O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan iqtisodiy o‘sish tahlili
Download 216.89 Kb.
|
Maxkamov mustaqil ish
3. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan iqtisodiy o‘sish tahlili.
Barchamizga a’yonki, sobiq sovet davrida boshqaruv tizimimiz qat’iy markazlashtirilgan holda taqsimlash va rejalashtirish usuliga asoslangan edi. Mana shunday tizimga xos bo‘lgan illatlar bilan bir o‘rinda respublikamiz iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanib,faqatgina xomashyo tayyorlashga qaratilgani, iqtisodiyotga, ekologiya va aholimiz genofondiga fojeali ta’sir qiladigan paxta yakkahokimligining o‘ta achinarli darajaga yetgani o‘sha vaqtlarda yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelgan edi. Mustaqilligimizning eng buyuk yutuqlaridan biri– yurtimizda bozor iqtisodiyoti asoslari yaratilib, butunlay yangi iqtisodiy munosabatlar mexanizmlari joriy etildi, tegishli infratuzilma institutlari tashkil etildi, hozirgi talablarga javob beruvchi mutlaqo yangi moliya va ikki bosqichli zamonaviy bank tizimlari shakllantirilib, iqtisodiyotimizning barcha soha va tarmoqlarida ulkan islohotlar amalga oshirildi. Istiqlol yillarida respublikamiz tashqi savdo aylanmasi 27,1, shu jumladan, eksport hajmi 29,6 barobar oshdi, shu davr mobaynida tashqi savdo aylanmasi hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6 % dan 56,1 % gacha o‘sdi. Mamlakatimiz asosan xomashyo yetkazib berib, tayyor mahsulot olib kelinadigan davlatdan ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik modernizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan yuqori texnologik asbob-uskunalarni chet davlatlardan olib kelib, eksportga yuqori darajada qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulotlar chiqaradigan davlatga aylandi. Iqtisodiyotimizni yuqori darajada va muvozanatli rivojlantirishni ta’minlash, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya hamda diversifikatsiya qilishni davom ettirish, biznes yuritish uchun yanada qulayroq investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaratish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan yuqori texnologik, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni, avvalo, mamlakatimizda mavjud bo‘lgan tabiiy resurslarni chuqur qayta ishlash hamda iqtisodiyotimizning raqobat borasidagi boshqa ustunliklaridan foydalanish asosida eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirish respublikamizni zamonaviy va yuksak taraqqiy ettirishning strategik ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. Download 216.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling