O’’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.97 Mb.
bet3/70
Sana09.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#256848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
pedagogika kitobi nashr uchun

Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o’rganadi,

Ontogenez (yunoncha, ontos-mavjud, jon, zot; genezis-kelib chiqish, paydo bo’lish) - individning paydo bo’lishidan umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonining ulg`ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Ma`lumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta’lim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi. Yosh davrlari psixologiya fani bu borada ham o’z-o‘ziga tegishli masalalarni tor eksprimental ravishda o’rganish bilangina cheklanib qolmay, balki o’z muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan ta`lim va tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda o’rgansa, yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi, tabiiydir.

Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi rivojlanishining ham o’ziga xos qonunlari mavjud. Bu qonunlar yosh davrlari psixologiyasi fanining turli tarmoqlarida o’rganiladi, chunonchi; bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasi, o’smirlar psixologiyasi, o’spirinlar psixologiyasi, katta yoshdagi kishilar psixologiyasi va qariyalar (gerontopsixologiya) psixologiyasi kabi sohalardir.

Yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy vazifalari shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda namoyon bo’ladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarining o’zaro ta`siri xususiyatlarini o’rganishdan iboratdir.

Yosh davrlar psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo’lishi va rivojlanishi, shuningdek inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o’rganishda qo’lga kirgan ilmiy dalillarini ta`lim-tarbiya sohalariga tadbiq etish tashkil etadi.

Bu borada, ayniqsa, pedagogik psixologiya birmuncha ulkan yutuqlarga erishdi. Pedagogik psixologiyaning ta`limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan so’ngi yillarda qo’lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo’la oladi. Ma`lumki keyingi o’n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta`lim tizimlarida ta`iim ishlarining mazmuni tubdan o’zgardi. Ta`limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interfaol ta`lim metodlari) keng joriy qilinmoqda.


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling