O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Mashg`ulotni o`tkazishda an’anaviy va texnologik yondashuvning qiyosiy tasnifi


Download 1.43 Mb.
bet186/192
Sana02.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#186490
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   192
Bog'liq
Kafedrasi

6. Mashg`ulotni o`tkazishda an’anaviy va texnologik yondashuvning qiyosiy tasnifi21.


An’anaviy (tushuntirish-ko`rsatish) yondashuv

Texnologik yondashuv

1. Pedagogning mashg`ulot o`tkazish rejasini ishlab chiqishga bo`lgan munosabati

qoidaga ko`ra, “majburman”, “zaruriy holat” tamoyillariga asoslangan rasmiyatchilik

“hohlayman” , “uddalayman” tamoyiliga asoslangan ijodiyot

2. Pedagogning mashg`ulot rejasini ishlab chiqishdagi faoliyati

qoidaga ko`ra, e’tibor o`tiladigan (qayta ishlanadigan) o`quv materialini tizimlash va tarkibiy qismlarga ajratishga qaratilgan

qoidaga ko`ra, e’tibor asosan navbatdagi mashg`ulotda o`zining faoliyatini va tinglovchi modelini tasavvurida yaratishga qaratilgan

3. Pedagogning mashg`ulot rejasini ishlab chiqishdagi ustivor psixologik faoliyati

o`quv materialini tahlil qilish va asosiy o`quv savollarini (tayanch tushunchalarini) aniqlash, mashg`ulot rejasini tuzish (ba’zan qo`llash uchun emas, ko`proq hisobot va nazoratchilar uchun)

navbatdagi mashg`ulotda o`z tafakkurini tasavvur etish (reflektsiya) va tinglovchi o`rnida fikrlash (empatiya), o`qish jarayonini rivojlantirish yo`nalishini oldindan ko`ra bilish va o`qishdan ko`zlangan ehtimoliy natijani oldindan tasavvur etish.

4. Dars rejasi nimani aks ettiradi?

tinglovchilarga beriladigan axborotni

pedagog va tinglovchilarning dars jarayonidagi ijodiy faoliyati stsenariysini

5. Mashg`ulot maqsadining ifodalanishi

  1. pedagog beradigan axborot mazmuni;

  2. maqsad aniq belgilanmagan, masalan: rivojlantirish, tushuntirish

  1. tinglovchilarning mashg`ulot oxiridagi faoliyati aniq belgilanadi;

  2. mashg`ulot maqsadi uning oxirida tinglovchi xatti-harakatini aniq belgilovchi fe’llarda ifoda-lanadi, masalan, sanaydi, tanlaydi, hisoblaydi, qo`llaydi.

6. Pedagog tomonidan o`rgatuvchi usullarning tanlanishi

qoidaga ko`ra, oldindan shakllanib qolgan odatlar bo`yicha harakat qiladi

yangi, o`rgatuvchi usullarning juda ko`p turlari, erkin - ijodiy fikrlash imkoniyati

7. Tinglovchini o`qitish

bu o`qituvchining vazifasi

Ikki tomonlama faol harakat natijasi

8. Tinglovchilarning o`quv maqsadlariga bo`lgan ijobiy munosabati

vujudga kelmasligi ham mumkin

asta-sekin shakllanadi, bu o`qituvchining asosiy maqsadli vazifasi bo`lib hisoblanadi.

9. Dars berishdagi mo`ljal

tinglovchilarning o`qituvchi bergan axborotlarini eslab qolishi

tinglovchilarda aniq va qat’iy o`quv harakatlarini bajarish masalasini rivojlantirish

10.O`qituvchi tomonidan tinglovchini yo`naltirib borish

dalillar, qoidalar, tamoyillar va qonunlarni eslab qolishning muhimligi va tajribani o`zlashtirish ta’kidlanadi

o`qishga o`rganish, ijodiy fikrlash, zarur axborotni topish va baholab qaror qabul qilish malakalarini shakllantirish talab etilaadi.

11. Mashg`ulotdagi faollik

o`qituvchi faol shaxs (faoliyat sub’ekti), tinglovchi esa odatdagi sust va boshqarish ob’ekti bo`lib hisoblanadi.

o`qituvchi ham, tinglovchi ham faol ishtirokchi bo`lib hisoblanadilar; faoliyat sub’ekt- sub’ekt tasnifiga ega bo`ladi, yaxlit pedagogik vaziyat boshqaruv ob’ekti bo`lib hisoblanadi.

12. Tinglovchilar faoliyatining turlari

odatdagidek, takrorlanuvchan- ijodiy emas

takrorlanuvchan, reproduktiv samara-dorlikka ega, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga yo`naltirilgan

13. Tinglovchining aql-zakovatga oid ixcham tafakkurini shakllantirish

Ko`p holatlarda siqiq qotib qolgan (rigid)

tafakkurning ko`p variantliligi, bir fikrlash turidan ikkinchisiga o`tishning osonligi

14. Tinglovchilar bilan qaytuvchan aloqaning o`rnatilishi

onda-sonda, ba’zan yoki o`rnatilmaydi

Qaytuvchi aloqa tizimni boshqaruvchan sifatiga ega

15. Hissiy ko`tarinkilik, o`qituvchining kayfiyati

ba’zan sezgilar takrorlanadi, har doim ham o`z ishiga qiziqmaydi, buning oqibatida asabiylik, tinglovchilarga xushmuomalalikning yetishmasligi kelib chiqadi.

ko`tarinki ruh, tinglovchilarga xushmuomala bo`lish o`zi va tinglovchi o`rtasida iliq psixologik iqlim hosil qilishdan rag`bat olish

16. Texnologiyaning xarakteri

eskirgan, qo`l mehnat talab qiladigan samarasiz

yangi “pedagog-tinglovchi” faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan

17.O`qishning asosiy natijalari

faoliyat namunalarini o`zlashtirish va ma’lum dalillardan iborat bo`lgan o`quv materiallarini xotirada saqlash

axborotni izlab topish va faoliyat namunalarini mustaqil o`zlashtirishga tayyorgarlik, shuningdek, o`zlashtirilgan materiallar doirasidan chetga chiqish



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling