akustika va optikaga oid o‘quv materiali qo‘shilgan holda elektromagnetizmdan keyin bayon qilingan edi xolos. Bu esa metodologik jihatdan xato bo‘lib, mexanik va elektromagnit to‘lqinlarning sifatiy farqini yaxshi ochib bera olmadi. Bachinskiy darsligini optimallashtirish nuqtai nazari bilan olib qaralganda chet el darsliklaridan ancha orqada ekanligi ko‘rinib qoladi.Natijada zamonaviy fizika tushunchalarni o‘zida aks ettirgan darslik yaratish zarurati to‘g‘iladi. 1920 yildan keyin bunday darslik sifatida Nikolay Vladimirovich Kashinning “Fizika darsligi” kitobi yaratildi Bu kitob ikki qismdan iborat bo‘lib, ikkala qismda 492 ta masala mavjuddir. Kitobning so‘z boshida: “Kurs laboratoriya ishlari asosida yozilgan” degan uqtirish bor. 1927 yilda chop etilgan to‘rtinchi nashrning so‘z boshisida muallif o‘zining kontseptsiyasini quyidagicha ifoda etadi. “Hozirgi zamon metodikasi” asosi, tutgan o‘rni, o‘qituvchilar kengashi va s’ezdlarida o‘z aksini topdi, shuningdek, maktab amaliyotida fizika o‘qitish qisman quyidagi yo‘nalishlarda olib borish bilan chegaralandi: b)Fizik tushunchalarni texnikaga tatbiq qilish va tabiat hodisalarini o‘rganish; b)Fizika kursini ikki qismga bo‘lib o‘rganish; 1)Laboratoriya mashgulotlarini yuqori saviyada olib borish; 2)Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishni o‘qituvchining eksperiment va fizik nazaraiyalarini rivojlantirish bilan birga qo‘shib olib borish. Kashin darsligining eng farqli xususiyati kitobning oxirida qariyib 200 ta laboratoriya ishining berilishidir. Ular faollashtirish savollari bilan qo‘shilib ketgan. Ishning tavsifi, tabiiyki, darslikning katta qismini egallagan va traditsion nazariy materialning kerakli qismini siqib chiqargan. Hozirgi zamon fizikasiga mo‘ljallangan o‘quv materialiga deyarli joy ajratilmagan. Darslikda “So‘z boshi” (Muqaddima), “O‘quvchilarga bir qancha maslahatlar” va “Kirish” mavzulari ham mavjuddir. So‘z boshida darslikning metodik g‘oyasi, uni boshqa darsliklardan farqi va o‘quv materialini taqsimlash printsipi ochib beriladi. O‘quvchilarga darslik bilan ishlashda foydali maslahatlar berilgan. Darslikning barcha o‘quv materiali 4 bo‘lim, II bob va 64 paragrafga bo‘lingan. Paragraflar ham o‘z navbatida punktlarga bo‘lingan va ularning har biri zaruriy axborotni o‘zida mujassamlashtiradi. Har bir bo‘lim ma’lum hajmdan iboratdir. Shunday qilib, “Kirish” 4 paragrafdan, “Kinematika” 15 “Dinamika” 17 “Saqlanish qonunlari” 15, “To‘lqinlar va tebranishlar” 10 paragrafdan iborat. Darslikda asosan o‘zining hajmi va boblari bilan bir xil qimmatli ikkita-IX bob (“Jismlarning o‘zaro harakati’, “Energiya”) va X bob (“Saqlanish qonunlarining qo‘llanilishi”), shuningdek boshqa boblarda ham mexanikaga taalluqli bo‘lgan savollarga bag‘ishlanadi. Darslik o‘quv materialini paragraflari-darsning ketma-ketligi tarzi printsipida joylashtirilishi, asosan, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Ikki darsda o‘rganiladigan mavzular 3-,10-,11-,12-,15-,16-,18-,23-,24-,29-,35; 36-,40-,46 paragraflar hisoblanadi. Paragraflarni 48 taga kamaytirilishi o‘quv materialini takrorlash uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Barcha o‘quv materiali asosiy (44) paragraf va qo‘shimcha (4) paragrafga bo‘lingan. O‘quvchilarni aqliy faoliyatlarini rivojlanib borish tendentsiyasi printsipi muvaffaqiyatli yoziilgan. Mundarija darslikning boshida berilgan bo‘lib, mexanikaning har bir bo‘limi uchun maxsus belgilar qo‘llanilgan. I.3—§. FIZIKA-UMUMIY TA’LIM VA AKADEMIK LITSEY HAMDA KASB - HUNAR KOLLEJLARINING O‘QUV PREDMETI Yangi asrda biz sifat jihatidan tamomila yan-gilangan jamiyatga, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborot tizimiga kirgan holda keljak sari shaxdam qadamlar bilan bormoqdamiz. Bu anchagina tayyorgarlikni, bilimni, saviyani, iqtidorni talab qiladi. Bosayotgan qadamlarimiz qat’iyatli, ishonchli, zafarli bo‘lishi uchun esa zamonaviy, bozor iqtisodi sharoitida ishlay oladigan, yetuk bilimdon, yuqori malakali kadrlar zarurdir. Yurtboshimiz I.A Karimov ta’kidlaganidek, IX-XV-asrda ma’rifatli dunyo ahillari Buxoriylar, Farg‘oniylar, Xorazmiylar, Beruniylar, ibn Sinolar, Ulug‘beklarni qanchalik izzat-ikrom qilgan bo‘lsa XXI-asrda ham xalqimiz, millatimizga nisbatan ana shunday ehtiromni qo‘lga kiritishimiz kerak. O‘sha davrda ulug‘ ajdodlarimiz asos solgan va olamga dong taratgan ilmiy maktablarni zamonaviy shaklda qayta tiklashimiz lozim. Bunga esa ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish orqali erishish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzuidagi nutqida ta’lim tizimida erishilgan muvaffaqiyat va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni ob’ektiv tahlil qilib kadrlar tayyorlashda islohatlarga ehtiyoj borligini isbotlab berdi. Avvalo ta’lim tizimi “...eski sho‘rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sakrashlardan butunlay xalos bo‘lmagan”ligi, o‘qitish, tarbiyaviy-ma’rifiy faoligi mazmuni va uni tashkil etish dolzarb muammo ekanligi ta’kidlandi. Eski ta’lim tizimidagi bu kabi kamchiliklar va muammolarni tugatish istagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning yaratilishiga sabab bo‘ldi. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturida quyidagilar nazarda tutilgan : -butun ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ishlab to‘rgan o‘quv yurtlarini yangi yo‘nalishga solish va yangi sharoit va zamonaviy texnologiyada ishlay oladigan mutaxasisslar tayyorlash uchun yangi o‘quv yurtlarini tashkil etish; -o‘quv tarbiya jarayonining sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish, ta’limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usulini joriy etish; -o‘quv yurtlari tuzilmalarini takomillashtirish, xususan 9-sinfni bitiruvchilar uchun tadbirkorlik faoliyati asoslari, iqtisodiy va huquqiy bilimlar darslari kiritilgan maxsus ta’lim muasasalarini barpo etish va ularni tarmog‘ini kengaytirish; -yoshlarga milliy uygonish va umuminsoniy kadriyatlarni idrok etish mafkurasi asosida, Vatanga mehr- muhabbat, mustaqillik ideallariga sadoqat ruhida ta’lim tarbiya berish; -yoshlar bilan muntazam ravishda tinimsiz ishlash, iqtidorli bolalarni qidirib topish, ularni eng yaxshi xorijiy o‘quv markaz-larida professional ta’lim olishi uchun sharoit yaratish; -O‘zbekistonning iqtisodiy va ma’naviy ehtiyojiga mos keladigan, yuksak malakali, xorijiy mutaxasislar bilan raqobat qila oladigan kadrlar salohiyatini yuzaga chiqarish va uni rivojlantirish; -ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yangi o‘quv adabiyotlari bilan, zamonaviy jihozlar va kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash; -pedagoglik kasbiga hurmatni oshirish, pedagog va murab-biylar mehnatiga qiziqishini kuchaytirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitni yaratish. Islohatning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, ta’lim andozalari, o‘quv rejalari, dasturlari mazmuniga tuzatishlar kiritish, yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnolo-giyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi manfaatdor ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari (DTS) tasdiqlandi. Davlat ta’lim standarti o‘quvchilar umumta’lim tayyor-garligiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi, shuningdek, ta’lim mazmuni shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. DTS o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklari, qo‘llanmalar, nizomlar va hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Davlat ta’lim standartida fizika ta’limining maqsad va vazifalari ta’lim yo‘nilishining majburiy minimumi, fizika bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim o‘quv dasturi asoslanishi bilan birga o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar o‘z aksini topgan. Davlat ta’lim standarti talabi bo‘yicha o‘quvchilar fizika asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart: -fizikaviy hodisalar haqida tasavvurga ega bo‘lishi va ularni tahlil qila olish; -mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektr, yorug‘lik, Atom va yadro fizikasiga oid asosiy tushunchalar, atamalar, kattaliklar, qonuniyatlar, formulalarni bilish va ularni qo‘llay olish; -fizikaviy hodisalarni kuzatishni rejalashtirish va o‘tkazish. Kuzatish natijalarini umumlashtirish ishlarini bajara olish; -o‘lchov asboblaridan foydalanabilish, asboblarning o‘lchash xatoligini baholay olish; -mustaqil ravishda tajriba o‘tkaza olish va natijalarni sxema, jadval, grafik ko‘rinishda tasvirlay bilish ularni tahlil qilish va xulosalar chiqarish; -buyuk allomalarimiz fizika rivojiga qo‘shgan hissalari haqida tasavvurga ega bo‘lish; -darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va qo‘shimcha adabiyot-lardan foydalanib, mustaqil bilim olish va ularni amaliyotda qo‘llay bilish; -masalalar yechish bo‘yicha ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish; -fizikaga oid bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni hayotga tadbiq etish maqsadida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim maktablari uchun fizikadan davlat ta’lim standarti asosida o‘quv dasturlari tuzildi. Dasturni tuzishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchilari fizika kursidan ma’lum darajada tugallanmagan bilimlarga ega bo‘lishlari, ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida (akademik litsey va kasb-hunar kolleji) fizikadan fundamental bilim berilishi inobatga olingan. Dasturni tuzishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfini tugatgan o‘quvchilar umumiy fizika kursining barcha bo‘limlaridan, chunonchi, mexanika, molekulyar fizika va termodinamika, elektr, optika, atom va yadro fizikasidan ma’lum darajada tugallangan bilimlarga ega bo‘lishlari zarur ekanligi inobatga olingan. Yangi ta’lim tizimi asosida tuzilgan fizika dasturi bo‘yicha fizika kursi alohida o‘quv predmeti sifatida VI- sinfdan boshlanadi. Maktab fizika ta’limining birinchi yilida o‘quvchilarga fizikaviy hodisalar va kattaliklar haqida umumiy ma’lumotlar berildi. Bu bilan o‘quvchilarni fizikaga qiziqtiriladi, fizika fani haqida dastlabki tasavvur hosil qilinadi, tevarak atrofdagi fizik hodisalarning mohiyatini elementar tarzda tushuntirish orqali ilmiy dunyoqarash shakllantiriladi. Dasturda, VI-sinfda beriladigan fizika ta’limi mazmuni o‘zgartirilmagan holda, fizik hodisalar va kattaliklarning o‘rganish ketma ketligini ikki xil tartibi tavsiya etilgan: Ulardan birinchisi quyidagi tartibda: 1. Kirish. 2. Harakat va jismlarning o‘zaro ta’siri. 3. Jismlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar. 4. Modda tuzilishi. 5. Issiqlik hodisalari. 6. Issiqlik mashinalari. 7. Tovush hodisaliri. 8. Yorug‘lik hodisalari. Tuzilishi an’anaviy bo‘lgan fizika ta’limining bunday ketma ketligida o‘quvchilar avval jismlarning harakati, bosib o‘tgan yo‘li, unga ketgan vaqt, tezlik massa, zichlik kabi kattaliklar bilan tanishadilar. So‘ngra modda tuzilishi, issiqlik, tovush va yorug‘lik hodisalarini o‘rganadilar. VI-sinfda fizika ta’limining quyidagi ketma-ketlikda ham o‘qitilishi tavsiya etilgan: 1. Kirish. 2. Yorug‘lik hodisalari. 3. Tovush hodisalari. 4. Modda tuzilishi. 5. Issiqlik hodisalari. 6. Harakat va jismlarning o‘zaro ta’siri. 7. Jismlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar. 8.Issiqlik mashinalari. Fizika o‘qitishni yorug‘lik hodisalaridan boshlash ham o‘ziga xos afzalliklarga ega. Birinchidan, yorug‘lik hodisalari fizika fanining katta qismini tashkil etib, optika nomi bilan yuritiladi. Optika qonunlari esa inson hayotida juda katta ahami-yatga ega. Ikkinchidan, kundalik hayotimizda har xil yorug‘lik hodisalariga duch kelamiz. Uchinchidan, optika qonunlari asosida yorug‘lik va optika texnikasi vujudga keladi. Bundan tashqari, yorug‘lik hodisalarini o‘rganish jarayoni qiziqarli bo‘lib, formulalar kam ishlatiladi. Yorug‘lik hodisalaridan so‘ng tovush, issiqlik, mexanik hodisalar o‘rganiladi. Bu variantdagi har bir bo‘limga ajratilgan dars soatlari miqdori birinchi variantdagi tegishli nomdagi bo‘limga ajratilgan dars soati miqdoriga mos keladi. VII-sinfga butun o‘quv yili davomida fizikaning mexanika bo‘limi o‘rganiladi. VIII-sinfda o‘quvchilar o‘quv yili davomida fizikaning elektr kursini o‘rganadilar. 80-90-yillarda bu kurslar VIII-va IX-sinfda o‘qitilgan. Dasturda mexanika kursi birmuncha qisqartirilgan va soddalashtirilgan shunga yarasha dars soati ham qisqargan. Biroq fizika-matematika va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi akademik litsey-larda mexanika kursi fundamental ravishda chuqurlashtirib o‘rga-tilishi ham hisobga olingan. Umumiy o‘rta ta’limi maktabining bitiruvchilari umumiy fizika kursining barcha bo‘limlaridan ma’lum darajada tugallangan bilimga ega bo‘lishlarini e’tiborga olib, IX-sinf fizika dasturiga VI-VIII-sinflarda o‘rganilmagan yoki faqat boshlang’ich ma’lumotlar berish bilan kifoyalangan mavzular kiritilgan “Atom fizika asoslari” bo‘limi bo‘yicha boshlangich ma’lumotlar quyi sinflarda o‘rganilmagan. Bu mavzular murakkab hisoblansada, lekin o‘quvchilar bu bo‘limdagi mavzularni umumiy tarzda sifat jihatidan o‘rganadi. Chunki akademik litsey va kasb hunar kollejlarida “Kvant fizikasi”, jumladan atom fizikasi keng tarzda o‘rganilishi inobatga olingan. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchilari astronomiya elementlari yuzasidan ma’lum bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari lozim. Shu maqsadda IX-sinfga “Astronomiya asoslari” bo‘limi kiritilgan va koinot tuzilishi, osmon jismlari, koinotdagi hodisalar haqida zaruriy bilimlar berilgan. Dasturning har bir bo‘limga dars soatlari taxminiy bo‘lib ular shu bo‘limga oid ko‘rgazma va tajribalarni namoyish etishga, masalalar yechishga va o‘quvchilar bilimini baholashga mo‘ljallangan. Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimiga kiritilgan uch yillik o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida fizika o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagicha: 1. O‘quvchilarni kuzatish, o‘lchash va tajriba o‘tkazishning asosiy uslublari bilan tanishtirish bilan birga fizika amaliyotidagi fizikaviy namoyishlar va laborotoriya amaliy ishlarini o‘quv-chilarning qobiliyatlari va intellektual rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan holda o‘qitishni ta’minlash. 2. Fizikani o‘qitish jarayonida faqat tajribalarga asos-lanmasdan, balki fizikaviy nazariyani ham aniq bir mavzutik ko‘rinishda taqdim etib, o‘quvchilarning nazariy bilimlarini xoh fizika sohasida, xoh fizika bilan chegaradosh bo‘lgan boshqa fanlar sohasida amaliy vazifalarni yechishda qo‘llashga o‘rganish. Fizika fani yetarli darajada matematik saviyada va fanlar aro chegaralarni aniq ko‘rsatish imkonini beruvchi doirada yoritilishi lozim. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim : -o‘quvchilarga fizikaviy qonunlar va tamoyillarni ularning matematik ifodalari bilan yetkazish; -o‘quvchilarni fizikaviy hodisalar, fizik kattaliklarni aniq o‘lchamining asosiy usullari, tajribada olingan natijalarni qayta ishlash, tahlil qilish, muhim fizik asbob uskunalar bilan ishlash, malakalarini oshirish, bu ishlarda kompyuterdan foydalanish usullari bilan tanishtirish; -o‘quvchilarda tajriba o‘tkazish ko‘nikmalarini hosil qilish. Ularni fizikaviy tajribalarini avtomatlashtirishining asosiy tamo-yillari bilan tanishtirish, fizikaviy g‘oyalarni to‘g‘ri o‘rganish, fizik masalalarni miqdoriy to‘g‘ri yechish; -o‘quvchilarga fizika rivojlanishining muhim bosqichlarida o‘zbek allomalarining qo‘shgan hissalari va tutgan o‘rinlari to‘g‘risida tushunchalar berilishi shart. Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarini oshirishi va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Shuning uchun ham akademik litsey bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar ham zamon talablariga mos saviyada bo‘ladi. Akademik litsey bitiruv-chilari fizika ta’lim sohasida quyidagi bilimlarga, tushunchalarga ega bo‘lmog‘i lozim : -fizika va unga yaqin bo‘lgan fanlar bo‘yicha qo‘yilgan vazifani hal etishda fizika qonunlarini bilish bilan birga boshqa bilim sohalarini ham birgalikda qo‘llay olish; -asosiy fizikaviy o‘lchov asbob-uskunalaridan foydalana bilish, sodda amaliy vazifalarni qo‘yish va ularni yechish, olingan natijalarni qayta ishlash, tahlil qilish, baholay bilish hamda umumiy xulosalar chiqarish; -o‘qish davomida o‘quv va qo’shimcha adabiyotlaridan mustaqil foydalana bilish. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling