O’’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


O’quv faoliyatining psixologik mohiyati


Download 0.97 Mb.
bet38/70
Sana09.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#256848
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
Bog'liq
pedagogika kitobi nashr uchun

O’quv faoliyatining psixologik mohiyati

O’quv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi,

O’quv faodiyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo’luvchi uzluksiz jarayondir.

Rus psixologi A. Neontyev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan o’quv faoliyatida o’sishini ta`kidlaydi.



D.Elkonin esa o’quv faoliyatining xususiyatlarini ko’rsatib, uni mohiyatga, mazmuniga va o’zini namoyon bo’lish shakliga ko’ra ijtimoiyligini ta`kidlaydi.

O’quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o’quvchida o`zgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida, qurilgan bo’lishi darkor. Bu motivlar bevosita o’quvchi shaxsining o’sishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lishi kerak. O’quv faoliyati ta`lim, o’qish va o’rganish degan tushunchalar bilan bevosita bog’liqdir. Ta`lim o’qituvchi va o’quvchi hamkorligidagi o’quv faoliyati, o’qituvchining bilim, ko’nikma va malakalarini o’quvchilarga o’rgatish jarayonidir.

Ta`lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, xulq atvorning shakllarini o’zlashtirishga qaratilgandir. O’qish va o’rgatish tushunchalari o’quv faoliyati bilan bog`liq bo’lib, ular bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga, o’rgatishda xizmat qiladi.

O’quv faoliyatining besh elementi mavjud:

1. O’quv motivlari,

2. O’quv topshiriqlari.

3. O’quv harakatlari.

4. O’qituvchining nazorati.

5. O’qituvchining baholashi.



D.B.El’koninning ta`kidlashicha, o’quv faoljyatining shakllantirilishi bu faoliyat ayrim kishilar bajarilishini asta-sekinlik bilan o’quvchining o’ziga o’qituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun o’tkazilishidir.

Ta`lim jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat bo’lib, u o’quvchilarning o’quv faoliyatlarini tashkil etadi va ularni boshqaradi. Ta`lim jarayoni besh elementdan iborat:

1. Ta`limning maqsadi - nima uchun o’qitish kerak?

2. Ta`limning mazmuni - nimaga o’qitish kerak?

3. Ta`limning metodlari, usullari va pedagogik mulogot yo’llari.

4. Ta`lim beruvchi.

5. O’quvchi.

Ta`lim jarayonini tashkil etish: ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo’lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidaga axborotning o’zlashtirilishi:

-faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topgan usullari va jarayonlarining o’zlashtirilishiga;

-maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarni turli tanlash va foydalanishga bog`liq.

Ta`lim jarayonining muvaffaqiyati:

1. Motivasiya.

2. Ma`lumot usullari.

3. Ma’lumotnivg tushunarliligi.

4. Xotira.

5. Ma`lumotni qo’llash.

Ta`lim va ta`lim jarayonida bolani rivojlanish muammosi psixologik markaziy masalalardan biridir. Ta`lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bo’lib, ulardan biri:

1. Aqliy xatti-harakatlar, bilimlar, malaka va ko’nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish nazariyasi (P. YA. Gal’perin).

Y. Gal’perin nazariyasi bo’yicha bilimlarni o’zlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga:


  1. Motivasiya.

  2. Tushuntirish.

  3. Moddiy formadagi xatti-harakatlarni bajarish.

  4. Baland ovozda xatti-harakatlar va vazifalarni bajarish.

  5. Bajariladigan xatti-harakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish.

  6. Faoliyatni fikran bajarish kiradi.

Ushbu nazariyada ta`limning uchta asosiy turlari ajratiladi:

-birinchi turda - xatti-harakatlarni o’zlashtirish xatolar bilan kechadi, berilayotgan material etarli darajada anglanilmaydi, ta`lim oluvchi ta`limning asl mohiyatini tushunib yetmaydi;

-ikkiichi turda-materialni nisbatan dadil va to’la
tushunilishi va material bilan bog’liq tushunchalarni ajratilishi
bilan xarakterlanadi;

-uchinchi tur - tez, samarador va bexato xatti-harakatlarni


o’zlashtirilishini ta`minlab beradi.


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling