Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi
Download 3.7 Mb. Pdf ko'rish
|
soz birikmalarini alohida-alohida yozing. Òobe bolakning hokim bolakka nisbatan qanday soroqqa javob bolayotganini va boglovchi vositani aniqlang: T
407 Vatanimizni jon-dilimizdan sevamiz. Gap tarkibidagi ozaro tobe boglanishda bolgan sozlardan bittasi tobe bolak, ikkinchisi hokim bolak vazifasini bajaradi. Òobe bolak hokim bolakka boglanib, hokim bolak talab etgan sintaktik vazifada keladi. Ana shu vazifa gap bolagi nomi bilan yuritiladi. Eslab qoling. Gap tarkibida tobe boglanib, malum soroqqa javob boluvchi soz yoki sozlar birikmasiga gap bolagi deyiladi. Masalan: Oqituvchimga gul berdim. Bu gapda uchta gap bolagi bolib, birinchisi kimga? sorogiga javob bolib, toldiruvchi vazifasida, ikkinchisi nima (ni)? sorogiga javob bolib, toldiruv- chi vazifasida, uchinchisi nima qildi? sorogiga javob bolib, kesim vazifasida kelyapti. Demak, gap bolagi tobe boglanish doirasida, tobe qism vazifasida kelgan bolaklar hisoblanadi. Uning qaysi bolak vazifasida kelayotganligi hokim bolakka nisbatan aniq- lanadi. Gapda kesimgina boshqa bolaklarga nisbatlanmagan holda aniqlanadi, chunki uning kesim ekanligini kesimlik shakllari korsatib turadi. Shuning uchun uni gap tarkibi- dan topish qiyinchilik tugdirmaydi. Qolgan bolaklar kesimga nisbatan aniqlanadi. Boshqa bolaklar javob bolishi lozim bolgan soroqlar kesimga qarab beriladi. Masalan: Sen Pushkinning sevgan malagi gapida kim? sorogiga kesim vazifasidagi Pushkinning sevgan malagi bolagiga boglanadi. Kim? sorogiga javob boluvchi bolak ega vazifa- sida keladi. Demak, ega ham kesimga nisbatan belgilanadi. Gap bolaklari gap tuzilishidagi vazifasiga kora ikki guruhga, ikki darajaga bolinadi. Juda muhim. Gapning gap bolib shakllanishida muhim bolgan, uning mazmuniy va grammatik markazi hisoblanuvchi bolak kesim. Shuning uchun u gapning eng muhim bolagi, bosh bolak sanaladi. ! L 408 Ega kesim ifodalagan belgi, harakat-holatlarning egasi sifatida kesimdan keyingi bolak sanaladi. Òoldiruvchi va hol kesim bilan tobe munosabatga kirishib, uning manosini izohlab, toldirib keladi. Shu- ning uchun ular ikkinchi darajali bolaklar sanaladi. Aniqlovchi yuqoridagi barcha bolaklarga bogla- nib, ularning manosini izohlab keladi. Gapda qaysi bolak bilan munosabatda bolsa, shu bolak bilan birgalikda bitta gap bolagi, birikmali gap bolagi bolib keladi. Aniqlovchi shu birikmali gap bolaklarining bolagi sifatida keyingi bosqichda ajralib chiqadi. Shunday qilib, gap bolaklari bir necha darajalarga bolinadi: 1. Bosh bolak: kesim, ega. 2. Ikkinchi darajali bolaklar: toldiruvchi, hol, aniqlovchi. 26-mashq. Rasm asosida «Samarqand sayqali royi zamin ast» mavzusida matn tuzing. Matn ichida ishlatilgan gaplarni gap bolaklari boyicha tahlil qiling. 27-mashq. Berilgan gaplarga mos kesim qoyib gaplarni kochiring.
409 1. Beshik tebratgan qollar dunyoga... 2. Dunyoda kechayotgan tabiat tanazzulini oylasam, dilim tubidan bir nido... 3. Òarix haqiqati oyga... 4. Hikmat toshi vosita- sida kumush oltinga... 5. Qurumsoq tabassumini ham ozgalardan... 6. Qafasda dunyoga kelgan qum ham erkin tush... 7. Begona yurt osmonidagi quyosh ham musofirga garib... 8. Eng xosiyatli buloq ilm chashmasi: undan suv ichgan sayin tashnalik... 9. Hikmatni otda yoqsangiz, u qaqnus yanglig kuldan yana... 10. U tavbaning kuchiga ishongani uchun ham dahriylik kochasiga... (M. Xidir) 28-mashq. Kochiring. Gaplarning kesimi, shuningdek, kesimlikni hosil qiluvchi shakllarni toping. 1. Vadud Mahmud dostlari bilan birga Behbudiyning songgi izlarini boshqa shaharlardan ham qidirgandi. 2. U Cholpon tasirida ozmi-kopmi barmoqda (barmoq vaznida) qalam tebratgan. 3. Istedodli shoir Botu suronli davr zayli bilan 34 yil umr kordi. 4. Botu haqida oylaga- nimda, uni yaqindan bilgan kishilardan biri Laziz Azizzo- daning satrlari yodimga tushadi. 5. Abdulla Alaviyning bizgacha yetib kelgan bor-yogi yetti-sakkiztagina sherini oqiydigan bolsak, ularda Cholpon singari, bir xillikdan qochib, sheriyatning yangi-yangi ufqlariga intilgan shoirni koramiz. 6. 1931-yilning 8-yanvarida xalqimizning yana bir ardoqli farzandi A. Alaviy avji qirchillama yoshida olamdan otdi. 7. Mana shunday sharoitda har jihatdan bilimdon va til biladigan kishini korsangiz, ogzingiz ochilib qolishi turgan gap edi. 8. Usmonxon Eshonxo- jayev 1937-yili «xalq dushmani» sifatida hibsga olinib, otib tashlangan edi. (N. Karimov) 10-DARS. KESIM VA UNING IFODALANISHI Darsning maqsadi: talabalar ongida kesim va uning shakllari haqida konikma hosil qilish.
410 R E J A:
1. Kesimlikning belgilari. 2. Ot kesim va fel kesimlar haqida. 3. Kesimlarning tuzilishiga kora turlari. 1-topshiriq. Kopdan quyon qochib qutulmas maqolidagi sozlarning bir-biri bilan qanday boglan- ganini aniqlang. Har bir boglanishda qaysi soz takrorlanayotganini aniqlang. 2-topshiriq. Litseyning III bosqich oquvchisiman gapidan gapga xos bolgan shaxs-son, zamon, bo- lishli-bolishsizlik, tasdiq-inkorlik manolari qaysi bolakda oz ifodasini topgan? Esda saqlang. Kesimlik (shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, modal) manosini ifoda etgan gapning markaziy bolagi kesim deyiladi. Kesimlik manolari kesimlik shakllari orqali ifodalanadi. Har bir kesimlik manosi alohida-alohida ifodalanishi mumkin. Masalan, yoz-ma (tasdiq-inkor) -say (mayl) - di (zamon) -m (shaxs-son). Bitta kesimlik shakli bir necha kesimlik manolarini ifodalaydi. Masalan, kel-di (otgan zamon, III shaxs, tasdiq, aniqlik mayli) yoki oquvchi- man (I shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik mayli). Bazan kesimlik manolari hol shakli orqali ifodalanadi. Masalan, Kel (kelasi zamon, II shaxs, tasdiq-buyruq mayli) yoki Men oquvchi (I shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik). Kesim nima qildi? nima boldi? nima qilmoqda (qilyapti)? kim (dir)? nima (dir)? kabi soroqlarga javob boladi. Masalan: Ishlasang, tishlaysan maqoli ikkita kesimdan tashkil topgan. Birinchisi nima qilsang? Ikkin- chisi nima qilasan? soroqlariga javob boladi. Otam oqituvchi gapida oqituvchi bolagi kesim sanalib, kim (dir)? Kim hisoblanadi? soroqlariga javob boladi. L T 411 Fel kesim va ot kesim Kesimlar ifodalanishiga kora ikki xil boladi: 1) fel kesimlar; 2) ot kesimlar. Esda saqlang. Feldan ifodalanib, n i m a q i l m o q ? n i m a b o l m o q ? soroqlariga javob bolgan kesimlarga fel kesim deyiladi. Masalan, kitob oqiyapman gapida oqiyapman n i m a q i l y a p m a n ? sorogiga javob bolib, fel kesim sanaladi. Opam shifokor gapida shifokor kim (dir)? sorogiga javob bolib, ot kesim hisoblanadi. Esda saqlang. Ot, sifat, ravish, son, olmoshdan foydalangan kesimlarga ot kesim deyiladi. Fel kesimlar shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl (modal) manolarni kesimlik (fel) shakllari orqali ifodalaydi. Ot kesimlarda esa otni kesim qilib shakllantirish uchun maxsus vositalar (-man,-san,-dir; bola (-man, - san,-di), hisoblana (-man,-san,-di), sanala (-man, -san,- di) qoshiladi. Masalan: U oquvchi(dir). U oquvchi hisoblanadi. U oquvchi sanaladi. Juda muhim. Bunday ot kesimni shakllantiruvchi vositalar boglama deyiladi. Boglama bazan qollanilmasligi mumkin. Bunday vaqtda kesim ohang yordamida shakllanadi. Masalan: U oquvchi. Sodda va qoshma kesimlar Kesimlar tuzilishiga kora sodda va qoshma kesimlarga bolinadi. L L
412 Esda saqlang. Faqat bir soz bilan ifodalangan kesimga sodda kesim, ikki va undan ortiq soz bilan ifodalangan kesimga esa qoshma kesim deyiladi. Masalan, qirlarda lolalar ochildi gapida ochildi sodda kesim, «Lolazor» romanini oqib chiqdim gapida oqib chiqdim bolagi qoshma kesim sanaladi. Sodda va qoshma kesimlar ifodalanishiga kora sodda fel kesim va sodda ot kesim hamda qoshma fel kesim va qoshma ot kesimlarga bolinadi. Masalan: 1. Dugonam tashqariga koz qirini tashladi. 2. Dadam kasalxonaning bosh shifokori hisoblanadi. Birinchi gapda koz qirini tashladi bolagi nima qildi? sorogiga javob bolib, qoshma fel kesim, ikkinchi gapda esa kasalxonaning bosh shifokori hisoblanadi bolagi kim hisoblanadi? sorogiga javob bolib, qoshma ot kesim vazifasini bajaradi. Oylang: Otni kesim qilib shakllantiruvchi vositalar qaysilar? Òayanch tushunchalar: fel kesim, ot kesim, boglama, kesimlik manolari, kesimlik shakllari. Berilgan maqolni izohlang, kesimlarni topib, qanday soz turkumi bilan ifodalanganini ayting. Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bol. Bilim aql chirogi. 29-mashq. Gaplarni oqing. Kesimlarini topib, ikki ustunga yozing.
Ot kesim Fel kesim I. Òilimiz juda boy, chiroyli. Bu tilda ifoda etib bol- maydigan fikr, tuygu yoq. Afsuski, radiomizda kopincha xalq bilan mana shu boy, chiroyli, purqudrat tilda gaplashishmaydi. Nima uchun kocha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotganlarga hech kim hushtak chalmaydi? Yozuv- L
413 chining xalqqa aytadigan gapi naqadar muhim, naqadar salmoqli, naqadar zarur bolsa, kitobxonning qalbiga olib kiradigan obraz shu qadar kuchli bolishi kerak. Badiiy asarga baho berishda yuz-xotir, garaz, hasad, laganbar- dorlik singari illatlar adabiyotga yol topolmaydi. (A. Qahhor) II. 1. Mirzacholda ham cholni bostonga aylantirayot- gan odamlar juda kop. 2. U paytlarda xojalikda kozga korinadigan muhtasham imoratning ozi yoq edi. 3. Òosh- kentga tushib, bir mashinada otin-komir olib chiqdik, eski shahar bozoridan bitta ottizinchi lampa oldik. 4. Bogimizning gavjum bolishi bejiz emas edi. 5. A. Qah- hor oddiy dehqondan tortib, to akademikkacha hamma- ning konglini topa olardilar, odamning kongliga tusha- digan birgina kaliti bor, bu kalit kamtarlik, oddiylikdir. 6. Uyimizdan yaxshilar qadami sira uzilmas edi. (K. Qahhorova) 30-mashq. Uchta guruhga bolining. Har bir guruh quyida berilgan hikmatlarni davom ettirishi kerak. 1. Ilm organmoq etiqodni mustahkamlash uchun- dir, ammo boylik orttirmoq uchun emas. 2. Saxovatsiz boy yoginsiz bulutga, ilmiga amal qilmagan olim ustiga kitob ortilgan eshakka oxshaydi. 3. Baxil oz molini asrash uchun qattiq azob chekadi. Hasadchi esa yaramas feli tufayli tinch yashay olmaydi. Unisi oziga bergan azobdan qiynaladi, bunisi esa oz qiligidan dard chekadi. Yozgan gaplaringizdan kesimni topib, ifodalanishiga va tuzilishiga kora turini ayting. 31-mashq. «Ozbekiston tulporlari», yani ozbek avtomobil- sozligi haqida matn tuzib, gaplar ichida kelayotgan kesimlarga tarif bering.
414 32-mashq. Quyidagi berilgan sozlar, qoshimchalar yorda- mida kesimni shakllantirib gaplar hosil qilib, yozing. 1. -man, -san, -dir, -miz, -siz, -dir (lar). 2. Òoliqsiz fellar orqali. 3. Boldi, qildi, etdi kabi yordamchi fellar bilan. 4. Ot va sifat bilan ifodalanadigan kesimlar. 33-mashq. Iboralar kesim bolib keladigan gaplarga misollar yozing. Gapning mano boyogidagi farqini tushuntiring. Namuna: Mustaqillik tufayli bagrimizga shamol tegdi. 11-DARS. EGA VA KESIMNING MOSLASHUVI Darsning maqsadi: gapda ega bilan kesimning mosla- shuvi hamda moslashmaslik hollari haqida oquvchilarda konikma hosil qilish. R E J A: 1. Kesimlik shakllarining egaga mos kelishi. 2. Kesimlik shakllarining ifodalanmay qolish holatlari. 1-topshiriq. Kesimlik shakliga qarab bosh katakni mos soz bilan toldiring. Nima uchun shu soz bilan toldirganingizni ayting. T
415 a) talabaman. b) sayraydi. d) ishlaysiz. Esda saqlang. Ega kesim bilan grammatik va mazmun tomondan boglanganligi uchun doimo kesimning shakliga mos shaklda turadi. Eganing kesim shakliga mos (shaxs-son) shaklda kelishiga moslashuv deyiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan talabaman kesimi birinchi shaxs birlikda turganligi uchun uning egasi ham birinchi shaxs birlikdagi olmosh boladi. Yoki ishlaysiz kesimi II shaxs koplik (hurmat) shaklida turganligi uchun u faqat siz sozini tanlaydi va bu soz ega vazifasida keladi. Kesim bilan ega bazan son shakli boyicha moslash- masligi mumkin. Xususan, ega narsa, hayvonlarni bildi- ruvchi sozlar bilan ifodalanganda. Masalan, qushlar sayraydilar emas, qushlar sayraydi, lekin shaxsda doimo moslik bolishi shart. Juda muhim. Kesim ot kesim bolib, uning kesimlik shaklini korsatuvchi boglamalar qollanilmasa, u vaqtda kesim ohang yordamida shakllanadi. Ot kesimning kesimlik shakllari maxsus ifodalanmay, ohang yordamida shakllanganda, shu tugallangan ohangni ifodalash uchun ega bilan kesim ortasiga yozuvda tire qoyiladi. Masalan, Roparadagi bino maktab. Ozbekis- tonning poytaxti Òoshkent. Samarqand azim shahar. Oylang: Ega bilan kesim orasiga nima uchun tire qoyilishini tushuntiring. Òayanch tushunchalar: moslashuv, kesimlik shakllari, ot kesim, fel kesim, sodda ot kesim, murakkab ot kesim, sodda fel kesim, murakkab fel kesim. ! L
416 Quyidagi maqolni yod oling, uning manosini izohlang, nima uchun tire qoyilganligini tushuntiring. Òil aql xazinasining qilichi, farosat uning gilofi. 34-mashq. Kochiring. Ega va kesimning moslashgan (toliq moslashuv), moslashmaganligini va uning sababini izohlang. 1. «Men yurtimning pok istakli kuychisi...» (A. Cholpon) 2. «Cholpon gozal Òurkistonni xonavayron qilgan kishilarni borilar, alvastilar, parilar deb atagan. Cholpon ana shu qutlug manodagi «parilar»ni «malaklar» deb nomlaydi. Uning sherlaridagi parilar esa alvastilarning bir turidir. Ana shunday yovuz kuchlar toplangan joyda qonlar oqadi, boshlar kesiladi. 3. Cholpon muhabbat his-tuygulari bilan tola inson bolgan. 4. Ozbek tuprogiga kuzning hazin nafasi kelib kirishi bilan daraxtlar zafaron libosga burka- nadi, bogchalardagi gullar labidan tiriklik suvi qochadi; sargish rang olim va musibat rangi tevarak boylab yoyiladi. 5. Song uning nigohi qizarib qolgan yaproqlarga otadi. 6. Cholponning zamondoshlari uni shoir sifatida ezozlagan. 7. Biz Cholponning ota kamtar, mehribon, ezgu niyatli inson bolganligini bilamiz. (N. Karimov) 35-mashq. Òopshiriqlarni quyidagicha bajaring. 1. Gapning kesimi sifat, son kabilar bilan ifodalanganda, u ega bilan moslashmasligiga misollar yozing. 2. Ega tarkibida kop, kam, oz sozlari bolsa, kesim birlikda qollanishiga gaplar tuzib yozing. 3. Yodda tuting: gap bolaklari orasidagi, ayniqsa, ega va kesim orasidagi moslashuvning buzilishi uslubiy xatolarga olib keladi. 36-mashq. Kerakli orinlarga tire qoyib gaplarni kochiring. Songra uni izohlang. 1. Kishidan kishiga qoladigan meros soz. 2. Bilimsiz kishilar donolarning dushmani. 3. Dunyo shodligini 417 olmoqchi bolgan odamga chora ezgulik. 4. Bilimsiz kishi yilqi-hayvon bilan teng. 5. Qolimda keskir xanjar. Bu mening kimligimga ishora. 6. Ezgulik ong, yomonlik chapdir. 7. Kop sozlash donolik belgisi emas. U ezmalik alomati. 8. Otalar sozi aqlning kozi. 9. Dostlikka yara- maydigan shaxsning eng yaramasi chaqimchi. 10. Qunt donoga yarashiq. Bilim mardlarga ziynat. 11. Soramoq oson ish. Javob bermoq mushkul. («Qutadgu bilig»dan) 37-mashq. Òire ishlatilgan gaplarni tiresiz holga keltirib kochiring (ularning orniga kesimlik shakllari va boglamalarni qoying). 1. Ochiq yuzlilik bekning yaxshi fazilatlaridan biri. 2. Shoshilish, yengil-yelpi ishlarga havas, jahldorlik nodonlar ishi. 3. Fisq-fasod qut-saodat dushmani. 4. Vazir- lik ulug ish. 5. Òamagirlik kishining boshiga bitgan balo. 6. Sozga chechanlik kirishimlilik alomati. Sozi gozalning ishi ham yurishadi. Xotira baquvvatligi elchiga ziynat. 7. Sirni eshitishga qobil bolgan ikki kishi bor: ularning birinchisi vazir, boshqasi kotib. 8. Bu dunyodagi eng yirik yov nafsing. 9. Qorin toysa arpa ham, holva ham bir xil ikkalasi ham ortib qolaveradi. 11. Kongil chopmagan ishni qilish xatar. («Qutadgu bilig»dan) 12-DARS.
ÒOLDIRUVCHI VA UNING IFODALANISHI Darsning maqsadi: oquvchilarning toldiruvchi haqidagi orta umumiy talimda olgan bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash. R E J A:
1. Òoldiruvchilarning ifodalanishi. 2. Mustaqil va nomustaqil toldiruvchilar. 3. Kelishikli va komakchili toldiruvchilar.
418 1-topshiriq. Nuqtalar orniga kesim talab etgan sozlarni qoying. Bu sozlarning qaysi kelishik shaklida ekanligini ayting. Nimani? Kimga? a) . . . . . . aytdim. Nimani? Kimdan? b) . . . . . . oldim. Eslab qoling. Gapning kesimi bilan boglanib predmetlik manosini ifodalovchi va kimni? nimani? kim (bilan, orqali, uchun), nima (bilan, orqali, uchun) soroqlariga javob bolgan ikkinchi darajali bolakka toldiruvchi deyiladi. Etibor bering: Men undan (kimdan?) soradim: Mehringni qoyib, bunchalar saralab gul (nimani?) terding kimga? Gulidan (nimadan?) kozini (nimani?) uzmayin singlim. Asta javob berdi: Oqituvchimga (kimga?). Òoldiruvchi kesimdan anglashilgan harakat-holat, belgi-xususiyat bilan boglangan predmetni bildirganligi tufayli ot, olmosh va otlashgan sozlar bilan ifodalanadi. Òoldiruvchi doimo gapning kesimi bilan boglanadi. Agar u boglangan soz kesim bolib shakllana olmagan bolsa, ana shu soz bilan birgalikda kesimga nisbatan bitta gap bolagi vazifasida keladi. Bunday vaqtda u gapning emas, bolakning bolagi boladi. Masalan: Onamdan eshitgan gaplarni aytdim. Bu yerda onamdan eshitgan gaplarni birikmasi nimalarni? sorogiga javob bolib, kesim- ga bir butun holda boglanadi. Bu birikmali toldiruvchi oz ichida qismlarga bolinadi: onamdan eshitgan (qanday?) gap. Qanday? sorogiga javob boluvchi onamdan eshitgan birikmali aniqlovchi oz ichida yana tarkibiy qismlarga bolinadi: onamdan (kimdan?) eshitgan. Shunday qilib, toldiruvchilar kesimga togridan togri boglanish-boglanmasligiga kora ikki guruhga bolinadi: a) mustaqil toldiruvchilar; b) nomustaqil toldiruvchilar. T L 419 Juda muhim. Òogridan togri kesimga tobe boglanib kelgan toldiruvchilar mustaqil toldiruvchilar sanaladi. Masalan, seni sogindim gapida kimni? sorogiga javob boluvchi seni sozi kesim vazifasida keluvchi sogindim bolagiga boglanib, mustaqil toldiruvchi vazifasida keladi. Kesim vazifasida kel- magan, bunday toldiruvchilar ozi boglangan fel bilan boglangan toldiruvchilar nomustaqil toldiruvchi hisoblanadi. Shuning uchun u biron-bir ikkinchi dara- jali bolakning tarkibiy qismi bolakning bolagi vazifasini bajaradi. Masalan, Dangasaning non yeyi- shini kor gapida dangasaning non yeyishini birikmasi nimani? sorogiga javob bolib, birikmali toldiruvchi vazifasida keladi. Birikmali gap bolagi esa kimning? va nimani? soroqlariga javob boluvchi aniqlovchi (dangasaning) va toldiruvchi (non)larni oz ichiga oladi. Bu bolak tarkibidagi non bolagi nomustaqil toldiruvchi, bolakning bolagidir. Òoldiruvchilar kesim bilan qanday boglovchi vosita yordamida boglanishiga kora ikki xil boladi: a) kelishikli toldiruvchilar; b) komakchili toldiruvchilar. Masalan, sen bilan (kim bilan?) olam munavvar gapida sen bilan bolagi komakchili toldiruvchi. Senga (kimga?) aytar gapim bor gapidagi senga bolagi kelishikli toldiruvchi sanaladi. Òushum kelishigi bilan shakllangan toldiruvchilarda toldiruvchi bilan u boglangan hokim bolak yonma-yon turganda tushum kelishigi ifodalanmasligi mumkin, lekin uning borligi sorogidan va kesimning otimli fel ekanligidan bilinib turadi. Masalan, shoirlari gazal bitadi, gapida gazal sozi u boglangan kesim otimli fel bilan ifodalangan bolib, nimani? sorogiga javob boluvchi sozning bolishini talab qiladi. Agar toldiruvchini kesimdan uzoqlashtirsak, toldiruvchi bilan kesim ortasiga boshqa bir sozni kiritsak, tushum kelishigi tiklanadi. Download 3.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling