O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Oila psixologiyasi fani haqida tushuncha


Download 1.43 Mb.
bet10/192
Sana02.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#186490
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   192
Bog'liq
Kafedrasi

Oila psixologiyasi fani haqida tushuncha.
Oila asli arabcha “ayolmand niyozmand” ma’nolarini anglatuvchi “oila”-so’zidan chiqqanligi “farxangi zaboni tojikida” qayd etilgan. “O’zbek tilining ixoxli lugatida” xam bu so’z er-xotin,ularning bola chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat biriga yashovchi kishilar majmui, uning erkak bilan qo’shiluvidan bola chaqalari olamga kelib, ayolmandlik yuzaga kelgan, binobarin oila shakllangan.

I.A.Karimov: “Oila haqida gapirar ekanmiz avvalambor, oila xayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan mukaddas urf –odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo’lib etishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i ekanini tan olishimiz darkor”deganida xam, oila va oilaviy munosabatlar ustuvor masalalar qatorida ekanligini ta’kidlaydi.

Oilaning ibtidoiy ko’rinishlari sanaluvchi qon-qarindosh oila, undan keyingi bosqichda esa punaunal oila, ya’ni bir guruhga mansub opa-singillarning boshqa jamoa guruhidagi erlarga xotinlik qiladigan oila dastlab oiladan iborat demografik birliknigina anglatadi. Kishilik jamiyatning ilk ibtidoiy bosqichda poligam oilada monogam oilaga o’tish jarayonida yuzaga kelgan endoganiq nikoh ya’ni ibtidoiy urug’chilik tuzumida qabila ichidagi guruhiy nikohdan-bir qabilaga mansub erkak va ayol nikohidan chetlanish, aniqrogi o’ziga qabila qizi bilan nikohlanishiga asoslangan ekzogam nikohga o’tish insoniyatda nomus tuyg’usini anglash nakadar uzok vaqt davom etgan jarayon bo’lganini ko’rsatadi.

Oila tarixiy ketegoriya sifatida kishilarni tabiiy-biologik, iqtisodiy, xuquqiy, ma’naviy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birligi bo’lib, uning xilma-xil shakllari va ko’p qirrali vazifalari mavjud ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarning tabiatiga jamiyat ma’naviyatiga va madaniy taraqqiyotning darajasiga bog’liqdir. Oila ana shu asoslarga tayangan xolda kishilik tafakkuri va ijtimoiy xarakatning ulug kashfiyoti bo’ldi. Mashhur faylasuf Santayana aytganidek, “Oila, bu-tabiatning shoh asarlaridanbiri”ga aylandi.

Kursning maqsadi:

Oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish va ular asosida tegishli malakalar va ko’nikmalar shakllantirib, yoshlarni oilaviy xayoti tayyorlashdir.

Oilaning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari oila psixologiyasi kursning predmetini tashkil qiladi.

Oila psixologiyasi kursning vazifalari quyidagilardan iborat:



  1. Oilani shaxsning shakllanishidagi roli haqida yoshlarda to’laqonli tasavvur shakllantirish.

  2. yoshlarni oilaning ijtimoiy tarixiy kelib chiqishi va yuzaga kelganidan so’ng oilaviy xayot davomida bo’ladigan o’zgarishlar haqidagi ilmiy asoslangan bilimlar bilan tanishtirish.

  3. yoshlarda oilaviy xayotda mazkur muqarrar ravishda bo’ladigan o’zgarishlar, muammolar, qonuniyatlar haqidagi ilmiy asoslangan to’laqonli tasavvurni shakllantirish va ularni bu jarayonlarga tayyorlash.

  4. yoshlarni oilaviy xayotda yuzaga keladigan muammolarga konstruktiv tus berishga, destruktiv yunalishdagilaridan esa saqlanishga o’rgatish.

  5. yoshlarda oilaviy xayotni o’ziga xos xususiyatlarni ilmiy asoslangan tarzda talqin etib, muammoli vaziyatlardan psixologik jihatdan okilona (oilaga va uning mustahkamligiga salbiy ta’sir etmagan xolda) chiqish imkonini beruvchi malakalarni shakllantirish.

  6. yoshlarda ulariga turmush o’rtog’ini to’g’ri tanlash malakalarini shakllantirish.

  7. yoshlarni oiladagi muloqotga tayyorlash.

  8. yoshlarni oilani rejalashtirishga o’rgatish.

  9. yoshlarni jinsiy hayotga ilmiy asosda tayyorlash.

  10. yoshlarda oilaning mustahkamligini ta’minlovchi bilim va malakalarni shakllantirish.

  11. O’quvchilarga oilani o’rganuvchi psixologik tashxis metodikalari bilan ishlash va ular yordamida olinadigan natijalarni to’g’ri talqin etish malakalarini shakllantirish.



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling