O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Ishlab chiqarish xarid ihlab chiqarishning bir yillik hajmi


Download 214.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.09.2023
Hajmi214.69 Kb.
#1682121
1   2   3
Ishlab chiqarish xarid ihlab chiqarishning bir yillik hajmi 
 
Ishlab chiqarish 
Harid
Ishlab 
chiqarishning bir 
yillik hajmi 

II 
III 
Fermerlar 




Yer egalari 




Hunarmandlar




Yakuniy harid 




Bu jadval uch tarmoq (sektor) ning o’zaro bog’liqligi ko’rsatib berilgan. 
Shuni ta'kidlab o’tish kerakki, jadvalning boshqa variantida ham oddiy takror 
ishlab chiqarish qarab chiqilgan (boshlangich va oxirgi holat teng). hayotda odatda 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ro’y 
beradi. F.Kenening asosiy vazifasi qirol va yer egalarini jamiyat asosi sifatida 
saqlab qolish edi.Ammo u mulkdorlar sinfini birinchi o’ringa kuya olmas edi, 
chunki 
bu 
olimning 
dehqonchilikning 
ustunligi 
haqidagi 
Fiziokratik 
konsepsiyasiga qarshi chiqarish edi. Bundan tashqari u asosiy tamoyil-sinflarning 
ishlab chiqarish vositalariga munosabatlarini inkor etadi. 



F.Kenening "iqtisodiy jadvali"da iqtisodiy ta'limotining asosiy tomonlari: 
uning "sof mahsulot" va "kapital", unumli va unumsiz sinflar to’g’risidagi ta'limoti 
aks etgan; unda muallifning kapitalistik ishlab chiqarish usulining himoyachisi 
sifatidagi sinfiy pozisiyasi ham ko’rinib turibdi. F.Kene takror ishlab chiqarish 
jarayonini tahlil qilishga kirishganda baholarning o’zgarmasligini asos qilib 
oladi.Bu jarayon tashqi bozordan abstraksiya qilinadi. Qishloq xo’jalik yilining 
oxiri hosil yigib olish tugallangach davr muomala (aylanish) momentining 
boshlang`ich punkti qilib olingan. Dehqonchilik yalpi mahsulotning qiymati 5 
mlrd.livr (1799 yilgacha amal qilgan, o’sha davrdagi Fransiya pul birligi) bo’lib, (4 
mlrd. ozik-ovkat, 1 mlrd. xom-ashyo), u unumli sinf vakillariga (fermerlarga) 
tegishli, shundan 1 mlrd sarflangan asosiy kapital qiymatini qoplaydi. Jami asosiy 
kapital ("boshlangich avans") 10 mlrd. livrga teng deb qabul qilinsa, u ta'mirlashga 
(amortizasiyaga) muqtoj, ya'ni har yili o’zining boshlang`ich qiymatiga nisbatan 
10% yeiladi (eskiradi) deb hisoblanadi. Aylanma kapital ("yillik avans") 2 mlrd., 
"sof mahsulot" qiymati 2 mlrd., "unumsiz sinf" o’tgan davr mobaynida ishlab 
chiqilgan 2 mlrd. livrlik mahsulotga ega. Shunday qilib, yalpi ijtimoiy mahsulot 7 
mlrd. livrga teng (5mlrd.+ 2 mlrd.). undan tashqari fermerlar qulida naqd 2 mlrd. 
pul ham bor (5 mlrd.+ 2 mlrd.+ 2 mlrd=9 mlrd), ular bu summani muomila-
aylanish boshlanguncha yer egalariga ijara haqi, ya'ni renta to’lab qo’ygan edilar. 
Xo’sh, bu variantda yaratilgan mahsulotning realizasiya va aylanish jarayoni 
qanday amalga oshadiq "Iqtisodiy jadval" ning shartlariga ko’ra bu jarayon 5 
aktdan iborat bo’lib, har biri 1 mlrd. livrga tengdir. 
1. 
Mulkdorlar "unumli sinf"dan 1 mlrd. livrlik ozik-ovkat mahsulotlari sotib 
oladilar. Natijada bu operasiyada qishloq xo’jaligi mahsulotining 1/5 qismi 
realizasiya qilinadi, yer egalarining mulki muomila sohasidan iste'mol 
sohasiga
o’tadi.
2. 
Mulkdorlar "unumsiz sinf"dan 1 mlrd. livrlik sanoat mahsulotlari sotib 
oladilar."Unumli sinf" shu bilan o’z mahsulotining yarmini realizasiya 
qiladi. 


10 
3. 
"Unumli sinf" mulkdorlardan olgan pulga "unumli sinf"dan iste'mol uchun 
kerakli mahsulotni oladi. Shu yo’l bilan qishloq xo’jalik mahsulotining 
yana 1/5 qismi realizasiya qilinadi. 
4. "Unumli sinf" "unumsiz sinf"dan olgan 1 mlrd. livrga uning o’zidan 
("unumsiz sinf" dan) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollari oladi. Ular 
asosiy kapitalning eyilgan, ishdan chiqqan elementlarini qayta tiklash uchun 
kerak. Bu operasiya oqibatida ("unumsiz sinf" ning) sanoat mahsulotining 
ikkinchi yarmi realizasiya qilinadi. 
5. 
Aylanish jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida "unumsiz sinf" 
"unumli
sinf"dan 1 mlrd. livrlik qishloq xo’jalik xom-ashyosi xarid 
qiladi. 
Umumiy ijtimoiy mahsulotning aylanish natijalariga ko’ra sinflar o’rtasida 3 
mlrd. livrlik qishloq xo’jalik mahsuloti va 2 mlrd. livrlik sanoat buyumlari 
realizasiya qilindi. "Unumli sinf" ixtiyorida qolgan 2 mlrd. livrlik mahsulot barcha 
sinflar o’rtasidagi muomilaga kirmayda, u faqat shu sinf doirasida aylanadi. 
(Jadvalda bunday aylanish berilmagan). Bu mahsulot qishloq xo’jalik ishlab 
chiqarishi jarayonida sarflangan urug` va oziq-ovqat mahsulotlari o’rnini qoplaydi. 
"Unumli sinf" tomonidan sotib olingan sanoat tovarlaridan asosiy kapitalning 
sarflangan qismini qoplash uchun foydalaniladi. Naqd pul 2 mlrd. livrlik muomila 
(aylanish) natijasida "unumli sinf" qo`liga qaytishi mumkin, ammo bu pul yana 
keyingi muddat uchun ijara haqi sifatida yer egalari qo`liga kelib tushadi. Shunday 
qilib yangi ishlab chiqarish siklini boshlash, ishlab chiqarishni joriy etish uchun 
zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Ammo u ilgarigi hajmda, ya'ni oddiy takror ishlab 
chiqarish uchun mos keladi. Jadvalda keltirilgan raqamlar haqiqatga yaqin, ularni 
F.Kene qirol maxkamasidan olgan bo’lishi aniq. "Iqtisodiy jadval"da takroriy 
ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida olingan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda 
ayrim oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmasdan, ko’plab indivudial aktlar sinflar 
o’rtasidagi muomilaga birlashtirilgan. Ana shu sinflar o’rtasidagi muomila F.Kene 
tadqiqotining predmeti edi. Olim aylanish (muomilani) takror ishlab chiqarish 


11 
jarayonining shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning aylanish momenti
sifatidagina qarab chiqishga uringan. 
F.Kenening ta'limotida bir qancha kamchiliklar mavjud, sinflar to’g’risidagi 
g’oyalar ishchillik va ilmiylik yo’q. Sanoatchilar "unumsiz sinf" ishlab chiqarish 
vositalaridan maxrum etilgan va ularda ishlab chiqarishni qaytadan boshlash 
imkoniyati yo’q. Ammo F.Kenening jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta 
natural ya'ni tovar va pul holidagi moddiy ne'matlarning makroekanomik zanjiridir. 
Undagi g’oyalar bo’lajak iqtisodiy modellarning kurtagi bo’lib qoldi. 

Download 214.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling