O’’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


O’smirlarning intellektual rivojlaniishi


Download 0.97 Mb.
bet30/70
Sana09.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#256848
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
Bog'liq
pedagogika kitobi nashr uchun

O’smirlarning intellektual rivojlaniishi.

O’smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so’z boyligining oshishi hisobiga bo’lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun moxiyatini anglashlari hisobiga bo’ladi. Bu davrda o’smir til yordamida atrof-borlikni aks etgirilishi bilan bir qatorda inson dunyokarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan o’smirlik davridan boshlab, inson aynan nutq bilish jaraenlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi. O’smirni ko`pincha muomalada so’zlarni ishlatish qoidalari - «Kanday qilib to’g`ri yozish kerak?», Qanday qilib yaxshiroq aytish mumkin?» kabi savollar juda qiziqtiradi. O’smirlar maktabdagi o’qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutkidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e`tibor beradilar. Bu holat o’smirning bir tomondan o’z nutqini nazorat etishga o’rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o’zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi.

O’smir so’zlarning kelib chikish tarixiga, ularning anik mazmuni va moxiyatiga juda qiziqadi. U endi o’z nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlar dan so’zlarni tanlashga harakat qiladi. Nutk madaniyatini egallash borasida o’smir uchun o’qituvchi, albatta, namuna bo’lishi shartdir. Aynan maktab ta`limi o’smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo’nalishini sifat jixatidan o`zgarishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bilish jaraenlarining rivojlanishida nutq ham og`zaki, ham yozma mavjud bo’lishi bilan ham kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o’quv jaraenlarining to’g`ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o’smir nutqining to’g`ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o’zlashtirishga harakat bu o’smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga ko’rilishiga extiyoj va intilish hisoblanadi.

O’smirlik davrida o’qish va yozma monologik nutq jadal rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o’qish to’g`ri, tez va ifodali bilish darajasidan, yoddan ifodali, ta`sirli aytib bera olish darajasigacha kutariladi. Monologiki nutq, esa asardagi kichik bir parchani qayta sizlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, og’zaki - mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o’zgaradi. Yozma nutk ham yaxshilangan xolda o’smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo’yicha mustaqil xolda insho yoza oladilar. O’smirlarning nutqi tula tafakkur bilan bog`liq holatida amalga oshiriladi. 5-6 sinflardagi o’quvchilar og`zaki va yozma matn uchun reja tuzib, unga amal qila oladalar.

O’smirlik davrida nazariy tafakkur yukori ahamiyatga ega bo’la boshlaydi. Chunki bu davrdagi o’quvchilar atrof-olamdagi boglanishlar mazmunini yukori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda o’smirning bilishga bo`lgan qiziqishida progress sodir bo’ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olinishi tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. Buning ta`sirida isbot, dalillar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chikarishga qobiliyat paydo bo’ladi. Maktabda o’qitiladigan fanlar o’smir uchun o’z taxminlarini yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo’lib xizmat qiladi. J.Piajening ta`kidlashicha, «Ijtimoiy xayot uch narsaning ta`siri — til, mazmun, koidalar asosida "shakllantiriladi». Bu borada o’zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o’z-o’zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi.

11-12 yoshdan boshlab o’smir endi mantiliy fikrlab harakat qila boshlaydi. O’smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli taxlil etishni o’rgana boshlaydi. O’smir tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez kutarila olishi, o’quv materiallarini tez va chiqur egallashi uning intellektini ham rivojlanishini belgilab beradi. O’smirlik davri yukrri darajadagi intellektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik o’ta qiziquvchanlik hamda atrofdagilarga o’z layokatlarini namoyish etish, shuningdek, ulardan yukori baho olish extiyojining mavjudligi bilan belgilanadi. O’smirning kattalarga beradigan savollari mazmunli, mulohazali va aynan o’sha masala doirasida bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar turli" farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib, tafakkurt o’tkaza oladilar hamda ma`lum bir masala buyicha miqrbil variantlarni tahlil qila oladilar. O’smir tafakkuri ko`pincha umumlashtirishga moyil bo’ladi. Respublikamizning bozor iqtisodi sharoitiga o’tishida kishilardagi amaliy tafakkurning ahamiyati oshmoqda. Amaliy tafakkur tizimiga quyidagi aqliy sifatlar kiradi:

- tadbirkorlik, tejamkorlik, hisob-kitoblik, yuzaga kelgan muammolarni tez echa olishlik va boshqalar.

Ko’rsatilgan barcha sifatlar mavjud bo`lgan taqdirdagina amaliy tafakkurni rivojlangan deb hisoblash mumkin. Bu sifatlarni 1-sinfdanoq rivojlantira borish nixoyatda muxim. O’smirlik davrida ishbilarmonlik sifatini o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarishni yo’lga kuyishi, umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok etishi orqali rivojlantirish mumkin. Bu borada o’quvchi ijrochi rolida emas balki boshkaruvchi, mistaqil yo’l tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida o’zi ishtirokchi bo`lgan takdirdagina rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu yoshda tadbirkorlikni rivojlantirishda ko`proq mustaqillikning berilishi o’smir amaliy tafakkurining rivojiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi. O’smir yoshdagi bolalarda tejamkorlikni rivojlantirish aqlning boshqa sifatlariga nisbatan osonroq kechadi, buni ko`proq ularni kiziqtiradigan narsalarga mustaqil ravishda hisob-kitob qilib borishga yo’llash orqali amalga oshirish mumkin. O’smirlarda yuzaga kelgan muammolarni tez va operativ holda echish malakasini shakllantirish birmuncha kiyinroq kechadi. Albatta, bu bolaning temperamentiga ham bogliq. Barcha o’smirlarni ham tez yo’llab, tez harakat qilishga o’rgatish mushkul, lekin ularni biror muammo yuzaga kelishi bilan orqaga chekinmay, zudlik bilan echishning umumiy qoidalariga o’rgatib borish mumkin. O’smirlik davrida intellektning yuqori darajada rivojlangan bo’lishi qimmatli va obruli hisoblanadi. O’smir shaxsida va uning bilishga qiziqishiidagi o`zgarishlar o’zaro bogliq bo’ladi. Ixtiyoriy psixik jarayonlariing rivojlanishi o’smirdagi shakllanib kelaetgan shaxs mustaqilligiga tayanadi, o’zining shaxsiy xususiyatlarini anglash va shakllantirish imkoniyatlari esa undagi tafakkurni rivojlanishi bilan belgilanadi.

O’smirlik davrida diqqat, xotira, tasavvur to’la mustaqillik kasb etib, endi ularni o’z ifodasiga ko’ra boshqara oladigan bo’ladi. Bu davrda qaysi etakchi funktsiya (diqqatmi, xotirami yoki tasavvur) ustunlik qilayotgani yaqqol namoyon bo’lib, har bir o’smir o’zi uchun ahamiyatliroq bo`lgan funktsiyani e`tiborga olish imkoniyatita ega bo’ladi. Ushbu funktsiyalarning rivojlanish xususiyatlarini kurib chikamiz:

Diqqat. Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qilsa, o’smirlik davrida bola o’z diqqatini o’zi boshqara oladi. Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat xollarda o’quvchilar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. O’smir o’z diqqatini to’la ravishda o’zi uchun ahamiyatli bo`lgan va yuqori natijalarga erishishi mumkin bo`lgan faoliyatlarga qarata oladi. O’smirning diqqati yaxshi boshkariladigan va nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo’lishi mumkin. Bolaning rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati o’qituvchi tomonidan doimo qo’llab-quvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik jarayonda ixtiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga ko’tarish uchun bir qancha uslublar ishlab chiqilgan. Shuningdek, o’smirning dars jarayonida o’z tengdoshlari orasida o’zini ko’rsatishi uchun haroitni yaratilishi ham o’smirdagi diqqatni ixtiyorsizdan ixtiyoriyga aylanishida zamin bo’lib xizmat qilishi mumkin. Lekin, o’smirlik davrida juda qattiq charchash holatlari ham bo’ladi. Aynan 13—14 hamda 16 yoshlarda charchash chizigi keskin ko’tariladi. Bunday holatlarda o’smir atrofdagi narsa va voqealarga to’liq diqqatini qarata olmaydi diqqatning ko’rinishlariga o’smirlik yoshining va yoqotish buyicha tula qarama-qarshi bo`lgan davr hisoblanadi.


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling