O’’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.97 Mb.
bet4/70
Sana09.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#256848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
pedagogika kitobi nashr uchun

Pedagogik psixologiya - psixologiya ilmining tarmog’i sifatida, ta`lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta`sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir.

Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda ta`lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya`ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o’rin egallagandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik psixologiya – ta`lim-tarbiyaning ta`siri oqibatida o’quvchilar psixikasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, o’quv materiallarining o’quvchilarning yosh davrlariga mos kelishini, turli ta`lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o’quv qurollari, asbob-uskunalar va maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham pedagogik psixologiya o’rganadi.

Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri - maktabdagi ta`lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo’lib, bu hol yangi ta`lim dasturiga o’tish munosabati bilan bog’liqdir. Pedagogik psixologiya shu bilan birga o’quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning o’quvchilarga ko’rsatadigan ta`sirini o’rganadi hamda o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi.

Shuningdek, «Pedagogik-psixologiya» ta`lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo’lgan – o’qituvchi shaxsini, uning pedagogik faoliyat xususiyatlarini ham o’rganadi. Bunda o’qituvchining ta`lim-tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta`minlovchi sifatlariga urg’u berish bilan birga, uning bilim, ko’nikma, malaka va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlari aniqlanadi.

Psixologiyani bilish tarbiya ishlarida ham zarurdir. Shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, jumladan, ahloqiy odatlar, ishonch e`tiqod tarkib topishining qonuniyatlarini bilmay turib, to’g’ri tarbiya berish mumkin emas. Ma`lum yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta`lim va tarbiya berib bo’lmaydi. Bolaning har bir yoshi o’z qo`yinchiliklariga ega bo’ladi va o’ziga nisbatan maxsus munosabatda bo’lishni talab qiladi. Kichik maktab yoshidagi bollalarga nisbatan psixologik jishatdan to’g’ri keladigan va yaroqli bo’lgan narsa, ko’pincha o’smirlarga nisbatan yaroqsiz va xato bo’lishi mumkin. Biroq o’qituvchi, tarbiyachi shunchaki ma`lum yoshdagi o’quvchi bilan emas, balki konkret bir o’quvchi bilan Ahmad yoki Nasiba bilan ishlaydi. O”qituvchining bilishi mutlaqo zarur bo’lgan individual farqlar bitta yosh doirasida nihoyat darajada katta bo’ladi. Ta`lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo’lishning harti o’quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va huqur bo’lishdan iboratdir. Bu narsa o’quvchining ruhiy dunyosidan xabardor bo’la bilishni, psixologik jihatdan to’g’ri kuzatish tashkil qila bilishni va tabiiy ekspriment uyushtirishni bilishni taqozo qiladi.

Yosh davrlari psixologiyasi ham pedagogik psixologiya singari umumiy psixologik qonuniyatlarni yoritib beradigan, psixik jarayonlarni, holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o’rganadigan umumiy psixologiyaga asoslanadi.

Shu bois, yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanini o’rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy tamoyillariga: oliy nerv faoliyati va psixofiziologiya qonunlariga, bu sohada to’plangan ilmiy ma`lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o’zgarishi yuzasidan bahs yuritadi.


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling