O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/35
Sana29.12.2021
Hajmi1.42 Mb.
#183544
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
MARUZA KITOB1

Ilmiy  bilim  —  tizimli,  asosli  va  narsa,  hodisalar  mohiyatiga  chuqur    kirib 
boradigan bilishni nazarda tutadi.  


Empirik  bilim  —  bilishning  kuzatish,  o’lchash,  tajriba  usullarini  qo’llash 
natijasi.  
Nazariy bilim — empirik holatlarni tasvirlash, tushuntiruv, ya’ni narsa-hodisalar 
mohiyatini bilish imkonini beradigan qonunlarni ochishni nazarda tutadi. 
Bilish  —  ob’ektiv  borlikning  ongda  aks  etishining  oliy  shakli,  haqiqiy  bilimlar 
hosil qilish jarayoni.  
Hissiy bilish — sezgilar, idrok, tasavvur orqali. 
Ratsional  bilish  —  tushunchalar,  mulohazalar,  aqliy  xulosalardan  o’tib 
nazariyalarda o’rin oladi. 
Verbal – ifodali, og’zaki. 
Didaktika-grekcha «didakshiuen» so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishni 
o’rgataman  ma’nolarini  anglatadi.  Didaktika  o’qitish  jarayonini  shakllari, 
metodlari, tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi. 
Davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga 
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib 
olishning kafolatlari. 
Diagnostika  —  pedagogikaning  bo’limi,  ta’lim-tarbiya  jarayonlarining 
maqsadi,  mazmuni,  usullari,  vositalari,  natijalarining  sifati  va  samaradorligini, 
pedagogik  xodimlarning  kasbiy  tayyorliklari,  bilim,  ko’nikma,  malaka  va 
mahoratlarini,  ta’lim  oluvchilarning  bilimlarni  o’zlashtirishlari  va  tarbiyalanganlik 
darajalarini  har  tomonlama  o’rganish,  tahlil  qilish  asosida  xulosalar  chiqarish, 
baholash  va  yanada  takomillashtirish  yuzasidan  tavsiyalar  berish  bilan 
shug’ullanadi. 
Evristik  —  yo’naltiruvchi  savollar  berish  yo’li  bilan  o’qitish  tizimi;  topqirlik, 
faollikni  rivojlantirishga  yordam  beruvchi  ta’lim  metodi;  o’quv-izlanishli; 
optimallashtirilgan tafakkurni rivojlantiradi. 
Eksklyuziv  -  g’ayri  oddiy,  faqat  ma’lum  bir  ob’ektga  ta’luqli,  o’ziga  xos 
bo’lgan xususiyatlar va boshqa belgilar. 
Empirik — hissiy tajriba asosidagi bilimlar va ularning yagona manbaini hissiy 
tajriba deb tushunish. 


Faollik  —  biror  maqsad  yo’lida  aqliy,  jismoniy  va  boshqa  harakatlarni  tez  va 
unumli amalga oshirishga  intilish. 
Fan  –  yuqori  malakali  mutaxassislar  tayyorlovchi  va  ulardan  foydalanuvchi, 
ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi soha. 
Guruhiy ta’lim — bir o’qituvchi bir necha ta’lim oluvchini o’qitadigan ta’lim shakli. 
Guruhlar ta’lim oluvchilar soniga qarab: kichik (3—6 ta’lim oluvchi), o’rta (7—15 
ta’lim oluvchi), katta (15 dan ortik ta’lim oluvchi) guruhlarga ajratiladi.  
Hamkorlik pedagogikasi – ta’lim beruvchilar va ta’lim oluvchilarning  o’zaro 
muloqotiga asoslangan shaklda ta’lim berishga yo’naltirilgan tizim. 
Inversiv ta’lim — ag’darish, joyini almashtirish; tafakkur tizimini shakllantirish 
yo’nalishidagi ta’lim. 
Innovatsiya — yangilanishni, o’zgarishni amalga joriy etish, kiritish jarayoni 
va faoliyati. 
Intellekt  —  insonning  umuman  bilish  faoliyati,  fikrlash  qobiliyati;  tushunish, 
mulohaza, tafakkur. 
Ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek, tayyorgarlik sifati 
va  nisbatan  qo’yiladigan  talablarni  belgilovchi  asosiy  buyurtmachi,  kadrlar 
tayyorlash  tizimini  moliya  va  moddiy-texnik  jihatidan  ta’minlash  jarayonining 
qatnashchisi.   
Interfaol  mashg’ulot  –  o’qituvchi  va  ta’lim  oluvchilar  o’zaro  faol  ishtirok 
etadigan mashg’ulot; jarayon hamkorlikda kechadi. 
Kasb-muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turidir. Kasb 
–hunar  sirlarini  egallashga  umumiy  hamda  maxsus  ma’lumot,  amaliy  ish-harakat 
usullarini o’zlashtirish orqali erishiladi. 
Malaka  -  ongli  ravishda  amalga  oshirilgan  faoliyatning  tarkibiy  qismiga 
kiruvchi avtomatik tarzda yuz beradigan harakatlardir.    
Kichik  modul  —  pedagogik  texnologiya  tarkibidagi  eng  kichik  birlikni 
ifodalaydi.  
Kognitiv  —  atrof,  inson  haqidagi  bilim  doirasini  kengaytirish,  differeniiyalovchi 
tafakkurni shakllantirish, bilish extiyojlarini rivojlantirish ta’limi. 


Kreativ  —  tadkikotchilik  xarakteriga  ega;  ta’lim  oluvchilarda  ijodiy  tafakkurni 
jadal (maqsadga yo’naltirilgan) ravishda rivojlantirish ta’limi. 
Ko’nikma  (uquv)  -  ta’lim  oluvchining  mehnat  harakatini  (yoki  mehnat 
harakatlari  majmuini)  ayni  sharoitda  ma’qul  harakat  usullarini  tanlab  va  qo’llab 
bajarishga  va  buning  oqibatida  mehnatda  ijobiy  natijalarga  erishishga  tayyor 
ekanligi.  
Kasbiy  pedagogika-  umumiy  pedagogikaniqng  bir  soasi  bo’lib,  u  tarbiya, 
ta’lim,  o’qitish  aida  kator  nazariy  va  amaliy  ma’lumotlar  beradi.  Kasbiy 
pedagogika  sanoat,  ishlab  chiqarish  va  mehnat  pedagogikasining  masalalari  bilan 
shuullanadi.  
Kadrlar  tayyorlash milliy  dasturi  –  kadrlar  tayyorlash  tizimini  tubdan isloh 
qilishdir,  ya’ni,  Respublikaning  demokratik  huquqiy  davlat  va  adolatli  fuqarolik 
jamiyat  qurish  yo’lidan  izchil  ilgarilab  borish;  mamlakat  iqtisodiyotida  tub 
o’zgarishlarning  amalga  oshirilishi,  respublika  iqtisodiyoti,  asosan  xom  ashyo 
yo’nalishidan 
raqobatbardosh 
mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
yo’liga 
izchil 
o’tayotganligi,  davlat  ijtimoiy  siyosatida  shaxs  manfaati  va  ta’lim  ustivorligini 
qaror  toptirish,  milliy  o’zlikni  anglashning  o’sib  borishi,  boy  milliy  madaniy-
tarixiy  an’analarga  va  xalqimizning  intellektual  merosiga  hurmat  uyg’otish, 
respublikaning  jahondigi  mavqei  va  obro’-e’tiborini  mustahkamlanib  borishigi 
erishish. 
Kasbiy    pedagogik  muloqot  –  pedagog  va  ta’lim  oluvchilarning  o’zaro  zich 
ijtimoiy – psixologik aloqasi tizimi bo’lib, uning mazmuni axborotlar ayriboshlash
tarbiyaviy 
ta’sir  ko’rsatish, 
kommunikativ 
vositalar  yordamida 
o’zaro 
munosabatlarini tashkil etish hisoblanadi. 
Kasbiy  tayyorgarlik  –  bo’lajak  mutaxassisning  psixologik,  psixofiziologik, 
jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi. 
Kasbiy bilimdonlik – pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur bo’lgan nazariy 
va amaliy tayyorgarlik birligi. 


Kasbiy  mahorat  –  bitiruvchining  yuqori  darajada  kasbiy  ko’nikma  va 
malakalarni  egallaganligi  tushuniladi,  u  shaxsning  mehnat  bozorida  egallayotgan 
kasbi bo’yicha raqobatbardoshlik darajasi aks ettirishida namoyon bo’ladi.  
Mahorat-  o’zlashtirilgan  bilimlar  va  hayotiy  tajribalar  asosida  barcha  amaliy 
harakatlarni (shu jumladan dars berishni) kam kuch va vaqt sarflab bajarish. 
Malaka  —  ta’lim  oluvchining  harakat  komponentlarini  maksimal  aniqlik, 
tezlik va maqsadga muvofilikda avtomatlashtirilgan usulda bajarishga qobilligi.  
Metod  –  iborasi  (yunoncha-metodos-tadqiqot  yoki  bilish  yo’li,  nazariya 
ta’limot  ma’nosini  anglatib)  voqelikni  bilish,  o’zlashtirish,  o’zgartirish  usullari 
majmuasidir.  
Metodika-pedagogikaning  o’qitish  qonuniyatlari,  qoidalari,  tashkil  etish 
shakllari,  amalga  oshirishi  va  natijalarini  nazorat  ilib,  baholash  metod  hamda 
vositalari o’zida mujassamlashtiruvchi fan tarmoidir. 
Metod – grekcha so’z bo’lib, yo’l, axloq usuli ma’nolarini bildiradi. Tabiat va 
ijtimoiy  hayot  hodisalarini  bilish,  tadqiq  qilish  usuli.  Faoliyat,  harakatning  yo’li, 
usuli yoki qiyofasi, shakli, ko’rinishi. 
Magistratura — bakalavriat negizida o’qish muddati  kamida ikki  yil bo’lgan 
aniq mutaxassislik bo’yicha oliy ta’lim; 
Malakaviy  amaliyot  —  o’quv  jarayonining  nazariy  bilimlarni  mustahkamlash, 
amaliy  ko’nikma  va  malaka  hosil  qilish,  ta’lim  dasturining  ma’lum  (yakuniy) 
qismidagi mavzu bo’yicha materiallar to’plash uchun o’tkaziladigan bir qismi.  
Malaka  oshirish  —  mutaxassislar  va  rahbar  xodimlarning  kasbiy  bilim  va 
ko’nikmalarini yangilash hamda rivojlantirish jarayoni.  
Malaka  talablari  —  uzluksiz  ta’lim  tegishli  bosqichi  bitiruvchisining  umumiy 
bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo’yiladigan talablar. 
Marketing — bozor xolatini chuqur  o’rganish, oldindan baholarni bilgan holda 
tovarlar  ishlab  chiqarish,  xizmatlar  tashkil  qilish,  g’oyalar  yaratish  va  ularning 
sotuvini tashkil qilish orqali yuqori foyda olishni ta’minlash. 
Mahorat — shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati.  


Menejer  —  korxona,  muassasa,  tashkilotni  zamonaviy  usullar  asosida 
boshharuvchi mutaxassis. 
Menejment  —  korxona,  muassasa,  tashkilotlar  faoliyatining  samaradorligini 
oshirish  maqsadida  qo’llaniladigan  boshqarish,  ya’ni  xodimlar  va  ishchilar 
mehnatini tashkil qilish tamoyillari, usullari, vositalari, shakllari. 
Modul  —  pedagogik  texnologiyani  tashkil  qiluvchi  tarkibiy  bo’laklarni 
ifodalovchi  tushuncha.  Bu  tarkibiy  bo’laklar,  ya’ni  modullar  eng  kichik 
bo’laklardan hamda ularning turli miqdordagi to’plamlaridan iborat bo’ladi.  
Modul  darajasi  —  pedagogik  texnologiyani  tasvirlash  ko’lamiga  muvofiq 
ravishda tanlangan birlamchi modullarning o’z tarkibida aslida ancha modullarga ega 
ekanligi ko’rsatkichi. 
Modul  to’plami  —  pedagogik  texnologiyani  uning  biror  darajasidan  boshlab 
tasvirlash  maqsadi  asosida  bitta  modul  sifatida  hisoblangan  bir  nechta  modullar 
yiindisi. 
Modullashtirish  —  pedagogik  texnologiya  materiallarini  modullarga  ajratish 
jarayoni. 
Monitoring — korxona, tashkilot, muassasa holatini har tomonlama baholash va 
uning  faoliyati  samaradorligini  oshirish  maqsadida  maxsus  tashkil  qilingan  tizimli 
kuzatuv.  
Metodika — biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, yo’llari majmuasi.  
Metodist  (uslubchi)  —  biror  o’quv  fanini  o’qitish  yoki  tarbiyaviy  ishlar 
metodikasi sohasidagi mutaxassis. 
Metodologik — metodologiyaga tegishli, nazariy asoslanish. 
Metodologiya — bilishning ilmiy metodi haqidagi ta’limot.  
Motiv  –  odamni  o’qishga  yoki  biror  harakatlarni  bajarishga  undovchi  turli 
sabablar yig’indisi. 
Nazariy  tahlil  –  pedagogik  hodisalarning  alohida  jihatlari,  belgilari 
xususiyatlari o’ziga xosligini aniqlash va tahlil qilish. 


Oliy  ma’lumot  darajasi  -  shaxs  tomonidan  oliy  ta’limning  muayyan  ta’lim 
dasturini  mazkur  ma’lumot  haqida  tegishli  davlat  hujjati  berilgan  holda, 
o’zlashtirishi natijasi.  
Oliy  ma’lumot haqida davlat hujjati (diplom) - akkreditatsiyadan o’tgan oliy 
ta’lim  muassasalari  bitiruvchilariga  beriladigan  va  ularning  oliy  ta’limning  ta’lim 
dasturlarini  bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat.  
Oliy  ta’lim  -  uzluksiz  ta’limning  yuqori  malakali  mutaxassislar    tayyorlovchi 
mustaqil turi bo’lib, u oliy ta’lim muassasalarida amalga  oshiriladi. 
Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori - oliy ma’lumotli 
kadrlar  tayyorlash  uchun  bakalavriat  ta’limi  yo’nalishlari  va  magistratura 
mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro’yxati.  
Oliy  ta’limning  davlat  ta’lim  standarti  -  ta’limning  bakalavriat  muayyan 
yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligiga qo’yiladigan malaka talablari, ta’lim 
mazmuni,  bakalavr  yoki  magistr  tayyorgarligining  zaruriy  va  etarli  darajasini, 
kadrlar tayyorlash sifatini baholash darajalarini belgilaydigan me’yoriy hujjat. 
Pedagogika  –  ta’lim-tarbiyaning  nazariy  va  amaliy  masalalarini  o’rganuvchi 
fan bo’lib, u barkamol insonni voyaga etkazish maqsadlariga xizmat qiladi. 
Pertseptiv  qobiliyat  –  ta’lim  oluvchining  ruhiy  holatini  his  qilish,  tushuna 
olish orqali yuzaga chiqariluvchi qobiliyat. 
Pedagogik  texnologiya  —  eng  qisqa  va  umumlashtirilgan  ta’rifi:      barkamol 
insonni shakllantirish faoliyati. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling