O’’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.97 Mb.
bet58/70
Sana09.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#256848
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70
Bog'liq
pedagogika kitobi nashr uchun

8) Ijodiy xislatlari:

- pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;



- o’qituvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish qobiliyati;

- o’zini o’quvchi o’rniga qo’yib, bo’lib o’tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi;

- avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish olishi;

- o’zining o’quvchiga pedagogik ta`siri natijalarini oldindan ko’ra bilishga intilishi.

Shunday qilib, ko’rsatib o’tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi;

- shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo’nalishi;

- pedagogik mahorat va qobiliyati;

- xarakterining psixologik xususiyatlari;

- bilish faoliyati;

- o’qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti,

Professiogramma yoshlarga o’zlarining kelgusida o’qituvchilik kasbini to’g’ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.

Professiogrammani kasbga xos ravishda o’qitishni tashkil qilishda ta`limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko’nikmalarga, ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog`liq ekanligini albatta ko`rsatish zarurdir.

Mana shu professiogrammaga asosan bo’lajak mutaxassis – o’qituvchilarning sifat jihatidan o’z, kasbiga naqadar tayyorligi haqida bir fikrga kelishimiz mumkin.

Tayyorlangan o’qituvchi shaxsining yuqoridagi ana shu talablarga mos kelish yoki kelmasligi oliy pedagogika maktablarining qanday o’qituvchi tayyorgarligini ko’rsatib beradi.

Pedagogik kasb, ma`lumki, har kimning ham qo’lidan kelavermaydi. Pedagogik faoliyatdan yutuqlarga faqat shu kasbga qiziqqan, shu faoliyat bilan shug’ullanishga moyil, oqibat natijada -esa pedagogik qobiliyatga ega bo`lgan kishilargina erisha oladi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling