Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi
Download 3.7 Mb. Pdf ko'rish
|
suvi kop bolgan bog va qishloqlarda, toglardagi ormon- zorlarda yashaydi. U Arabiston yarimorolining janubida qishlab, aprelning oxirida yurtimizga uchib keladi. Yozda Ozbekistonda yashab, sentabrda yana uchib ketadi. Bulbul tabiatning noyob inomidir. Uni himoya qi- lish kerak. (P. Yusupova) Savollar
1. Grafika nimalarni orgatadi? 2. Ozbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan ozbek alifbosini joriy etish togrisida»gi Qonuni qachon qabul qilingan? 3. Ozbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslan- gan ozbek alifbosini joriy etish togrisida»gi Qonuniga ozgartirishlar kiritish haqida»gi Qonuni qachon qabul qilingan? ?
66 15-DARS. HOZIRGI ALIFBODA UNLILARNING IFODALANISHI Darsning maqsadi: a) ilmiy maqsad: oquvchilarning ongida unli harflar va ularning ifodalanishi yuzasidan bilim va malakalar hosil qilish; b) oquvchilarni hayotdagi oz orni uchun kurashish, duch kelgan tosiqlarni dadil yenga bilish ruhida tarbiyalash. 1-topshiriq. «Tarbiyasiz odam jonsiz jasadga ox- shaydi» maqolidagi unlilarni topib, ularga izoh bering. 2-topshiriq. Litsey, militsiya, sirk sozlaridagi undosh tovushlarning yozilishini tushuntiring. Hozirgi ozbek adabiy tili fonetik jihatdan markaziy dialektlarga asoslanadi. Mazkur dialektlarda oltita unli fonema mavjud. Lotin yozuviga asoslangan yangi ozbek alifbosiga ham oltita unli harf kiritilgan. Bular quyidagilar: I i, U u, E e, O o, A a, O o. Kirill yozuvidagi e, ¸, þ, ÿ unli harflari yangi alifboda quyidagicha ifodalanadi: e ye; yetti, yelkan, yemish; ¸ yo; yolgiz, yoqut, yomon; þ yu; yutuq, yumush, yupqa; ÿ ya; yaxshi, yakka, yangi. 54-mashq. «Mustaqillik bayramida» mavzusida berilgan matnni oqing. Unli harflarning yozilishiga diqqat qiling. Bir olkaki, tuprogida oltin gullaydi. Bir olkaki, qishlarida shivirlar bahor... Erkini soginib yashagan olka bugun shu erkinlik, hurlik deb atalgan nematdan bahramand bolib yasha- moqda. Kom-kok, moviy osmonda porloq quyosh ozod- likning timsoli bolib porlamoqda. T
67 Yurtimizda juda qisqa fursat ichida aql bovar qilmas ozgarishlar roy berdi. Biri biridan korkam, hashamatli binolar qad rostladi. Hamma joyda yaratish, bunyodkorlik ishlari avj oldi. Mustaqillik bayramining quvnoqlik, shod-u xurramlik ila nishonlanishida shu tuproqda yashayotgan har bir insonning munosib hissasi bor. Har yilgi Mus- taqillik bayrami Ozbekiston tarixi sahifalariga zarhal harflar ila muhrlanib yozilajak... 55-mashq. «Mafkura millat tugi», «Navroz tonggida», «Masuliyat va burch» mavzularining biri boyicha matn yozing. Yozgan matningizdagi unlilarning ifodalanishiga etibor bering. HOZIRGI ALIFBODA UNDOSHLARNING IFODALANISHI Hozirgi ozbek adabiy tilida 23 ta undosh tovush bor. Yangi alifboda ular 20 ta harf va 3 ta harflar birikmasi bilan ifodalanadi. Ozbek tilining oziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Bb, Dd, Ff, Gg, Hh, Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Vv, Xx, Yy, Zz, Gg harflari uchun xalqaro andozadagi belgilar olingan. Ø ø, × ÷, Hã tovushlari uchun quyidagi harflar birikmasi olingan: Sh sh, Ch ch, Ng ng. Ruscha-baynalmilal sozlardagi ö harfini ifodalash uchun S s harfi ishlatiladi: sirk, Sezar, sikl. Bunday sozlarda ö unlidan keyin kelganda bitta t orttiriladi: litsey, militsiya kabi. 56-mashq. Quyidagi matnni oqing. Undosh tovushlarning ifodalanishiga diqqat qiling. OZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI Davlat gerbi Ozbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1992-yilning 2-iyul kuni tasdiqlangan.
68 Gerbning yuqori qismida Respublika jipsligining ramzi sifatida 8 qirrali yulduz tasvirlangan; 8 qirra ichida joy- lashgan yarimoy va yulduz musulmonlarning qutlug ramzidir. Gerb markazida himmat, oliyjanoblik va fidoyilik timsoli bolgan Humo qushi tasvirlangan. Ushbu ramz, timsollar xalqimizning tinchlik, yax- shilik, baxt-saodat, farovonlik yolidagi orzu-umidla- rini ifodalaydi. Gerbda ifodalangan gullagan vodiy, Quyosh, ong tomondagi bugdoy boshoqlari, sol tomo- nidagi ochilgan paxta chanoqlari yurtimizning boylik- lari ramzidir. 57-mashq. Uyga vazifa. Matnni kochiring. Undosh to- vushlarni belgilab, yozilishini tushuntiring. MUSTAQILLIK OGITLARI Bizni tanlagan yolimizdan hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. Zotan, Vatanga bolgan mehr-u mu- habbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz kuchni yengishga qodirdir. Endi, ortga yol yoq. Ozbekiston istiqbolini sobitqadamlik bilan barpo etmo- gimiz zarur. Bu yolda ikkilanmoq, manfaatparastlik- ning mayda-chuyda tashvishlariga oralashmoq Vatanga, xalqqa, kelajak avlodga xiyonat boladi. Biz istiqlol sharofati bilan kop qadriyatlarni: imo- nimizni, milliy gururimizni, ozodlikni, bir soz bilan ayt- ganda, Parvardigorni qaytadan chinakamiga tanidik. Endigi vazifa bobolarimizning poymol etilgan orzu- umidlari haqqi, avlodimizga, Siz-u bizning farzand- larimizga, butun dunyo bilan teppa-teng baylashadigan buyuk Ozbekistonni meros qilib qoldirmoqdir. Istiqboldagi Ozbekiston Vatan ozodligi nasib etmagan bobolarimizga ulugvor haykal bolajak! Ozbekistonning shuhratiga shuhrat qoshuvchi far- zandlarimizga muqaddas beshik bolajak! 69 Savollar
1. Hozirgi alifboda unlilar qanday ifodalanadi? 2. Hozirgi alifboda undoshlar qanday ifodalanadi? 3. ø, ÷ harflari lotin yozuvida qanday yoziladi? 16-DARS. UNDOSHLARNING TALAFFUZI VA YOZILISHI Darsning maqsadi: a) ilmiy maqsad: oquvchilarning ongida undosh to- vushlarning talaffuzi va imlosi yuzasidan bilim va mala- kalar hosil qilish; b) oquvchilarni rostgoylik, togrilik ruhida tarbiyalash. Topshiriq. Gapdagi tovushlarning talaffuzi va imlosiga etibor bering. Hayo, muruvvat, sadoqat, tavoze, mehnat, saxiylik, nomus, vafodorlik va adolat insonga baxt-saodat keltiradi. 58-mashq. Sozlarning talaffuzi va yozilishiga etibor bering. Obod, adab, fabrika, maqsad, toqson, burun, xayol, xalq, tadbir, ruxsat, ijtimoiy, iztirob. 59-mashq. Gaplarni kochirib yozing. Undosh tovushlarning talaffuzi va yozilishiga diqqat qiling. Har kimga ozor bera korma dunyo barchaga barobardir. Tamagirlik ofat. Tamagirlik bilan adolat bir- biriga ziddir. Boylikka hirs qoyish joduning sirtmo- giga tushib qolish bilan barobar. Vaqt keskir qilichdir. U hech narsaga qaramay shart otadi-ketadi, sen esa voyvoylagancha qolaverasan. Rostlikning mevasi totli, natijasi esa samaralidir. Xushfe1 bolish yaxshi odat. Kishining fe1-atvori ozini begona qiladi, ozgani xesh. U hatto otani boladan judo qiladi. Hakimdan soradilar: «Rostgoy deb kimni aytsa boladi?» U javob qildi: «Tili bilan dili bir bolgan odam rostgoy, haqgoy odam hisoblanadi». ? T
70 Turnalar samoda chizsa guldasta, Qoyadek bolsa-da burgut viqori. Toshlar orasidan moralab asta, Kokargan maysani kordim yuqori. (Sh. Qosimov) 60-mashq. Gaplarni kochirib yozing. Undoshlarning yozi- lishiga diqqat qiling. Ulugvor maqsad oldida turganingda, mehnatni rohat bil. (Arab maqoli) Qabrga emas, qalbga haykal qoymoq kerak. Maglubni tepib otmak mardlik emas. (Pahlavon Mahmud) Hargiz talabi shuhrat etmakim: ofat turur. (Abduxoliq Gijduvoniy) Kimki tashlandiq yerni obod qilsa, bu yer oshaniki boladi. Bu yerda zolim kishining (hatto) ter tokishga ham haqqi yoq. (Abu Iso Muhammad at- Termiziy) Mehnat kishini uch balodan saqlaydi: yurak siqilishidan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan. Sabrning tagi sariq oltin. Har kozki, agar olmasa ibrat, kordir, Har luqma, agar bermasa lazzat, shordir. Har ton, agar ozgarmasa, tonmas, u kafan, Har xonaki, birdek turaversa, gordir. (Abdulqodir Bedil) 61-mashq. Uyga vazifa. «Manaviyat qalbim quyoshi» yoki «Manaviyatimiz daholari» mavzularida matn tuzib, unli va undosh tovushlarni izohlang. Savol va topshiriqlar 1. Lab undoshlarining talaffuzi va imlosidagi farqlarni tushuntiring. 2. Til undoshlarining talaffuzi va imlosidagi farqlarni tushuntiring. 3. X va h undoshlarining talaffuzi va imlosi haqida sozlab bering. 4. Qaysi jarangli undoshlar talaffuzda jarangsizlashadi? ? 71 17-DARS. ASSIMILATSIYA, DISSIMILATSIYA, JARANGSIZLASHISH, METATEZA VA BOSHQA FONETIK HODISALAR Darsning maqsadi: a) ilmiy maqsad: oquvchilarning ongida assimilatsiya, dissimilatsiya, metateza va boshqa fonetik hodisalar yuzasidan bilim va malakalar hosil qilish; b) oquvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash. 1-topshiriq. Otdi, ishni, zarur sozlari ogzaki nutqda qanday talaffuz qilinadi? Mazkur sozlardagi fonetik hodisani izohlang. 2-topshiriq. Stul, stansiya, shkaf sozlarini talaf- fuz qilganimizda qanday hodisa kuzatiladi? Nutq jarayonida tovushlarni ketma-ket keltirish yoli bilan turli xil manoli birliklarni hosil qilamiz. Masalan, t-o-sh, b-o-sh, q-o-l. Yuqoridagi sozlar tarkibidagi tovushlar alohida- alohida emas, balki uzluksiz talaffuz qilinadi, sozlar uzluksiz talaffuz qilinganda, uning tarkibidagi bir tovush hali toliq talaffuz qilinmay turib, nutq azolari ikkin- chisiga tayyorlanib turadi. Natijada tovushlar zanjiri vu- judga keladi. Talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli nutq jarayonida tovushlar zanjirida turli fonetik ozgarishlar roy beradi. Masalan, oq sozi asosiga -gach qoshimchasini qoshsak, asos oxiridagi chuqur til orqa q dan song til orqa g undoshi kelib, chuqur til orqa tovushidan til orqa tovushiga birdaniga otishi qiyinlashadi. Talaffuz noqu- layligi vujudga keladi. Ana shu noqulaylikni bartaraf qi- lish, qulaylikka erishish uchun ikkinchi tovush ham chu- qur til orqa tovushiga aylantiriladi. Solishtiring: oqqach, soqqani, ekkani kabi. ! T
72 Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning ozaro tasiri natijasida ozgarishlarga uchrashi fonetik hodisalar deyiladi. Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham taalluqlidir. 62-mashq. Kochiring. Fonetik hodisalarning ostiga chizing. Sariq sargay, ogil oglim, singil singli, sust susay, taroq-im tarogim, ortoq-im or- togim, bilak-i bilagi, tirgak-i tirgagi, sarimsoq-i sarimsogi, turpoq-i tuprogi, kirpik-im kiprigim. 63-mashq. Quyidagi matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib oqing, sozlarning talaffuziga rioya qiling. Oltin otda bilinadi, odam mehnatda. Mehnat bilan inoqlashsang, tan ogrigin kormassan. Kop ishlovchi kop yashaydi. Mehnat qilsang, konglingga yoruglik tushadi. Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab turib baho beradilar. Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi shartidir. Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bolmaydi. 64-mashq. Quyida berilgan sozlarda roy bergan fonetik ozgarishlarning turini aniqlang, ularni ustunchalarga joy- lashtiring. Qorin qornim, yurak yuragi, ogil oglim, shahar shahrim, ulug ulgay, undan unga, me- ning sening, ogiz ogzim, kongil konglim. i h s il i r it t r o h s u v o T i h s i h s u t h s u v o T i h s i n i h s a m l a h s u v o T L
73 SOZ BOSHI, SOZ ORTASI VA OXIRIDA UNDOSHLARNING ISHLATILISHI, ULARNING IMLOSI Ozbekcha sozlarning fonetik tuzilishidagi oziga xos- lik shundaki, sozning boshida ketma-ket ikki undosh bir joyda kelmaydi. Shuningdek, sozning oxirida ham st (ost, ust), lt (yilt, milt), rt (tort, turt, qurt ) kabi qosh undosh- lardan tashqari, boshqa undoshlar yonma-yon kelmaydi. Traktor, stakan, stol kabi soz boshida qosh undosh kelgan sozlar xorijiy tillardan kirib kelgan sozlardir. Sozlarning bunday tovush tuzilishi tilimizga xos bol- maganligi uchun ham, qosh undoshlar orasida, bazan oldida bir unli qoshilib ikki boginga ajratilgan holda talaffuz qilinadi (tiraktir, istakan, istol kabi), lekin ular asl holatida yoziladi (traktor, stakan, stol kabi). Soz oxirida qosh undosh kelgan gosht, musht (sht), daraxt, baxt (xt), barg (rg) kabi sozlar esa, asosan, fors- tojik tilidan otgan. Bunday sozlarda yonma-yon kelgan undoshlardan biri talaffuzda tushirib qoldiriladi. Yozuvda yonma-yon kelgan undoshlar saqlanadi. Talaffuzda: Yozuvda:
gosh gosht
mush musht
farzan farzand
65-mashq. «Non rizq-rozimiz» mavzusi boyicha matn tuzing, soz boshi va oxirida qosh undosh kelgan sozlarni kochirib yozing. Talaffuzi va imlosini tushuntiring. 66-mashq. Kichik hikoyachalarni oqing. Undoshlarning yonma-yon kelish sabablarini tushuntiring. AVTOMASHINAGA QOYILGAN BIRINCHI RAQAM Avtomashinalarga raqam qoyishni birinchi bolib boshlagan kishi berlinlik savdogar Rudolf Gersog edi. U
74 1901-yilning yozida oz avtomobiliga IA1 belgisini osib qoyadi. Bu raqamning tarixi qiziq. Rudolfning yoshi ulgayib qolgan bolsa-da, xotini ancha yosh bolib, uni juda sevardi. Shuning uchun savdogar avtomobilini uning nomi bilan IA deb, yani Ioganna Anker, deb atadi. 1 raqami esa Rudolfning birinchi va oxirgi sevgisini bildirsa kerak. («Marifat» gazetasidan) 67-mashq. Sozlarni daftaringizga kochirib oling. Undoshlar- ning yonma-yon kelish sabablarini tushuntirishga harakat qiling. Arbob, atrof, ehtiyot, ilhom, imkoniyat, inshoot, qisman, muzday, muharrir, jiddiy, tasavvur, tashqi, mudofaa, matbaa. Litr, metr, bank, tank, metall, kilovatt, kilogramm, test, trest, kiosk, budjet, rejissor, sekund, abonement, menejment, ocherk, baxt, shkaf, student, studiya. Inspeksiya, transport, institut. Trassa, assimilatsiya, dissimilatsiya. Ganj, daraxt, hunarmand, band, dost, farzand, shi- kast, mard, rostgoy, kaft, kift, karaxt. 68-mashq. Nuqtalar orniga kerakli harflarni qoyib ko- chirib yozing. Mas...id, i...tido, gi...jak, sara...jom, k...itansiya, oli...anob, ta...suf, istibdo..., muto...aa, me...yor, ta....jub, min...s, krep...eshin, parf...meriya, simpoz...um, vol...ybol, sup...rgi, majmu..., a...ditoriya, suver...nitet. 69-mashq. Quyidagi qoshma sozlarning qanday yozilishini aniqlang va kochirib yozing. Qirq bogim, qashqar gul, chala savod, xush bichim, ish yoqmas, omma bop, millatlar aro, tez oqar, havo rang, ayta oladi, qayta qurish, chanqov bosdi, umum davlat, odam sifat, Tyan Shan, Chil ustun. 75 70-mashq. Matnni oqing. Undoshlarning ishlatilish orin- larini tushuntiring. HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI Birinchi avtomobil Germaniyada paydo boldi, lekin haydovchilarning nonoqligi tufayli tez-tez kongilsiz voqealar roy bera boshladi. Shunda Germaniyada chi- qadigan jurnallardan biri ajoyib bir taklif kiritdi. Bu tak- lifga kora, politsiya mashina egasiga guvohnoma be- rishdan oldin uning mashina haydashni bilish-bilmasli- gini tekshirib korishi va guvohnoma berishi kerak edi. Dunyoda birinchi haydovchilik guvohnomasi shu tariqa Germaniyada 1910-yildan boshlab joriy etilgan. («Marifat» gazetasidan) 71-mashq. Quyida berilgan sozlarni guruhlarga ajratib, jadvalni toldiring. Oqibdi, ogiz, kongli, tomosha, trolleybus, bogga, Toshkent, ketdi, yozibdi, kutgil, qaytarman, borayotgan, xursand, korgali, burun, soroq, filologiya, monografiya, kom-kok, qip-qizil, eshittir. 72-mashq. «Ozbekiston Vatanim manim» matnini oqing. Tagiga chizilgan sozlarni imlo qoidalariga kora tahlil qiling. k
e n o F li y o m a t k i g o l o f r o M li y o m a t y i v a n a n a - y i x i r a T li y o m a t h s a l q r a F il i y o m a t OZBEKISTON VATANIM MANIM Vatan. Vatan, der edilar, na der edim bilmay oni, Endi bilsam, Vatan erkan bu tanlarning shirin joni. Bir jon emas, ey suvguli, tomirlarning qoni Vatan, Sensan, bale, bilganlara jonlarning jononi, Vatan! 76 73-mashq. Uyga vazifa. Matnni oqing, sozlarning yozi- lishiga diqqat qiling. Xatda gap kop. Maktubda maktubnavisning ozi, ichki ruhiy olami tola-tokis namoyon boladi. Yozgan xatiga qarab turib bexato aytish mumkin: bu odam sermulohaza, latif, dono, ishonuvchan, dilgir, kuyunchak, mehribon yo bolmasa shoshqaloq, ziqna, asabiy, qopol, qors, dagal, toqimtabiat, befarosat, dali-guli, loqayd va hokazo. Barmoqlarning ruhi va sehri boladi. Ana shu sehr barmoqlar hamda qogoz orqali boshqalarga ham otadi, tasir korsatadi. Xat ozining nimasi bilan qadrli? Bu mujda, soginch, umid. Odamlar bir-birlaridan mehr-oqibat, taskin, tasalli, qalb malhami kutib yashaydilar. Bir-birlarining nonday arzanda sozlarini, shevalarini, islarini soginadilar. Birovga xat yozish botiniy, ruhiy ehtiyojdan tugiladi. Bu juda ham oziga xos dil izhoridir. Maktubnavislikning ozi sanat. (Gaybulla as-Salom) Savol va topshiriqlar 1. Fonetik hodisalar deganda nimani tushunasiz? 2. Fonetik hodisalar nima uchun roy beradi? 3. Ozbek (umumturkiy) sozlarining boshi va oxiridagi tovush tuzilishi qanday? 4. Soz boshidagi qosh undoshlar qaysi tillarga xos va bunday noqulaylik ogzaki nutqda qanday bartaraf qilinadi? 5. Soz oxiridagi sht, xt, rg kabi qosh undoshlar qaysi tillarga xos va ular qanday talaffuz qilinadi? ?
77 OHANG
18-DARS. OHANG VA UNING NUTQDAGI AHAMIYATI Darsning maqsadi: a) ilmiy maqsad: oquvchilarning ongida ohang va uning nutqdagi ahamiyati yuzasidan bilim va malakalar hosil qilish; b) oquvchilarni topqirlik, oz fikrini boshqalarga to- laqonli yetkaza bilish ruhida tarbiyalash. Topshiriq. Mehnatdan qochish xor-u zorlik kel- tiradi. Ushbu gapni oqing. Undagi urguli orinlarni, pauzalarni toping va izohlang. Ogzaki nutq oqimi bolinuvchanlik xususiyatiga ega bolgan tovushlar ketma-ketligidan iborat. Bunday bolinuvchanlik xususiyatiga ega bolgan tovushlar qatori segment birliklar qatori hisoblanadi. Lekin ogzaki nutqi- miz faqat segment birliklardangina tashkil topmaydi. Bulardan tashqari, ketma-ket joylashgan va bolinuv- chanlik xususiyatiga ega bolgan tovushlar qatori ustiga qoyilgan ustsegment birliklarga ham ega boladi va bu birliklar nutqimiz tasirchanligini taminlaydi. Ustsegment birliklar urgu, toxtam (pauza), nutq- ning emotsional boyogi (darak, soroq, buyruq, his- hayajon) kabilarni oz ichiga oladi. Yuqorida korsatilgan ustsegment birliklarning jami nutq ohangini tashkil etadi. Ogzaki nutqimiz esa segment birliklar bilan ust- segment birliklarning ozaro munosabatidan iborat boladi. Kopincha bunga imo-ishoralar, mimikalar qoshilib, nutqimizni yana ham tasirli, boyoqdor qi- lishga xizmat qiladi. T
78 URGU VA UNING NUTQDAGI AHAMIYATI Sozlarning boginlardan tashkil topishini aytib otgan edik. Talaffuzda boginlar bir xil talaffuz qilinmaydi. Ikki va undan ortiq boginlardan tashkil topgan sozlarning talaffuzida boginlardan biri malum sababga kora boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz etiladi. Bu hodisa soz urgusi hisoblanadi. Urgu yordamida nutq korkamlashadi, eshituvchiga yoqimli boladi, uni zeriktirmaydi. Turkiy, jumladan, ozbek tilida urgu orniga kora kochib yuruvchi urgu sanaladi. Masalan: orik, orikzor orikzorlar orikzorlarga. Korinadiki, ozbek tilida urgu, asosan, sozning oxirgi boginiga tushadi va sozni gap tarkibida boshqa sozdan ajratish hamda soz fonetik tarkibini uyushtirish vazifasini bajaradi. Ozbek tiliga arab, fors-tojik, rus va boshqa yevropa tillaridan ozlashgan sozlarda urgu barqaror oringa ega. Bu urguning osha tillardagi ahamiyati bilan bogliqdir. Download 3.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling