O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


-jadval. 1991-2018 yillarda YaIM ning o`sish sur`atlari


Download 216.89 Kb.
bet5/5
Sana01.11.2021
Hajmi216.89 Kb.
#170027
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maxkamov mustaqil ish

3.1-jadval. 1991-2018 yillarda YaIM ning o`sish sur`atlari, foiz hisobida3

Yillar

2000

2001

2002

2003

2004

2005

2006

2007

2008

2009

YaIM o’sish sur’ati

3.8

4.2

4.0

4.2

7.4

7.0

7.5

9.5

9.0

8.2

Yillar

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

YaIM o’sish sur’ati

8.5

8.3

8.2

8.0

8.0

7.9

7.8

5.3

5.1

5.5


4. O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishning istiqbollari va xavflar

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari sekinlik bilan,biroq ijobiy bo‘lib qolmoqda. Islohotlar esa ishlab chiqarishdagi cheklovchi to‘siqlarni bartaraf etish hamda yuqori o‘sish potensialiga ega bo‘lgan tarmoqlarni liberallashtirishga yordam berishi tabiiy. Turizm, meva-sabzavotchilik, oziq-ovqat sanoati, kimyo sanoati va to‘qimachilik huddi shunday tarmoqlar safida turadi. Biznesda soliq yukining sezilarli kamaytirilishi ko‘zda tutilgan jarayonlarni yanada qo‘llab-quvvatlaydi. 2019–2020- yillarda narx-navoning liberallashuvi va oylik ish haqi oshirilishi inflatsiyaning yuqori darajada saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Ammo 2021-yilga kelib bu ko‘rsatkich pasayishi kutilmoqda. Jahon banki prognozlariga qaraganda, tashqi savdo balansining salbiy saldosi yuqoriligicha qoladi. Sababi shundaki, O‘zbekiston iqtisodiyoti kelgusi bir necha yilda ishlab chiqarishni tubdan modernizatsiya qilish maqsadida ko‘plab mashina va uskunalarni import qilishni davom ettiradi.



4.1-rasm.Nominal daromad va narxlar

Nominal YaIM, trln. so‘m4

Iqtisodchi olimlarning tahlillariga qaraganda YaIM hajmi 2021-yilga kelib 759 trln. so‘mga yetishi kutilmoqda.(5.1-rasm)



4.2-rasm.Aholi jon boshiga nominal YaIM,AQSH dollari5

Rasmdan ko‘rinadiki,yalpi ichki mahsulot hajmi joriy yil yakuniga ko‘ra aholi jon boshiga 2067 $ ni tashkil etishi va bu ko‘rsatkich 2021-yilga kelib 2370 $ ga yetishi kutilmoqda.(4.2-rasm)

,islohotlar iqtisodiy o‘sish va yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. 2017-yildan buyon respublika hukumati iqtisodiyotini liberallashtirish yuzasidan olib borayotgan islohotlar biznes yuritish yo‘lidagi xorijiy valuta konvertatsiyasi yetishmasligi, yuqori import bojlari va soliq stavkalari kabi cheklovlarni bartaraf etmoqda. Bank ekspertlari O‘zbekiston hukumatiga davlatning iqtisodiyotdagi rolini yanada maqbullashtirishni davom ettirishni va xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida qolgan to‘siqlarni bartaraf qilishni tavsiya etmoqda. Mazkur cheklovlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• investitsiya muhitini yanada yaxshilash;

• soliq ma’muriyatchiligidagi islohotlarni to‘liq amalga oshirish;

• davlat budjeti operatsiyalarining, ayniqsa, davlat korxonalariga beriladigan besamar yashirin subsidiyalarga nisbatan shaffofligini ta'minlash;

• yerdan foydalanish bo‘yicha huquq shuningdek sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligida mulkka egalik qilish huquqini isloh qilish;

• davlat monopolistik korxonalarini tarkibiy jihatdan qayta qurish, korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobotga qo‘yiladigan talablarni yanada kuchaytirish;

• davlatning eksportga yo‘naltirilganlikni qo‘llab-quvvatlashi (jumladan, ISO standarti bo‘yicha sertifikatlash, ekspert xatarlarini kamaytirish, diversifikatsiyalash, Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish).

Xulosa

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Jonajon O‘zbekistonimiz yangi o‘n yillikka qadam qo‘ymoqda. Erishgan natijalarimiz tarixga aylanib, oldimizda yangi-yangi o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha ulkan vazifalar va imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Shu bois, bugun Sizlar bilan birgalikda mamlakatimizni 2020-yil va kelgusi 5 yilda rivojlantirish bo‘yicha, ustuvor yo‘nalish va vazifalarni belgilab olishimiz lozim.”6

Shuni yodda tutgan holda, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida ushbu ustuvor yo‘nalish va vazifalar qatoriga quyidagi takliflarni qo‘shish joiz deb bilaman:

- respublikada aksiya (kapital) bozorini yanada kengaytirish orqali portfel investitsiyalar 7 hajmini oshirish. Xususiy korxonalar va aholi bo‘sh mablag‘larini birinchi o‘rinda davlat va davlat ulushi bo‘lgan korxonalar aksiyalarini sotib olishga hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo‘naltirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

- davlat qarzini chegaralash. Jahon andozalari asosida davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish, davlat qarzini makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlash shuningdek jalb qilinayotgan qarz mablag‘laridan unumli foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish;

Investitsion loyihalarni shakllantirishda esa:

- davlat investitsiyalarini baholash tizimini joriy etish, ijtimoiy soha tarmoqlari, yo‘l transport infratuzilmasi va boshqa tarmoqlar bo‘yicha investitsion loyihalarni tanlash me’yorlari va qay darajada muhimligini belgilash tartibini o‘rnatish;

-mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini va ularning tashqi iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgarishlarga moslashuvchanligini yanada oshirish, xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushini ko‘paytirish hisobiga uzoq muddatli investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tuzilmasini optimallashtirish, mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish energiya samaradorligini yanada oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish;

- asosiy e’tiborni respublikamizning mahsulotlarga bo‘lgan  ehtiyojiga va eksport salohiyatini oshirishga qaratilganligiga hamda iqtisodiy samarasi yuqori bo‘lishiga shuningdek loyiha doirasida keyinchalik ishlab chiqarishda ishlatiladigan oraliq tovarlar (hom ashyo va butlovchi materiallar) tarkibida mahalliy tovarlar ulushini yuqori darajada bo‘lishiga qaratish.

- tijorat banklarining investitsion dasturlarni moliyalashtirish faoliyatlariga davlat aralashuvini cheklash  va davlat tasarrufidagi tijorat banklarining ma’suliyatlarini yanada oshirish mexanizmini takomillashtirish.

- ichki va tashqi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish. Bunda iqtisodiy jihatdan yuksak istiqbolli va samarali bo‘lgan investitsion loyihalar bazasini shakllantirish va loyihalarni amalga oshirishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar hajmida import ulushini mahalliy mahsulotlar hisobiga kamaytirishni rag‘batlantirish tartiblarini ishlab chiqish.

- mamlakatimizda tayyor iste’mol hamda butlovchi tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish (tasdiqlangan ro‘yxat asosida iste’mol va butlovchi tovarlarini ishlab chiqaruvchi birliklarga tovarlar turlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan holda tarmoqdagi o‘rtacha foyda normasidan past bo‘lgan hollarda yuzaga kelgan foyda normasi kamomadini korxona to‘la quvvatga chiqquncha qoplab berish tartibini joriy etish).



O‘ylaymanki, ushbu xulosa va takliflarni hisobga olgan holda barcha kamchilik-u yo‘qotishlar samarali bartaraf etilsa jonajon O‘zbekistonimiz ham tez fursatlarda dunyoning yetakchi mamlakatlari qatoridan joy oladi.

1 I.A.Karimov.Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz.”Xalq so'zi “2001y 17-fevral 37-son


2 Manba:www.Kun.uz 06.01.2020.www.daryo.uz 09.01.2020 ma’lumotlari asosida.

3 stat.uz ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayorlandi.

4 UzAnalytics ma’lumotlariga asoslangan

5 UzAnalytics ma’lumotlariga asoslangan

6 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi

7 Portfel investitsiyalar (portfoIio investments) shunday investitsiyalarki, bunda kapital daromad olish maqsadida korxonalarning aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlarini sotib olish uchun sarflanadi.

Download 216.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling