O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 4.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/28
Sana30.09.2017
Hajmi4.51 Kb.
#16830
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28



 
 
 
 
(14.1) 
 
frontal suv olish (14.5-rasm, b) 0-3 radial kesimga normal joylashtiriladi. 
to’g’onli  suv  olish  gidrouzellarida  to’g’on  joylashgan  joy  botiq  qirg’oqqa  (oqim 
o’zagiga) normal joylashtiriladi. 
Suv  olish  inshootlari  quriladigan  joy  variantlarni  texnik-iqtisodiy  ko’rsatkichlarini 
solishtirish yo’li bilan tanlab olinadi. 
 
4.To’g’onsiz suv olish tugunlarining bosh inshootlari 
 
Bosh inshoot konstruksiyasi gidrogeologik va daryodan olinadigan suv sarfiga, daryodagi 
suv  sathining  o’zgarish  chegaralari,  inshootni  ekspluatatsiya  qilish  sharoitlari,  qurilishning 
mahalliy sharoitlari, daryodagi o’zanning qayta shakllanishi, qattiq oqim rejimiga va boshqalarga 
ko’ra tanlanadi.  
Daryodagi  suv  sathining  tushishiga  ko’ra  rostlagich  ochiq  yoki  diafragmali  turda 
loyihalanadi.  Rostlagich  ostonasi  bir  xil  va  uning  har  xil  oraliqlarida  boshqa  belgisida  bo’lishi 
ham  mumkin.  Ostona  sath  belgisi  suv  kamchil  davrlarida  suv olishni  ta’minlash  sharoitlaridan 
kelib  chiqqan  holda  belgilanadi,  lekin  daryo  tubining  yoki  keluvchi  kanalning  o’rtacha  sath 

273 
 
belgisidan past bo’lmasligi kerak. Bosh rostlagich oldidagi oqim tezligini 0,8...1,5 m/s oralig’ida 
qabul qilinadi.  
Bosh  rostlagich  markazlashgan  boshqaruvli  kanal-tindirgichli  ko’p  kallakli  suv  olishda 
kanallarning  har  biri  uchun  mustaqil  tirqishga  ega  bo’lib,  bu  iste’molchiga  bitta  va  bir  necha 
kanal  orqali  suv  berish  imkonini  yaratadi  (14.4-rasm).  bunday  rostlagich  ikki  qavatli 
konstruksiyaga  ega:  yuqori  qavatdagi  tirqishdan  suv  kanal-tindirgichdan  bosh  kanalga,  pastki 
qavat  tirqishidan  tubdagi  yuvgichlarga  va  suv  olish  joyidan  pastga  daryoga  tashlanadi.  Bunda 
rostlagich  tagiga  joylashgan  yuvgich  ostonasi  sath  belgisi  va  o’lchamlari  konstruktiv  qabul 
qilinadi,  so’ngra  nazorat  qilish  va  ta’mirlash  ishlarini  olib  borishda  kiradigan  yo’llar  qulay 
bo’lishini hisobga olgan holda hisobiy suv sarflarini o’tkazish tekshirib ko’riladi. 
Ochiq turdagi rostlagich va suv tashlash inshootdan tashkil topgan bosh inshoot sxemasi 
14.6-rasmda  keltirilgan.  Bunday  bosh  inshoot  kanal-tindirgichli  markazlashmagan  suv  olishda, 
hamda  tugunda  yuvuvchi-tashlovchi  inshoot  ochiq  turda  bo’lganda  suvni  frontal  olishda 
qo’llaniladi.  
 
 
14.6-rasm.  Tashlamali  bosh  inshoot  plani  (a)  va  fasadi  (b):  1-kanal  tndirgich;  2-
rostlagich; 3-bosh kanal; 4-tashlama kanal; 5-suv tashlash inshooti; 6-ostona; 7-zatvorlar. 
 
Suv  tashlash  inshooti  ostonasi  rostlagich  ostonasidan  1...1,5  m  pastda  o’rnatiladi  va 
yuvishni  samaradorligini  oshirish,  tub  cho’kindilarini  ushlab  qolish  va  ularni  tashlab  yuborish 
uchun rostlagich oldida ostona o’rnatiladi. 
 
5. Bosh inshoot gidravlik hisobi. 
 
Bosh  inshootni  gidravlik  hisoblash  natijasida  hisobiy  suv  sarfini  o’tkazish  uchun 
inshootning  kengligini  va  shuningdek,  bosh  kanal  va  daryoning  inshootga  yaqin  erlariga  zarar 
keltirmaslik  shartlari  aniqlanadi.  Hisoblar  bo’yicha  tirqishning  kengligi  aniqlanadi,  beflarning 
tutashish rejimi tekshiriladi va inshootning balandlik bo’yicha o’lchamlari belgilanadi. 
 

274 
 
 
14.7-rasm.  Tizimni  ishlash  davrida  daryodagi  va  bosh  kanaldagi  suv  sathlarining 
qo’shma grafiklari 
Gidravlik hisoblar uchun quyidagilar berilgan bo’lishi kerak:  
1) tizimni ishlash davrida hisobiy yil uchun yil davomida daryodagi suv chuqurliklarining 
(yoki  suv  sathlarining)  o’zgarish  grafigi 
 
t
f
H 
1
  suv  chuqurliklari  olinadigan  sarflar  egri 
chiziqli bog’lanishi 
 
1
Q
H
f


2) tizimning ishlash davrida yil davomida bosh kanaldagi suv chuqurliklarining (yoki suv 
sathlarining)  grafigi 
 
t
f
h 
  v  suv  chuqurliklari  va  olinadigan  sarflar  egri  chiziqli  bog’lanishi 
 
h
f

Q

3) suvni kanalga kelish burchagi;  
4)  bosh  inshootning  yakuniy  konstruktiv  tuzilishini  qabul  qilish  (tirqishlar  soni,  oraliq 
devorlarning  planda  ko’rinishi,  kirish  ostonasining  shakli,  suzgichlarni  ushlab  qoluvchi 
panjaraning, shandor devorining, diafragmaning va boshqalarning joylashuvi). 
Bosh inshoot tirqishlari kengligini aniqlashda daryodagi suv sathini tabiiy sarfiga to’g’ri 
keladigan qilib emas, balki undan olinayotgan suv sarfini hisobga olingan holat uchun ya’ni 
1
H  
emas 
2
H   uchun  qabul  qilish  maqsadga  muvofiqdir.  Daryo  uchun 
 
t
f
H 
1
  va 
 
1
Q
H
f

 
kanal uchun 
 
t
f
h 
 va 
 
h
f

Q
 ma’lum bo’lganda Q1 va Q ni ayirib tashlab daryo stvoridagi 
vodoslivning pastki qismining oxiri oldida 
1
H  chuqurlikni aniqlash mumkin. 
So’ngra,  daryodagi  suv  chuqurligi  (yoki  suv  sathlari)  grafigi 
 
h
f
H 
2
  tizimni  ishlash 
vaqtida quriladi va unga ana shu davr uchun 
2
H  bilan umumiy nolga keltirilgan bosh kanaldagi 
suv chuqurliklari qo’yilib, bosh inshootning kengligini aniqlash imkonini beradigan ma’lumotlar 
olinadi. 
Bosh  inshoot kengligi olinadigan sarfning  miqdori daryo va kanal  suv sathlari orasidagi 
farqqa  bog’liq  bo’ladi.  Agar  bu  farq  bo’lmasa,  bu davrda to’g’onsiz  suv olishda daryodagi suv 
sathi talab qilinadigan sarfni olishga imkon bermaydi.  
Inshoot tirqishi kengligini  aniqlash uchun qo’shma grafiklaridan oldindan suv olishning 
kritik davrlaridagi (masalan, 1,2,3 nuqtalar) suv sarflarining kichik ayirmalari 
3
2
1
,
,
z
z
z
 tanlanadi. 
Chunki ko’riladigan davrlarda kanalga har xil sarflar olinadi, ulardan qaysi biri hisobiy bo’lishi 
no’malum.  Shuning  uchun  tirqish  kengligi  barcha  tanlangan  holatlarda  aniqlanadi  va  loyihada 
ularning ichidan kattasi qabul qilinadi.  
Bosh  inshoot  gidravlik  hisobi  irrigatsiya  tarmoqlaridagi  inshootlarning  gidravlik 
hisobidan  farq  qilmaydi  va  yon  tomonga  joylashgan  ochiq  turdagi  tirqishdan  oqim  ko’milib 
o’tadigan keng ostonali vodosliv suv sarfi formulasi bo’yicha olib boriladi.  

275 
 
Daryoning yuqori suv sathllarida suv shandorlar orqali va so’ngra zatvor ostidan o’tadi.  
 
Nazorat savollari: 
 
1.  To’g’onsiz suv olish inshootlari deb nimaga aytiladi? 
2.  To’g’onsiz suv olish inshootini loyihalashdan asosiy maqsad nima? 
3.  To’g’onsiz suv olish inshootlarini qanday turlarini bilasiz? 
4.  To’g’onsiz suv olishni qo’llanishining qanaqa shartlari bor? 
5.  To’g’onsiz suv olishda tub cho’kindilarga qarshi kurashishda qanday usullar mavjud? 
6.  Boshqarilmaydigan suv olish qanday kamchiliklarga ega? 
7.  To’g’onsiz suv olishda bir kallakli va ko’p kallakli boshqarilmaydigan suv olish qanday 
amalga oshiriladi? 
8.  Ko’p kallakli suv olishni qo’llash qanday sharoitlarni yaratadi? 
9.  Bir kallakli boshqariladigan va ko’p kallakli markazlashgan boshqaruvli suv olishni 
ta’riflang. 
10. Shporali suv olish deganda nimani tushunasiz?  
11. Daryodan suv olish inshootlari quriladigan joy qanday tanlanadi? 
12. Suv olish inshootlarini qurish uchun qanaqa joylar noqulay hisoblanadi? 
13. Suv olish inshootlarini qurishda eng qulay deb qanday joylar tanlanishi mumkin? 
14. M.V.Daneliyaning tavsifiga asosan egri chiziqli uchastkadagi suv olishda qanaqa 
tavsiyalarga amal qilish lozim? 
15. To’g’onsiz suv olish tugunlarining bosh inshootlarini tushuntiring. 
16. Tashlamali bosh inshoot plani va fasadini izohlab bering. 
17. Bosh inshoot gidravlik hisobi asosida nimalar aniqlanadi? 
18. Bosh inshoot gidravlik hisobi uchun qanday qiymatlar zarur? 
19. Bosh inshoot tirqishlari kengligini aniqlash qanday bajariladi? 
20. Bosh inshoot gidravlik hisobi boshqa inshootlar gidravlik hisobidan nima bilan farq qiladi? 
 
 
 
 
15-mavzu. Tugonli suv olish inshootlari. 
 
O`quv vaqti: 80 minut 
Talaba sоni: 
O`quv mashg’ulоtining tuzilishi  
Ma’ruza rеjasi 
1.  Umumiy 
ma’lumotlar 
va 
qo’llanish 
shartlari 
2.  Yon tomonga suv olish 
3.  Frontal suv olish
 
O`quv mashg’ulоtining maqsadi: Talabalarda Gidrotexnik inshootlari fani bo`yicha tushuncha hоsil 
qilish.  
Pеdagоgik 
vazifalar: 
Yangi 
mavzu 
bilan 
tanishtirish,  mavzuga  оid  ilmiy  atamalarni  оchib 
bеrish,  asоsiy    masalalar  bo`yicha  tushunchalarni 
shakllantirish. 
Talabalarni  Gidrotexnik  inshootlari    fani  va  uning 
sоhalari haqidagi asоsiy  nazariy tushunchalar bilan 
tanishtirish, ko`nikma va malakalar haqida tasavvur 
shakllantirish, 
asоsiy 
ma’lumоtlarni 
kоnspеktlashtirish. 
Ta’lim usullari: 
Aqliy хujum, “BBB” 
O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli. 
Оmmaviy 
Ta’lim vоsitalari 
Ma’ruza matni, kоmpyutеr, ekran, prоеktоr, 
PowerPoint dasturi.. 
Qayta alоqa usullari va vоsitalari 
Savоl javоb 
 
O`quv mashg’ulоtining tехnоlоgik хaritasi. 

276 
 
 
Ishlash bоsqichlari, vaqti 
Faоliyat mazmuni 
 
O`qituvchining 
Talabaning  
1 bоsqich  
1.1 O`quv хujjatlarini to`ldirish 
va talabalar davоmatini 
tеkshirish (5 min).  
1.2 O`quv mashg’ulоtiga kirish 
(5 min) 
1.2  Gidrotexnik  inshootlari  fani 
haqida 
talabalarning 
mulоhazalari 
so`raladi. 
Fan 
to`g’risida  ma’lumоtlar  bеriladi 
ma’ruza  rеjasi  yozdiriladi.  So`ng 
ma’ruza bоshlanadi. 
Tinglashadi. 
Gidrotexnik 
inshootlari 
fani, 
o`rganish 
sоhalari  bo`yicha  o`z  fikrlarini 
aytadilar. 
Aniqlashtiradilar, 
savоllar bеradilar. 
2 bоsqich. Asоsiy 60 min 
1.  Gidrotexnik  inshootlari    fani 
va 
uning 
sоhalari. 
Mamlakatimizdagi  tutgan  o`rni 
va ahamiyati aytib o`tiladi. 
2. 
Gidrotexnik 
inshootlari 
fanining 
qishlоq 
хo`jaligida 
tutgan o`rni  va uning rivоjlanishi 
haqida aytib o`tiladi. 
3.  Gidrotexnik  inshootlari  faning 
tadqiqоt  bоsqichlari  va  usullari 
aytiladi. 
Kоnspеkt yozishadi, tinglashadi, 
Gidrotexnik inshootlari fani va 
uning sоhalarini yozib оladilar. 
Gidrotexnik inshootlari fanining 
o`ziga хоs hajmiy –rеjaviy 
еchimlari haqida yozib оlishadi. 
Gidrotexnik inshootlari fani ning 
ahamiyati va qishlоq хo`jali gida 
tutgan o`rni haqida yozib 
оladilar. Mavzu bo`yicha savоllar 
bеradilar.  
3 bоsqich Yakuniy natijalar 10 
min 
3.1. Mavzu bo`yicha хulоsa 
qilish va o`quv mashg’ulоtning 
maqsadiga erishish darajasi taхlil 
qilinadi. 
3.2. Mavzu yuzasidan o`quv 
vazifasi bеriladi. 
O`rganilgan mavzu bo`yicha 
оlgan ma’lumоtlarni umumlash 
tiradilar va savоllar paydо 
bo`lgan bo`lsa savоllar bеradilar. 
 
Adabiyotlar: 
 
1.  Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika 
inshootlari. 1-jild. Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2008. 
2.  Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika 
inshootlari. 2-jild. Toshkent, IKTISOD-MOLIYA, 2009. 
3.  Rоzanоv N.P., Bоchkaryov Ya.V., Lapshеnkоv V.S., Juravlyov G.I., Kaganоv G.M., 
Rumyantsеv I.S. «Gidrоtехnichеskiе sооrujеniya», pоd rеd. N.P. Rоzanоva - 
M.Agrоprоmizdat, 1985. 
4.  Хusanхujaеv Z.Х. “Gidrоtехnika inshооtlari”. O`qituvchi-nashiryoti, T.1968 
5.  Хusanхujaеv Z.Х. “Suv оmbоridagi gidrоtехnika inshооtlari”. O`qituvchi, Tоshkеnt. 1986. 
6.  Bakiеv M.R., Yangiеv A.A., Kоdirоv О, “Gidrоtехnika inshооtlari”. Fan. Tоshkеnt. 2002. 
7.  Vоlkоv I.M., Kоnоnеnkо P.F., Fеdichkin I.K. “Gidrоtехnichеskiе sооrujеniya” M: Kоlоs, 
1968 
8.  Bakiеv M.R., M-G.A.Kоdirоva, Ibraymоv A. “Gidrоtехnika inshооtlari” fanidan kurs 
lоyiхalari va amaliy mashg`ulоtlarni bajarish bo`yicha mеtоdik ko`rsatma. 1,2 qismlar. 
T.,2009. 
9.  Bakiеv M.R., Kirillоva Е.I., Kоххоrоv O`. “Gidrоtехnika inshооtlari” fanidan labaratоriya 
ishlarini bajarish bo`yicha mеtоdik ko`rsatma. T.,2007. 
 
1. Umumiy ma’lumotlar va qo’llanish shartlari 
 
Umumiy  ma’lumotlar  va  qo’llanish  shartlari.  Daryodagi  tabiiy  suv  sathlari 
iste’molchilarga o’zi oqar suv sarfini uzatish uchun etarli bo’lmagan vaqtlarda to’g’onli suv olish 
gidrouzellari  qo’llaniladi.  Suv  olish  gidrouzellaridagi  to’g’on  daryodagi  suv  oqimini  to’sib, 
yuqori  b’efdagi  suv  sathini  ko’taradi.  Suv  dimlash  to’g’onlari  suv  sathini  o’  qadar  baland 

277 
 
ko’tarmasdan daryodan kafolatlangan suv olish, sug’orish shaxobchalariga zararli cho’kindilarni 
o’tkazmaslik,  suv  energiyasidan  foydalanish,  suv  transporti  qatnovini  yaxshilash  hamda 
sug’orish dalalarini suv bilan ta’minlash uchun quriladi. 
To’g’onli suv olish quyidagi hollarda qo’llaniladi: 1) o’zi oqar bosh kanal salt uzunligini 
qisqartirish  iqtisodiy  jihatdan  afzal  bo’lsa;  2)  suv  olish  koeffitsienti  katta  bo’lganda  ikkala 
qirg’oqdan ikki tomonga suv olishda; 3) bir tomonga suv olishdan, masalan, kema qatnaydigan 
daryolardan  ma’lum  miqdorda  suv  olinganda  gidrouzel  hududida  kema  qatnovini 
yomonlashtirganda;  4)  gidrouzel  joylashgan  erdan  yuqorida  muz  parchalari  hosil  bo’lishiga  va 
oqim  loyqaligini  ko’payishiga  sabab  bo’ladigan  daryoning  tez  oqadigan  joylari,  busag’alar 
mavjud  bo’lganda.  To’g’onli  suv  olish  gidrouzelini  qurish  olinadigan  suv  sifatini  ancha 
yaxshilaydi.  
Irrigatsiya,  yaylovlarga  suv  chiqarish  va  derivatsiya  gidroelektrostantsiyalari  uchun 
mo’ljallangan  suv  olish  gidrouzellari  tarkibiga  suv  olish  bilan  bir  qatorda  quyidagi  inshootlar 
kiradi:  1)  suv  tashlash  to’g’oni;  2)  mahalliy  materiallardan  barpo  etiladigan  ustidan  suv 
o’tkazmaydigan  to’g’on;  3)  suv  oqimini  inshootga  yo’naltiruvchi  dambalar  yoki  har  xil 
yo’naltiruvchi inshootlar; 4) bosh suv oluvchi  inshoot; 5) loyqa yuvuvchi qurilmalar; 6) xizmat 
ko’rsatish ko’priklari va tindirgichlar. 
Daryoning  oqimi  bir  vaqtning  o’zida  gidroenegetikaga  ham  foydalanilsa  gidrouzel 
tarkibiga  gidroelektrostnatsiya,  kema  qatnaydigan  daryolarda-kema  o’tkazuvchi  shlyuzlar, 
baliqlarning  uvildiriqlarini  sochish  uchun  o’tadigan  daryolarda-baliq  o’tkazuvchi  inshootlar 
kiradi. 
Suv  tashlovchi  to’g’onlar  past  bosimli  qilib  bajariladi  va  ularning  suv  qo’yilish  fronti 
o’lchamlari  oqimni  yo’naltiruvchi  dambalar  bilan  chegralangan  turg’un  o’zan  bilan 
muvofiqlashtirilgan  bo’lishi  kerak.  Bu  o’zanni  joyini  o’zgartirishini  oldini  olish  va  to’g’on 
oldida  orolchalarning  hosil  bo’lishiga  yo’l  qo’ymaydi,  hamda  undan  maksimal  suv  sarflarini 
o’tkazishni ta’minlaydi.  
 
2. Yon tomonga suv olish 
 
Kanalga  yon  tomondan  suv  olishda  suv  oluvchi  inshoot  siftida  ochiq  yoki  diafragmali 
inshootlar  qo’llaniladi.  Suv  oluvchi  inshootning  o’qi  gidrouzelga  keladigan  asosiy  oqim  o’qiga 
to’g’ri yoki o’tmas burchak ostida joylashtiriladi (15.1-rasm). Yon tomonga suv olishda burchak 
130...1400  dan  oshmasligi  kerak.  Cho’kindilar  to’g’ondagi  tirqish  orqali  qirg’oqqa  joylashgan 
tirqishlar  va  qurilmalar,  oraliq  devorlardagi  tirqishlar,  to’g’on  tanasidagi  ochiq  kanallar  va  shu 
kabilar  bilan  yuviladi.  Yon  tomonga  suv  olish  gidrouzellari  daryoning  to’g’ri  va  egri  chiziqli 
uchastkalarida quriladi.  
 

278 
 
 
 
15.1-rasm.  Yon  tomonga  suv  olishni  joylashuv  sxemalari:  a-to’g’ri  burchak  ostida;  b-
o’tmas burchak ostida. 
 
Yon  tomonga  to’g’onli  suv  olishda  cho’kindilarga  qarshi  kurashish  uchun  ko’ndalang 
tsirkulyatsiyadan  foydalaniladi,  uni  loyqalatish  uchun  maxsus  konstruksiyalar  qo’llaniladi: 
tsirkulyatsiya  hosil  qiluvchi  tirqishlar  orqali  yuvadigan  ostonalar  (qiyshiq  yo’naltirilgan,  egri 
chiziqli,  uzunligi  bo’yicha  siniq  chiziqli  pog’onalar  va  boshqalar);  tub  cho’kindilarni  tutgich 
yuvuvchi galereyalar; yuvgichlar bilan jihozlangan oraliq devorlar va boshqalar. 
Cho’kindilarni yuvish sharoitlari bo’yicha yon tomonga suv olish gidrouzellari frontal va 
yon tomonga yuvish bilan farqlanadi.  
Cho’kindilarni  to’g’ondagi  tirqish  orqali  frontal  yuvib  yon  tomonga  suv  olish  (15.2-
rasm).  Yuqori  b’efda  cho’kib  qolgan  cho’kindilarni  to’g’onning  bosh  inshootga  yondoshib 
turgan tirqishlar orqali yuvish konstruktiv jihatdan ancha qulay hisoblanadi (15.2-rasm, a). 
Daryodan  bu  tartibda  suv  olish  bilan  suvda  oqib  keladigan  cho’kindilarning  oqim 
strukturasiga  ta’sir  qilib  bo’lmaydi,  buning  natijasida  cho’kindilarga  qarshi  kurash  choralari 
ancha  murakkablashib  ketadi.  Cho’kindilarga  qarshi  kurashish  maqsadida  bosh  inshoot 
ostonasining  daryo  tubiga  nisbatan  bir  oz  baland  qilib  qurilishi  cho’kindilarning  oqish  rejimini 
o’zgartira  olmaydi.  Shu  tartibda  suv  olinganida  yuqori  b’efni,  shu  jumladan  ostona  oldini 
cho’kindilar  bosib qoladi,  natijada  mayda  va  yirik cho’kindilar kanalga kira  boshlaydi. Bundan 
tashqari cho’kib qolgan cho’kindilarni yuvish uchun juda ko’p suv sarf qilinadi. Cho’kindilarni 
yuvish  vaqtida  suv  loyqalanib  bosh  kanalga  cho’kindilar  yana  ko’proq  kira  boshlaydi.  Shu 
sababli  cho’kindilarni  yuvish  vaqtida  bosh  inshootning  zatvorlari  berkitib  qo’yiladi  va  bosh 
kanalga suv o’tkazishni vaqtinchalik to’xtatib qo’yiladi. 
Agar  inshoot  oldidagi  daryodagi  suv  oqimiga  nisbatan  200…300  burchak  hosil  qilib 
cho’kindi ushlab qoladigan ostona yoki nov o’rnatilsa, kanalga cho’kindi kamroq tushadi. 
Inshootga  yirik  cho’kindilarning  kirishini  kamaytirish  maqsadida  A.V.Troitskiy  inshoot 
ostonasi bilan baravar qilib gorizontal tokcha o’rnatishni tavsiya qilinadi. Bu tokcha suv oqimini 
ikki qatlamga ajratadi, cho’kindilari oz ustki qatlam inshootga kiradi, cho’kindilarga boy pastki 
qatlam gorizontal tokcha ostidagi tirqishlar orqali pastki b’efga o’tib ketadi (15.2-rasm, b). 
 

279 
 
 
 
15.2-rasm. Cho’kindilarni frontal yuvib yon tomonga suv olish: 1-bosh inshoot; 2-kirish 
ostonasi; 3-to’g’on; 4-yuvish tirqishlari; 5-kanal; 6-panjara; 7-suv qabul qilgich zatvorlari; 8-nov 
(akveduk); 9-gorizontal tokcha. 
 
Bunday  inshootlarning  ishlashi  bo’yicha  olib  borilgan  tadqiqot  ishlari  bu  qurilma 
yordamida inshootga olinadigan suvni yirik cho’kindilardan butunlay ozod qilmasligi ko’rsatadi. 
Buning sababi shundaki, gorizontal devor suv oqimining ichki strukturasiga ta’sir qilmaydi, balki 
uni sun’iy ravishda ikki qatlamga ajratadi. 
Uncha katta bo’lmagan suv sarflari uchun prof V.G.Ayvazyan oraliq devorlar orqali suv 
olishni  taklif  etdi,  unda  suv  olish  oraliq  va  yon  devorlarda  vertikal  o’rnatilgan  panjarali  suv 
qobul  qilgich  orqali  amalga  oshiriladi  (15.2-rasm,  v).  So’ngra  maxsus  galereyalar  suvni 
qirg’oqqa chiqadigan  novlarga o’tkaziladi. Suv qabul qiluvchi tirqishlarni  barcha oraliq  va  yon 
devorlarga  yoki  ularning  bir  qismiga  joylashtiriladi.  Bu  tirqishlarning  soni  bitta  galereyadan 
o’tkaziladigan suv sarfi (6 m3/s gacha) bo’yicha aniqlanadi. Tirqish yuqorisi NDS dan 0,1...0,3 
m, pastki qismi esa suv tashlash to’g’oni ostonasidan kamida 1,5 m baland qilib joylashtiriladi. 
Tirqishdan  keladigan  suv  o’tkazuvchilar  kengligi  1,5...3  m  li  ko’ndalang  kesimli  galereyalar 
bilan  ravon  tutashtiriladi.  Galereyadagi  oqim  tezligi  suv  bilan  kiradigan  hamma  cho’kindilarni 
transportlashni  ta’minlashi  kerak.  Galereyadagi  oqim  rejimi  bosimsiz  qabul  qilinadi. 
Galereyalarni  ishdan  to’xtatish  uchun  ularni  oxirida  yassi  zatvorlar  mo’ljallanadi.  Galereyadan 
suv  suv  yig’uvchi  novlarga  o’tadi,  nov  tubi  bilan  galereya  tubi  pog’ona  (ustup)  bilan 
tutashtiriladi,  chunki  nov  bo’ylama  nishablikka  ega,  gelereyaning  hamma  tirqishlari  esa  bir  xil 
sathda joylashgan.  
Oraliq  devorlardagi  (ularning  bir  tomonidan)  yoki  yon  devorlardagi  tirqishlar  kirish 
yuzasi quyidagi formuladan aniqlanadi: 
 


кир
кир
n


/
Q
кан

 (15.1) 
 
bunda 
кан
Q
-kanalga  o’tadigan  maksimal  sarf;  n -suv  qabul  qiluvchi  tirqishlar  soni  (har 
bir oraliq devorda ular ikkita bo’ladi); 
кир

-tirqishga kiradigan tezlik, 0,5...1 m/s qabul qilinadi.  
Tirqish  kirish  yuzasining  ikkita  o’zgaruvchan  o’lchamidan-
кир
В
va 
кир
h
dan  biri  beriladi, 
odatda bu suv chuqurligi bo’ladi uni 2 m dan kam qabul qilmaslik tavsiya etiladi. 
Suv  qabul  qilish  tirqishiga  kirishdagi  bosim  yo’qolishi  oqim  ko’milib  o’tadigan  keng 
ostonali vodosliv formulasidan aniqlanadi.  
 

280 
 
 
2
/
Q
Q
кан
тир
кир
кир
кир
gz
h
b
p
n



 (15.2) 
bunda 


d
S
S
p


/
  -  oraliqlar  koeffitsienti  [bunda 
S
-panjara  oraliqlari  (sterjenlar 
o’rtasidagi juda tor tirqish), 5...15 mm ga teng; 
d
-panjara sterjenlarning qalinligi, 8...10 mm ga 
teng];  -suvni tirqishga yon tomondan kelishini hisobga oluvchi koeffitsient (jadvaldan olinadi); 
burilish 900 da 
86
,
0


;    - siqilish koeffitsienti;   -tezlik koeffitsienti; 
кир
z
-kirishdagi bosim 
yo’qolish. 
Panjarada o’tishdagi bosim yo’qolishi A.R.Berizinskiy formulasi bo’yicha aniqlandi:  
g
a
S
S
a
d
S
S
z
кир
пан
2
8
4
,
2
3
,
2
2
6
,
1


















 (15.3) 
 
bunda  
Download 4.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling