O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 3.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/45
Sana28.10.2017
Hajmi3.7 Mb.
#18838
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45

Masalan,  g‘azalni  shoirlari  yozadi.  Ko‘rinadiki,  tushum

kelishigi doimo tushib qola bermaydi.

!


420

Juda muhim. To‘ldiruvchi hokim bo‘lakdan angla-

shilgan harakatiga, munosabatiga ko‘ra ikkiga bo‘li-

nadi: 1) vositasiz to‘ldiruvchi; 2) vositali to‘ldiruvchi.

Tushum  kelishigi  orqali  ifodalangan  to‘ldiruvchi

vositasiz,  qolgan  shakllardagi  to‘ldiruvchilar  vositali

sanaladi.

O‘ylang: Òo‘ldiruvchilar faqat kesimga bog‘lanadimi?

Òayanch tushunchalar: mustaqil to‘ldiruvchi, nomus-

taqil  to‘ldiruvchi,  kelishikli  to‘ldiruvchi,  ko‘makchili

to‘ldiruvchi, vositali to‘ldiruvchi, vositasiz to‘ldiruvchi.

Quyidagi  berilgan  maqolning  mag‘zini  chaqing,

to‘ldiruvchilarni aniqlang.

Soyning  suvini  bahor  toshiradi,

Odam aqlini bilim oshiradi.

38-mashq. O‘qing. Nomustaqil to‘ldiruvchilarni aniqlab, ular

ishtirok etgan gaplarni daftaringizga ko‘chirib yozing.

1.  Biz  jurnalist  deganda,  faoliyati  hamma  vaqt  ham

ko‘zga  tashlanavermaydigan  zahmatkash  va  kamtarin

muharrirlar,  noshirlar,  zamonaviy  axborot  vositalarining

ishchi-xizmatchilarini ko‘z oldimizga keltiramiz. 2. Vatani-

miz erishgan yutuqlarda, hayotimizda amalga oshirilayotgan,

faxr-u  g‘urur  qilishga  arziydigan  o‘zgarishlarda  jurna-

listlarning  hissasi  bor.  3. Bugun  biz  yangi  hayot  qura-

yotgan ekanmiz, hayotning o‘zi jamiyatimizda hanuz saq-

lanib kelayotgan ba’zi munosabatlarni tubdan o‘zgartirishga

da’vat etayotganini anglab olishimiz kerak. 4. Hayotimizda

demokratik  tushunchalarni  qaror  toptirish  uchun  bel

bog‘lagan insonlardan o‘z burchini sidqidildan ado etishlari

talab  qilinadi.  5.  Mehnat  taqsimoti  yuksak  maqsadlarga

erishishimiz  yo‘lida  biz  uchun  har  tomonlama  ma’qul

bo‘ladi.


(Gazetadan)

!


421

39-mashq.  Berilgan  matnni  davom  ettiring.  Mustaqil

to‘ldiruvchilarni aniqlang.

Non — bu mo‘jiza. Non — bu ilohiy ne’mat. Non —

bu ona kabi muqaddasdir.

Ha, nonni ta’riflashga har qanday so‘z ojizlik qiladi.

Non to‘g‘risida rejissorlar yuzlab filmlar yaratdilar. Uning

shifobaxsh  xususiyati  haqida  shifokorlar  ilmiy  asarlar

yozdilar. Non haqida ertakchilar ajoyib rivoyatlar-u ertak-

lar to‘qidilar...

40-mashq.  Rasm  asosida  akademik  litseylar  haqida  matn

tuzing. Matnda ishlatilgan gaplar ichidan to‘ldiruvchilarni aniq-

lab,  ularni  o‘zi  bog‘langan  so‘z  bilan  birga  ko‘chirib  yozing,

ularga tavsif bering.

41-mashq. Nuqtalar o‘rniga quyidagi kelishik qo‘shimchalari va

ko‘makchilardan mosini qo‘ying. -ga, -da, -ning, -ni; qarab, tomon,

yanglig‘, sari...

1.  Netkay  erdi  o‘z  otasi...  o‘zi  tosh  otgan  padar-

bezorilar... qo‘llari shol bo‘lsa?! 2. Koshkiydi, ozod qush...

aylansam-u qoshingiz... uchib borsam, diydangiz yarasi...,

dilingiz  jarohati...  malham  bo‘lolsam!  3.  Koshkiydi,

hayotbaxsh  shamol...  boshingiz  ustidagi  qora  bulutlar...



422

quvolsam!  4.  Qismat  —  bu  isnod-u  uyat...  ayni  biz...

boshimiz... solgan erkankim, shul zamon... tug‘ilganim...

pushaymonda...,  musibatli  damlar...  qulayotgan  saltanat

tojdori... — Sizga, Qiblagoh, qanot bo‘lolmaganim... ozurda

va armondaman! 5. Dushmanlar Xorazm... bormoqdalar,

chunki tuprog‘i ofatlar... bardoshli, el-ulusi sabr-qanoatli,

jo‘mard, tili... Olloh kalomi, dili... imon-e’tiqod quvvati

bisyordir.

(E.  Samandar)

13-DARS. HOL  VA  UNING  IFODALANISHI

Darsning  maqsadi:  talabalarning  hol  va  uning  ma’no

turlari  yuzasidan  o‘rta  umumiy  ta’limda  olgan  bilimlarini

mustahkamlash.

 R E J A:

1. Hol haqida umumiy ma’lumot.

2. Holning ma’no turlari.

1-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi so‘z-

larni qo‘yib, kesimga bog‘lang.

qachon?


qayerdan?

qayerga?


qanday?

 . . .


.  .  .

. . . 


. . .  keldim.

2-topshiriq.  «O‘qidi»  so‘zi  talab  etgan  harakat

o‘rnini,  paytini,  tarzini  (qandayligini)  bildiruvchi

so‘zlarni qo‘yib ko‘chiring.

Esda  saqlang.  Gapning  kesimidan  anglashilgan

harakatning  belgisini  bildiruvchi  gap  bo‘lagiga  hol

deyiladi.  Hollar  qanday?  qanday  qilib?  qay  holda

(tarzda)?, qachon (-gacha,-dan, -dan buyon)?  qayer

(-da,  -ga,-dan)?,  nima  sababdan?  nima  maqsadda?

kabi  so‘roqlarga  javob  bo‘ladi.

L

T


423

Holning


ma’no

turlari


T/r

Izohi


So‘rog‘i

Shakllari

Misollar

1.

Ravish



holi

Fe’l kesimdan

anglashilgan

harakatning

qay  tarzda

bajarilishini

ifodalaydi

qanday?


qanday

qilib? qay

holda?

Ravish,


-ib, taqlid

so‘zlar


Tez o‘qidi,

yugurib


keldi, g‘ir-

g‘ir esdi

2.

O‘rin


holi

Kesimdan


anglashilgan

harakat-holat-

ning bajarilish

o‘rnini


bildiradi

qayerda?


qayerdan?

qayerga?


O‘rin

oti+da,


+dan

O‘rin


ravishi

+ga sari,

tomon,

+ga


qarab

Bozordan


oldim.

Bog‘ga


chiqdim.

Dala tomon

ketdi.

Dalaga


qarab ketdi.

3.

Payt



holi

Fe’l kesimdan

anglashilgan

harakat-holat-

ning bajarilish

paytini


bildiradi

qachon?


qachon-

gacha?


qachondan

qachon?


qachondan

buyon?


Payt oti

+da,


+dan

Payt


ravishi

+gacha,


+guncha

Tongda,


ayozda,

hozirdan


tayyorlan.

Hozirgacha

o‘tiribdi.

Charchagun-

cha ishla.

4.

Sabab



holi

Fe’l kesimdan

anglashilgan

harakat-


holatning

bajarilish yoki

bajarilmaslik

sababini


bildiradi

nimaga?


nima uchun?

nima  sabab?

-ligi

(sababli,



uchun,

tufayli),

-ligidan,

-ib


Yaxshi

o‘qiganli-

gidan

institutga



kirdi.

5.

Maqsad



holi

Fe’l kesimdan

anglashilgan

harakat-


holatning

bajarilish

maqsadini

bildiradi

nima

maqsadda?



nima

uchun?


-gani

-sin deb,

-(i)sh

maqsa-


dida;

uchun


O‘qigani

ketdi.


O‘qish

maqsadida

ketdi.


424

Juda muhim. Hol doimo fe’l kesimga bog‘lanadi.

Masalan,  Quyosh  ko‘kdan  mo‘ralab  qarar  gapida

qarar so‘ziga mo‘ralab so‘zi bog‘lanib, undan angla-

shilgan harakatning tarzini, ko‘kdan so‘zi qarar so‘ziga

bog‘lanib, uning o‘rnini bildiradi. Ba’zan hol ot kesim-

larga ham bog‘lanishi mumkin. Bunday vaqtda hol ot

kesimdan  anglashilgan  predmetning  o‘rnini  bildiradi.

Masalan: Andijonda o‘t yoqsam, O‘shda tutuni.

Ayrim paytlarda hol kesim vazifasida kelmagan fe’llarga

ham  bog‘lanishi  mumkin.  Hol  bog‘lanib  kelgan  fe’lning

kesim vazifasida kelishi yoki kelmasligiga ko‘ra hollar xuddi

to‘ldiruvchilar  kabi  mustaqil  va  nomustaqil  hollarga

bo‘linadi.

Esda saqlang. Òo‘g‘ridan to‘g‘ri kesim vazifasidagi

fe’lga  tobe  bog‘lanib  kelgan  hollarga  mustaqil  hollar

deyiladi.

Masalan,  Dalalarda  boshlanadi  ish.  (H.Olimjon)  Bu

gapda qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi dalalarda o‘rin

holi nima qiladi? nima bo‘ladi? so‘roqlariga javob bo‘luvchi

fe’l kesimiga tobe bog‘lanib kelyapti. Shuning uchun bu

hol mustaqil holdir.

Esda saqlang. Kesim vazifasida kelmagan fe’llarga

tobe  bog‘langan  hollar  nomustaqil  hol  hisoblanadi.

Masalan,  Daladan  charchab  kelgan  yigit  tezda  uxlab

qoldi.  Bu  gapda  qayerdan?  so‘rog‘iga  javob  bo‘lib  hol

vazifasida kelayotgan daladan bo‘lagi kesimga emas, balki

aniqlovchi  vazifasidagi  charchab  kelgan  bo‘lagiga  tobe

bog‘lanib kelyapti. Shuning uchun bu hol nomustaqil hol

hisoblanadi.

Hollar o‘zi bog‘lanib kelgan hokim bo‘lakning qanday

belgisini  bildirishiga  ko‘ra  quyidagi  turlarga  bo‘linadi:

1) ravish holi; 2) o‘rin holi; 3) payt holi; 4) sabab holi;

5) maqsad holi.

!

L

L



425

Holning  ma’no  turlari,  ularning  shakllari  va  ichki

ma’nolarini 1-jadvalda ko‘ring.

O‘ylang:  Hollar  fe’l  kesimning  qanday  belgilarini

bildiradi?

Òayanch tushunchalar: fe’l kesim, o‘rin holi, payt holi,

ravish holi, ravishdosh, sabab holi, maqsad holi.

Quyidagi  maqolning  mazmunini  aytib  bering  hamda

hollarni topib, uning ma’no turlarini tushuntiring.

 Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozu.

42-mashq.  O‘qing.  Hollarni  topib,  ularni  o‘zi  bog‘langan

so‘z bilan birga birikma tarzida ko‘chiring, qaysi so‘z turkumlari

bilan ifodalanganini va turini ayting.

1. Xiyobonning chap tomonida kutubxona joylashgan.

2.  Xiyobon  oxirida  ayvoni  baland  bahavo  binoni  butun

hovlining ko‘rki desa bo‘ladi. 3. Ular qushdan ham yengil

uchardilar.  4.  Oraga  jimlik  cho‘kdi,  hammaning  qulog‘i

ding bo‘ldi. Hech qayerdan hech qanday sado eshitilmas,

faqat Chorsu maydoni tomonda sadaqa so‘rab yurgan bir

gadoning o‘tkir ovozi elas-elas quloqqa chalinardi. 5. U

sal noxushlik seza boshladi. 6. Lakshman esa darrov tanidi,

ularni  Chorsu  maydonida,  bozorda,  to‘y-tomoshalarda

ko‘p ko‘rgan. 7. Shunday dedim-u apil-tapil ko‘zimni och-

dim!  8.  Men  atay  indamasdan  chiqib  ketayotgandim.

9. Axsidan chiqib ketganimning beshinchi yili Xo‘jandda

turganimda yashirincha bolalarimni ko‘rib kelishga qaror

qildim. 10. Samarqand hokimi maktubni avaylab naycha

holiga keltirdi-da, bir lahza Chorsu tomonga, uzoqlarga

tikildi. 11. Abu Bakr Kalaviy pokdomon odam edi.

(Muhammad  Ali)

43-mashq. O‘qing. Hollarni topib quyidagicha tahlil qiling:

a) ma’nosiga ko‘ra turi; b) qaysi so‘z turkumi bilan ifodalan-

ganligi; d) tuzilishiga ko‘ra turi (sodda yoki birikmali).

1.  U  hayron  bo‘lib  ohista  boshini  ko‘tardi,  oyoq-

larini ko‘rpaning ichiga uzatib o‘tirgan holda quloq soldi.


426

2. Hamma yerda bulbulning shirin kuylari hamisha qulog‘i

ostida jaranglab turardi. 3. Qish oxirlab, vodiydagi qorlar

allaqachon erib ketgan. 4. Oyqizning yuzlari qizarib ketdi,

uyalganidan boshini quyi solib, indamay qoldi. 5. Oyqiz

o‘z-o‘zicha o‘ylanar edi. 6. Ko‘zlari tolib, endigina uyquga

ketgan Oyqiz yarim kechada qichqirgan xo‘rozning bo‘g‘iq

ovozidan  uyg‘onib  ketdi.  7.  U  kamzulchasini  yelkasiga

tashlagan  holda  ohista  yurib  chiqdi,  musaffo  havodan

to‘yib-to‘yib  nafas  oldi.  8.  U  o‘zini  zo‘rg‘a  bosib  olib,

Umurzoq  otaning  ko‘kragiga  boshini  shilq  etib  tashlar,

shivirlab iltijo qilardi.

(Sh.  Rashidov)

44-mashq. Birikmalarni kengaytiring, hollarni aniqlang.

Òez  payqadim,  aytib  qo‘yay  deb  keldim,  so‘rashgani

bordi, bilganimiz uchun bordik, silkina-silkina keldi, tez

bordi,  birpas  og‘ridi,  ancha  ko‘tarildi,  ko‘p  yema,  ikki

hissa oshdi, uy ichi, kundan kun isidi, o‘qday uchdi, asta-

sekin kirdi, muttasil gumburlaydi, astoydil bo‘ldi.

45-mashq.  O‘qing.  Ravish  holi  bilan  sifatlovchi    aniqlov-

chilarni aniqlab, farqini tushuntiring.

1. Uning yoqimli qo‘shiqlarini eshitsam, o‘y-xayollarim

uzoq-uzoqlarga uchib ketardi. 2. U xatni darrov yozdi.

3.  Nega  Oyqiz  qichqirib  yig‘laydi?  4.  Hamon  cholga

termilib yotgan Xolbibining ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi.

5.  Xolbibi  cholning  so‘zlarini  qunt  bilan  tinglab,  yana

o‘rnidan turishga intildi. Karavotdan zo‘rg‘a yerga tushib,

bir zum tik turgan edi, ko‘zlari tinib, gandiraklab ketdi.

Umurzoq  ota  uni  darhol  suyab  qoldi.  6.  Oyqiz  oyisini

chiroyli xontaxta oldidagi ko‘rpachaga avaylabgina o‘tkazdi.

7. Ertasiga Umurzoq ota yana yangi xabar keltirdi. 8. Qizi-

ning  yelib-yugurib  ish  qilishini,  uddaburonligini  va,

ayniqsa, o‘ziga muttasil mehribonlik qilayotganini ko‘rgan

ona ich-ichidan quvonardi. 9. O‘zini sovuqdan qaltirayot-

gandek  his  qilgan  kampir  qizi  bergan  choydan  qaynoq-


427

qaynoq ichgach, tanasiga yoqimli issiqlik yugurdi. 10. U

nimjon qo‘llari bilan dasturxon ustidagi chiroyli piyolani

oldi, odatdagidek tizzasining ustiga qo‘yib, piyolani ikki

qo‘llab ushlaganicha, unga tikilgan holda xayolga cho‘mdi.

(Sh.  Rashidov)

46-mashq.  Uyga  topshiriq.  Rasm  asosida  «O‘zbekiston

qizlari» mavzusida matn tuzing. Matnda ishtirok etgan hollarni

aniqlang.

14-DARS. ANIQLOVCHI  VA  UNING

 

IFODALANISHI.  SIFAÒLOVCHI



 

ANIQLOVCHI

Darsning maqsadi: aniqlovchi va uning gap tuzilishidagi

o‘rni haqida talabada ko‘nikma hosil qilish.

 R E J A:

1. Aniqlovchi haqida.

2. Aniqlovchilarning ma’no turlari.


428

Quyidagi savolga javob bering. Qaysi gulni sevasiz?

1-topshiriq. Oq gul, chiroyli gul, yovvoyi gul birik-

malaridagi so‘zlarning bir-biriga bog‘lanish holatlarini

aniqlang.

2-topshiriq.  Yuqorida  javobingizda  gul  so‘ziga

bog‘lanib  kelgan  so‘zni  aniqlang  va  uning  qanday

gap bo‘lagi ekanligini ayting.

Esda  saqlang.  Ma’lum  bir  gap  bo‘lagi  vazifasida

kelgan predmetni bildiruvchi so‘zlarga bog‘lanib, uning

belgisini  bildirgan  bo‘lak  aniqlovchi  hisoblanadi.

Masalan, Shakar qovunlarning mayin hidlari sabo bilan

tarqalar  sekin  gapida  nima  tarqaladi?  so‘rog‘iga  shakar

qovunlarning mayin hidlari birikmasi javob bo‘ladi. Demak,

bu  birikmaning  hammasi  yaxlit  holda  birikmali  ega

vazifasida keladi. Birikmali ega, o‘z navbatida, aniqlovchi

va aniqlanmish qismlariga bo‘linadi: shakar qovunlarning

(qaratqich  aniqlovchi)  mayin  hidlari  (aniqlanmish).

Qaratqich  aniqlovchi  ham,  aniqlanmish  ham  birikmali

bo‘lib, ular sifatlovchi va sifatlanmishlardan tashkil topgan.

Shakar  (sifatlovchi)  qovunlarning  (sifatlanmish)  mayin

(sifatlovchi)  hidlari  (sifatlanmish).

Aniqlovchilar  sifat,  olmosh  va  sifatdoshlar  bilan

ifodalanadi.

Aniqlovchilar predmetning qanday belgisini ifodalashiga

ko‘ra uch turli bo‘ladi:

a) sifatlovchi aniqlovchilar;

b) qaratqich aniqlovchilar;

d) izohlovchi aniqlovchilar.

Sifatlovchi  aniqlovchi

1-topshiriq. «Olma» so‘zi bilan bog‘langan so‘roq-

lar o‘rniga mos kelgan so‘zlarni qo‘ying. Bu so‘zlar-

ning qanday belgi bildirayotganini ayting.

L

T



T

429

qanday


. . .

nechta


. . .

     olma

qaysi

. . .


qayerdagi

. . .


qachongi

. . .


Esda  saqlang.  Predmetning  belgisini  (ta’m-maza,

xil-xususiyat, miqdor, tartib, o‘rin-paytga munosabat)

bildirgan  aniqlovchilarga  sifatlovchi  aniqlovchilar

deyiladi.

Sifatlovchi  aniqlovchilar  qanday?  qanaqa?  qancha?

nechta? qaysi? qayerdagi? nechanchi? so‘roqlariga javob

bo‘ladi. Masalan, qizil (qanday?) olma, uchta (nechta?)

olma, ana bu (qaysi?) olma, adirdagi (qayerdagi?) olma,

kechagi  (qachongi?)  olma,  uchinchi  (nechanchi?)  sinf

kabi.


Juda  muhim.  Sifatlovchi  aniqlovchi  sifatlovchi,

aniqlanayotgan predmet esa sifatlanmish deb yuritiladi.

Sifatlovchi  va  sifatlanmish  munosabati  sifatlovchili

birikma  sanaladi.

O‘ylang: Aniqlovchilar faqat belgi bildiradimi?

Òayanch  tushunchalar:  aniqlovchi,  sifatlovchi,  sifat-

lanmish, sifatlovchili birikma.

Quyida berilgan maqolning ma’nosini izohlang; o‘zaro

fikrlashing, aniqlovchilarini toping.

Yaxshi so‘zga uchar qushlar el bo‘lar,

Yomon so‘zga pashsha kuchi fil bo‘lar.

!

L



430

47-mashq.  O‘qing.  Sifatlovchi  aniqlovchi  qanday  ifodalan-

ganligini ayting.

1.  Usta  Binoqul  shishib  ketgan  oyoqlarini  sudrab

bosgancha zorlanib inqillaydi. 2. Hofiz Ko‘ykiy esa lablarini

mahkam qimtigancha ko‘proq o‘z yuragidagi vahmni yen-

gish uchun unga tinimsiz taskin-tasalli beradi. 3. Karvon-

dagi  dunyo  kezgan  savdogarlarning  vazmin,  maroqli

gurunglari yo‘l tanobini tortar, huvullagan, fayzsiz cho‘l-

ning o‘lik manzarasiga bir qadar jonlanish bag‘ishlagandek

bo‘lar edi. 4. O‘n sakkizinchi kuni sahar chog‘i kimsasiz

biyobonda  hali  mast  uyquda  yotgan  karvonni  qaroqchi

bosdi. 5. Eski imlodagi bir risola diqqatini tortdi. 6. Garchi

bundoq  xom  xayollar  bilan  shu  ravonda  o‘zimni  aldab

necha  kuz-u,  necha  bahorni  besamar  o‘tkazib  yuborgan

bo‘lsam-da, baribir bu safar ishonchim komildek tuyulardi.

(X.  Sultonov)

48-mashq.  Muhammad  Kamolning  «O‘g‘lim  Ahmadga

o‘gitlar»ini  o‘qing.  Ushbu  matnning  ichidan  sifatlovchi  va

sifatlanmishlarni so‘z birikmasi tarzida alohida ko‘chirib yozing.

Ahmad,  senga  erta  uyg‘onib  toza  havoda  aylanishni

nasihat qilaman. Bu ruhan va jismonan sog‘lom bo‘lishing

uchun  zarurdir.

Keng moviy dengizlar va yuksak tog‘lar bag‘rida sayr

etish inson tafakkurini charxlaydi, hayotining mohiyatini

anglatadi.

O‘g‘lim!  Ma’naviy  va  moddiy  tarafdan  senga  ta’sir

qilgan  ulug‘  insonlarning  yaxshiliklarini  unutma.  Bugun

do‘st bo‘lib turib, ertaga dushmanga aylanadigan odamlar-

dan  o‘zingni  uzoq  tut.  Siringni  yaxshi  tanimagan  oda-

mingga  aytma,  uni  qalbingda  saqlashing  foydaliroqdir.

Biroq barcha do‘stlaringga birday yaxshilik qil, munofiq

insonlardan  uzoq  yur.  Bir  kishi  so‘rabdiki:  «Ey  ustoz!

Insonlar bilan muomalada qanday yo‘l tutganim ma’qul?»

Ul  ustoz:  «O‘g‘lim,  sen  hech  tikanli  dalada  yalangoyoq

yurib ko‘rganmisan?» debdi.



434

o‘lib-tirilgan  kimsaning  umri  uzoq  bo‘ladi,  deydilar.

7. Bu gaplar qiz qalbining istig‘nolari emasligini angladim.

8. Qunduzning diydori-yu, bir og‘iz shirin so‘zidan mast

bo‘lib:  «Xo‘p,  Qunduz,  aytganing  bo‘lsin»,—  dedim.

9.  O‘n  ikki  yashar  bolaning  qo‘lidan  nimayam  kelardi.

10. Bundog‘ xom xayolga berilganimning boisi shundaki,

maoshgacha yetti kun-u, kissamda uch so‘m qolgan edi.

11.  Har  nechuk,  shu  narsaga  iqrormanki,  muhabbat

savdosining  katta-kichigi  bo‘lmas.  12. Shunga  ulov  bir-

birining ketiga tiqilib yotmasa-yu, avtobusga o‘xshab ba’zi

birlarini tez yurar qilib qo‘ysa bo‘lmaydimi?!

(X.  Sultonov)

Izohlovchi  aniqlovchi

1-topshiriq. Quyidagi atoqli otlarga kasb, unvon,

amal  bildiruvchi so‘zlarni qo‘shib gap ichida keltiring.

Erkin Vohidov, Pirimqul Qodirov, Jo‘ra.

Ayrim otlar, hatto atoqli otlar ham ba’zan bir necha

shaxslarni  ifodalashi  mumkin.  Bunday  vaqtda  ko‘pincha

qaysi  Ahmad,  qaysi  Karim  singari  so‘roqlar  yordamida

gap kim haqida ketayotganligini aniqlashtirib olamiz. Ana

shu vaqtlarda izohlovchilarga ehtiyoj tug‘iladi.

Esda  saqlang.  Predmetni  boshqa  bir  nom  berish

bilan  aniqlaydigan  bo‘lakka  izohlovchi  aniqlovchi

deyiladi.

Masalan,  akademik  Habib  Abdullayev,  Jo‘ra  soatsoz,

dutorchi qizlar kabi.

Esda saqlang. Izohlovchi bog‘langan hokim bo‘lak

izohlanmish  deyiladi.  Izohlovchi  va  izohlanmish

munosabati  izohlovchili  birikma  sanaladi.

Izohlovchi-izohlanmish  munosabati  sifatlovchi-sifat-

lanmish munosabatiga o‘xshaydi, lekin ular qanday so‘zlar

bilan ifodalanishi bilan farq qiladi. Sifatlovchi-sifatlanmish

T

L



L

435

munosabatida  sifatlovchi,  asosan,  sifat  va  sifatlashgan

so‘zlardan  ifodalanadi.  Sifat+ot  ko‘rinishida  bo‘ladi.

Solishtiring:  qizil  gul  (sifatlovchi-sifatlanmish);  professor

G‘ozi Olim Yunusov  (izohlovchi-izohlanmish).

Izohlovchi  taxallus  va  o‘xshatish  ma’nolarini  bildir-

ganda, izohlovchi bilan izohlanmish o‘rtasiga tire qo‘yiladi.

Masalan, Erk kuychisi — Abdulhamid Cho‘lpon she’rlarini

sevib  o‘qiyman.

Hayotning poyonsiz ummoni ichra

Bor  shunday  g‘ariblar —  temirlar  hissiz.

(A.  Oriðov)

O‘ylang:  Qaratqich  bilan  qaralmishning,  sifatlovchi

bilan sifatlanmishning, izohlovchi bilan izohlanmishning

o‘xshash va farqli tomonlari bormi?

Òayanch tushunchalar: sifatlovchi, sifatlanmish, izoh-

lovchi, izohlanmish, qaratqichli birikma, sifatlovchili birik-

ma, izohlovchili birikma, qaratqich, qaralmish.

Quyidagi maqol asosida bahs yuriting. Qaratqich aniq-

lovchini toping.

O‘t bilan o‘ynashmoq tentakning ishi,

Yurt  bilan  o‘ynashmoq  ahmoqning  ishi.

52-mashq.  O‘qing.  Izohlovchilarni  topib,  ularning  ma’no

turlarini  va  qaysi  so‘z  turkumi  bilan  ifodalanganini  ayting.

Izohlovchi aniqlovchilarning boshqa turlaridan farqini tushuntiring.

1.  Karatechi  qizlar  dastlabki  musobaqada  g‘oliblikni

qo‘lga kiritdilar. 2. Bobo shilpiq ko‘zlari yoshlanib deraza

oldida ko‘k yaktaklarini yamab o‘ltirardilar. 3. Kechqurun

Naim  melisanikaga  kelin  tushdi.  4.  Go‘shtni  belbog‘ga

tugib, eski oshnasi — usta Shonazarning do‘koniga bosh

suqdi,  o‘tgan  hafta  buyurib  ketgan  cholg‘i-o‘rog‘ini

surishtirdi. 5. O‘zbek tili o‘qituvchisi kasal ekan, o‘rniga

rus tili muallimasi Yelena Nikitichna kirdi. 6. Beg Piskent

viloyat  begi  Mulla  Abdulmannonning  inisi.  7.  Bilaman,

xabarim bor, mulla Haydarning mo‘min otlig‘ bir parishon


Download 3.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling