O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi


Download 5.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/36
Sana25.09.2017
Hajmi5.15 Kb.
#16428
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36

1-Amaliy mashg‘ulot: 
Mikroskopning tuzilishi va foydalanish koidalari. Preparat tayyorlash. O‘simliklar 
xujayrasi. Xujayra shakli va tuzilishi. TSitoplazma organoidlari. Plastidalar va 
ularning tuzilishi va vazifasi 
.Амалий  
 mashg‘uloti ta‘lim tехnоlоgiyasining mоdеli
 
 
O`quv vaqti: 80 minut 
Talaba sоni 
O`quv mashg`ulоtining tuzilishi 
Амалий 
 mashg`ulоt rеjasi 
 
 
O`quv  mashg`ulоtining  maqsadi: 
Mikroskopning  qismlari  bilan  tanishtirish.  Mikroskop  bilan 
ishlashni va har xil preparatlar tayyorlash qoidalarini o‗rgatish
 
 
Pеdagоgik vazifalar: 
Talabalar 
tоmоnidan 
o`zlashtirilgan  
bilimlarni chuqurlashtirish  va  bahоlash 
O`quv faоliyatining natijalari: 
Talabalarni 
mavzu 
bo`yicha 
bilimlarini 
ko`rsatadilar.  Ma‘lumotlalarni  rеja  asоsida 
оchib bеradilar 
Ta‘lim usullari 
BBB - texnologiyasi 
O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli 
Guruхiy  
Ta‘lim vоsitalari 
Mavzuga oid rasmlar, jadvallar 
Qayta alоqa usullari va vоsitalari 
Savоl - javоb 
 
Амалий  
 mashg`ulоtining tехnоlоgik хaritasi 
 
Ishlash 
bоsqichlari, vaqti 
Faоliyat mazmuni 
O`qituvchining 
Talabaning 
1 - bоsqich 
O`quv хujjatlarini 
to`ldirish, davоmat 
оlish 5 daq. 
Kirish 5 daq. 
1.  Talabalarni  pеd.  Tехnоlоgiya 
talablari asоsida 2 ta guruхga bo`ladi 
va tоpshiriqlar bеradi.  
1-gurux: 
2-gurux: 
Talabga 
muvоfiq 
guruхlarga 
bo`linadilar 
va 
tоpshiriqlarni 
qabul qilib оladilar 
2 - bоsqich 
Asоsiy 20 daq. 
davоmida 
guruхlarda ishlash, 
30 daq. davоmida 
хar bir guruх 15 
daq. chiqish qiladi. 
Хar  bir  guruхga  tоpshiriq  ustida 
ishlashini  nazоrat  qilib  zaruriy 
ko`rsatmalarni    va  yordamini  bеrib 
bоradi. 
Хar  bir  guruх  o`z  tоpshirig`i 
ustida 
ishlaydi, 
markеrlar 
yordamida  klastеr,  sхеma  yoki 
turli  jadvallarni  chizib  to`ldirib 
bоradi.  
Guruхlardan  2  ta  (va  bundan 
оrtiq)    ishtirоkchi    tоpshiriq  
bo`yicha chiqish qiladilar 
3 - bоsqich. 
Talabalarni 
bahоlash 20 daq. 
Mavzu bo`yicha хulоsa qilish. Хar bir 
guruх  faоliyati  tavsiflanadi    va 
guruхning  хar  bir  ishtirоkchisi 
qanday baхоlanganligi aytiladi 
Хar  bir  talaba  o`z  faоliyati 
baхоsini eshitadi va e‘tirоzi bo`lsa 
aytadi.  Mashg`ulоt  yuzasidan 
mulохazalari  bo`lsa  bildirishi 
mumkin. 
 
KЕRAKLI  JIHOZLAR:  mikroskop,  buyum  va  qoplag‗ich  oynalar, 
ustara,  chyotka,  pipetka,  preparoval  nina,  suv,  yod,  glitserin,  spirt,  toluol,  ksilol, 
fil'tr  qog‗oz,  bal'zam,  oddiy  qog‗oz,  pintset,  har  xil  rangli  qog‗ozlar, 
fiksatsiyalangan ildiz, poya, barg yoki o‗simlik bo‗laklari. 
UMUMIY  TUShUNShA.  Mikroskop  buyumlarni  bir  necha  yuz  ming 
martagacha  kattalashtirib  ko‗rsatadi.  Mikroskopning  optik  qismi  eng  asosiy 

 
152 
 
qismlardan hisoblanib u ko‗rish nayi (tubus) dan iborat, tubusning yuqori qismida 
okulyar, tagida ob'ektiv joylashgan. 
Shtativ:  Shtativ  to‗g‗ri  yoki  egri  kolonkadan  iborat.  Shtativda  revol'ver,  
mikrovint, makrovint,buyum stolchasi, diafragma, dasta va oyna bo‗ladi. 
Ob'ektiv:  Mikroskopning  buyumni  kattalashtirib  ko‗rsatadigan  qismi 
ob'ektividir.  Ob'ektiv  odatda  2  yoki  4  ta  bo‗lib,  buyumni  kattalashtirib  va  teskari 
qilib okulyarga tushiradi. 
Okulyar:  Okulyar  yig‗ish  va  ko‗rish  linzasidan  iborat.  Ko‗rish  linzasi 
qancha  kichik  bo‗lsa,  okulyar  buyumni  shuncha  katta  ko‗rsatadi.  Okulyar  va 
ob'ektivda  buyumni  katta  qilib  ko‗rsatish  darajasi  sonlar  bilan  ko‗rsatilgan. 
Ob'ektiv bilan okulyardagi sonlar bir-biriga ko‗paytirilsa buyumni necha marotaba 
kattalashtirib ko‗rsatilganligi kelib chiqadi. 
Ko‗rish  nayi.  Ko‗rish  nayi  dastaga  biriktirilgan  bo‗lib  tagiga    revol'ver 
joylashtirilgan.  Revolver  ob'ektivini  harakatga  keltirish  uchun  ishlatiladi. 
Makrovintni  burash  bilan  ko‗rish  nayini  yuqoriga  ko‗tarib  yoki  pastga  tushirib 
ob'ektiv bilan okulyar o‗rtasidagi fokus masofani to‗g‗rilab olish mumkin. 
Buyum  stolchasi.  Buyum  stolchasi  o‗rtasi  teshik  bo‗lib,  bu  teshikdan 
preparatga  yorug‗lik  tushadi,  stolchaning  tagida  teshikni  katta-kichik  qilib 
turadigan  diafragma,  kondensor,  joylashtirilgan.  Buyum  stolchasining  pastki 
qismiga bir tomoni botiq ikkinchi tomoni tekis bo‗lgan ko‗zgu o‗rnatilgan. 
Ko‗zgu.  Ko‗zgu  yorug‗likni  ob'ektivga  to‗g‗rilab,  yig‗ib  beradi. 
Ko‗zguning tekis tomoni kuchsiz yorug‗lik beradi. Yorug‗lik kuchli tushishi zarur 
bo‗lsa,  botiq  tomonidan  foydalaniladi.  Mikroskop  stolchasi  ustiga  ikkita  tutqich 
o‗rnatilgan bo‗lib, preparatni ushlab turish uchun ishlatiladi. 
ISh  TARTIBI.  Mikroskop  tozaligi  tekshiriladi.  Mikrosopga  yorug‗lik 
tushadigan  qilib,  dastani  ushlagich  tomonini  o‗ziga  qaratib  qo‗yiladi,  yorug‗likni 
ob'ektivga  to‗g‗rilab,  stolcha  ustiga  preparat  qo‗yiladi.  Makrovintni    burab, 
ob'ektivni  preparatga  yaqin  tushiriladi  va  ko‗rish  nayidan  qarab  turib  namunani 
ko‗rinish darajasiga moslashtiriladi.   Yorug‗lik kuchli bo‗lsa diafragma teshigini 
kichraytirib  yorug‗likni  kuchsizlantiramiz.  Tasvirni  aniq  ko‗rish  uchun 
mikrovintdan  foydalaniladi.  Stolchaga  qo‗yilgan  buyum  ravshan  ko‗ringandan 
keyin  mikroskopni  qimirlatmasdan  okulyardan  qarab  turib  buyumning  tasvirini 
daftarga chizib olamiz. 
 
Preparat tayyorlash: 
Mikroskopda  ko‗rib  o‗rganish  uchun  fiksatsiyalangan,  ildiz  poya  barg, 
meva,  meva  eti,  po‗stloq,  tolalar  yoki  tirik  o‗simlik  bo‗laklari  olinadi.  Ob'ektlar 
qattiq  bo‗lsa  suv  va  glitserin  aralashmasiga  solib  qaynatiladi,  bunda  hujayra 
yumshaydi, yupqa kesik olish mumkin bo‗ladi yoki marjon daraxti o‗zagi orasiga 
solib  kesib  olinadi.  Kesma  juda  kichik  va  yupqa  bo‗lishi  kerak,  uni  buyum 
oynasiga  qo‗yib,  suv  tomizamiz  va  nina  yordamida  to‗g‗rilaymiz  gorizontal 
ushlagan  holatda  ustidan  qoplag‗ich  oynani  yopamiz,  ikkala  oyna  o‗rtasida  havo 
qolmasligi  uchun  ortiqcha  suvni  so‗rg‗ich  yordamida  so‗rdirib  olamiz. 

 
153 
 
Tsitoplazmani  yoki  hujayra  yadrosini  aniqroq  ko‗rish  uchun  tayyorlangan 
(kesikka) preparatga kaliy yod eritmasi tomiziladi. Ob'ektni bo‗yash uchun metilen 
ko‗ki va shunga o‗xshash bo‗yoqlardan foydalaniladi. Bu reaktivlardan tomizg‗ich 
yordamida  bir  tomchi  olib  ob'ekt  ustiga  tomiziladi  va  bir  necha  minutdan  so‗ng 
ortiqcha bo‗yoqni tozalash uchun ob'ekt ustiga toza suv qo‗yib bir necha marotaba 
yuviladi.  Yuvilgan  kesiklarni  nina  yoki  chyotka  yordamida  olib  Glitserin 
tomizilgan  buyum  oynachasi  ustiga  qo‗yiladi,  qoplag‗ich  oyna  bilan  yopiladi. 
Glitserinda  saqlangan  ob'ekt  bir  qancha  vaqt  buzilmay  turadi.  Bu  preparat  chang 
tegmaslik  uchun  maxsus  tayyorlangan  qutichaga  solib  qo‗yiladi.  Glitserinda 
saqlangan ob'ekt uzoq vaqt turishi uchun buyum va qoplag‗ich oyna orasi glitserin-
jelatin  bilan  yopishtiriladi.  Bu  usullarda  tayyorlangan  preparat  vaqtinchalik 
preparat  bo‗lib  hisoblanadi.  Doimiy  preparat  tayyorlash  ancha murakkab bo‗ladi. 
Bo‗yalgan  kesiklarni  suvsizlantirish  uchun  dastlab  50,  96,  100%  li  spirtlarda, 
so‗ngra toluol, ksilol bilan ikki marta yuviladi, kesiklarni buyum oynasiga joylab, 
ustiga bal'zam tomiziladi va qoplag‗ich oyna bilan yopib, kleylanadi. 
 
 
 
1-
 
rasm.Mikroskopning tuzilishi: 
1-
 
okulyar,2-tubus,3-shtativ dastasi,4-macrovint,5-microvint 
6-oyoqchasi,7-kozgu,8-diafragma,9-buyum stolchasi,10-revolver, 
11-obyekti 
SAVOLLAR: 
1.Mikroskop ishga qanday tayyorlanadi? 
2.Mikroskop qanday asosiy qismlardan iborat ? 
3.Kichik ob'ektivdan katta ob'ektivga qaysi vaqtda o‗tkaziladi? 
4. Preparat nima uchun kerak ? 
5.Qoplag‗ich oyna nima uchun zarur? 
6.Preparat qanday tayyorlanadi? 
7.Doimiy preparat bilan vaqtinchalik preparat farqini aytib bering? 
 
 
 
 
 

 
154 
 
2 Amaliy mashg‘ulot: Plastida tiplari. Tirik o‘simlik  hujayralarida  
xloroplast, xromoplast va leykoplastlar
 
.Амалий  
 mashg‘uloti ta‘lim tехnоlоgiyasining mоdеli
 
 
O`quv vaqti: 80 minut 
Talaba sоni 
O`quv mashg`ulоtining tuzilishi 
Амалий 
 mashg`ulоt rеjasi 
 
 
O`quv  mashg`ulоtining  maqsadi: 
Uglevodlar,  moylar,  oqsillarning  tsitoplazmada  zahira 
moddalar sifatida to‗planishni o‗rganish.
 
Pеdagоgik vazifalar: 
Talabalar 
tоmоnidan 
o`zlashtirilgan  
bilimlarni chuqurlashtirish  va  bahоlash 
O`quv faоliyatining natijalari: 
Talabalarni 
mavzu 
bo`yicha 
bilimlarini 
ko`rsatadilar.  Ma‘lumotlalarni  rеja  asоsida 
оchib bеradilar 
Ta‘lim usullari 
BBB - texnologiyasi 
O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli 
Guruхiy  
Ta‘lim vоsitalari 
Mavzuga oid rasmlar, jadvallar 
Qayta alоqa usullari va vоsitalari 
Savоl - javоb 
 
Амалий  
 mashg`ulоtining tехnоlоgik хaritasi 
 
Ishlash 
bоsqichlari, vaqti 
Faоliyat mazmuni 
O`qituvchining 
Talabaning 
1 - bоsqich 
O`quv хujjatlarini 
to`ldirish, davоmat 
оlish 5 daq. 
Kirish 5 daq. 
1.  Talabalarni  pеd.  Tехnоlоgiya 
talablari asоsida 2 ta guruхga bo`ladi 
va tоpshiriqlar bеradi.  
1-gurux: 
2-gurux: 
Talabga 
muvоfiq 
guruхlarga 
bo`linadilar 
va 
tоpshiriqlarni 
qabul qilib оladilar 
2 - bоsqich 
Asоsiy 20 daq. 
davоmida 
guruхlarda ishlash, 
30 daq. davоmida 
хar bir guruх 15 
daq. chiqish qiladi. 
Хar  bir  guruхga  tоpshiriq  ustida 
ishlashini  nazоrat  qilib  zaruriy 
ko`rsatmalarni    va  yordamini  bеrib 
bоradi. 
Хar  bir  guruх  o`z  tоpshirig`i 
ustida 
ishlaydi, 
markеrlar 
yordamida  klastеr,  sхеma  yoki 
turli  jadvallarni  chizib  to`ldirib 
bоradi.  
Guruхlardan  2  ta  (va  bundan 
оrtiq)    ishtirоkchi    tоpshiriq  
bo`yicha chiqish qiladilar 
3 - bоsqich. 
Talabalarni 
bahоlash 20 daq. 
Mavzu bo`yicha хulоsa qilish. Хar bir 
guruх  faоliyati  tavsiflanadi    va 
guruхning  хar  bir  ishtirоkchisi 
qanday baхоlanganligi aytiladi 
Хar  bir  talaba  o`z  faоliyati 
baхоsini eshitadi va e‘tirоzi bo`lsa 
aytadi.  Mashg`ulоt  yuzasidan 
mulохazalari  bo`lsa  bildirishi 
mumkin. 
 
TSITOPLAZMA ORGANOIDLARI 
UMUMIY TUShUNShA. Tsitоplaзma hujayraning asosiy massasi bo‗lib, 
ko‗rinishi  tuxum  oqiga  o‗xshash  tiniq,  rangsiz  shilimshiqsimon  suyuqlikdir. 
Tsitоplaзmaning  ximiyaviy  tarkibini  70-80%  suv  tashkil  qiladi.  Shu  bilan  birga 
anorganik  moddalar,  RNK,  moysimon  moddalar,  uglevodlar  va  oqsil  moddalari 
ham bo‗ladi. Tsitоplaзma yosh hujayralarning barcha bo‗shliqlarini to‗ldirib turadi. 
Tsitоplaзmaning  ximiyaviy  tarkibi  turg‗un  emas.  O‗simliklar  tirik 
hujayrasidagi  tsitoplazmaning  doimo  yangidan  hosil  bo‗lishi,  turli  moddalarning 

 
155 
 
parchalanish  jarayonlari  ro‗y  beradi.  Oddiy  moddalardan  murakkab  moddalar  va 
ularning parchalanishidan oddiy moddalar hosil bo‗ladi. Keksa hujayralarning ko‗p 
qismini  bitta  yoki  bir  necha  vakuolalar  egallaydi.  Elektron  mikroskopda 
ko‗rilganda  tsitolplazma  3ta  qavatdan  iboratligi  ko‗rinadi:  Tashqi  qavat- 
plazmalemma. O‗rta qavat- mezoplazma. Ichki qavat tonoplast. 
1).Plazmalemma- hujayra po‗sti hosil bo‗lishida ishtirok etadi. Hujayradagi 
o‗tkazuvchanlikni va moddalarning shimilishini tartibga soladi. 
2).Mezoplazma-  tsitoplazmaning  o‗rta  qavati  bo‗lib,  uning  asosiy  qismini 
tashkil  etadi.  Bunda  barcha  organoidlar  joylashgan  bo‗ladi.  Jumladan, 
endoplazmatik to‗r, ribosoma, mitoxondriya, Goldji apparati, yadro va boshqalar. 
3).Tonoplast- «tonus» lotincha taranglashish degan ma'noni beradi. Bu esa 
hujayradagi  vakuolani  tashqi  tomonidan  o‗rab  turadi,  yarim  o‗tkazgich 
xususiyatiga ega. 
Endoplazmatik  to‗r  o‗zaro  bog‗langan  pufak  va  tsisternalardan  iborat. 
Endoplazmatik to‗r hujayralarga singib ketgan, o‗zaro bog‗langan, to‗qimalar hosil 
qilgan  bo‗shliqlar  tizimidan  iborat.  Yadro  qobig‗ini  tashkil  qiluvchi  qo‗sh 
membrana  bo‗shlig‗i  bilan  endoplazmatik  to‗rning  bo‗shliqlari  sistemasi  o‗zaro 
bog‗liq  bo‗ladi.  Endoplazmatik  to‗r  hujayra  ichida  moddalarning  harakati  va 
taqsimotida,  moddalar  almashinish  jarayonida,  assimilyatsiya  mahsulotlarni 
o‗simlik  bo‗ylab  harakatida,  assimilyatorlar  oqsil  va  fermentlar  sintezida  ishtirok 
etadi. Endoplazmatik to‗r hujayradagi moddalarni tashishda asosiy rol' o‗ynaydi.  
Ribosomalar.  Hujayra  ribosomalari  tarkibida  50%  oqsil,  50%  RNK 
mavjud.  Ribosomalar  oqsilni  sintez  qilish  markazi  hisoblanadi.  Gialoplazmada 
joylashgan  erkin  ribosomalar  yakka  holda  (mikrosomalar)  yoki  4-10  ta  bo‗lib 
birlashgan maxsus zanjirlarni hosil qiladi. Bu to‗plamni poliribosomalar deyiladi. 
Mitoxondriya va plastidalarda kichik ribosomalar ham bo‗ladi. Aminokislotalardan 
oqsillarni  hosil  bo‗lishi  yoki  sintezi  ribosomalarning  eng  asosiy  vazifasidir. 
Oqsillarning  sintezida  aktiv  qatnasha-digan  ribosomalar  endoplazmatik  to‗rlarda 
o‗rnashgan bo‗ladi.  
Mitoxondriylar.  Hayvon  va  o‗simlik  hujayralarida  fizik  va  ximiyaviy 
xossalariga  ko‗ra  protoplazmaga  o‗xshash  mayda-mayda  jismlar  bor.  Bularni 
mitoxondriylar  («mitos»  –ip  «xondrion»  –  granulalar)  deb  ataladi.  Faqat 
bakteriyalar  bilan  yashil  suv  o‗tlarda  xondriosomalarning  bor  yo‗qligi  aniqlangan 
emas.  Mitoxondriylarning  morfologik  belgilari  turli  o‗simlik  organizmlarida 
o‗xshash  bo‗lib,  ular  granula,  tayoqcha  donachalar  va  uzun  yoki  qisqa  ipchalar 
shaklida harakat qiladi. Mitoxondriylarni elektron mikraskopda ko‗rish mumkin. U 
tashqi  membrana,  mitoxondriya  ichiga  to‗liq  bo‗lmagan  to‗siq  shaklida  kiruvchi 
mitoxondrial  kristallardan,  ichki  membranalar  (membranalar  orasida  teshiksimon 
bo‗shliq  bor)dan  tuzilgan.  Turli  kattalikdagi  kristallar  orasidagi  bo‗shliqni 
to‗ldiradigan  qalin  gomogen  modda  matriksdan  tuzilganligi  aniqlangan.  Mazkur 
granulalarning  ximiyaviy  tarkibi  noaniqdir.  Ximiyaviy  tarkibida  nafas  olishda 
ishtirok  etadigan  fermentlar  (tsitoxromlar),  fosfolipidlar,  RNK,  oqsillar,  lipidlar 
borligi  ko‗rsatilgan.  Vitaminlardan  A,V,S,Е  lar  uchraydi.  Mitoxondriyalarning 

 
156 
 
aktivlik  darajasi  yuza  kengligiga, hujayralardagi  soni  esa  modda  almashinuvining 
intensivligiga  bog‗liq.  Bo‗linish  paytida  yangidan  paydo  bo‗lishi  tufayli 
mitoxondriylar  soni  ortadi  va  ular  hujayralarning  aktiv  zonalariga  to‗planadi. 
Mitoxondriylarda  fosfolipidlar  va  oqsil  sintezi  boradi,  energiya  manbai  bo‗lgan 
ATF ni ishlab chiqish mitoxondriylarning asosiy vazifalari hisoblanadi.  
Goldji  apparati.  1898  yilda  Italiyalik  olim  Goldji  qayd  qilgan  va 
diktiosoma  nomi  bilan  yuritgan.  Eukariot  tipli  hujayralarning  hammasida  Goldji 
apparati  uchraydi.  Goldji  apparati  tarkibida  oqsillar,  yog‗lar,  polisaxaridlar, 
fermentlardan  fosfotaza,  peroksidaza  va  turli  xil  gidrolazalar  uchraydi.  Goldji 
apparati  ko‗pincha  yassi  tsisterna  shaklida  bo‗lib,  ular  o‗z  navbatida  ustunchaga 
birlashadi.  Ustuncha  hosil  qiluvchi  Goldji  apparati  tsesternalarining  coni  5-10  ni 
tashkil  etadi.  Bu  organellalarning  chetida  pufakchalar  va  vakuollalar  joylashadi. 
Tsisternalarning alohida joylashgan tiplari diktiosomalar deb ataladi. Ularning har 
bir  hujayradagi  o‗rtacha  soni  20ga  yaqindir.  Bo‗linayotgan  hujayralarda,  tinch 
turgan  hujayralarga  nisbatan  diktiosomalar  ko‗p  bo‗ladi.  Goldji  apparati  suv 
balansini  tartibga  solishda  hujayralardagi  chiqindi  zaharli  moddalarni  to‗plashda, 
vakuola hosil qilishda asosiy rol' o‗ynaydi.  
Yadro.  O‗simlik  va  hayvon  hujayralarining  asosiy  qismi  bo‗lib,  irsiy 
belgilarni  nasldan-naslga  o‗tkazish  va  saqlashda,  hujayralarda  oqsil  sintezini 
boshqarishda  asosiy  rol  o‗ynaydi.  Yadro  hujayra  markazida  bo‗ladi.  Hujayrada 
yadro  bitta,  ayrim  hollarda  ikkita  yoki  undan  ham  ko‗p  bo‗lish  mumkin.  Yadro 
faqat ko‗k yashil suv o‗tlarida va bakteriyalarda bo‗lmaydi,ularda yadro vazifasini 
bajaruvchi  nukleoproteidlar  mavjud  bo‗ladi.  Yadro  ovalsimon,  sharsimon, 
prozenxima  hujayralarida  cho‗ziqroq  bo‗ladi.  Hujayra  o‗sgani  bilan  yadro 
kattalashmaydi,  yosh  hujayralar  yadrosi  qarilariga  nisbatan  katta  bo‗ladi.  Yadro 
quyuq  va  yopishqoq  bo‗lishi  bilan  tsitoplazmadan  farq  qiladi.  Qalinligi  400  A
0
 
rangsiz qobig‗i bilan ajrab turadi, bir xil suyuqlik massadan iborat bo‗lib, unda bir 
yoki bir nechta yadrocha bo‗ladi. O‗simlik va hayvon hujayralari yadrosi tarkibida 
oqsil,  nuklein  kislota,  moy,  ferment,  hamda  turli  mineral  tuzlar,  fosfor,  kaliy, 
magniy  borligi  aniqlangan.  Agar  hujayrani  o‗rtasidan  ikkiga  bo‗lib,  bir  tomonda 
yadrosi qoldirsa shu tomon tezda yangi qobiqqa o‗ralib yashashni davom ettiradi, 
yarosiz tomon nobud bo‗ladi. 
Plastidalar,  ularning  tuzilishi  va  vazifalari:  Leven  Guk  1676  yil 
spirogira suv o‗tlari hujayralarida plastidalar borligini aniqladi. Ammo plastidalar 
tabiatini chuqur o‗rganish borasida olib borigan tadqiqotlarga Shimper (1882) asos 
soldi. U plastidalarni uch tipga leykoplastlar, xloroplastlar, xromoplastlarga ajratdi.  
Leykoplastlar-  rangsiz  bo‗lib,  urug‗  hujayralarida,  ildiz  tuganagida  va 
piyozboshlarda  ko‗proq  uchraydi.  Ular  yumaloq  va  disksimon  mayda  tanachalar 
shaklida bo‗ladi.  Leykoplastlar o‗simlik  tanalarida  zahira oziq modda-ikkalamchi 
kraxmalni to‗playdi. Kraxmal to‗playdigan leykoplastlar amiloplastlar deb ataladi. 
Leykoplast ham xloroplastga aylanishi mumkin.   
Xloroplastlar  –o‗simlik  organlarining  er  yuzasidagi  a'zolari:  barglar, 
qisman  poya,  gul,  meva,  urug‗larda  uchraydi.  Ular  yumoloq  yoki  disksimon 

 
157 
 
bo‗ladi.  Xloroplastlarning  tanasi  oqsil  massa  stromadan  tuzilgan.  Stromalarni 
yashil  pigment-xlorofill  va  boshqa  pigmentlar  to‗plangan  qo‗sh  membranali 
plastinalemellalar  sistemasi  teshib  o‗tgan  juft  membranalarning  cheti  qo‗shilib 
ketib,  diskning  qirra  deb  ataladigan  tovonini  hosil  qiladi.  Ular  xloroplastning 
yuzasiga  parelell  joylashadi.  Yashil  pigment  xlorofill  murakkab  organik  modda 
bo‗lib,  tarkibida  spirt  va  metanol  bo‗ladi.  Xloroplastlar  o‗z  tarkibida  xlorofill- 
yashil,  karotin-qizil,  ksantofilsariq  ranglardan  iborat  pigmentlarni  saqlaydi. 
O‗simliklarda  fotosintez  –  assimilyatsiya  natijasida  xloroplast  S
55
N
12
O
54 
Md 
vujudga keladi. Fоtоsintez hodisasi natijasida eng avval birlamchi shakar, so‗ngra 
kraxmal  vujudga  keladi.  Eng  oddiy  fotosintez  jarayonini  quyidagi  formula  bilan 
ifodalash mumkin. 
6CO
2
 + 6H
2
O+ 674 kkal = C
6
 H 
12
О
6
 +6О
2
 
Xromoplastlar – tarkibida karatinoidlar gruppasiga kiradigan qizg‗ish-sariq 
rang  beradigan  pigmentlar  bo‗ladi.  Bu  plastidlar  o‗simlikning  gul,  mevalarida 
ko‗proq  uchraydi.  Xromoplastlar  –  disksimon,  tayoqchasimon,  uchburchaksimon 
va  boshqa  shakllarda  bo‗ladi.  Xromoplastlar  xlorofillning  karatinoid  bilan 
almashinishi  natijasida  prtoplastidalarda  yoki  xloroplastidalardan  hosil  bo‗ladi. 
Plastidlar har xil yo‗llar orqali o‗zaro bog‗langan deb hisoblanadi. Masalan, xom 
pomidor    pishib  borishi  bilan  qizaradi,  bunda  xloroplastlar  xromoplastlarga  o‗tib 
pomidorga  qizil  rang  beradi.  O‗sayotgan  sabzi  ildizmevasining  er  ustiga  chiqib 
qolgan qismi yashil rangga kirishiga sabab, xromoplastning xloroplastga aylanishi 
natijasidir.  Kartoshka  tuganagi  ham  ochilib  qolsa,  leykoplastlar  yashil 
xloroplastlarga aylanidi va tuganak po‗sti yashil rangga kiradi.  
ISh  TARTIBI:  Xloroplastlarni  o‗rganish  uchun  yo‗sin  bargidan 
foydalaniladi.  Yo‗sin  (mox)  bargi  yupqa  po‗stli  hujayralarning  bir  qator 
joylashishidan tuzilgan va hujayra po‗sti uning ichki tuzilishini ko‗rishiga xalaqit 
bermaydi. Buning uchun yo‗sin poyasidan kichikroq bargchasi pintsent bilan uzib 
olinadi.  Uni  suvda  chayqab,  buyum  oynasidagi  suv  tomchisiga  botirib  qo‗yiladi. 
Mikroskopning  kichik  ob'ektivida  barg  plastinkasi,  shakli  cho‗ziq  hujayradan 
iborat  barg  tomiri,  hamda  parenxima  hujayralarining  asosiy  qismi  aniqlanadi. 
Bargning  asosiy  qismi  yumaloq  yoki  ko‗p  qirrali  parenxima  hujayralaridan 
tuzilganligi  ko‗riladi.  Bargda  ichi  xlorofill  donachalari  bilan  to‗lgan  cho‗ziq 
prozenxima  hujayralar  zich  joylashadi.  Yo‗sin  barg  hujayralarini  tekshirib  ichida 
xloroplast bo‗lgan bir necha hujayraning rasmi daftarga chizib olinadi. 
Qizil qalampir mevasidagi xromoplastlarini o‗rganish. 
ISh  TARTIBI:  Preparat  tayyorlash  uchun  yaxshi  pishgan  qizil  qalampir 
mevasidan  lantsent  uchida  meva  etidan  ozgina  olib  suvda  yuviladi,  ya'ni 
hujayralarni o‗zaro biriktirib turadigan hujayralararo modda yo‗q qilinadi. Shundan 
so‗ng,  buyum  oynasidagi  suv  tomchisiga  qo‗yiladi  va  usti  qoplag‗ich  oyna  bilan 
yopiladi.  Mikroskopning  kichik  va  katta  qilib  ko‗rsatadigan  ob'ektivi  orqali 
tekshirib,  undagi  hujayra  po‗sti,  tsitoplazmasi,  yadrosi  hamda  har  hil  shakldagi 
ayrim  xromoplastlarni  ko‗rish  mumkin  Ularni  rasm  daftarga  chizib  olinadi. 
Xromoplastlar qizil rangda alohida ko‗rsatib qo‗yiladi. 

 
158 
 
 
rasm.Piyoz posti xujayralari: 
1-sitoplazma,2-xujayra shirasi,3-post,4-yadro 
 
rasm:    1,2-membrana,3-teshikcha,4-yadro,5-6-endoplazmatik tor,7-yadrocha, 8-
mitoxondriya,9- plastida,10-11-vakuol.12-golji apparati, 
13-ribosoma 
Download 5.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling