O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 0.56 Mb.
|
Stansiya va potstansiya maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar. Elektr stantsiya va podstantsiyalarning asosiy uskunalari.
Nazorat savollar.
1. Elektr podstantsiyalarning turlari. 2.O`zbekkiston Respkblikasida elektr stantsiyalarning turlari. 3. Elektr podstantsiyalarni sinflash.
Elektr stantsiya podstantsiya, sistemani tashkil etuvchi podstantsiya, tugun elektr podstantsiya, taqsimlovchi elektr podstantsiya. Ma’ruza №2 Asosiy tushunchalar. Elektr stantsiya va podstantsiyalarning asosiy uskunalari. Reja:
Asosiy tushunchalar Elektr stantsiyalarning elektr qismi va podstantsiyalarning asbob – uskunalarining turkumlashtirish. Transformatorlar. Elektr stantsiya birlamchi energetik resurslardan (gaz,neft,uran,torf) foydalanib elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalar majmuasi. Bu fanda elektr stantsiyalarning faqat elektr qismi o`rganiladi. Elektr podstantsiya – elektr energiyasining kuchlanishini o`zgartiruvchi asbob-uskunalarning majmuasi. Elektr podstantsiyalar O`zbekiston ob-havo sharoitida ko`pincha ochiq havoda quriladi. Elektr taqsimlash uskunasi – elektr energiyasini iste’molchilarga taqsimlash uchun ishlatiladigan asbob uskunalar majmuasi. O`z ehtiej – podstantsiyani o`zida iste’mol qilinadigan elektr energiya. Bu asosan podstantsiyaning rele himoyasi va aftomatlashtirilgan elektr yuritmalar, o`lchash asboblari iste’mol qilinadigan elektr energiyadir. Har bir elektr stantsiyada albata kuchautiruvchi podstantsiya mavjud. Elektr tarmoqning asosiy qismlaridan biri ham podstantsiyadir. Lekin bu pasaytiruvchi podstantsiyalardir. Pasaytiruvchi yoki kuchaytiruvchi podstantsialarda ishlatiladigan asbob – uskunalar bir xil. Mazkur fan asosan mana shu podstantsiyalarni o`rganadi. Bu asbob - -uskunalar quyidagilar: 1.Kuchaytiruvchi eki pasaytiruvchi transformatorlar (avtotransformatorlar) . Tuzilish nuqtai nazardan kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi transformatorlarni farqi yo`q. 2. Kommutatsion apparatlar bular: o`chirgich, yuklama o`chirgich, ajratgich va past kuchlanishli kommutatsion apparatura- avtomatik o`chirgich, rubilnik, magnit ishga tushirgich. 3. Himoya apparaturasi, bu rele himoyasi va aftomatika tuzilmalari, eruvchan saqlagichlar, razryadniklar. 4. Tokning cheklantiruvchi apparatura, bu reaktorlar, rezistorlar. 5. Elektr ulash asboblari – kuchlanish o`lchash transformatorlari, tok o`lchash transformatorlari, elektr energiya hisoblagichlar, voltmetr, vattmetr, chastotametr. 6. Yuqori chastota aloqa apparaturasi – to`sqichlar rele himoyasi va avtomatikasining ikkilamchi zanjirlari. O`tkazgichlar sifatida podstantsiyalarda, egiluvchan shina, kattik shina, kabellar ishlatiladi. Ikkilamchi zanjirlar bu rele himoyasi va avtomatika zanjirlarining nazorat kabellari deb ataluvchi alohida kabellar, hisob va nazorat ulash priborlarning boglovchi simlarva hokazolar. Transformator va podstantsiyaning boshqa asbob – uskunalarining tuzilishi, tanlash va iktisodiy ishlash rejimlarini alohida kurib chiqamiz. Transformatorlar podstantsiyaning asosiy uskunasi bo`lib, aynan transformatorlar elektr energiyasini asosiy ko`rsatkichlardan biri kuchlanishni o`zgartiradi. Transformatorlarni tuzilishi, ishlash printsipi, loyihalash asoslari «Elektromehaniqa» fanida, transformatorlarning isrofi, tanlash asoslarini EEIUT fanida, mufasal kurib chikkan edik. Bu erda faqat transformatorlarning chulg`amlarini ulash usullari va shartli belgilarini kurib chiqamiz. Uch fazali ikki chulg`amli transformatorlarning quvvati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi : St.nom=√3UnIn Transformatorlarning hizmati mudati, ishlab chiqargan zavodning ko`rsatganicha kupincha 25 yilga baravar. Agar ko`rsatilgan nominal tok, kuchlanish va quvvat kattaliklari meyordan oshmasa, katta ahamiyatga atrof – muhitning haroratiga ega. Rassiyadagi va CHirchiq transformator zavodi ishlab – chiqaradigan transformatorlar, yilgi o`rta harorat 35 S bo`lishi kerak. Demak, bizlarni sharoitda, yoz paytida transformatorlarni nominal tok, kuchlanish va quvvat kamayishi kerak, chunki yozda atrof – muhitning harorati 50 S-gacha ko`ariladi. Lekin transformatorlarning yuklanish koeffitsienti: β=Sist/Snom.t=0,7 dan kamayishi, transformatorlarning salt yurish isrofi hisobidan elektr tarmoqning quvvat koeffitsentini pasaytirishga olib keladi, ma’lumki bu isrofni pasaytirishga sabab bo`ladi, chunki: Bu formulaga kiruvchi kattaliklar quvvat koeffitsentiga bog`liq. P=√3UnIncosφ Q=√3UnInsinφ Quvvat koeffitsentining cosφ pasayishi sinφ ko`payishiga olib keladi, demak, reaktiv quvvat ko`payadi, bu esa EUY-ning aktiv quvvat isrofini ko`payishiga olib keladi. Transformatorning aktiv va reaktiv quvvat isrofini eslatib utamiz: Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling