O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 4.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/28
Sana30.09.2017
Hajmi4.51 Kb.
#16830
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28

 burchak ostida joylashtiriladi) yoki egri chiziqli 
bajariladi.  Sho’ng’uvchi  devorlar  o’rnatilganda  qiyaliklar  mustahkamligini  kuchaytirish  kerak; 
ular aylanib o’tuvchi filtratsiyaga qulay emas.  
Pastki  tutashtiruvchi  devorlar  bo’ylama  devor  bilan  bir  tekislikda,  yoki  planda 
kengayuvchi  (

,  burchagi  6...8  dan  10...12
0
  gacha)  qilib  bajariladi.  Ko’p  hollarda  chekka 
devorning  bo’ylama  qismini  to’g’onning  qirg’oqdagi  oralig’i  bilan  bitta  konstruksiya  qilib 
birlashtiriladi  (17.7-rasm,  d).  Qoyali  va  graviy  -  qumli  zaminlarda  bo’ylama  chekka  devor 
to’g’ondan  deformatsiya  choklari  bilan  ajratiladi  (17.7-rasm,  g).  Chekka  devorga  tutashgan 
gruntli  to’g’onning  bir  qismi  yoki  qirg’oqlarda  ta’mirlash  ishlarini  bajarish,  transport  va  kran 
harakat  qilish  uchun  planda  maydongacha  ega  bo’lgan  kengayuvchi  qilib  bajariladi.  To’g’on 
fronti  bo’yicha  bu  maydonchaning  uzunligi  vodoslivli  oraliqning  1,5...2,5  uzunligiga  teng. 
Tutashtiruvchi chekka devorning yuqori va pastki devorlari massiv, burchakli, kontrforsli va ichi 

303 
 
bo’sh  tirgak  devor  ko’rinishida  bajariladi  (17.7-rasm,  e,j,z,i).  Devorlar  va  ularning  poydevor 
plitalari deformatsiya choklari bilan uzunligi 20 dan 30 m gacha bo’lgan sektsiyalarga bo’linadi. 
Bu  erda  chekka  devorning  orqa  qirrasi  va  teskari  ko’mish  grunti  o’rtasida  ishonchli  tutashuv 
bo’lishini  ta’minlash  kerak.  Buning  uchun  shpunt  qoziqli  devorlar  yoki  beton  ko’rinishida 
bajariladigan filtratsiyaga qarshi diafragmalar ko’zda tutiladi. 
Ajratuvchi  chekka  devorlar  (suv  tashlovchi  va  GES  oralig’ida)  to’g’on  va  GES  ning 
yonma - yon yarim oraliq devorlari 6, hamda pastki 7 va yuqori 8 uchastkalaridan tashkil topgan 
(17.7-rasm,  a).  Ajratuvchi  pastki  uchastka  uzunligi  suv  urilma  va  risbermaning  gorizontal 
uchastkasi  uzunligi  bilan  cheklanishi  mumkin.  Ajratuvchi  devorning  to’liq  uzunligi  modelda 
gidravlik tadqiqotlar  natijalari  bo’yicha o’rnatiladi  va 300 dan 1500  m  gacha  bo’lishi  mumkin. 
Chekka  devorga  LEP  tayanchlari  yoki  boshqa  uskunalar  joylashtirilganda,  uning  kengligi 
(0,17...0,20)V ga teng bo’lishi mumkin, bunda V - GES binosiga keladigan oqimning kengligi. 
Chuqur  joylashgan  suv  tashlash  tiqishlari  ko’ndalang  kesimi  doiraviy  yoki  to’g’ri 
burchakli bo’lib to’g’on tanasiga joylashtiriladi. Tirqishning o’lchami gidravlik hisoblar asosida 
belgilanadi.  To’g’on  balandligi  70  m  dan  katta  bo’lganda  mustahkamlik  sharti  bo’yicha  tirqish 
kengligi sektsiyalar orasidagi doimiy choklar oralig’idagi masofaning 50% dan oshmasligi kerak, 
70 m dan kichik bo’lganda - 60%. Kirish tirqishini suv o’tkazish qobiliyatini oshirish uchun unga 
silliq  shakl  beriladi.  Gidravlik  sharoitlarni  yaxshilash  va  zatvorlar  o’lchamlarini  qisqartirish 
uchun chiqish uchastkasida tirqish yuzasi kamaytiriladi. Suv tashlovchi kallak o’qining qiyaligi 
va  balandlik  bo’yicha  joylashuvini  yuqori  befda  sathning  o’zgarish  chegaralarini  hisobga  olib 
konstruktiv mulohazalar bo’yicha belgilanadi. Uyurma hosil bo’lish oldini olish uchun tirqishni 
suv  ostida  minimal 
5
,
0
min
52
,
0
h
d



  chuqurlikdan  pastda  joylashtiriladi,  bunda 
 -suv 
tashlagichdagi o’rtacha tezlik, m/s; 
h -kallakdan keyin tirqish balandligi. Agar zatvorlar kamerasi 
suv  tashlagich  boshida  yoki  o’rta  qismida  joylashgan  bo’lsa,  zatvorlardan  keyin  havo  yuborish 
kerak.  Chuqur  joylashgan  traktning  umumiy  uzunligi  bo’yicha  kavitatsiyani  oldindan  aytishni 
bajarish kerak  va zarur  bo’lganda kavitatsiyaga qarshi  muvofiq tadbirlarni ko’zda tutish  lozim. 
Zatvorlarni  va  gidromexanik  jihozlarini  joylashtirish  VI-bo’limda  ko’rib  chiqilgan.  Ba’zi  bir 
hollarda  yuqori  ostonali  to’g’onlar  suv  tashlagich  bilan  birga  bajariladi.  Bunda  chuqur 
joylashgan  kirish  tirqishlarida  oqim  to’g’on  tanasidagi  galereyaning  egri  chiziqli  uchastkasi 
bo’yicha  harakat  qiladi.  Oqim  to’g’on  tanasidan  chiqqandan  keyin  pastda  joylashgan  novlar 
bo’yicha harakat qiladi.  
Pastki bef tuzilishi. Suv urilma massiv beton plita ko’rinishida bajariladi, uning qalinligi 
uning  mustahkamligi  va  ustivorlik  shartlaridan  kelib  chiqqan  holda  hisoblar  bo’yicha 
belgilanadi.  Suv  urilma  qalinligini  kamaytirish,  uni  harorat  -  cho’kish  choklariga  qirqish  va 
drenaj  quduqlarini  o’rnatish  bilan  amalga  oshiriladi.  Plitalarni  plandagi  parametrlari  ularni 
siljishga  ustivorligini  va  qalqib  chiqishga  ta’minlash,  hamda  bitta  blok  bilan  betonlash 
imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  aniqlanadi.  Suv  urilmaning  qalinligi  va  qurilish  ishlarini 
bajarish  sharoitlaridan  kelib  chiqqan  holda  drenaj  qudug’ining  kesimi  0,25x0,75  dan  1x1  m 
gacha  qabul  qilinadi.  Quduqlar  shaxmat  tartibida  qatorda  har  5...10  m  va  qatorlar  orasidagi 
masofa  5  m  kam  bo’lmagan  qilib  joylashtiriladi.  Ularning  yuzasi  umumiy  mustahkamlash 
yuzasining  15%  ni  tashkil  qilish  kerak.  Risbermaning  gorizontal  uchastkasidan  keyin  yuvilishi 
chuqur bo’lganda uni shikastlanishdan saqlash uchun maxsus qurilmalar ko’zda tutiladi. Bunday 
qurilmalar  sifatida  keng  va  etarli  chuqurlikdagi  xandak  yoki  chuqur  va  keng  vertikal  tish 
o’rnatiladi. 
Suv urilma plitalari hisobi uning qalinligini aniqlashdan iborat, bunda suv urilma plitasini 
choklarga  bo’lish  sxemasi  bilan  bog’langan  holda  ularni  qalqib  chiqishga  yo’l  qo’ymaslik  va 
ta’sir qiluvchi hamma kuchlar hisobga olinishi kerak. Bundan tashqari plitalar ag’darilib ketishga 
va siljishga tekshiriladi. Kuchlarni ta’sir qilishi muvofiq tavsiyanomalar va modeldagi gidravlik 
tadqiqotlar natijalari asosida hisoblanadi. 
Mustahkamlash  qalinligini  aniqlashda  gidrodinamik  yuklamalar  statik  qo’yiladi.  Bu 
holda  plitalar  qalinligi  uch  xil  siljishga  yo’l  qo’ymaslik  sharti  asosida  o’rnatiladi:  plitaning 

304 
 
yuqori va pastki qirrasiga nisbatan burilishi; energiya so’ndirgichlar bo’lganda to’shalgan grunt 
yuzasi bo’yicha gorizontal siljishi. 
 
 
18-mavzu.  Panjarali-to’g’onli suv olish gidrouzellari 
 
O`quv vaqti: 80 minut 
Talaba sоni: 
O`quv mashg’ulоtining tuzilishi  
Ma’ruza rеjasi 
1.  Panjarali-to’g’onli suv olish 
gidrouzellari 
2. 
Panjarali-tubdan suv olish.
 
O`quv mashg’ulоtining maqsadi: Talabalarda Gidrotexnik inshootlari fani bo`yicha tushuncha hоsil 
qilish.  
Pеdagоgik 
vazifalar: 
Yangi 
mavzu 
bilan 
tanishtirish,  mavzuga  оid  ilmiy  atamalarni  оchib 
bеrish,  asоsiy    masalalar  bo`yicha  tushunchalarni 
shakllantirish. 
Talabalarni  Gidrotexnik  inshootlari    fani  va  uning 
sоhalari haqidagi asоsiy  nazariy tushunchalar bilan 
tanishtirish, ko`nikma va malakalar haqida tasavvur 
shakllantirish, 
asоsiy 
ma’lumоtlarni 
kоnspеktlashtirish. 
Ta’lim usullari: 
Aqliy хujum, “BBB” 
O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli. 
Оmmaviy 
Ta’lim vоsitalari 
Ma’ruza matni, kоmpyutеr, ekran, prоеktоr, 
PowerPoint dasturi.. 
Qayta alоqa usullari va vоsitalari 
Savоl javоb 
 
O`quv mashg’ulоtining tехnоlоgik хaritasi. 
 
Ishlash bоsqichlari, vaqti 
Faоliyat mazmuni 
 
O`qituvchining 
Talabaning  
1 bоsqich  
1.1 O`quv хujjatlarini to`ldirish 
va talabalar davоmatini 
tеkshirish (5 min).  
1.2 O`quv mashg’ulоtiga kirish 
(5 min) 
1.2  Gidrotexnik  inshootlari  fani 
haqida 
talabalarning 
mulоhazalari 
so`raladi. 
Fan 
to`g’risida  ma’lumоtlar  bеriladi 
ma’ruza  rеjasi  yozdiriladi.  So`ng 
ma’ruza bоshlanadi. 
Tinglashadi. 
Gidrotexnik 
inshootlari 
fani, 
o`rganish 
sоhalari  bo`yicha  o`z  fikrlarini 
aytadilar. 
Aniqlashtiradilar, 
savоllar bеradilar. 
2 bоsqich. Asоsiy 60 min 
1.  Gidrotexnik  inshootlari    fani 
va 
uning 
sоhalari. 
Mamlakatimizdagi  tutgan  o`rni 
va ahamiyati aytib o`tiladi. 
2. 
Gidrotexnik 
inshootlari 
fanining 
qishlоq 
хo`jaligida 
tutgan o`rni  va uning rivоjlanishi 
haqida aytib o`tiladi. 
3.  Gidrotexnik  inshootlari  faning 
tadqiqоt  bоsqichlari  va  usullari 
aytiladi. 
Kоnspеkt yozishadi, tinglashadi, 
Gidrotexnik inshootlari fani va 
uning sоhalarini yozib оladilar. 
Gidrotexnik inshootlari fanining 
o`ziga хоs hajmiy –rеjaviy 
еchimlari haqida yozib оlishadi. 
Gidrotexnik inshootlari fani ning 
ahamiyati va qishlоq хo`jali gida 
tutgan o`rni haqida yozib 
оladilar. Mavzu bo`yicha savоllar 
bеradilar.  
3 bоsqich Yakuniy natijalar 10 
min 
3.1. Mavzu bo`yicha хulоsa 
qilish va o`quv mashg’ulоtning 
maqsadiga erishish darajasi taхlil 
qilinadi. 
3.2. Mavzu yuzasidan o`quv 
vazifasi bеriladi. 
O`rganilgan mavzu bo`yicha 
оlgan ma’lumоtlarni umumlash 
tiradilar va savоllar paydо 
bo`lgan bo`lsa savоllar bеradilar. 
 
Adabiyotlar: 
 

305 
 
1.  Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika 
inshootlari. 1-jild. Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2008. 
2.  Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika 
inshootlari. 2-jild. Toshkent, IKTISOD-MOLIYA, 2009. 
3.  Rоzanоv N.P., Bоchkaryov Ya.V., Lapshеnkоv V.S., Juravlyov G.I., Kaganоv G.M., 
Rumyantsеv I.S. «Gidrоtехnichеskiе sооrujеniya», pоd rеd. N.P. Rоzanоva - 
M.Agrоprоmizdat, 1985. 
4.  Хusanхujaеv Z.Х. “Gidrоtехnika inshооtlari”. O`qituvchi-nashiryoti, T.1968 
5.  Хusanхujaеv Z.Х. “Suv оmbоridagi gidrоtехnika inshооtlari”. O`qituvchi, Tоshkеnt. 1986. 
6.  Bakiеv M.R., Yangiеv A.A., Kоdirоv О, “Gidrоtехnika inshооtlari”. Fan. Tоshkеnt. 2002. 
7.  Vоlkоv I.M., Kоnоnеnkо P.F., Fеdichkin I.K. “Gidrоtехnichеskiе sооrujеniya” M: Kоlоs, 
1968 
8.  Bakiеv M.R., M-G.A.Kоdirоva, Ibraymоv A. “Gidrоtехnika inshооtlari” fanidan kurs 
lоyiхalari va amaliy mashg`ulоtlarni bajarish bo`yicha mеtоdik ko`rsatma. 1,2 qismlar. 
T.,2009. 
9.  Bakiеv M.R., Kirillоva Е.I., Kоххоrоv O`. “Gidrоtехnika inshооtlari” fanidan labaratоriya 
ishlarini bajarish bo`yicha mеtоdik ko`rsatma. T.,2007. 
 
1. Panjarali-to’g’onli suv olish gidrouzellari 
 
Umumiy  ma’lumotlar.  Panjarali  deganda  shunday  suv  olish  tushuniladiki,  unda 
ketuvchi kanalga suv olish ma’lum bir chuqurlikdan (masalan, daryo tubidan) suv qabul qilgich 
kirish  qismida  o’rnatilgan  panjara  orqali  amalga  oshiriladi.  Bunday  gidrouzellar  daryoningn 
tog’li  uchastkalarida  qo’llaniladi.  Tog’  daryolari  o’ziga  xos  gidrogeologik  xususiyatlarga  ega. 
Bular qatoriga qo’yidagilarni kiritish mumkin: 1) toshqinlarning tez kelishi va qisqa davomiyligi; 
2)  suv  oqimi  tezligini  katta  bo’lishi,  ba’zi  bir  hollarda  3…4  m/s  dan  ortiq  bo’lishi;  3)  toshqin 
davrida oqimda muallaq va tub cho’kindilarning ko’p bo’lishi, ba’zida ularning kattaliklari 0,5 m 
dan yirik bo’lishi; 4) ba’zi bir daryolarda loy-tosh aralashmali oqimlarning paydo bo’lishi; 5) suv 
yuzasining butunlay muzlamasligi va muz parchalarining hosil bo’lishi, tez oqimlarni va yoyilib 
oqadigan sayyoz joylarni hosil bo’lishga imkon yaratadi. 
Gidrogeologik  sharoitlari  o’xshash  bo’lgan  daryolar  Kavkazda,  Qozog’istonda, 
Qirg’izistonda,  Tojikistonda  va  boshqa  joylarda  uchraydi,  bu  daryolar  tog’lardagi  qor  va 
muzliklar erishi natijasida to’yinadi. 
Panjarali-to’g’onli  suv  olish  gidrouzellarini  joylashtirish  tog’  daryolarining  o’ziga  xrs 
xususiyatlarini hisobga olgan holda, tabiiy gidravlik va gidrogeolgik sharoitlarni imkon darjasida 
buzmagan  holda  moslashtiriladi.  Buning  uchun  suv  olish  ostonasi  sath  belgisi  suv  tashlash 
to’g’oni  sath  belgisi  kabi  past  sath  belgilarida,  daryo  tubi  sath  belgisiga  yaqin  joylashtiriladi. 
Bundan  tashqari  to’g’on  stvorida  va  unga  yaqinlashishda  o’zan  siqilishi  chegaralanadi  va  shu 
bilan birga keluvchi turg’un o’zan ta’minlanadi. 
Panjarali-to’g’onli  suv  olish  inshootlarini  birlashtirilgan  (birga  qo’shilgan)  inshootlar 
turiga  kiritish  mumkin,  chunki  suv  tashlovchi  to’g’on  frontining  bir  qismi  bir  vaqtning  o’zida 
suvni qirg’oqqa eltuvchi suv oluvchi  inshoot sifatida  ham  ishlatiladi. Suv tashlash to’g’onining 
shu qismi suv olish va uni kanalga uzatish uchun foydalaniladi, uni panjarali deb ataladi. Unda 
ustiga  panjara  o’rnatgan  galereyalar  joylashtiriladi.  To’g’onning  boshqa  qismi  yuqori  befda 
pastki  befga  suv  tashlash  uchun  xizmat  qiladi  va  u  amaliy  profilli  yoki  keng  ostonali  vodosliv 
ko’rinishida bo’ladi. To’g’onning bu qismida hech bo’lmaganda to’g’on tepasidan suv avtomatik 
qo’yiladigan bir oraliq bo’lishi kerak. Uni NDS (normal dimlangan sath) da joylashtiriladi yoki 
hisob  bo’yicha  aniqlanib  minimal  suv  sarfini  o’tkazishdan  kelib  chiqqan  holda  pastroqda 
joylashtiriladi. 
Panjarali-suv  olish  turlari.  Maxsus  adabiyotlarda  panjarali  to’g’onli  suv  olish 
inshootlarining  juda  turlari  keltirilgan.  Bunday  suv  olish  inshootlarining  30  dan  ortiq  turlari 
mavjud. 

306 
 
 
18.1-rasm. To’g’onning suv oluvchi panjara qismini joylashtirish sxemasi: 
a-bir  tomonga  suv  uzatishda  hamma  suv  tashlash  fronti  bo’yicha;  b)bir  tomonga  suv 
uzatishda  suv tashlash  frontining o’rtasida;  v-bir tomonga  suv olishda  yon devorga (qirg’oqqa) 
tutashgan;  g-ikki  tomonga  suv  uzatishda  hamma  suv  tashlash  fronti  bo’yicha;  d-ikki  tomonga 
suv  tashlash  frontining  o’rtasida;  e-ikki  tomonga  suv  uzatishda  yon  devorlarga  (qirg’oqlarga) 
tutashgan; 1-to’g’onning suv oluvchi qismi; 2-to’g’onning suv tashlash qismi.  
 
Suvni  olish  usuli  va  konstruktiv  xususiyatlari  bo’yicha  panjarali  to’g’onli  suv  olish 
inshootlarini  uchta  asosiy  guruhga  birlashtirish  mumkin:  1)  panjarali-tubdan;  2).  qatlamlarga 
bo’lib-panjarali;  3).  N.Ya.Andreychuk  tizimi.  Panjarali  to’g’onli  suv  olish  inshootlari  bir 
tomonga  yoki  ikki  tomonga  suvni  o’zatish  mumkin.  Panjarali  suv  olish  qismi  gidrouzel  suv 
tashlash frontining hamma yoki uning faqat bir qisimini egallashi mumkin. 
Uni 18.1-rasmda keltirilgan sxemalardan biri bo’yicha joylashtirish mumkin. 
Panjarali-tubdan suv olish. Bunday turdagi suv olishning o’ziga xos xususiyati shundan 
iboratki  suv  tashlash  frontining  tarkibiy  qismi  bir  vaqtning  o’zida  suv  olish  va  qisman  pastki 
befga  suv  tashlash  uchun  foydalaniladi.  Faqat  daryodagi  hamma  suv  sarfi  kanalga  olinsa, 
gidrrouzel pastki befiga suv tashlanmaydi. Galereyaga olinadigan va to’g’on panjara qismi orqali 
pastki befga tashlanadigan suv sarflari nisbati hisob bo’yicha aniqlanadi. 
Panjarali-tubdan suv olish inshooti konstruksiyasi 18.2-rasmda ko’rastilgan. Bunday suv 
olishda gidrouzel to’g’oni uch qismdan: suv tashlovchi, panjara va yuvuvchi kameradan tashkil 
topadi. 
 
18.2-rasm. Yuvuvchi kamerali panjarali-tubdan suv olish 
1-panjara  o’rnatilgan  tubdagi  galereya;  2-yuvuvchi  kamera;  3,4-yuvuvchi  kameraning 
yuqori va pastki zatvorlari; 5-rostlagich; 6-suv tashlash to’g’oni; 7-kanal. 
To’g’onning panjara o’rnatilgan oraliqlaridan o’tadigan suvning bir qismi yoki hammasi 
panjara  orqali  galereya  1  ga  tushadi.  Galereyadan  suv  3  va  4  zatvorlar  o’rnatilgan  yuvuvchi 
kamera  2  ga  oqib  o’tadi.  Bu  kamerada  panjaradan  o’tib  kelgan  qum  va  mayda  toshlar  pastki 
befga tashlab yuboriladi va toza rostlagich 5 orqali kanal 7 ga o’tkazib yuboriladi. Suv tashlash 
to’g’oni pastki befga suvni o’tkazish, suzindilarni tashlash, hamda yuqori befda to’planib qolgan 
cho’kindilarni  yuvish uchun  xizmat qiladi. Yuvuvchi kamerani to’g’onning panjara qismi  bilan 

307 
 
oraliq devorlar o’rtasida  joylashtiriladi. U galereyadan tushgan  cho’kindilarni  yuvish  va  yuqori 
befda panjara oralig’ida yaqinida to’plangan cho’kindilarni yuvish uchun xizmat qiladi. 
Galereyaning ko’ndalang kesimi to’g’ri burchakli, uchburchakli, doraviy, ko’p burchakli 
va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Galereyadagi tezlik panjara orqali galereyaga tushgan tub 
va  muallaq  cho’kindilarni  oqizib  ketishini  ta’minlashi  kerak.  Suv  galereyadan  yon  devor  bilan 
tutashgan avankameraga o’tadi. Galereyaga hisobiy sarfni o’tishini hisobga olib, suvni gidrouzel 
pastki bef tomon yo’nalishi bo’yicha avankamera chegarasida avtomatik suv tashlash o’rnatiladi. 
Avtomatik suv tashlashning mavjudligi, kanalga hisobiy suv sarflarini o’tkazishni ta’minlaydi va 
uni  to’lib  ketishiga  yo’l  qo’ymaydi.  Panjara  oralig’idan  o’tadigan  yirik  cho’kindilarni  yuvish 
uchun  avankameradan  shag’al  (qum)  tutgich  sifatida  foydalanish  mumkin.  Suv  kamchil 
paytlarda  (tog’  daryolarida  bu  qish  oylari  bo’ladi)  suvni  to’g’onning  panjara  qismidan  bir  oz 
uzoqda joylashgan qish paytida suv olish rostlagichi orqali olish mumkin. 
Galereyani  yopadigan panjaralar  metaldan, kamdan-kam  yog’ochdan  bajariladi. Bo’lishi 
mumkin bo’lgan panjara sterjenlarining ko’ndalang kesimlari 18.1-rasmda keltirilgan.  
Panjarali-tubdan  suv  olishning  gidravlik  hisobi  bo’yicha  to’g’on  panjara  qismining 
uzunligi  va  galereya  o’lchamlari  aniqlanadi  (18.3-rasm).  Hisobda  to’g’on  panjarali  qismidan 
quyidagi suv sarfi o’tadi deb shart kuyiladi 
кан
пан
Q
)
50
,
1
...
25
,
1
(
Q

  
 
 
 
 
(18.1) 
bunda 
кан
Q
  -  tindirgichni  (agar  mavjud  bo’lsa)  yuvishni  hisobga  olgan  holda  kanalga 
beriladigan suv sarfi. 
 
18.3-rasm. Panjarali-tubdan suv olish gidrouzeli galereyasi hisobi sxemasi 
 
Panjaraning plandagi o’lchamlari quyidagi formuladan aniqlanadi: 
ўр
пан
пан
иф
кан
gh
b
l
K
p
2
Q


 
 
 
 
(18.2) 
Bunda 


d
S
S
p


/
- tirqishlar koeffitsienti; 
S
-panjara sterjenlari orasidagi masofa; 
d
-
panjara  sterjenlari  qalinligi; 
 -panjarani  nishabligiga  bog’liq  bo’lgan  sarf  koeffitsienti: 
1
,
0

i
bo’lganda
65
,
0
...
6
,
0



2
,
0

i
bo’lganda 
6
,
0
...
55
,
0



иф
K
-panjaraning 
ifloslanish  koeffitsienti;  xomaki  hisoblar  uchun 
9
,
0

иф
K
  qabul  qilish  mumkin; 
кан
l
  va 
пан
b

panjara uzunligi va kengligi; 
ўр
h
-panjara o’rtasi bo’yicha o’rtacha chuqurlik. 
ўр
h
-qiymatini  aniqlashda  quyidagi  boshlang’ich  holatlar  uchun  tadqiqot  ishlari  asosida 
olingan  bog’lanishlardan  foydalaniladi. (18.2-rasm). Galereya  bosh qismi oldida  suv chuqurligi 
H
 ga teng bo’lganda, panjara oldida boshida birinchi kritik chuqurlik hosil bo’ladi 
3/2
1
1
0,47.q
h
кр

 
 
 
(18.3) 
bunda: 
пан
пан
l
q
/
Q
1

 ga teng bo’lgan panjaraga kelishdagi solishtirma sarf. 
Galereyaga  suv  srafining  bir  qismi  olinganda  panjarada  ikkinchi  kritik  chuqurlik  hosil 
bo’ladi. 

308 
 
2/3
2
1
0,47.q
h
кр

 
 
 
 
 
(18.4) 
bunda 
пан
кан
пан
l
q
/
)
Q
Q
(
2


 ga teng bo’lgan panjaradan keyingi solishtirma sarf. 
O’rtacha chuqurlik qo’yidagi formuladan aniqlanadi: 
 


2
/
81
,
0
2
1
кр
кр
ўр
h
h
h


 
 
 
 
(18.5) 
 
(18.2)  formulada 
пан
l
  va 
пан
b
  qiymatlari  no’malum.  Joylashtirish  sharoitlaridan  kelib 
chiqqan holda oldin panjara uzunligiga qiymat beriladi yoki uni qo’yidagi formuladan aniqlanadi 
 
naн
кан
пан
q
l
Q

 
 
 
 
 
(18.6) 
Bunda 
пан
q
-  1m  panjara  uzunligiga  to’g’ri  keluvchi  solishtirma  sarf,  0,5dan  1m
3
/s  va 
undan ko’p qabul qilinadi. 
Sterjenlarning  statik  ishlash  sharoitidan  kelib  chiqqan  holda  panjara  kengligi  2…2,5  m 
dan katta qabul qilinmaydi. Panjara o’lchamlari NDS da aniqlanadi. 
Galereyani  hisoblashda  uning  ko’ndalang  kesim  yuzasi  aniqlanadi.  Galereyada  suv 
harakati  o’zgaruvchan  massada  sodir  bo’ladi  va  buni  hisob  qilishda  inobatga  olish  zarur. 
Transheyada  bosimsiz  harakat  hosil  bo’lib,  cho’kindilarni  oqizib  ketish  uchun  qo’lay  sharoit 
ta’minlanadi. 
Panjarali  tubdan  suv  olishda  galereyaga  ko’p  miqdordagi  cho’kindilarning  kirishi  uning 
kamchiligi  hisoblanadi.  Suv  oluvchi  galereyaga  panjaraning  boshqa  konstruksiyani  qo’llab, 
masalan qovurg’ali, tub cho’kindilarning kirishini sezilarli darajada kamaytirish mumkin.  
 
Vodosliv frontida zatvor oraliq o’rnatilib panjarali-tubdan suv olish.  
 
Bunday  konstruksiyadagi  suv  olish  inshootlarining  turli  sxemalari  R.D.Julaev  va 
A.I.Arikovalar tomonidan tavsiya etilgan (18.4-rasm). Bu sxemalarda suv olishda cho’kindilarga 
qarshi  ikki  xil  usul  bilan  kurash  olib  boriladi:  1)  yuqori  befda  ko’ndalang  tsirkulyatsiya  hosil 
qilib,  suv  ostida  oqib  keladigan  cho’kindilar  suv  oladigan  oraliqlarga  kirmasdan,  to’g’on 
tashlama  oralig’i  orqali  pastki  befga  tushurib  yuboriladi;  2)  suv  oqimi  panjaraga  kirmasdanoq 
unda oqib keladigan cho’kindilarning ko’pchilik qismi cho’kindi tutqich transheyalar yordamida 
tutib qolib, maxsus yo’llar orqali pastki befga tashlab yuboriladi. 
Bu  erda  ko’ndalang  tsirkulyatsiya  hosil  qilishning  ma’lum  usullaridan  foydalanilmaydi, 
balki  o’zan  tengligiga  qarab  suv  sarfini  ma’lum  miqdorda  oqizish  yo’li  bilan  ko’ndalang 
tsirkulyatsiya  hosil  qilinadi.  Bunga  to’g’onning  tashlama  qismi  3  ni  butunlay  yoki  undan  bir 
qismiga  ostonali  past  zatvorli  oraliqlar  2  o’rnatish  yo’li  bilan  erishish  mumkin.  Zatvor 
o’rnatilgan  bu  oraliqlarning  kengligi  shunday  bo’lishi  kerakki,  daryoda  o’rtacha  suv  toshqini 
kelganda  cho’kindilarni  tortish  zonasi  suv  oladigan  panjarali  oraliqlarning  kengligidan  kam 
bo’lmasligi shart. 
Agarda  to’g’onning  vodoslivli  qismi  3  suv  oladigan  qismi  5  dan  ancha  uzun  bo’lsa, 
vodoslivli qismni zatvor o’rnatilgan qismdan devor bilan ajartiladi. Bu devor 4 uzunligi keluvchi 
uzandagi  suv  chuqurligining  o’n  baravar  qiymatiga  teng  qilib  olinadi.  To’g’on  devorlari 
qismining  kengligi  to’g’ri  belgilansa,  muallaq  cho’kindilarning  90…95%  suv  oladigan 
galereyaga kirmasdan pastki befga tashlanib yuboriladi.  
Cho’kindilarni galereyaga tushishini kamaytirish maqsadida zatvorli oraliqlardan tashqari 
yana  cho’kindi  tutgichlardan  foydalanish  tavsiya  etiladi.  Buning  uchun  T.G.Gegeliya  tavsiya 
qilgan  qum-shag’al  tutgich  yoki  R.D.Julaev  va  A.I.Arikovalar  tavsiya  qilgan  tirqishli  qum-
shag’al tutgichlardan foydalanish mumkin. 

309 
 
 
18.4-rasm.  Zatvor  o’rnatilgan  oraliqlar  va  cho’kindilarni  tutgich  transheyali 
panjarali-tubdan suv olish: 
1-quvur  pultovodlar;  2-zatvorli  oraliq;  3-to’g’onning  vodoslivli  qismi;  4-ajratuvchi 
devor;  5-  panjara  bilan  yopilgan  suv  oluvchi  galereya;  6-cho’kindilarni  tutgich  transheya;  7-
tubdagi  egri  chiziqli  ostona;  8-panjara;  9-qish  faslida  suv  oladigan  oraliq  shandorlari;  10-
avankamera;  11-suv  oluvchi  galereyaning  chiqish  qismidagi  zatvor;  12-vodosliv;  13-  bosh 
inshoot zatvorlari; 14-yuvish galereyasi. 
 
Cho’kindilarni  zatvorli  oraliqqa  yo’naltirish  maqsadida  panjarali  oraliq  oldida  uzunligi 
panjara  oralig’idan  ikki  marta  uzun  bo’lgan  egri  chiziqli  ostona  7  o’rnatiladi.  P.A.  Ponerning 
taklifiga binoan cho’kindilarni ushlab qoladigan transheya 6 dagi cho’kindilarni, panjaraning osti 
tomoniga o’rnatilgan pulpovodlar 1 orqali yuboriladi. 
Quvurli pulpovodlar diametri qum-shag’al ushlab qoladigan transheya panjara sterjenlari 
orasidagi 
masofadan 
3…5 
marta 
katta 
qilib 
olinadi. 
Bu 
quvurlar 
bir-biridan 
Тр
h
2,0)
(1,6
masofasida o’rnatiladi. 
Suv oluvchi galereya 5 orqali keladigan mayda cho’kindilar yig’uvchi avankamera 10 ga 
oqib keladi  va tirqishli konussimon  yuvuvchi galereya 14 da  vintsimon  harakat qiladigan oqim 
bilan  yuviladi. Qishda suv oladigan oraliq 9 ni qirg’oq bilan tutashadigan devorda  joylashtirish 
tavsiya etiladi. Bu oraliq sterjenlari gorizontal joylashgan panjara 8 bilan berkitib qo’yiladi. 
 

310 
 
Qatlamlarga  bo’lib-panjarali  suv  olish.  Bu  turdagi  suv  olish  inshootlari  suyri  vertikal 
to’siqdan  o’tish  va  cho’kindilar  to’siqqa  yaqinlashmasdan  uni  aylanib  o’tish  printsipiga 
asoslangan. Bu konstruksiyadagi suv olish inshootini prof.  N.F.Daneleya 
ishlab 
chiqqan. 
Vodosliv  to’g’onning  suv  oladigan  galereyasi  ustida  quriladigan,  toshqin  vaqtida  suv  ostida 
qoladigan ichi bo’sh oraliq devorlar 2 suyri vertikal to’siq vazifasini bajaradi (18.5-rasm). 
 
18.5-rasm. Qatlamlarga bo’lib-panjarali suv olish. 
1-tubdagi  oqimlar;  2-toshqin  vaqtida  suv  ostida  qoladigan  ichi  bo’sh  oraliq  devorlar;  3-
tubdagi teskari oqimlar; 4-vodoslivli to’g’on; 5-ajratuvchi devor; 6- pastki  yarus panjaralari; 7-
yuqori  yarus  panjalari;  8-suv  oluvchi  galereya  oxiridagi  zatvorlar;  9-kanalning  egri  chiziqli 
qismi;  10-salt  tashlamaning  yon  tomonidagi  vodoslivi;  11-kanalning  yuvish  qurilmasi;  12-
tindirgich boshidagi zatvorlar; 13-ikki kamerali tindirgich; 14-tindirgich yuvgichining zatvorlari; 
15-kanal; 16-tindirgich yuvgichi; 17-suv oluvchi galereya; 18-ponur. 
 
Suv  oqimi  bunday  tusiqdan  o’tish  vaqtida  oraliq  devor  oldi  tomonidan  yuqori  bosimli 
zona  hosil  bo’lishi  natijasida  tubdagi  teskari  oqimlar  3  hosil  bo’ladi.  Bunday  oqimlar  oraliq 
devor ustidan suv oqib tushgan vaqtlarda ham saqlanib qoladi. Bu teskari oqim asosiy oqim bilan 
uchrashib  aylanma  harakat  hosil  qiladi,  buning  natijasida  cho’kindilarni  oraliq  devorlar 
o’rtasidagi oraliqning o’rta qismiga yo’naltirib, pastki befga tashlab yuborish mumkin bo’ladi. 
Yuqorida qayd qilingan tsirkulyatsiya oqimining  hosil  bo’lishi  natijasida oraliq devorlar 
oldida va ularning uzunligi bo’yicha o’zan ostida yirik cho’kindilar bo’lmagan erkin zona hosil 
bo’ladi.  Oraliqlarning  ikkala  chetidagi  qismida  o’zan  ostidagi  cho’kindilardan  ozod  qismida 
oraliqlari 6…12 mm bo’lgan panjaralar 6 zich qilib o’rnatiladi (pastki yarus) va ular orqali suv 
galereyaga  o’tadi.  Bu  panjaralar  orqali  daryoda  suv  kam  bo’lgan  vaqtlarda  ham  olinadi.  Yirik 
cho’kindilar oqadigan oraliqning o’rta qismi po’lat plita  yoki temir-beton plitalar  bilan  berkitib 
qo’yiladi.  Oraliq  devorlarning  old  tomonlarda  ko’ndalang  tsirkulyatsiya  hosil  bo’lish  uchun  u 
erda panjaralar o’rnatilmaydi. Yirik cho’kindilarning oraliq devor tepasidan oqib o’tadigan suv 
qatlamlariga qo’shilishiga shu tsirkulyatsiya yo’l qo’ymaydi. Shuning uchun toshqin vaqtida suv 
ostida qolib ketadigan  ichi  bo’sh oraliq devor tepalariga  sterjenlarning oraliqlari 20…40  mm  li 
yirik  panjaralari  7  o’rnatiladi  (yuqori  yarus).  Bu  panjaralar  orqali  toshqin  vaqtida  suv  olinadi. 
Suv  galereya  17  dan  egri  chiziqli  kanal  9  ga  keladi.  Bu  kanal  oxirida  cho’kindilarni  yuvish 
qurilmasi 11, suv sathlarini avtomatmatik ushlab turuvchi yon tomondagi vodosliv 10, tindirgich 
13 va yuvish qurilmalari 16 joylashtiriladi. 

311 
 
Qatlamlarga  bo’lib-panjarali  suv  olish  inshootlarini  daryoning  tor  to’g’ri  chiziqli 
uchastkalarida  qurish  tavsiya  qilinadi.  Agar  ular  egri  chiziqli  uchastkada  quriladigan  bo’lsa, 
inshootlar  quriladigan  joy  o’zan  botiq  qirg’og’ining  radiusi  bo’ylab  joylashtiriladi.  Daryoning 
inshoot  oldidagi  to’g’ri  uchastkasining  uzunligi  panjara  o’rnatiladigan  oraliq  kengligidan  4…5 
marta ortiq qilib belgilanadi. To’g’onning umumiy qismining kengligi hisobiy toshqin suvlarini 
o’tkazib  yuborishni  nazarda  tutib  belgilanadi,  o’zanning  qolgan  qismi  gruntdan  barpo  etilgan 
to’g’on bilan suv o’tkazmaydigan qilib berkitib qo’yiladi. 
Qatlamlarga  bo’lib-panjarali  suv  olish  inshootlarini  daryoning  tog’li,  daryoning  yuqori 
tog’li 
uchastkalarida 
va 
ularni 
tog’ 
oldi 
uchastkalarida 
daryodagi 
suv 
sarfi 
с
м
дарё
/
500
...
2
,
0
Q
3

,  tezlik 
ўр

Download 4.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling