O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA SINOV DARSLARINI O’TKAZISH


Download 465.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/50
Sana19.12.2021
Hajmi465.98 Kb.
#181710
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Bog'liq
jismoniy tarbiya yonalishi uchun oquv amaliyot

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA SINOV DARSLARINI O’TKAZISH. 

Ushbu  amaliyot  4,5  semestrda  o’tkaziladi.  Amaliyot  maqsadi  boshlang’ich  sinflarda 

ta’limiy-  tarbiyaviy  ishlarni  tashkillashtirishda  amaliyotchilarda  kasbiy  ko’nikma  va  malakalarni 

shakllantirish. 

                 Amaliyotning asosiy vazifalari

-ko’nikma  va  malakalrni  mukammallashtirish,  kuzatish  mashg’ulotlari,  ta’limiy-tarbiyaviy 

jarayon va uning natijalari tahlili. 

-o’quvchilarni  dars  o’tish  usullari  va  uslublari  bilan  tanishtirish,o’quvchilarning  yosh  va 

individual  xususiyatlarini  inobatga  olgan  holda  sinfdan  tashqari  jismoniy  tarbiya  mashg’ulotlarini 

olib borish. 

-pedagogika  ,psixologiya,jismoniy  tarbiya  uslubiyoti  fanlaridan  olingan  nazariy  bilimlarini 

amaliyotdaqo’llashga o’rgatish, 

Ushbu  amaliyot  turi  o’quvchilarning  nazariy  olgan  bilimlarini  o’rganishga  va  tushungan 

holda  amaliyotda  qo’llashga  o’rgatadi.  Ma’naviy  dunyoqarashini,javobgarlikni,mas’uliyatni 

shakllantirib,o’quvchilar  bilan  ishlashga  bo’lgan  qiziqishni  mustahkamlaydi.  Doimiy  o’quvchilar 

bilan  hamkorlik  kuzatuvchanlik,pedagogic  muomala,rahmdillik,pedagogik  tafakkur  va  nutq  kabi 

pedagogik qobiliyat va sifatlarni musatahkamlaydi va rivojlantiradi  

Amaliyot davrida o’quvchilar quyidagi faoliyat turlarini olib borishadi: 

-boshlang’ich  sinflarda  jismoniy  tarbiya  o’qituvchi-murabbiysi,sinf  rahbari  va  sport 

to’garagi rahbarining ish hujjatlari va tashkiliy ishlari bilan tanishadi. 

-ochiq  darslarni  kuzatadilar,boshlang’ich  sinflarda  jismoniy  tarbiyadan  sinov  darslarini 

o’taydilar,fan  yuzasidan  sinfdan  tashqari  ishlar,o’quvchilarning  yosh  xususiyatlarini  inobatga  olgan 

holda sportning turli ko’rinishlari bo’yicha to’garak ishlarini olib boradi., 

-o’zining  amaliyotchi  o’rtoqlari  tomonidan  o’tkazilgan  sinov  darslarini  kuzatadi  va  tahlil 

qiladi. 


Dars  berish  va  tayyorlanish  jarayonida  o’quvchilar  yangi  kasbiy  ko’nikma  va  malakalarni 

hosil qiladi: 

- O’zining xulq-atvori, psixik holatini boshqarish ; 

-Darsning maqsad va vazifalarini amalga oshirish; 

-Bolalar faoliyatini va ularning harakat rivojlanishi bosqichlarini tahlil qilish

-o’quvchilarning  harakat turlari,sport o’yinlari,boshlang’ich sinf o’quvchilarida qo’llaganda 

ularning ahamiyati to’grisidagi bilimlarini kengaytirish,chuqurlashtirish va tizimlashtirish

 -1-4  sinf  jismoniy  tarbiya  bo’yicha  Davlat  ta’lim  standarti  talablari  asosida  maktab 

o’quvchilarida harakat malakalarini shakllantirish ; 

-1-4 sinflarda berilgan normativlar ustida ishlash

-dars davomida,sport musobaqalarida va sinfdan tashqari ishlarda  bolalar jamoasini tashkil 

qilish; 


-milliy ,harakatli va sport o’yinlarini darsda va darsdan tashqari ishlarda qo’llay olish.  

Amaliyot  davrida  o’quvchilar  1-4  sinf  o’quvchilari  bilan  har  xil  turdagi  darslarni  o’tishni 

o’rganishi kerak. 

Majburiy,mustaqil yakuniy sinov darslari va mashg’ulotlari: 

-yengil  atletika-2,  gimnastika-2,  sport  o’yinlari-2,  harakatli  o’yinlar-1,  milliy  kurash-1, 

aralash  dars-1.  Amaliyot  davomida  maktabda  9  ta  dars  va  4  ta  darsdan  tashqari  tadbir  o’tkazilishi 

kerak. 

             SINOV  DARSLARINI TASHKILLASHTIRISH. 




 

Bu  amaliyot  turiga  kollej  amaliyotchi  o’qituvchi  va  maktab  jismoniy  tarbiya  o’qituvchisi 



rahbarlik  qiladi  Amaliyotchi  o’qituvchining  vazifasi  amaliyotchi-talabaning  maktabda  faoliyat 

ko’rsatishini tashkillashtirish, kasbiy ko’nikma va malakalarini o’stirishda metodik tavsiyalar berish, 

kollejning amaliyot rahbari amaliyotchi-talablarning ishini tekshiradi ,ularga metodik  yordam beradi 

bo’lajak yetuk  mutaxassisni tayyorlash uchun javobgardir. 

Maktab jismoniy tarbiya o’qituvchisi bilan birgalikda amaliyotchi-talaba biriktirillgan sinfda 

bir chorakka mo’ljallangan ish rejasini tuzadi .      

Tuzilgan  taqvimiy-mavzuiy  ish  reja  amaliyotchi  talabaga  ushbu  sinf  bilan  ishlash 

istiqboldagi  ishni  ko’ra  olish,dars  mazmunnomalarini  tayyorlash  va  qo’shimcha  ma’lumotlar 

yig’ish,to’garak ishi mazmunini relajashtirish va darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirishga yordam 

beradi. 


  Amaliyotchi-talaba  o’z  kundaligida  bir  kunlik  qilingan  ishlar  to’grisida  ma’lumot,tahlil 

qilingan  darslar  ,o’quvchilar  bilan  o’tkazilgan  ishlar  haqida  ma’lumotlar  to’playdi.Mustaqil  ishlar 

rahbar tomonidan 1 chorakka mo’ljallangan grafik asosida olib boriladi. 

 

Amaliyotchi-ta;labaning  ishlar  tahlili  amaliyot  rahbariva  qolgan  guruh  o’quvchilari 



yordamida amalgam oshiriladi.  

Amaliyotchi-talabani  ish  faoliaytini  amaliyot  rahbari  va  maktab  jismoniy  tarbiya 

o’qituvchisi ballar yordamida baholaydi 

Talabalar  sinov  darslari  amaliyotiga  chiqishdan  oldin  yo’naltiruvchi  konferensiya  ,oxirida 

esa,yakunlovchi konferensiya o’tkazadilar.  . 

Talabaning ish hujjatlari :  -bir kunlik pedagogik  amliyotning mavzulari  yoritilgan kundalik 

,o’rtoqlarining dars tahlillari.Amaliyotchi talabaning kundalik daftarini,dars mazmunnomalarini,sport 

to’garagi  ish  hujjatlarini,chorak  bo’yicha  taqvimiy-ish  rejani,ota-onalar  bilan  o’tkazilgan 

ma’ruzalarni  amaliyotchi rahbar tahlil qiladi                                 

Har bir semestrda har bir talaba 6 tadan to’garak mashg’ulotini o’tkazadi(4-5 semestr). 

Amaliyotchi-talaba to’garak ishini rejalashtirishni, hujjatlarni yuritishni,musobaqalarni tashkil 

qilishni sport va jismoniy tarbiya bo’yicha burchaklarni bezashni bilishi zarur.  




Download 465.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling