O’’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Bilimlarni o’zlashtirish jarayoni va uning psixologik komponentlari


Download 0.97 Mb.
bet41/70
Sana09.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#256848
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70
Bog'liq
pedagogika kitobi nashr uchun

Bilimlarni o’zlashtirish jarayoni va uning psixologik komponentlari

Ta`lim jarayonining natijasi o’zlashtirish, ichki va tashqi faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda o’zgartirishdir, Ta`lim bir odamning boshqasiga bilim va ko’nikmalar berishidar. Bilim, ko’nikma va malakalar ta`lim jarayonining natijasidir. Bilimlarni o’zlashtirish jarayoni muammosi P.YA. Gal’perin va N.F.Talizina tomonidan o’rganilgan. Ular aqliy xatti-harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar. Mualliflar aqliy xatti-harakatlarni moddiy holda tashqi nutq yordamida hamda aqliy shaklda, fikrda namoyon bo’lishini izohlab berdilar. Aqliy xatti-harakatlarning birinchi bosqichi^rasm, sxema, diagramma va shartli belgilar tarzida o’z ifodasini topadi. Aqliy xatti-harakatlarning ikkinchi bosqichi ko’rgazmalardan olgan tasavvurlari to’g`risida o’quvchilarning ovoz chiqarib, fikr yuritishidan iboratdir. Uchinchi bosqichi esa, subyekt ongida tasavvur, tushuncha, qonuniyat, xossa, xususiyat, operatsiya, usul tariqasida namoyon bo’ladi. Ma`lumki, o’quvchilarga taklif etiladigan axborotlar aql bovar qilmaydigan. Darajada tezlik bilan ko`payib bormoqda. Shuningdek, ularning juda tez eskirib qolib, yangilashni taqozo etishi ham o’z-o’zidan ma`lim bo’lmoqda.



To’rtinchi bosqichda bajarilgan xatti-harakatlar ichki rejada ovoz chiqarilmay bajariladi.

Beshinchi bosqichda esa faoliyatni fikran bajarishga o’tiladi.

Bundan ravshan ko’rinib turibdiki, materialni asosan yodlab olish va xotirada saqlab qolishga asoslanadigan ta`lim hozirgi talablarga qisman javob bermoqda. O’quvchilarga hamisha yangilanib turadigan axborotni mustaqil ravishda o’zlashtirib borishga va o’qishni bitirib ketganidan keyin, kishiga jadal sur`atlar bilan o’sib borayotgan fan-texnika taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik imkoniyatini beradigan qobiliyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini tarkib toptirishi muammosi birinchi o’ringa chiqib bormoqda. Ta`lim jarayonida o’zlashtirishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog`liq:

1. Ta`lim mazmuniga.

2. O’quv rejalari, dasturlari, dasrliklar va o’quv qo’llanmalarining mavjudligiga;

3. Ta`lim metodikalarini takomillashganligi;

4. O’qituvchi mahoratiga;

5.O’quvchinivg individual psixologik xususiyatlari. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, turli individual tipologik xususiyatlarga ega o’quvchilar uchun ta`limning yagona qulay, optimal sharoitlarini yaratish mumkin emas, Ammo o’zlashtirishning samaradorligini oshirishda muammoli ta`lim, noan`anaviy ta`lim usullarini qo’llash muhim ahamiyatga egadir.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling