O’’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.97 Mb.
bet8/70
Sana09.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#256848
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
Bog'liq
pedagogika kitobi nashr uchun

Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo’llaniladi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda A.F.Lazurskiy yaratgan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a`zolarining, ilmiy muassasalar xodimlarining, o’qituvchilarning ish qobiliyatlari, o’zaro munosabatlarini, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini hal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy haroitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilarning o’zlari bexabar bo’lishi, ta`lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi lozim.

Laboratoriya (klinika) metodi ko’pincha individual (ba`zida gurux yoki jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatkichi va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasi o’zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar, moslamalar mavjud. Ko’pincha elektron va radio o’lchagichlar, sekundomer, refleksometr, elektroentsefalogramma kabilardan foydalaniladi.

Laboratoriya metodi yordamida diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy" va aqliy zuriqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya haroitida kishilar (uchuvchi, haydovchi, oherator, elektronlar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko’tarish) ning modellari yaratiladi. Asboblarning ko’rsatishi bo’yicha o’zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emotsional-irodaviy zo’riqish, jiddiylik, tajanglik sodir bo’layotganini ifodalovchi ma`lumotlar olinadi.

3. Psixologik-pedagogik eksperiment – o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini tabiiy haroitda maxsus usullar yordamida o’rganishdir.

Mazkur eksperiment o’quvchilarni maxsus uyushtirilgan ta`lim haroitida maqsadga muvofiq ulardan o’zgarishlarni kuzatishni taqozo etadi. Bu eksperiment aniqlovchi va tarkib toptiruvchi bosqichlardan iborat bo’lib, maxsus uyushtirilgan ta`lim tarkib toptiruvchi eksperiment jarayonida olib boriladi. U quyidagi tuzilishga ega: eksperimentator yoki tadqiqot olib boruvchi, sinaluvchilar, faraz, reja, yo’l-yo’riq, tajribaning bir-biriga bog’lig’ bo’lgan va bog’liq bo’lmagan, O’zgaruvchan, nazorat qilinadigan va qilinmaydigan qismlardan iborat. Eksperimental tadqiqotning asosiy bosqichlari: farazni ilgari surish, metodikani tanlash, eksperimentni rejalashtirish, olingan ma’lumotlarni ishlab chiqish, tahlil etish va izohlashdan iboratdir.

4. Anketa metodi. Kishilar psixikasini ommaviy so’roq asosida o’rganish demakdir. Bu metod yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va hodisalarning munosabatlari o’rganiladi. Anketa odatda uch turda o’tkaziladi.

Ularning birinchi turi anglashilgan motivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollardan tuziladi,


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling